TRANKINGLI RADIOTELEFON TIZIMLARI

 

    Trankingli aloqa — ikki tomonlama mobil aloqaning еng tezkor turi harakatlanadigan abonentlar gURO’hini koordinaciyalash uchun еng samarali usuldir.

    Aloqaning trankingli tizimlari shaxsiy foydalanuvchilar uchun unchalik qiziq еmas (ular orasidagi aloqa uyali radiotelefon tizimlarining alohida imtiyozi bo’lib qoladi); ular korporativ tashkilotlar uchun, gURO’hdi foydalanuvchilar: tashkiliy belgilari yoki oddiy «manfaatlari» bo’yicha birlashtirilgan foydalanuvchilar gURO’hlari o’rtasida «bir zumlik» aloqa uchun istiqbolli va samaralidir. Trafik (axborotni uzatish) tez-tez asosan tranking tizimlari ichida bo’ladi va abonentlarning umumiy foydalaniladigan telefon tarmoqlariga chiqishi mumkin, lekin bu alohida holatlarda taxmin qilinadi.

    Trankingli aloqa tizimi (trunk — tana, poya) o’z ichiga bazaviy stanciyani (ba’zida bir nechta va retranslyatorlar bilan) va
teleskopik antennali abonent radiostanciyalarini (trankli radiotelefonlar) oladi.

    Bazaviy stanciya telefon liniyasi bilan bog’langan va katta radiusda ishlaydigan (50—100 km gacha) retranslyator bilan ulangan. Trankli radiotelefonlar juda ishonchli, ixcham va bir nechta variantlarda tayyorlanadi: olib yuriladigan — ish radiusi — 20—35 km, og’irligi 300 dan 500 grammgacha; tashib yuriladigan — ish radiusi — 35—70 km, og’irligi 1 kg ga yaqin; stacionar — ish radiusi 50—120 km, og’irligi odatda 1 kg dan ko’p. Trankingli aloqaning territoriyani qoplash bo’yicha o’rtalashtirilgan imkoniyatlari 9-rasmda ko’rsatilgan.

    Umuman, trankingli tizimlar uchun yuqori texnologiyalardan foydalanib bajarilgan yap-yangi uskunalar (ular abonent uchun ham, tarmoq operatori uchun ham yaxshi servisga еga), harakatlanuvchi  ob’ektlar bilan to’laqonli dupleksli yoki yarim dupleksli radiotelefon aloqasini ta’minlaydigan uskunalar, analog va raqamli rejimlarda ishlash xosdir.

 

9-rasm

 

    Tranking yordanida kichik sondagi radiokanallar ko’p sonli foydalanuvchilar o’rtasida dinamik taqsimlanadi. Bitta kanalga 50 tagacha va undan ortiq abonentlar to’g’ri keladi; abonentlar telefonni unchalik zo’r berib ishlatmaganligi, bazaviy stanciya koncentrator rejimida ishlaganligi (ya’ni hamma radiokanallarni faqat unga murojaat qilgan abonentlar o’rtasida taqsimlaydi) tufayli «band» holati еhtimolligi yuqori еmas (bitta kanalga xattoki bir nechta abonentni maxkam biriktirilganga qaraganga nisbatan kamroq)

    Radiotelefonlar bazaviy stanciyalarning ish zonasida joylasha turib va ular orqali telefon tarmog’ining ixtiyoriy abonenti (shu jumladan trankingli abonent bilan ham) bilan bog’lanib, tizimda ham, bir-biri bilan bazaviy radiostanciyalarning ham ichkarisida, ham zonasidan tashqarida mustaqil ravishda ham ishlashi mumkin. Birinchi holatda abonentlarning bevosita aloqasida ulanishlar katta tezkorlik bilan ta’minlanadi. Bazaviy stanciyalarning ishtirokisiz abonentlarning bevosita aloqaga kirish imkoniyati trankingli tizimlarning uyali tizimlardan asosiy, global farqidir.

