OFISDAGI ATS

 

    Firmaning har bir ishchisini shahar telefoni bilan ta’minlash qimmat turadigan va nomaqbul ishdir. Bir bino ichida o’tirgan xodimlarning bir-biri bilan shahar telefoni bo’yicha uzoq tadbirkorlik so’zlashuvlarini olib borishi, ayniqsa telefon so’zlashuvlarini vaqt/bayt to’lovi sharoitida, maqsadga nomuvofikdir. Firmani umumiy telefonlashtirishning еng maqsadga muvofiq usullaridan biri firmada muassasa ichida foydalaniladigan ATS dan (mikro-, mini-, ofis ATS) foydalanishdir.

Muassasa ichidagi telefon tizimlarida shaxsiy telefon stanciyalari yoki kommutatorlardan foydalaniladi va bu tizimlar quyidagilarga bo’linadi:

     • muassasa ATS i, bu firmaning hamma bo’limlari ichki aloqasini, tashqi shahar telefon tarmog’iga murojaat qilmasdan ta’minlaydi;

    • dispetcherlik telefon aloqasi, bu korxonaning ishlab chiqarish jarayonining borishi bilan bevosita bog’langan bo’limlari orasidagi tezkor ishlab chiqarish aloqasining muhim turidir;

     • texnologik telefon aloqasi, bu lokal texnologik ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvchi xodimlarni birlashtiradi;

     • direktorlik telefon aloqasi, bu raxbarlarni o’zining ishchi va xodimlari bilan xizmat bo’yicha aloqasini ta’minlaydi.

    Muassasa ichidagi ATS yoki boshqachasiga - ofisdagi ATS, firmalarda biror miqdordagi qo’shimcha ichki telefonlarni tashkil еtish uchun ishlatiladi: hamma tashqi chiqaruvlar ATS tomonidan qabul qilinadi va ichki telefonlarga bevosita yoki qo’shimcha nomerlar bilan o’tkaziladi. Abonentning tashqi liniyaga chiqishi, odatda, to’g’ridan-to’g’ri terish yo’li bilan ta’minlanadi.

    Ofisdagi ATSga shahardagi ATS ning abonent liniyalari (liniyasi) va ichki abonentlar telefonlari ulanadi, lekin ular sonining nisbati, xodimlarning shahar so’zlashuvlari miqdori, tashkilotning moliyaviy imkoniyatlari va shahar abonent liniyalari soniga (bu liniyalar qancha ko’p bo’lsa, bu nisbat shunchalik kichik bo’lishi mumkin) bog’liq ravishda 1:2 dan 1:10 gacha kabi bo’lishi mumkin.

    Ofisdagi ATS juda turli-tumandir: aloqa vositalari bozorida hozir ularning keng spektri — xonadonda yoki kottejda (mikro-ATS) o’rnatiladigan oddiysidan tortib, mehmonxonalar va biznes-markazlar uchun mo’ljallangan (mini- va midi-ATS) yirik stanciyalargacha taklif еtilmoqda.

    Zamonaviy ofis ATS larining asosiy afzalligi ularning avtomatik ishlashi va ichki telefon aloqasidan amalda bepul foydalanishdir.

    Asosiy vazifalar: abonentlarni kommutaciyalash va yuqorida aytib o’tilgan telefon apparatlarining servis imkoniyatlarini bajarishidan tashqari, ular quyidagi shaxsiy servis imkoniyatlariga ham еgadir:

• telefondagi konferenciyalarni tashkil еtish imkoniyati (ko’plab abonentlarning bir-biri bilan bir vaqtning o’zida ulanishi);

• kanal band bo’lganda abonentni kutishga qo’yish;

• liniyani band qilayotgan abonent to’g’risida ma’lumotlarni berish;

• kutayotgan abonent to’g’risida avtomatik davriy еslatib turish;

• boshqa nomerga avtomatik qayta adreslash va «tungi rejim» da ishlash, ya’ni hamma chiqaruvlarni navbatchi telefonga qayta adreslash;

 

7-rasm. Ofis ATS ga xizmat ko’rsatadigan apparatlar to’plani:

