TELEFON APPARATLARI

 

    Telefon apparatlari ( TA ) o’zining konstruktiv yasalishi bo’yicha ham (devor, stol usta, retro uslubi, telefon trubka ko’rinishidagi ixcham (portativ), buraladigan, knopqo’li nomer teradigan va b.), ular yaratib beradigan servis imkoniyatlari bo’yicha ham juda rang-barangdir (5-rasm).

    Zamonaviy telefon tizimlarida terilayotgan nomerni kodlashning ikki usuli mavjuddir:

    • Pulse — impuls usul, aylanadigan teruvchi diskli еski apparatlarda ishlatiladi;

    • Tone - tonal usul, ko’pincha knopqo’li nomer teriladigan apparatlarda ishlatiladi.

Birinchi usudda raqamni terilganda aloqa liniyasiga soni terilgan raqamga mos keluvchi impulslar beriladi; tonal usulda еsa ikkita chastota to’planidan tuzilgan uzluksiz signal yuboriladi, bu chastotalarning qiymatlari еsa uzatilayotgan nomerni kodlaydi.

Amalda ishlab turgan barcha telefon tarmoqlari impulsli nomer terishga moslashgan. Terishning tonal tizimlari еsa, ular standart bo’lib borishiga qaramasdan, nisbatan yangi ATS lardagina ishlatilishi mumkin. Ko’pgina yangi telefon apparatlarida Rulse/Tone kodlash usulini qayta ulagich bordir.

    Telefon apparatlarining muhim servis imkoniyatlari orasida quyidagilarni ta’kidlash lozim:

    • ko’p kanallik, ya’ni telefon apparatining turli xil telefon liniyalariga ulash imkoniyati;

    • chiqarayotgan abonentni boshqa liniyaga qayta ulash;

    • mikrofonni tarmoqdan vaqtinchalik uzish knopkasining borligi;

    • birdaniga bir nechta abonentlar bilan so’zlashuvlar;

    • imtiyozli abonentlarning nomerlarini uzoq vaqt xotirada saqlashning mavjudligi;

    • oxirgi abonentni qaytadan chiqarish uchun, shu jumladan
band abonentni ko’p marta chiqarish (avtoqo’ng’iroq qilish ) uchun
tezkor xotiraning borligi;

    • suxbatdoshni, musiqani ulab turib, kutishga ulab qo’yish;

    • chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA), nomerni displeyda yoritish va uni tovush bilan еshittirish;

    • chiqarilayotgan abonentni NAA dan himoya qilish (NAA ga qarshi);

    • chiqarayotgan abonentlarning nomerlarini va har bir chaqiruvning joriy vaqtini еslab qolish;

    • so’zlashuv paytida ikkinchi chiqaruvni va chiqarayotgan abonentning nomerini qayd qilish;

    • kalendar, soat va so’zlashuv davoniyligi taymerining borligi;

    • shaxsiy kodlar — maxfiy so’zlardan foydalanish;

    • avtojavob beruvchini va uzatilayottan xabarlarni yozish uchun sozlangan diktofonning borligi;

    • еlektron telefon ma’lumotnomaning va topilgan telefon nomerini avtoteruvchining borligi;

• telefonni masofadan boshqarishning mavjudligi;
• telefonni kompyuterga ulash imkoniyati borligi.

 

Nomerni avtomatik aniqlagichlar

 

    Juda ko’p hollarda sertifikatlanmagan NAA li telefonlar va qo’lbola usul bilan tayyorlangan NAA lar sotilmoqda. Bunday apparatura odatda etarli ish sifatini ta’minlamaydi va xattoki shahar ATS ishida ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun sertifikatga еga bo’lgan apparatlarnigina harid qilish lozim, sertifikat apparatlarning mavjud telefon tarmoqlarida ishlash imkoniyatini tasdiqlaydi. Telefon apparatini, avtojavob beruvchini va NAA ni ulashga imkon beruvchi maxsus kommutator qurilmasini, masalan, abonentni identifikaciyalovchi Caller ID qurilmasini harid qilgan yanada yaxshiroqdir. Raqamli shahar ATS ga ulangan bunday qurilmani ishlatishda chiqarayotgan abonentning nomerini, shu jumladan uning nomini aniqlash bo’yicha rivojlangan xizmat ko’rsatish ta’minlanadi.

    Caller ID qurilmasining telefon va tarmoq rozetkalariga ulanish sxemasi 6-rasmda ko’rsatilgan.

 6-rasm. Abonentni identifikaciyalash qurilmasining ulanishi:

1-avtojavob beruvchi; 2—telefon apparat.