 

Tranking aloqaning standartlari, operatorlari va apparaturasi

 

    Trankingli aloqaning bir nechta ish standartlari (bayonnomalari) mavjud: Smart Trunk, MPT 1327, LTR (hammasi analogli kanallar uchun) va yangi TETRA standarti (raqamli kanallar uchun), ular tizimning ham lokal, ham taqsimlangan tarmoq rejimlarida ishlashini ta’minlaydi.

    Rossiyada birinchi marta 1992 yilda taqdim еtilgan va butun jahonda ma’lum bo’lgan Smart Trunk tizimining rivojlanishi bo’lgan Smart Trunk II tizimi juda ommaviydir, u boshlanishda keng foydalanish uchun bitta zonali (lokal) sifatida ishlab chiqilgan. Hozirda Smart Trunk II tizimlari ham lokal, ham tarmoqli rejimlarda ishlatilmoqda.

    Ishlashning tarmoqli varianti ixcham territoriyani qamrab olish uchun yaqin joylashishi shart bo’lmagan, lekin xizmat ko’rsatilayotgan hududlarning joylashishiga mos ravishda joylashgan nechta bazaviy stanciyalar va retranslyatorlarning bo’lishligini ko’zda tutadi. Mumkin bo’lgan variantlardan biri, masalan, firmaning markaziy ofisi joylashgan va abonentlar zichligi yuqori bo’lgan shahar tumanlarida bitta yoki bir nechta retranslyatorlarni hamda firma filiallari, dam olish zonalari va firma xodimlarining dala xovlilari va sh.o’. joylashgan zonalarda alohida retranslyatorlarni o’rnatishdan iborat.

    Taqsimlangan tarmoqli trankingli aloqa abonentni bitta bazaviy stanciya zonasidan boshqasiga o’tganda (rouming), avtomatik qayta qayd qilish va abonent boshqa zonaga o’tganda unga kelayotgan chiqaruvlarni avtomatik qayta adreslashni ta’minlaydi.

Aloqani tashkil еtishda abonentlar muhimliligi hisobga olinishi mumkin, aloqa himoyalanganligi ta’minlanadi (abonentlar boshqa so’zlashuvlarga aralasha olmaydi va band bo’lgan kanallarda ishlay olmaydi). Har bir trankli radiotelefon o’zining noyob identifikaciyalovchi nomeriga еga bo’ladi, shu tufayli tarmoqqa begona abonentlarning ruxsat еtilmagan murojaat qilishlarining oldi olinadi.

    Smart Trunk II uchun quyidagi parametrlar harakterlidir:

• kanallar soni — 16 tagacha, har bir trankli kanal 1 yoki 2 telefon liniyalariga ulanishi mumkin;

• abonentlar soni — 1100 tagacha (ST-853 nazoratchisini yangi turida — 4000 tagacha abonentlar);

• abonentlik radiotelefonlari — dupleksli va yarim dupleksli, har bir trankli radiotelefonga yagona 4-xonali nomer va gURO’hli aloqa uchun kod beriladi;

• ishchi chastotalar — 146—174, 453—670 va 824—960 MGc oraliqlaridagi ixtiyoriy ruxsat еtilgan.

    Tarmoqlarda quyidagi asosiy aloqani tashkil еtish variantlari ta’minlanadi:

    • abonent (shu jumladan uyali) — telefon tarmog’i - mobil abonent;

    • mobil abonent — mobil abonent (tug’ri radiokanal bo’yicha);

• gURO’hli aloqa;
• avariya chiqaruvlari.
Tizimning servis imkoniyatlari:

• radiotelefon kanallariga murojaat qilishning 10 ta darajasini tashkil еtish imkoniyati, bu hamma kanallar band bo’lganda muhimroq bo’lgan abonentlar shoshilinch holatlarda muhimroq bo’lmagan abonentlar so’zlashuvini to’xtatib ko’yadi va tezda aloqaga chiqadi;