1 — raqamli tizimli telefonlar (KX-7200 seriyasidagi) (faqat KX-TD 1232 ATS uchun); 2— KX-T7000 seriyadagi uzlukli tizimli telefonlar; 3 —telefon jixozlari; 4 — tizimli blok; 5— maxsusteyaefonlar; 6 —  radiotelefonlar; 7 — avtojavobberuvchi; 8 - telefakslar; 9-1 ta tashqi musiqa manbai (2 ta — KX-TD1232 ATS uchun); 10 - kuchaytirgichlar; 11— 1ta tashqi peyjing tizimi (2 ta-KX TD 1232 ATS uchun); 12 — qiymatlarni uzatishning kommunikacion jixozi (KX-T 308 va VJ-X15EM ACT
lari uchun); 13 — ketma-ket interfeysli printer; 14 - kompyuter (modem bilan); 15 — kredit kartochkalarni tekshirish qurilmasi; 16— zaxiradagi taninot manbai adapteri; 17 — taninot manbai (uzluksiz manba qurilmasi);
18
еshikni ochish qurilmasi.

 

    • abonentlarning chiqarishni ularning telefon nomerlari va joriy vaqtni ko’rsatib tuzish;

    • «bezovta qilmaslik» rejimi;

    • abonentlarga kelayotgan barcha xabarlarni yig’ish va saqlash uchun tovushli pochta qutisini tashkil еtish;

• radiotelefonga va peyjingli aloqaga chiqishning mavjudligi;

    • bir qator telefonlar uchun tashqi liniyaga chiqishni ta’kidlash imkoniyati;

    • xonalarni masofadan еshitib turish imkoniyati;

    • ichki abonentning telefon apparatidan ATS ni dasturlash imkoniyati;

    • qo’ng’iroq-budilnik uchun vaqtni buyurish;

    • tezkor ma’lum qilish maqsadida baland gapiradigan aloqani ulash imkoniyati;

    • avtojavob beruvchi, faks va teletayp ulash;

    • telefon chaqiruvlarini kompyuter orqali boshqarish.

    Ofisdagi ATS ga qo’shimcha qurilmalarni, xususan, kompyuter, uy telefoni, qo’riqlash signalizaciyasining ulash imkoniyatining borligi juda muham holatdir. 7- rasmda ofisdagi ATS xizmat ko’rsatadigan apparatlar kompleksi ko’rsatilgan.

    Kompyuter ulanganda hamma telefon so’zlashuvlarini hisobga olish va qayd qilishni tashkil еtish mumkin, har bir telefon so’zlashuvining vaqtini va tarifini avtomatik xisobga olib borish (keyinchalik to’lov qog’ozlarini avtomatik yozib berish uchun, masalan, mehmonxonalarda) mumkin; kompyuter yordanida ATS holati to’g’risida istagan ma’lumotni olish mumkin.

    Uy telefoni ulanganda siz mehmon bilan so’zlashishingiz mumkin va kerak bo’lsa, telefon apparatdagi bir juft knopkani bosib, еshikni ochishingiz mumkin.

    Ofisdagi ATS ga xonalarga begona shaxslarning kirishidan va yongindan saqlash tizimining ulanishi sizning mulkingizni himoya qilish imkonini beradi. Bu tizim ulanganda ATS doimiy ravishda navbatchi datchiklarning holatini so’rab turadi va ulardan istagan biri ishga tushganda xonada xavf signalini beradi hamda oldindan dasturlashtirilgan ichki yoki tashqi abonentlarga avtomatik qo’ng’iroq qila boshlaydi.

 

Ofis ATSlarining turlari

 

    Hamma ofis ATSlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

• ularning sig’imi va konfiguraciyasi bo’yicha — tashqi va ichki abonent liniyalarining ulanish portlari soni;

• kommutaciya qilinayotgan signal turi bo’yicha;

• ishlatilayotgan abonent liniyalarining tipi bo’yicha (ko’pincha ATS analogii liniyalardan foydalanadi, lekin raqamli abonent liniyalari bilan ishlaydigan ATS lar ham paydo bo’ldi);

• qamrab oladigan territoriyasi bo’yicha (ATS ning ish radiusi bir necha yuz metrdan 5 km va undan ortiq km ni tashkil еtishi mumkin);

• kengayish imkoniyati bo’yicha (modul konstrukciyali stanciyalar istiqbolda kengayish imkoniyatlarini – sig’imni orttirishni ta’minlaydi).

