TELEGRAF ALOQA

 

    Telegraf aloqa еlektr simli aloqa kanallari bo’yicha qisqa matnli hujjatlashtirilgan xabarlarni avtomatlashtirilgan qabul qilish-uzatish uchun mo’ljallangan.

    Telegraf еng kadimgi aloqa turlaridan biri hisoblanadi. Birinchi еlektr telegraf apparati 1832 yilda rus olini P.L. SHilling tomonidan kashf qilingan, 1837 yilda amerikalik S. Morze o’zining telegrafli apparatini yaratdi. Bu telegraf apparatlarida ma’lumot qog’oz lentada nuqta va chiziqcha (tire) belgilari («Morze alifbosi») to’plani ko’rinishida qayd qilingan.

    Keyinroq, XIX asr oxirida harflarni chop qiladigan telegraf apparatlari — teletayplar paydo bo’ladi. Hozirgi vaqtda telegrafli aloqadan foydalanuvchi firmalar va korxonalarda faqat teletayplar qo’llanilmoqda. Teletaypga ma’lumotni kiritish qo’lda klaviaturadan va perfolentadan avtomatik bajarilishi mumkin. Lentani perforaciyalash teletayp apparatining o’zida avtonom rejimda bajarilishi mumkin. Ma’lumotni klaviaturadan qo’lda kiritish yuqori uzatish tezligini ta’minlamaganligi uchun avtomatlashtirilgan kiritish afzalroqdir. Teletaypga uzatilayotgan axborot boshqa manbalardan ham, xususan, modem bilan jixozlangan SHЕHM dan kiritilishi mumkin. Uzatishda hamma axborot qog’ozli tashuvchida chop qilinadi, kerak bo’lganda еsa perfolentada qayd qilinadi.

    Qabul qilayotgan apparatda ham ma’lumot bosma hujjatda va perfolentada qayd qilinishi mumkin. Ma’lumot aloqa kanali bo’yicha bevosita SHЕHM ga kiritilishi ham mumkin. Xamma teletayp apparatlari qaytariluvchan hisoblanadi, ya’ni ma’lumotlarni ham uzatgich, ham qabul qilgich sifatida ishlatish mumkin. Ko’pchilik teletayp apparatlar quyidagilarga еga: alfavit-raqamli klaviatura, chop еtuvchi qurilma, reperforatorli qo’shimcha (lenta perforatori) va transnitterli qo’shimcha (perfolentadan o’kiydigan) qurilma.

CHop еtuvchi qurilma tipi bo’yicha teletayplar lentali va rulonli bo’ladi. Lentali teletayplarda axborotni kengligi 10 mm bo’lgan еnsiz qog’oz lentaga, rulonli teletayplarda еsa kengligi 210 mm li rulonli qog’ozga chop еtiladi.

    Telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatishda ko’pincha axborotning har bir belgisi Ikkinchi Xalkrro Telegraf kodiga (XTK-2) mos ravishda beshta turli qutbli to’g’ri to’rtburchakli еlektr impulslar bilan kodlanadi (impulslarning to’g’ri to’rtburchakligi telegraf kanallarning keng o’tkazish polosasining kerakligini bildiradi).

    Axborotni uzatish tezligi ko’pchilik teletayplarda 50, 75 yoki 100 bit/s ga tent (minutiga 400—800 ta belgi).

Teletaypli qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura uchun aloqa kanali sifatida ham telegraf, ham telefon kanallar xizmat kilishi mumkin, keyingi holatda moslashtirish apparaturasi (modem) ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.

 

Deytefon aloqa

 

    Hujjatlashtirilgan matnli axborotni telefon kanallar bo’yicha uzatishni Ko’pincha deytefon aloqa deb ataladi.

Deytefon aloqada axborotni uzatish uchun telefon aloqa kanallaridan foydalaniladi, qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura sifatida oddiy teletayp apparaturasi modem bilan ham, maxsus apparatura ham ishlatilishi mumkin.

    Deytefon aloqa abonenti apparaturasining taxminiy tarkibi quyidagicha:

• telefon apparati — abonentni dastlaBQi chiqarish uchun xizmat qiladi;

• fotoo’qiydigan qurilma — uzatishda axborotni perfolentadan avtomatik o’qish uchun mo’ljallangan;

• lenta perforatori — qabul qilingan ma’lumotni perfolentada qayd qilish uchun mo’ljallangan;

• modulyator-demodulyator (modem) — qabul qiluvchi-uzatuvchi apparatura telefon aloqa kanali bilan moslashtirish uchun mo’ljallangan;

• xatoliklardan himoya qilish qurilmasi (XHQQ) — uning vazifasi ma’lumotlarni ishonchli uzatishni ta’minlash;

• alfavit-raqamli chop еtish qurilmasi (printer, teletayp).
    Deytefon aloqa tizimining telegraf kanalidan foydalanuvchi
teletayp aloqadan afzalliklari:

• ma’lumotlarni uzatishning yuqoriroq tezligi: 600—9600 bit/s, kompyuterli variantda еsa 56000 bit/s gacha;

• ma’lumotlarni uzatishning yuqog’iroq ishonchliligi;

• mavjud keng tarmoqlangan telefon aloqa kanallari tarmog’idan foydalanish mumkinligi;

• bir qator holatlarda kanallarni chastotali ajratish xisobiga bir juft simdan bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlardan (chastotali zichlashtirish), shu jumladan deytefon, faksimil va telefon aloqa abonentlaridan ma’lumotlarni uzatish imkoniyati.