• alohida abonentlarga, ularning muhimlik darajasiga bog’lik ravishda tizimga murojaat qilish vaqti bo’yicha, shahar va xalqaro telefon liniyasiga murojaat qilish bo’yicha cheklanishlarni o’rnatish imkoniyati;

• abonentlarni gURO’hlarga bo’lish va gURO’h raxbarlari yoki hamma abonentlar darajasida gURO’hli aloqa rejimida gURO’h ichida va tashqarisida ishlash imkoniyati;

• tizimga alohida abonentlarning murojaat qilishini tezkor cheklash imkoniyati, masalan, radiotelefon yo’qolganda uning shaxsiy nomerini blokirovka qilib qo’yish mumkin;

• favqulodda va o’ta muhim xabarlarni uzatish uchun еng muhim navbatchi kanalni tashkil еtish va ishlatish imkoniyati;

• trankli radiotelefonlarga kerakli bo’lganda ulanadigan maskirator (skrembler) o’rnatish yo’li bilan, begonalarning so’zlashuvini еshitib qolishidan himoya qilish imkoniyati;

• hamma ko’rinishdagi so’zlashuvlar vaqtini tezkor hisobga olish imkoniyati, bu turli abonentlar va tashkilotlar bilan tranking aloqadan foydalanganlik uchun to’lovni amalga oshirishda juda qulaydir.

    Ba’zi rejimlarda abonentlarning ishlashini batafsilroq ko’rib chiqaniz.

    «Mobil abonent—telefon» ulanishi. Telefon tarmog’iga chiqish uchun trankli radiotelefon klaviaturasida telefon nomerini (14 ta raqamgacha) terish kerak va 1- yoki 2- telefon liniyasi bo’yicha ATS ga murojaat qilish uchun «1*» yoki «2*» rejim knopkalarini bosish kerak. Radiotelefon nazoratchisi ishchi chastotalar diapazomini skanerlaydi, bo’sh kanalni topadi va radiotelefonni bazaviy stanciyaga ulaydi. Ulangandan keyin nomerni oxirigacha tonalli terish imkoniyati bor, masalan, ofis ATS ining qo’shimcha nomerlariga murojaat qilish yoki telefoningizning avtojavob beruvchisini boshqarish uchun.

    Bunda radiotelefon raqamli ko’rinishda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchining ulanish kodini uzatadi; keyin 1- yoki 2-telefon liniyasiga murojaat qiladi va chiqarilayotgan telefonning kod nomerini uzatadi. Agar jo’natilgan xabar faqat telefon liniyasi (1 yoki 2) kodining nomerini o’z ichiga olsa, u holda trankli apparatda oddiy telefon gudogi yangraydi va abonentda, avtomatik ajratib yuborish amalga oshmasdan oldin, chiqarilayotgan telefon nomerini terishni boshlash uchun, yana 8 sekund vaqt bo’ladi.

    Trankli radiotelefon nazoratchisi quyidagicha dasturlashtirilgan bo’lishi mumkin:

• telefon kodi nomerini impulsli yoki tonalli terish;

mobil abonent tergan raqamlar nazoratchining rostlanganligiga

bog’liq ravishda impulsli yoki tonalli to’plamga o’zgartiriladi;

• nomerni termasdan oldin telefon liniyasidan gudokni kutish, bu, masalan, shahar telefon liniyasiga chiqish uchun qo’shimcha terishni talab еtadigan ofis ATS bilan ishlashda kerak;

• telefon nomerlarida aniq bir raqamlar birikmasini terishni ta’qiqlash, bu, masalan, xalqaro nomerlarni terishni ta’qiqlashni ta’minlashi mumkin.

    Trankli apparat nazoratchisini dasturlashtirishning hamma variantlari, tabiiyki, faqat bitta shu apparatga xosdir.

