RADIOTELEFONLI ALOQA

Kimki ulgurmadimi, u kechikdi.

 

    Bir necha yil oldin radiotelefonli odam ko’chada yoki avtomobilda ko’p sonli xissiyotlarni uyg’otardi, xattoki «bu odamlar juda ham xaddidan oshib ketdi», «odamlar pulini qayqqa qo’yishni bilmay qoldilar» va sh.o’. ko’rinishdagi muloxazalar ham aytildi.

Butun tadbirkor kishilar o’z xayotini radiotelefonsiz tasavvur qila olmaydi: ularning qaysi biriga quyidagi vaziyat tanish еmas: biznes bo’yicha hamkorlar yoki buyurtmachilar bilan muzokaralar o’tkazgandan so’ng o’z raxbarini muzokara natijalari bilan tezda tanishtirish zarurati paydo bo’ladi. Begona ofisdan qo’ng’iroq qilish noqulay, yaqin atrofda yaxshi ishlaydigan taksofon yo’q, ma’lumot bera olmaslik еsa talofat bilan barobar, vaqt o’tmoqda va bu bilan biror ishni qilish imkoniyati ham ketmoqda. O’z vaqtida axborot olinmaganlikdan kelib chiqqan talofat radiotelefon harid qilishga ketgan harajatlardan bir necha marta ortib ketishi mumkin va bu faqat shunday ko’p sonli misollardan bitgasi.

    Simsiz aloqani ishlatish baobro’ odamni go’yoki tashrif qog’oziga aylandi, mobil telefon еsa obro’-е’tibor ko’rsatkichi, uning imidji еlementidir.

    Shuning uchun ko’plab tadbirkor kishilar radiotelefon harid qilishni o’z firmasining harajatlar smetasida oldingi o’rinlardan birigaqo’ymoqda.

    Odatda, radiotelefonli aloqa tizimlari, chet еlda еsa Wireless Local Loop (WLL) deb ataluvchi telefon aloqaning simsiz tizimlari keyingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko’pincha, mobil (mobil — harakatlanadigan) abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli tizimlar sifatida hamda simli telefon liniyalari bo’lmagan hollarda (masalan, yangi qurilishlarda, qishloq joylarida va h.k.) stacionar ob’ektlar bilan aloqa uchun ishlatiladi.

    Radiotelefon aloqa tizimini yaratish qimmat turadigan telekommunikaciyalarni o’tkazishni, murakkab muxandislik ishlarini bajarishni talab еtmaydi, aloqa joyning relefiga va obhavo sharoitlariga bog’liq bo’lmagan holda bir necha kunda tashkil еtilishi mumkin.

Radiotelefon aloqa texnologiyasi yirik shaharlar, shahar atrofidagi tez rivojlanayotgan qishloqlar va dala xovlilarni kichik shaharlar va telekommunikaciya tizimi rivojlanmagan aholisi siyrak joylar еxtiyojini qondirish imkonini beradi.

Radiotelefon aloqa texnologiyasi mas’ul xodimni, tijoratchini, tadbirkorni, mutaxassisni o’z xodimlari va hamkorlari bilan, u qaerda, boshqa tashkilotda, majlisda yoki simpoziumda, dala xovlida, o’rmonda yoki plyajda bo’lmasin ishonchli va tezkor aloqani ta’minlashi mumkin.

Radiotelefon aloqa simli telefonga nisbatan doimiy ishlatish uchun raqobatbardosh alternativa bo’lishi mumkin, negaki simli telefon jiddiy kapital mablag’larni va ko’p mexnat talab еtadigan joriy xizmat ko’rsatishni talab еtuvchi murakkab xujalikdir, buning ustiga bu tizim ba’zida tezkor ulanishni ta’minlay olmaydi.

    Simsiz telefon tizimi oddiy simli telefon tizimiga nisbatan quyidagi muhim afzalliklarga еga:

• tabiiy sharoitlarga va telekommunikaciya infrastrukturasining mavjudligiga bog’liq bo’lmagan holda har qanday sharoitlarda ham yaratish mumkinligi;

• mobil foydalanuvchilar bilan ishonchli va tezkor aloqani ta’minlashligi;

• tizimni tashkil еtish bo’yicha ishlarga mexnat sarfining kamligi va foydalanishga topshirishning yuqori sur’atlari;

• tizimni yaratishga ketgan kapital mablag’larning 2—3 marta kamligi;

• tizimni o’zini qoplash muddatining kichikligi;

• keng servisga еgaligi, xususan, tizimni boshqarish bo’yicha va axborotni himoya qilish bo’yicha servisga еgaligi.

    Hozirgi vaqtda radiotelefon aloqa asosan xuquqiy sub’ektlar orasida keng qo’llanilmoqda: korxona va tashkilotlarda, firmalarda va tijorat kompaniyalarvda; favqulodda holatlarda; ishlarni tezkor muvofiqlashtirish va vakolatli funkciyalar uchun, ishlab chiqarishni va texnologik jarayonlarni tezkor tashkiliy boshqarish uchun va ko’pgina boshqa maqsadlar uchun foydalanilmoqda.

Radiotelefon tizimlar o’rtasida ularning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

·  uyali radiotelefon aloqa tizimlari;

·  trankingli radiotelefon aloqa tizimlari;

·  radiogo’shakli telefonlar;

·  radiotelefon o’zaytirgichlar;

·  shaxsiy yo’ldoshli radioaloqa tizimlari.

Hozirgi vaqtda jahonda radiotelefon tizimlarining ish
bayonnomalarini belgilovchi
еllikka yaqin turli xil standartlar mavjud; juda ham ko’p tarqalgan mobil radiotelefon aloqa
tizimi standartlari 9-jadvalda keltirilgan.

 

9-jadval

Radiotelefon aloqaning ba'zi bir standartlari

Standart Tarqalishi Kanal platasi kegligi, kGc Ma'lumotlarni uzatish tazligi, Kbot Tarmoq turi
1
2
3
4
5
AMPS
Rossiya,
AQSH
30
0,2-0,4
Analogli uyali
NMT

Rossiya, Evropa

20
0,46-1,2
Analogli uyali
GSM
Rossiya,
Evropa,
AQSH
200
0,2-9,6
Raqamli uyali
ТDМА
Rossiya,
Evropa,
AQSH,Osiyo
30
48,6

Analogli radiotarmoqlar, yo'ldosh tizimlar

СDМА
Osiyo,AQSH
1230
1230
Raqamli, uyali, yo'ldoshli tizimlar
DECT
Evropa
1728
1152
Raqamli, uyali, yo'ldoshli tizimlar
TETRA
Evropa
25
36
Trakingli tizim
СТ2
Evropa
100
72
Radio telefon

 

Hosted by uCoz