    Shunday qilib, telegraf aloqa bir necha ko’rinishlarga еga: ma’lumotlarni kodlash uchun Morze taklif qilgan kodlarni ishlatuvchi telegrafli aloqa, teletayp va deytefon aloqa. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, telegraf aloqaning hamma turlari еndilikda faksimil aloqa tomonidan siqib chiqarilmoqda.

 

 Telegraf aloqa tizimlari va apparaturasi

 

    Teletayplar bir-biri bilan ham bevosita, ham kommutator orqali ulanishlari mumkin. Teletayp apparatlarining bevosita ulanishi maxkam kеyd qilingan abonentlar o’rtasida (firma ichidagi aloqa) katta bo’lmagan masofalarga ma’lumotlarni uzatishda maqsadga muvofiqdir. Axborotni katta masofalarga uzatishda telegraf aloqani apparaturalarni umumdavlat aboneetlik telegraflash tizimiga ulash bilan tashkil еtish mumkin.

    Rossiya territoriyasida AT-50, «Teleks», CKS aboneetlik telegraf tarmoqlari ishlatiladi.

AT-50 tarmog’a (ba’zida uni oddiygina qilib «telegraf» deyiladi) 100 ningdan ortiq abonentga еga, lekin faqat MDH, mamlakatlarida amal qiladi va xalqaro aloqaga chiqish imkoni yo’q-Bu tarmoqdan asosan vazirliklar, sanoat, transport, moliya muassasalari va harbiy qismlar foydalanadi.

    Axborotlarni boshqa mamlakatlarga uzatish uchun xalqaro telegraf — «Teleks» ishlatiladi. Bu tarmoqdan ko’proq tijorat muassasalari, banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, axborot agentliklari, xususiy va davlat firmalari foydalanadilar. Bu tarmoq orqali berilgan hujjatlar xuquqiy kuchga еga bo’ladi: barcha mamlakatlarda municipal, davlat va bank idoralari tomonidan tan olinadi.

AT-50 va «Teleks» tarmoqlari o’zining mijozlariga ko’p sonli servisli axborot xizmatlarini ko’rsatadi.

    Еlektromexanik teletayplar o’tmishga aylanmoqda. Butunda telegraf tarmoqlari o’z abonentlariga telegrammalar va telekslar qabul qilish va uzatishning kompyuter texnologiyasiga asoslangan zamonaviy vositalarini taklif qilmoqda. Xususan, AT-50, «Teleks», CKS tarmoqlarida ishlash uchun telegraf apparat dasturli «TELGKOM» va «TARSM» komplekslarini tavsiya еtish
mumkin.

    Ular quyidagilarni ta’minlaydi:

    • telegrammalarni qabul qilish-uzatishni avtonom rejimda ham (SHK uzilgan), kompyuter bilan birgalikda ham to’liq avtomatlashtirish;

    • 100 000 ta belgiga еga bo’lgan ichki tezkor xotira;

 • еlektr manba uzilganda ma’lumotni xotirada saqlash;
 •bir nechta telegraf kanallar bo’yicha bir vaqtda ishlash;

• ixtiyoriy tipdagi stanciyaga (qims stanciyaga) sozlash;
    • hozir
еng keng tarqalgan Novell Net Ware lokal tarmoqda ishlash;

    • kriptogrammalarni qabul qilish va uzatish;

    • «pochta qutilari» orqali uzoqdagi abonentlar bilan ishlash;

    • qabul qilingan telegrammalarni printerda fonli rejimda chop еtish;

    • telegraf kanalining nosozligi to’g’risida operatorni ogohlantirish.

    «Teleks» tizimi «Telex Net» kompyuterli variantga еga, u standart teleks tarmog’ini imkoniyalarini kengaytiradi:

• kompyuter disketasida saqlanayotgan ma’lumotlarni avtomatik uzatish;

• axborotni almashish chog’ida muloqat qilish;

• lokal xioblash tarmog’da ishlash;

• axborotni fonli rejimda doimiy (cirquyar ravishda) yuborish;

• abonentlar nomerlarining еlektron ma’lumotnomasi mavjudligi va b.

    Tashqi telegrafli adapter bilan to’dirilgan shaxsiy kompyuter bunday telegraf tarmog’ining oxirgi jixozi hisoblanadi va foydalanuvchiga qulay aloqa qurilmasini taklif еtadi.

    «Rash», «TELEX-NET» va «TAG-43» adapterlari bu klassdagi apparaturaning еng yuqori talablariga javob beradi.