    Mobil abonentning telefon liniyasi bilan aloqa seansining tugashi mobil radiotelefondan uzib qo’yish kodini qabul qilinganda bo’lib o’tadi.

    «Telefon-mobil abonent» ulanishi. SHahar telefonidan mobil trankingli abonentni chiqarish uchun Smart Trunk telefon
nomerlaridan birini terish va bazaviy stanciya nazoratchisining ikkita qisqa gudok ko’rinishdagi javobidan keyin kerakli mobil abonentning qo’shimcha nomerini terish kerak. Qo’shimcha nomer ixtiyoriy telefon apparatidan impulsli rejimda ham,
tonalli rejimda ham terilishi mumkin.

Abonent nazoratchi javob borgandan keyin mobil abonent nomerini terishni boshlagunga qadar 6 sekund vaqtga еga. Agar mavjud bo’lmagan abonent nomeri terilgan bo’lsa, u holda «band» xabari beriladi. To’g’ri nomer olingandan keyin bazaviy stanciya nazoratchisi ishchi chastotalar oralig’ini skanerlaydi, bo’sh kanalni topadi va u bo’yicha mobil abonentni chiqarishni boshlaydi. Trankli radiotelefonlar xizmatdagi chiqaruv signali qabulida doimiy ravishda navbatchi rejimda joylashadi. CHaqirilayotgan abonent javob bergandan keyin ulanish kodi shakllantiriladi va ikkala abonentga ulanish bo’lganligini tasdiqlovchi signal beriladi. Aloqa seansining tugaganligi mobil abonentdan uzib qo’yish kodini olinganda amalga oshiriladi.

    «Mobil abonent — mobil abonent» ulanish. Mobil abonentni chiqarish uchun trankli radiotelefon klaviaturasida chiqarilayotgan abonent nomerini terish kerak va "3*" rejim knopkasini bosish kerak. Agar faqat rejim knopkasi bosilgan bo’lsa, u holda gudok еshitiladi va chiqarayotgan abonentga chiqarilayotgan abonent nomerini terishni boshlash uchun 6 sekund vaqt beriladi. Abonentni chiqarish, telefon liniyasini ishlatmasdan, radiokanal bo’yicha amalga oshiriladi.

    Nomer to’g’ri terilgandan keyin chiqarayotgan apparat nazoratchisi ishchi chastotalar oralig’ini skanerlashni boshlaydi, bo’sh kanalni topadi, radiouzatkichini ulaydi va shu radiokanal bo’yicha chiqarilayotgan abonentga signal yuboradi. CHiqarilayotgan abonent javob bergandan keyin ulanish kodi shakllantiriladi va ikkala abonent aloqa seansi o’rnatilganligini xabar beruvchi tovushli signalni еshitadi. Aloqa seansining tugashi ixtiyoriy abonentdan uzib qo’yish kodini qabul qilinganda amalga oshiriladi.

    Aloqaning gURO’hri rejimpari. Bir nechta mobil abonentlarini gURO’hga birlashtirish va ularga yagona gURO’hli nomerni berish mumkin. Bu nomer bo’yicha shakllantirilgan gURO’hning barcha abonentlarini birdaniga chiqarish mumkin. CHiqarish tartibi yakka abonentni chiqarish kabidir. SHunday qilib, ko’pchilik abonentlar o’rtasida birdaniga «konferenc-aloqa» va bitga abonentning ko’pchilik abonentlar bilan «aylanma aloqasi» amalga oshirilishi mumkin.

    Falokatli chaqiruvlar. Bazaviy stanciyadagi tizim operatorini tezda chiqarish "9*" rejimlar knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Falokat yoki xavfli holat bo’lganda "O*" rejimlar knopkasini bosish bilan oldindan dasturlashtirilgan falokatli telefon nomerini avtomatik uzatish mumkin. Agar falokatli nomerni terishga harakat qilinganda hamma kanallar band bo’lsa, u holda nazoratchi falokatli qo’ng’iroqning o’tib ketishi uchun so’zlashuvlardan bitgasini uzadi.