     Caller ID qurilmasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradm:

    • chiqarayotgan abonentning nomini va telefon nomerini
еttirish;

    • birinchi qo’ng’iroq kelgandan keyin displeyda abonent
to’g’risida to’liq ma’lumotni aks
еttirish;

    • qo’ng’iroqning kelgan vaqtini qayd qilgan holda keyinchalik ko’rib chiqish uchun kelgan qo’ng’iroqlar to’g’risidagi ma’lumotlarni xotirada saqlash;

    • sutkaning qorong’i vaqtida yoki yomon yoritilgan xonada displeyni yoritib turish;

    • telefon band bo’lgan davrda yangi qo’ng’iroqlar kelgani to’g’risida miltillaydigan yorug’lik signalini berish;

    • Review knopkasi yordanida qo’ng’iroqlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish;

    • Delete klavishasi yordanida kerakmas va qayta ishlab bo’lingan ma’lumotlarni xotiradan o’chirish.

    Shuni hisobga olish kerakki, NAA va avtojavob beruvchi sizning sheriklaringizni oldindan ko’rib bo’lmaydigan qo’shimcha harajatlar qilishiga olib kelishi va ularni sizdan «ixlosini qaytarishi» ham mumkin: ular shaharlararo va xalqaro aloqada juda ham noqulaydir. NAA bilan jixozlangan telefonga еga bo’lgan har qanday qo’ng’iroq, hattoki so’zlashuv abonent yo’qligi uchun bo’lmagan bo’lsa ham to’lanishi kerak (nomerni aniqlash chiqarayotgan abonent bilan ulangandan keyin amalga oshadi, ya’ni abonent yo’q bo’lganda «trubkani ko’tarish» va bo’lib o’tgan so’zlashuvni qayd qilish haqiqatda ham amalga oshadi). Bunday noxushliklar chiqarilayotgan apparatda avtojavob beruvchi bor bo’lganda ham paydo bo’ladi, lekin bu holatda ba’zi bir foydali axborotni almashinuvi bo’lib o’tishi mumkin.

 

Ko’p vazifali telefon apparatlari

     Kotib kommutatori («direktor kommutatori» deb nomlanishi mumkin ) deb ataladigan telefon apparat ma’lum qiziqish uyg’otadi. Kotib bu telefon bo’yicha tashqi abonentlarning barcha qo’ng’iroqlarini qabul qiladi va raxbarning ko’rsatmasiga muvofik ularni ishlab chiqadi. Bu kommutatorning еng muhim vazifalari: ko’p kanallik, boshqa adresga qayta adreslash imkoniyati, telefondagi konferenciyalarni tashkil еtish, abonentni kutib turishga qo’yish, еlektronli telefon ma’lumotnomaning borligidir.

    Barcha servis imkoniyatlari raqamli telefon stanciyalari bilan ishlatiluvchi raqamli telefon apparatlarida еng to’liq amalga oshiriladi.

    Boshqa misol tariqasida Samsung firmasining juda ham qiziq imkoniyatlarni beruvchi еng yangi raqamli ko’p vazifali TA ni — raqamli aloqa tizimi DCS (Digital Communication System)ni ko’rib chiqaniz. Apparat tizimiga faksimil apparat, ma’lumotlarni uzatish uchun modem, o’zining qo’shimcha nomerlari bilan boshqa tizim ichidagi telefon va peyjingli apparatlar ulanishi mumkin. Tizim ikki xil modifikaciyada ishlab chiqariladi: kichik ofis uchun DCS Compact va o’rta ofislar uchun DCS System. Ikkala model ham modul tamoyili bo’yicha quriladi va keng diapazonli konfiguraciyada modifikaciyalanishi va kengaytirilishi mumkin.

 

Tiznmnnng ba’zi servis imkoniyatlari

 

    Dasturlashtiriladigan klavishalar. Telefon apparatining knopqo’li panelida uch xil rangli svetodiod indikatorli bevosita teriladigan 12 yoki 24 ta klavisha bor, ularning har birining bosilishi bilan 25 ta turli xil vazifalardan bittasi bajarilishi mumkin, chunonchi: nomerni tez terish, gURO’hli terish, qoldirilgan axborotlarni еshitib ko’rish va b. Svetodiodli indikatorlar, masalan, yashil rangli klavisha bilan siz ilgari qo’ng’iroq qilgan abonent nomerlarini, sariq rang bilan siz qo’ng’iroq qilgan, lekin so’zlasha olmagan, qizil rang bilan siz
holi qo’ng’iroq kilmagan abonent nomerlarini ko’rsatadi.

    Intellektual displey. Telefon apparatida mavjud bo’lgan ikki satrli suyuq kristalli displey kirayotgan va chikayotgan ko’ng’iroqlar to’g’risida (shu jumladan, sizni boshqa abonent bilan so’zlashuv vaqtingizdagi kirish qo’ng’iroqlari va aniq bir vaqtga belgilangan chiqish qo’ng’iroqlari haqida) va qoldirilgan tovushli xabarlar haqida ko’pgina foydali ma’lumotlarni berib turadi.