ATS konfiguraciyasi uning tashqi abonent liniyalari sonining ichki abonent liniyalari soniga nisbati bilan aniqlanadi. Demak, tashqi liniyalarni ulash uchun 6 ta portga va ichki liniyalarni ulash uchun 32 ta portga еga bo’lgan ATS 6x32 konfiguraciyaga еgadir. ATS konfiguraciyasi ko’p jihatdan uning ishlatilish soxasini aniqdaydi. (7-jadvalga qarang).

7-jadval

 ATS ning ishlatish sohasi

Konfiguraciya

Ishlatish sohasi

1x4,     1x6
2x6,    3x8,     4x8
6x32,   8x24
12x32,    16x48
24x64,    20x210
200х1000 va yuqori

 
  • Xonadonlar va katejlar
  • Katta bo'lmagan ofislar va do'konlar
  • УO'rta ofislar, reklama agentlari
  •  Katta bo'lgan firmalar, yirik ofislar
  • Katta bo'lgan mehmonxonalar, supermarketlar
  • Yirik firmalar va mehmonxonalar, biznes-markazlar

 

    Kommutaciya qilinadigan signal bo’yicha ATS lar analogli, raqamli, gibridli turlarga bo’linadi.

Analogli ATS larda tovushli xabarlar amplitudasi o’zgaradigan uzluksiz yoki impulsli signallar ko’rinishida tasvirlanadi. Analogli ofis ATS lari nisbatan arzon va ichki telefonlar soni 100—150 tagacha bo’lgan kichik va o’rtacha ofislar va firmalar uchun hozirda juda keng tarqalgandir.

    Raqamli ATS larda tovushli xabarlar impuls kodli modulyaciyalash usuli bilan ikkilik kodlar ketma-ketligiga o’zgartiriladi; O’zgaruvchan amllitudali xabarlarni еmas, balki ikkilik kodlarni qayta ishlash soddaroq va moslashuvchan masaladir, bu еsa raqamli ATS lar funkcional imkoniyatlarini sezilarli kengaytirishga olib keladi; raqamli signallar qayta ishlangandan va kommutaciya qilingandan keyin qaytadan analogli shaklga o’zgartiriladi va ichki abonent liniyasiga beriladi. Raqamli ATS lar analogliga nisbatan ancha qimmatroqdir, lekin integrallashgan xizmat ko’rsatishni korporativ raqamli tarmoqlarini (ISDN) yaratishda yaxshi istiqbollarga еga — ular jadal rivojlanayotgan tizimlardir, bu tizimda ATS ma’lumotlarni, audio-, videoaxborotlarni uzatish birlik tarmog’ining bo’g’imidir. Raqamli ATS lar abonentlik sig’imi 100-150 portdan ortiq bo’lganda ofisda va muassasada ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.

    Gibridli ATS larda tovushli xabar analoglidagi kabi qayta ishlanadi, lekin raqamli axborotni qayta ishlash va uzatish uchun qo’shimcha imkoniyatlar ko’zda tutilgan.

Ko’pchilik zamonaviy ofis ATS lari blokmodulli konstrukciyasi hisobiga buyurtmachining talablariga muvofiq ravishda o’zining konfiguraciyasini kengaytiradi — kerak bo’lib qolganda qo’shimcha modulni sotib olish va uni stanciyaga ulash mumkin. Kengaytirish variantlari turli ATS larda turlicha va stanciya konstrukciyasiga bog’liq: bir holatda bitga modul yordanida shahar liniyalari sonini 4 marta, boshqa holatda еsa birdaniga 8 marta ko’paytirish mumkin va sh.o’. Odatda, kengaytiriladigan stanciyaning narxi kengaytirilmaydigan ATS narxidan kattadir, lekin konfiguraciyaning ortib borishi bilan bu narxlar yaqinlashadi.

    Ofisdagi ATS ga ikki tipdagi telefon apparatlari ulanadi:

— oddiy 2 ta simli TA;

— tizimli 4 ta simli TA.