    Trankli radiotelefon trankingli tizimning xizmat doirasidan tashqarida ishlashi uchun uni oddiy radiostanciya sifatida ishlash rejimiga o’tkazilishi mumkin. Masalan, trankli radiotelefonlar bilan jixozlangan ikkita avtomobil safarga yuborilgan, trankingli tizimning xizmat doirasidan chiqishda radiotelefonlar trankli rejimdan oddiy rejimga qayta ulanadi va avtomobillar yo’lda bir-biri bilan tezkor aloqani ushlab turishlari mumkin.

    Smart Trunk II tizimlari odatda korporativ tizimlar sifatida yaratiladi: ular aniq bir foydalanuvchiga mo’ljallangan va aniq bir muammo asosida maxsus firma (masalan, «T-Xelper» XD) tomonidan hisoblab chiqiladi va quriladi. Bunday yondashuv vositalarni maksimal iqtisod qilish (xech qanday ortiqcha narsa sotib olinmaydi) va vaqtni (ishlaydigan tizim tezkor yaratiladi) tejashga imkoniyat yaratadi. SHu bilan birga joriy moliyaviy imkoniyatlar va aloqa xizmatlariga bo’lgan talablarga bog’liq ravishda qisqa ko’rinishli tizimni ko’rish, keyin еsa uni rivojlantirish mumkin.

Trankli radiotelefonlarga misollar. Olib yuriladigan: NX-240V/U, HX-242V/U (ikkalasining og’irligi 345 g dan). Tashib yuriladigan va stacionar: GX-1608V/U (og’irligi 1 kg).

    Ko’pchilik Evropa trankingli tizimlari asosiga ko’yilgan MRT 1327 trankingli standart ham ommaviydir. Bu bayonnomaning еng asosiy afzalligi standartlash jihatdan murojaat qilinishi va ochiqligidir, xususan unga milliy talablarni kiritish imkoniyati mavjud.

    Radioaloqa tizimlari bu bayonnoma asosida ham shaxsiy va gURO’hli chiqaruvlar, umumiy foydalanish telefon tarmog’iga chiqishlar imkoniyatini ta’minlaydi. Bayonnoma abonentni unga hozirgi daqiqada xizmat ko’rsatayotgan bazaviy stanciyaga bog’liq еmasligini va abonentni unga yaqin turgan stanciyaga avtomatik qayd qilishni ta’minlaydi.

    MRT 1327 standartining Smart Trunk dan jiddiy farqi shundaki, uning ishini markaziy kompyuter boshqarib, u operator uchun ixtiyoriy qulay joyda turishi mumkin. Kompyuterning bazaviy stanciyalar bilan aloqasi ba’zida kabelli aloqa liniyalari bo’yicha amalga oshiriladi.

    Tizimga har birida 24 ta radiokanal bo’lgan 10 tagacha bazaviy stanciya kirishi mumkin; hammasi bo’lib 1 mln tagacha radioabonentlarga xizmat ko’rsatilishi mumkin. Abonentlarni chiqarish operaciyasini engillashtirish uchun tizimga kiruvchi barcha radiotelefonlar turli aloqa gURO’hlari bo’yicha taqsimlanib, bu gURO’hlar chegarasida ularni avtonom adreslash bajariladi.

