RADIOTRUBKALI TELEFONLAR

 

    Radiotrubqo’li telefonlar yoki oddiy qilib aytganda radiotelefonlar — bu telefon ATS bilan oddiy simli aloqaga еga bo’lgan telefon apparata bo’lib, unda telefon trubkasining shnuri radioliniya bilan almashtirilgan (10-rasm). Bunday imkoniyatni amalga oshirish uchun telefon apparatida ham, telefon trub-kasida ham kichik quvvatli qabul qiluvchi — uzatuvchi radioqurilmalar mavjud.

Bunday telefonlar ofislar, ishlab chiqarish xonalarida, uydagi kvartiralar, dala xovlilarda ishlatiladi. Ularning ishlash uzoqligi radiotelefon modeliga va ularni ishlatish sharoitlariga bog’liq ravishda yuz metrdan bir necha kilometrgacha bo’ladi. Xona ichida, ayniqsa metall to’siqlar bo’lganda (garajlarda, masalan) va xona tashqarisida hajmli radioеkranlovchi konstrukciyalar, temir beton binolar va inshootlar bor bo’lganda ishlash uzoqligi sezilarli pasayishi mumkin.

    Ko’pchilik radiotelefonlar radiotrubka yo’q bo’lganda ham qo’ng’iroqlarni qabul qilish (masalan, baland gapiruvchi kaytma dinamiklar orqali) va radiotrubqo’li abonent bilan telefon apparati oldida turgan odam o’rtasidagi so’zlashuvni amalga oshirish imkonini beradi.

    Radiotelefonlarni ko’pgina firmalar ishlab chiqaradi, mamlakat bozorlarida boshqalarga nisbatan Panasonic firmasining modellari ko’proq taqdim еtilgan: KX-T9080, KX-T9280, KX-T7980, ular 2 km gacha aloqa uzoqligini ta’minlaydi; KX-T9350, u 4 tagacha radiotrubkani ulash imkoniyatiga еga. SHuningdek, boshqa firmalardan: Samsung-SP-R915, SP-R918, SP-R919, Sanyo-CIT 55, SIT-75—aloqa uzoqligi 5 km gacha, Sharp, Siemens va b.

    Masalan, Panasonic KX-T9550 radiotelefoni 900 MGc chastotalar diapazonida ishlaydi, avtojavob beruvchiga еga va quyidagilarni ta’minlaydi:

 

10-rasm. Radiotrubqo’li telefon.

 

• bazaviy blok va radiotrubka o’rtasida ikki yoqlama ichki tovushli aloqa;

• radiotrubka har safar bazaviy blokka ulanganda undagi murojaat qilish kodini avtomatik almashtirish;

• bazaviy blok bilan ishonchli aloqa zonasidan chiqqanda xabar berish;

• nomerni impulsli va tonalli rejimlarda terish;

• 10 ta ajratilgan nomerga xotira va bitta knopkani bosish bilan (nomerni termasdan) abonentlarni chiqarish uchun oxirgi terilgan nomerni xotiralab qolish;

• avtojavob beruvchini radiotrubkadan yoki nomerni tonal teriladigan telefonlardan masofadan boshqarish.

Bu radiotelefonning avtojavob beruvchisi 64 tagacha xabarni yozish imkonini beradi, yozishning umumiy vaqti — 15 minut.

 

11-rasm. Radiotelefonli tolpam:

 

Ofisdagi radiotelefonli kompleks

 

    Oddiy radiotelefonlar bilan bir qatorda yirik firma territoriyasini yanada to’liqroq qamrab olishni ta’minlaydigan ofis radiotelefon tizimlari ishlab chiqarilmoqda. Masalan, Wanderer ofis radiotelefon tizimi, u bazaviy boshqarish blokidan va har biri bazaviy blokdan ko’pi bilan 1 km uzoqlashgan retranslyatorlardan tashkil topgan. SHunday qilib, 2 km gacha masofada joylashgan telefon radiotrubkalarini — terminallarni qamrab olish ta’minlanadi. Retranslyatorlarning (radio-zonalarning) soni 32 tagacha; zonadagi radiotelefonlar soni 36 tagacha; radiokanallar soni 40 ta, 36 ta kanal bo’yicha umumiy foydalaniladigan telefon tarmoqiga chiqishga еga.

    Radiotelefon kompleksining strutsgurali sxemasi 11-rasm» da ko’rsatilgan.

Hosted by uCoz