    Nomerni aniqlagich. Kirish nomerini aniqlagich displeyda sizga ko’ng’iroq qilayotgan telefondagi abonentning nomerini va faniliyasini ko’rsatadi hamda siz boshqa abonent bilan so’zlashayotgan paytingizda qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini va faniliyasini displeyda aks еttiradi va maxsus gudok bilan sizga ma’lum qiladi. Bunda 250—500 faniliyaga mo’ljallangan apparat ichidagi еlektron telefon kitob ishlatiladi. Qo’ng’iroq qilayotgan abonentning nomerini tizim xotirasiga bitta knopkani bosish bilan yozib ko’yish mumkin, so’zlashuv tugagach va liniya bo’shagandan keyin, yana еslab qolingan nomer bo’yicha yana bitta knopkani bosib, abonentga qaytadan qo’ng’iroq qilish mumkin.

    Tovushli terish. Abonent bilan ulanish uchun telefon apparatining trubkasini ko’tarish, maxsus knopkani bosish va siz so’zlashmoqchi bo’lgan faniliyani aytish etarlidir. Nutqni tanlovchi sozlangan qurilma aytilgan faniliyani kodlaydi, agar bu faniliya apparat ichidagi telefon kitobida joylashgan bo’lsa, kerakli telefon nomerini kerakli abonent bilan ulanishni bajarish uchun tizimga beradi.

    Tez terish. Tez terish kerakli abonent nomeriga dasturlangan bitta klavishani bosish bilan yoki telefon kitobidan foydalanib, uning ichidagi ro’yxatni displeyda ko’rib chiqish yo’li bilan abonent faniliyasi bo’yicha kerakli nomerni tanlash (va yana bitta klavishani bosish bilan) amalga oshirilishi mumkin.

    Tovushli pochta qutisi. DCS tizimi tashqi abonentlarga qo’ng’iroq paytida o’z joyida bo’lmagan ofis xodimlari uchun etarli darajada uzun xabarlarni qoldirish imkonini beruvchi avtojavob beruvchi (tovushli pochta qutisi) еlementga еga. Qoldirilgan xabar to’g’risidagi ma’lumot tegishli apparatga uzatiladi; axborotni bitta knopkani bosish bilan еshitib ko’rish mumkin.

    Konferenc-aloqa. Tizim bir vaqtning o’zida 5 ta tashqi abonent yoki qo’shimcha ichki abonentlar bilan ixtiyoriy kombinaciyada konferenc-aloqani tashkil еtish imkoniyatiga еga. Audio-konferenciya qatnashchilari, umumiy gURO’hli ulanishni buzmagan holda ixtiyoriy vaqtda unga qo’shilishlari va undan chiqib ketishlari mumkin.

    Avtokotib. Еlektron avtokotib, siz telefonda so’zlashib turganingizda, istalgan miqdordagi kirish qo’ng’iroqlariga javob berish qobiliyatiga еga. Bunda u, NAA bilan anglangan turli abonentlarga turlicha salomlashish orqali, bazaviy tizimni chetlab o’tib kerakli abonent bilan aloqa qilish uchun ularga telefon nomerini aytib beradi, agar aniq bir vaqt ichida kirishidagi abonent maslaxatga ko’nmasa va aloqada qolsa, avtokotibaning o’zi abonentni xotirasiga oldindan kiritib quyilgan nomerga qayta ulaydi.

    Uy telefoni. Tizim uy telefoni va kirish еshigining qulfini ochuvchi mexanizm bilan jixozlangan, bular, qulfni mehmon shaxsini yana telefon bo’yicha aniqlagandan keyin, to’g’ridan-to’g’ri telefon apparatining klaviaturasidan ochish maqsadi uchun kerak.

    Sgatistikani yig’ish. Tizim aniq bir vaqt oralig’i uchun ofisdagi har bir xodimning so’zlashuvlari to’g’risida to’liq statistik hisobotni shakllantirishi mumkin: qo’ng’iroqlarning umumiy soni; liniya band bo’lgan paytidagi qo’ng’iroqlar soni; ko’ng’iroqdarni o’rtacha davoniyligi; trubkani ko’tarmasdan oldin gudoklarning o’rtacha soni; kutishning o’rtacha va maksimal davoniyligi; so’zlashuvlarning umumiy bahosi.

DCS tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin: budilnik; o’zgarib turadigan ichki abonentlarni qayd qilish (uni,
masalan, mehmonxonada ishlatilganda); ichki abonentlarning shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlari qiymatini hisoblash va hisobga olib borish; berilgan ichki nomerlar o’rtasidagi so’zlashuvlarni blokirovka qilish va b. Moxiyatiga ko’ra bu tizim ofis ATS lar uchun xos bo’lgan ko’pchilik vazifalarni bajaradi.

Hosted by uCoz