HUJJATLAR BILAN ISHLASHNING TEXNIK VOSITALARI

Jahondagi 30 mamlakat jurnalistlarining

77 foizi «qog’ozli axborotdan», hattoki keyingi yuz

yillikda xam to’liq voz kechishga erishib bo’lmaydi,

deb hisoblashadi,

PC WEEK/RE, 1997 №46

    Har qanday biznes, u xoh katga bo’lsin, xoh kichik bo’lsnn, nimadan boshlanadi?

Har qanday firmani, u ishlab chikaruvchi bo’lsa ham, tijoratchi bo’lsa ham, tashkil etish va faoliyati nimadan boshlanadi?

    Tadbirkorlik qogozlaridan!

    Turli xil shartnomalar, hukukiy qog’ozlar, xizmat instrukсiyalari, buxgalteriya blanklari, texnik topshiriqlar va texnik hujjatlar, reklama prospektlari va afishalari, bu erda endi tashrifnomalar, yorliqlar va shunga o’xshashlar to’trisida gap xam bo’lishi mumkin emas.

    Chunonchi, qog’ozsiz ish yuritish g’oyasi 25 yil oldin tug’ilgan va informatika bo’yicha ko’plab mutaxassislarning fikrini band etgan bo’lsa xam, tadbirkorlik dunyosi hali ham qogozli axborot bilan to’yinib bormokda.

    1994 yilda AQSH ning ko’p firmalarini so’roqlash shuni ko’rsatdiki, ularning 40 % i hamma tadbirkorlik ma’lumotlarining 95 % ini qog’ozli ko’rinishda saqlaydilar, 55 % ida qog’ozdagi axborotlar 50—95 % ni tashkil etadi va hamma surishtirilgan kompaniyalarning faqat 5 % idagina 50 % dan ko’proq ma’lumotlarni elektron formatda saqlaganlar. Umuman: bu firmalarda axborotlarning 92 % qog’ozda, 5 % mikrofilmlarda, 2 % magnnt lentasida va 1 % disklarda saqlanadi. Ekspertlar bahosi bo’yicha bunda ishbilarmon firmalarning xodimlari 15 % gacha xujjatlarni yo’qotadilar va ish vaqtining deyarli 30 % ini kerakli hujjatni izlashga sarflaydilar.

    Yuqorida aytilganlardan «qog’ozdagi nnformaсiyaga» mo’ljallavgan an’anaviy orgtexnikaning dolzarbligi ancha yuqori bo’lib qoladi, degan xulosa kelib chiqadi.

Hosted by uCoz