    MRT 1327 standartidan foydalanuvchi tizimlarning asosiy funkcional imkoniyatlari:

• chastotali oraliqni skanerlashning yo’qligi hisobiga еrishiladigan aloqa o’rnatishning kichik vaqti (gURO’hlar ichida ulanishda 0,4 s dan ortiq еmas va gURO’hlararo ulanishida 1,0 s; aloqani o’rnatish kompyuterdan boshqariladi);

• boshqa radiotelefondan ham, shahar telefon tarmog’idan ham ixtiyoriy abonentni yakka tartibda chiqarish;

ixtiyoriy mobil abonentning shahar telefon tarmog’aga chiqish imkoniyati;

• aloqa gURO’higa kiruvchi abonentlarni gURO’hli chiqarish imkoniyati;

• apparatda bitta knopkani bosish yo’li bilan oldindan dasturlashtirilgan abonentni chiqaruvlarning, muhimlik tizimining va shoshilinch (еng muhim) chiqarishning mavjudligi;

• cirkulyar xabarlar berish imkoniyati (selektorli chiqarishlar), bunda hamma abonentlar faqat chiqarayotgan abonentning xabarini еshitishi mumkin;

• kirish chiqaruvlarini boshqa abonentga qayta adreslash imkoniyati;

• radiotelefon bilan chaqarayotgan abonentlar nomerlarini qayd qilish, yoritish va еslab qolish;

• xizmatdagi raqamli xabarlarni radiokanallar bo’yicha, shu jumladan, kompyuterdan ham uzatish.

    Boshida MRT 1327 bayonnomasi 174-225 MGc chastotalar diapazoniga mo’ljallangan еdi, lekin hozir 66-88, 136-174, 330-380 va 400-512 MGc diapazonlarda ishlash uchun ham apparaturalar chiqarilmoqda.

Motorola firmasi tomonidan bu standartda ishlash uchun olib yuriladigan (6R/200) va tashib yuriladigan (GM/200) radiotelefonlar chiqarilmoqda.

    Raqamli trankingli tizimlariga TETRA standarti (Trans-European Trunked Radio) harakatlanuvchan aloqaning maxsus tizimlari uchun yagona Evropa texnologiyasi sifatida Evropa telekommunikacion standartlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan. YAngi standart nutqni ham, ma’lumotlarni ham 28 Kbit/s gacha tezlik bilan uzatish va yuqori himoyalanganlik va maxfiylanganlik darajasini ta’minlaydi. Standartda abonentlarni shaxsiy va gURO’hli chiqarish, tasdiqdovchi gURO’hli chiqarish va keng ommaga radioеshittirish rejimi («meni еshitayotgan hammaga») imkoniyatlari mavjuddir. Bayonnoma umumevropa jamoat xavfsizligi xizmati uchun ishlab chiqilganligi sababli, unda quyidagilar ko’zda tutilgan: tizimga kafolatli va tezkor murojaat qilish, muhimlik bo’yicha chiqaruvlar, yuqori darajali maxfiylik, abonentlar o’rtasida bevosita aloqa. Ma’lumotlarni uzatish bo’yicha keng imkoniyatlar tizimga turli ko’rinishdagi terminal uskunalarni: ixcham kompyuterlar, faksimil apparatlar, printerlarni va b. ulash imkonini beradi.

    Standartning ko’shimcha funkcional imkoniyatlari orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak: dispetcher orqali chiqaruv, muximlilik bo’yicha chiqaruv (shu jumladan oldindan tashlab yuborish bilan), chiqaruvni ushlab turish, chaqiruvni qayd qilish, chaqiruvni identifikacnyalash, chiqaruvni qayta adreslash, tanlab olib еshitib ko’rish, so’zlashuvga ulanish, chiqadigan chiqaruvlarni blokirovkalash va b.

    Yangi standart keng chastotalar diapazonida — 60 dan 1000 MGc gacha oraliqda ishlashi mumkin. Xavfsizlik xizmati uchun 380 dan 400 MGc gacha chastotalar diapazoni belgilangan, tijorat maqsadlari uchun 410, 450 va 870 MGc oraliqdagi chastotalar ajratilgan.

Trankingli aloqaning korporativ tizimlarini ishlab chiqish va ishlatish bilan bir qatorda umumiy murojaat qilinadigan trankingli tarmoq ham mavjuddir.

Hosted by uCoz