AXBOROTNI UZATISH TIZIMLARI

 

   Ma知uriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma値umotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta orqali) etkazish (tashish) yo値i orqali ham, aloqa kanallari bo馳icha axborotni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi.

Hujjatlarni qo値da ko稚arib borish va mexanik tashish muassasalarda ma値umotlarni uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo値gani holda, hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan ma値umotlarning uzatilishini to値iq ta知inlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham talabchan bo値magan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish uchun ma値umotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari ma知uriy-boshqaruv aloqa tizimlaridan foydalaniladi.

    Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to恥lamini axborotlarni uzatish tizimi (UT) deb atayniz.

4-rasmda axborotni uzatish avtomatlashtirilgan tizimining umumlashgan strukturali sxemasi keltirilgan.

Axborotni manbai va iste知olchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida ЕHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin.

UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin:

uzatish kanali (aloqa kanali);
axborotni uzatkich;
axborotni qabul qilgich.

    Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo馳icha uzatiladigan signalga aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish uchun xizmat qiladi.

 

 

 4-rasm. Axborot uzatish avtomatlashtirilgan tizimining sgrukgurali sxemasi.

 

    Ideal holatda uzatishda uzatilayotgan va olinayotgan xabarlar orasida bir qiymati moslik bo値ishi kerak. Lekin aloqa kanalida paydo bo値adigan holaqitlar ta痴irida qabul qilgich va uzatkichda bu moslik buzulishi mumkin va unda ma値umotlarni to暖池i (haqqoniy) uzatilmaganligi to暖池isida so築 yuritiladi.

    Axborotni uzatish tizimining asosiy sifat ko池satkichlari quyidagilardir:

    o稚kazish qobiliyati;

    haqqoniylik;

    ishonchlilik.

    Axborot uzatish tizimining o稚kazish qobiliyati - birlik vaqt oralig段da tizim bo馳icha uzatilishi mumkin bo値gan еng katta nazariy еrishiladigan ma値umot miqdoridir. Tizimning bu qobiliyati uzatkichdagi va qabul qilgichda axborotni o築gartirish tezligi bilan va aloqa kanali bo馳icha axborotni uzatishning aloqa kanali va signalni fizik xossalari orqali aniqlanadigan yo値 quyiladigan tezligi bilan belgilanadi.

    Axborot uzatishning haqqoniyligi axborotni, uni buzmasdan, uzatishdir.

    Ishlash ishonchliligi - tizimni o築ining hamma vazifalarini to値iq va to暖池i bajarishidir.

    Aloqa kanali bo馳icha diskret axborotni uzatish tezligi bodlarda o値chanadi. Bir bod bu shunday tezlikki, bunda bir sekundda bir bit uzatiladi (kat段y aytganda, bit/s aloqa kanalidagi signalning birlik o築garishiga mos keladi, lekin signalni oddiy kodlash usullarida: 1bod=1 bit/s; 1Kbod=103 bit/s; 1Mbod=10* bit/s deb qabul qilinishi mumkin; agar har bir vaqt oralig段da ma値umotlar еlementi ikkita еmas, balki signal biron-bir parametrining ko恥 sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan holda, 1 bod> 1 bit/s).

Hosted by uCoz