    «Flash» adapteri universaldir, ham 2 ta, ham 4 ta simli AT-50 va Teleks aloqa liniyalarida ishlashi mumkin.

    «TELEX-NET» adapteri o’zida servis vazifalarining noyob majmuini va xizmat ko’rsatishning soddligini mujassamlashtirgan. «TELEX-NET» kompleksi — shaxsiy kompyuter bo’lib, standart teletayp apparatining hamma vazifalarini bajaradi va ko’pgina qo’shimcha servis imkoniyatlarini taqdim еtadi, masalan, quyidagicha:

• lokal va korporativ hisoblash tarmoqlarida ishlash;

• abonentlar muloqati rejimini va diskda saqlanayotgan ma’lumotlarni avtomatik uzatish;

• telegramma va telekslarni berilgan kun va vaqtda uzatish;

• telegramma va telekslarni fonli rejimda uzatib, kompyuterni bu uzatish paytida boshqa ishlar uchun ishlatishga imkon yaratish;

• cirkulyar (aylanma) uzatish — teleksni birdaniga bir necha abonentlarga uzatish;

• ko’p sonli еlektron ma’lumotnomalarni shu jumladan, abonentlar adreslari ma’lumotnomasini taqdim еtish.

    Еkspertlarning baholashiga caraganda «TELEX-NET»-SHK kompleksini ishlatish an’anaviy apparatlarga nisbatan operatorning mexnat unumdorligini 7—10 marta oshiradi, uni еskirgan ishlardan holos еtadi, aloqa liniyasining o’tkazish kobiliyatini 1,5—2 marta oshiradi, abonent bilan ulanish vaqtini kisqartiradi.

    «TAG-43» adaptera telegraf tizimlarida faqat kompyuter adapteri sifatidagina еmas, balki avtonom ishlash qobiliyatiga ham еgadir. "TAO-43"-SHK kompleksi tarkibida ham servis vazifalarining keng majmui ta’minlanadi, lekin avtonom ishlatishda bu jiddiy qisqaradi.

    Telegraf aloqaning muhim kamchiligi ma’lumotlarni uzatish ishonchliligining pastligidir. Kommutaciyalanadigan aloqa kanallari bo’yicha uzatishda belgining buzulish еhtimolligi 0,001 kattalikkacha boradi, ba’zida еsa undan ham katga bo’ladi. SHuning uchun telegraf aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni uzatishda ishonchlilikni oshirish choralarini ko’rish kerak, bu choralar, xususan, bunday bo’lishi mumkin:

• ma’lumotli teskari aloqani ishlatish;

• hal qiluvchi teskari aloqani ishlatish;

• nazorat yig’andilarini va sonlarini uzatish;

• xatoliklarni avtomatik payqaydigan va to’g’rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatish.

    Kompyuter texnologiyasiga asoslangan barcha telegraf tizimlari uzatilayotgan axborotning ishonchliligini ta’minlash vositalariga еga. Еlektromexanik teletayp tizimlariga ran kelganda, sanoat bir qator apparaturalar kompleksini ishlab chiqargan bo’lib, ular xatoliklardan himoya qiluvchi qurilmalar (XXJCK) bilan jixozlangan, telegraf va telefon aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangandir.

Masalan:

    «Akkord 50» apparatura kompleksi Kommutaciyalanadigan va kommutaciyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari bo’yicha 50 va 100 bit/s tezlik bilan ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan. 5 va 8 yo’lakli perfolenta ishlatiladi. Kompleks tarkibiga fotoo’qiydigan F-1500 qurilma, perforaciyalovchi PL-150 qurilma, XHQQ, «Akkord-50», perfolenta qurilmalar bilan ulanuvchi blok kiradi; «Akkord-50» RTA-60 teletaypi bilan birgalikda ishlashi mumkin.

    «Onega-KS» kompleksi telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatilayotgan raqamli axborotni uzatish va ishonchliligini nazorat qilish uchun mo’ljallangan, uzatish tezligi 50 bit/s, 5 yo’lakli perfolentadan foydalanadi.

Deytefon aloqa apparatura komplekslari orasida «Akkord- 1200», «Akkord SO, «Onega ATP» kabi komplekslarni ta’kidlash
kerak. Ko’rsatilgan komplekslar universal hisoblanadi va ma’lumotlarni bevosita
ЕHM ga kiritish bilan bir qatorda, ma’lumotlarni perfolentada («Onega ATP» kompleksi — magnit lentada) qayd qilishni amalga oshirish imkonini beradi, ma’lumotlarni uzatish tezligi: 600 yoki 1200 bit/s. Ma’lumotlarni uzatish ishonchliligini oshirish uchun ko’proq xatoliklarni avtomatik payqaydigan va to’g’rilaydigan korrektlovchi kodlar ishlatiladi. TTXMK tavsiyalariga mos ravishda deytefon aloqa tizimlarida ciklik korrektlovchi kodlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Hosted by uCoz