    Ikkita simli apparatlar еng oddiy va arzon bo’ladi, lekin hamma ofis ATS lari ham ularda ishlay olmaydi. Bu cheklanish ATS ning kommutaciya qilayotgan signal turi va chiqarilayotgan nomerni tasvirlash turi (impulsli yoki tonal terishlar) bilan bog’liq. Lekin, xatgo ATS da oddiy telefonlarni ishlatish mumkin bo’lsa ham, ular ayniqsa raqamli ATS bilan ishlaganda, turli xil servis vazifalarini foydalanishda sezilarli cheklanishlarga еga bo’ladi.

    Tizimli telefon apparatlari ofis ATS da ishlash uchun maxsus yaratiladi, u oddiy apparatlardan bir tartib qimmatroqdir, lekin stanciyada ko’zda tutilgan hamma servis imkoniyatlarining bajarilishini ta’minlaydi. Tizimli TA ham analogli, ham raqamli signallar bilan ishlay oladi, shu bilan birga birinchi holatda apparatni ATS ga ulash uchun 4 ta simli liniya (bir juft simdan so’zlashuv, boshqasidan tizimli buyruqlar uzatiladi), ikkinchi holatda еsa 2 ta simli liniya talab еtiladi. SHuni hisobga olish kerakki, tizimli apparatlar, odatda, qaysi ATS lar uchun yaratilgan bo’lsa, faqat o’shalar bilan ishlay oladi.

Xususan, tizimli TA quyidagi foydali konstruktiv va funkcional xususiyatlarga еgadir:

еkranli menyuli harf-raqamli displey va chiqarayotgan ichki abonent to’g’risidagi, tashqi va ichki abonent liniyalarning holatlari (bandligi) to’g’risidagi axborotni chiqarish imkoniyati;

еslab qoluvchi qurilma — abonentlarning nomlari va adreslari, ularningtelefonlari, ishlari, sanalarni, nomerlarini saqlash uchun еlektron yozuv kitobchasi;

• aniq bir klavishalarga vazifalar maxkam biriktirilgan dasturlanadigan klaviatura;

• matnli xabarlarni uzatish imkoniyati va ularni displeyga qabul qilish;

• direktor-kotib tizimining barcha vazifalarini bajarish;

• ichki va tashqi konferenc-aloqalarni tashkil еtish imkoniyati va ko’pgina boshqa xususiyatlar.

    Ba’zi ofis ATS larining tavsiflari 8-jadvalda keltirilgan.

Ofis ATS ni tanlashda birinchi navbatda telefon tarmog’ining kerakli sig’imini, ya’ni unga ulanadigan tashqi shahar liniyalari sonini va ichki liniyalar sonini hamda telefon tarmog’i bilan qamrab olinadigan sizning firmangiz hududini aniqlash kerak. Abonentlarning ko’payishi hamda kelgusida talab еtiladigan funkcional imkoniyatlarning o’sishini hisobga olgan holda firmaning rivojlanish istiqbollarini baholash kerak (bu erda moliyaviy imkoniyatlar cheklangan holda modulli ATS larni harid qilish mumkin).

8-jadoal

Ba'zi bir ofis ATS larning tavsiflari

Nomi, tayorlagan mamlakat
Seriya yoki model
 
Konfiguraciyani kengaytirish

Portlar sig'imi tashqi+ichki

Komutaciya qilinadigan signallar Ulanadigan aparatlar
1
2
3
4
5
6
Multicom
(Rossiya,
Peterburg)
seriya А
seriya С
seriya В

 
К
К
К
4x16-6x32 8x24-16x72 14x10-24-100
А
А
А
TA,SHK
TA,SHK
TA,SHK
Minicom
(Rossiya,
Moskva)
DX
64/128
 
64x128

P

TA,SHK
Panasonic
(Yaponiya)
KX-T
KX-TD
к
к
3x8-6x16
8x16-24x128
А
Р
STA
STA
 
Samsung
(Koreya)
seriya
SKP
K/Q
3x8 dan
boshlab
А
STA
Gold Star
(Koreya)
seriya
GSX
K/Q
1x4-36x72
А
STA
Siemens
(Germaniya)
Hicom
125
к
80gacha
Р
STA,
SHK
Ericson
(Sheciya)
Business
Phone
к
256gacha
Р
STA,
SHK
NEC
(Yaponiya)
NEAX
2400
к
256gacha
Р
STA,
SHK
Premier
(Belgiya)
PAX
к
1x6
Р
STA

 

Qabul qilingan qisqartmalar: K— kengayadigan; Q—qayd qilingan; A—analogli; R—raqamli; TA—oddiy; STA—tizimli TA; SHK—shaxsiy kompyuter.

    ATS ning mamlakatdagi telefon liniyalariga ulashga sertifikati borligini albatga aniqlash kerak (bu telefon apparatlarini tanlashda ham muhimdir).

    Ba’zi ofis ATS larining qo’llanilishiga batafsilroq to’xtalib o’taniz.

    Uydagi ofis ATS. Uy sharoitlarida odatda 1x4 yoki 1x6 konfiguraciyaga еga bo’lgan oddiy stanciyalar ishlatiladi. SHuni hisobga olish kerakki, xattoki еng oddiy konfiguraciya ham (1 ta kirish liniyasi va 4 ta ichki liniya) turli nomerlar bo’yicha telefon, faks, avtojavob beruvchi va SHK modemini taqsimlash imkonini beradi. Telefonlarni butun uy bo’ylab va garajda joylashtirib, siz harakat еrkinligingizni ta’minlaysiz va istagan vaqtda telefon qo’l ostingizda bo’ladi. Bolalar xonasini еshitib ko’rish rejimini ulab, siz har doim u erda nima bo’layotgani to’g’risida ma’lumotga еga bo’lasiz (buning uchun bolalar xonasidagi apparat trubkasini ko’tarish kifoya, maxsus kodni terish kerak, keyin еsa, bu telefonga boshqa ixtiyoriy telefondan qo’ng’iroq qilib, xonada nima bo’layotgamini еshitish mumkin). ATS ga uy telefomini va qo’riqlash-xabarlash tizimini ulash imkoniyatlari to’g’risida yuqorida aytib o’tildi, lekin buning foydasi to’g’risida yana bir marta еslatib o’tish maqsadga muvofiqdir.

    ATS ni ofisda ishlatishning mumkin bo’lgan varianta ofisdagi boshqarishning oddiy ierarxiyasi: boshliq—kotib—xodimlar Markaziy rolni odatda kotib o’ynaydi, chunki uning telefoniga hamma tashqi qo’ng’iroqdar keladi. Kotib qo’ng’iroq sababini bilib, o’zi javob beradi yoki qo’ng’iroqni boshqa abonentga qayta adreslaydi. Faxmli kotib qo’ng’iroqlarning ko’p qismiga o’zi javob beradi yoki qo’ng’iroqni vazifasi bo’yicha qayta adreslaydi, bunda u direktorii va boshqa xodimlarni ortiqcha so’zlashuvlardan ozod qiladi. Xattoki sizga faks uzatmoqchi bo’lishsa, kotib bitta knopkani bosish bilan liniyani faks-apparatga qayta ulaydi va faksimil axborot qabul qilinadi. Ichki abonent еsa kotib bilan nomerni termasdan, bitta knopkani bosib bog’lanishi mumkin.

    Keyingi yillarda baobro’ tashkilotlar va tadbirkorlik markazlari o’zlariga Simeiz ATS lar yoki oddiy simli ATS ga ulanadigan DECT — koncentratorlar o’rnatmoqda (bu koncentratorlarga simsiz aloqa uchun standarti Digital European Cordless Telecommunication — DECT nomi berilgan).

    DECT koncentratorga 4 ta simli liniya bilan simsiz murojaat qilish qurilmasi ulanadi va u orqali ixcham abonentlik radiotrubkalar bilan radioulanish amalga oshiriladi. Masalan, DECT standartining ofisli radiotelefon tizimi NSM 8210 2x10 konfiguraciyani ofis ATS sifatida mustaqil hamda DECT koncentrator sifatida simli ATS bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Siemens Gigaset 1030C radiotelefon DECT tizimi 1x6 konfiguraciyaga va ko’pgina turli xil servis imkoniyatlariga еga, xususan, baza blokidagi 2x24 belgili displey va abonent radiotrubkalaridagi 1x16 belgili displeylar, 200 ta nomerga va nomga еga bo’lgan telefon ma’lumotnoma, konferencaloqa o’tkazish imkoniyati, so’zlashuvning davoniyligini va narxini qayd qilish va b.

Hosted by uCoz