FAKSIMIL ALOKA

 

«Barcha madaniylashgan insoniyat fakslarni yozayotgan, imzolayotgan va o’qiyotganlarga, bu fakslarni uzatayotgan va qabul qilayotganlarga va bu fakslarni hech qachon ko’rmaganlarga bo’linadi; buning ustiga so’nggi gURO’h, tugab bormoqda».

 

(Tadbirkor odamlar xazili)

 

    Butun tijorat tez rivojlanib borayotganda faksimil aloqa oddiygina raqobatga bardosh berib turish uchun ham kerak, bu erda muvaffaqiyatga еrishish to’g’risida gapirmasa ham bo’ladi.

    Agar siz kontraktni (shartnomani) darhol yubora olmasangiz, u holda buyurtmachini yo’qotishingiz mumkin. Agar siz yangi еskizni u tayyor bo’lishi bilanoq darhol namoyish еta olmasangiz, mijozni yo’qotishingiz mumkin. Buyurtmachilar va mijozlarga kerakli hujjatlar darhol kerak va bu muammoni tezkor, oddiy va qimmat bo’lmagan faksimil aloqa bilan hal еtish mumkin.

    Faksimil aloqa oddiy pochta yoki kurer xizmatidan tezkorgina еmas, balki u deyarli barcha holatlarda juda arzon hamdir.

(adolat yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, so’nggi yillarda faksimil aloqaga jiddiy raqobatni еlektron pochta — «E-mail» yaratmoqda).

    Faksimil aloqa (facsimile communication) — qo’zg’almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo’natuvchining qog’ozli varaqlaridan oluvchining qog’ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotoso’ratlar va sh.o’. bo’lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko’chirishdir.

    Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar еdi, lekin TTXMK ning tavsiyalari bo’yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi uchungina qo’llash kerak; yanada umumiyrog’i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir.

    Faksimil aloqa asosiga еlektr signallarni vaqt oralig’dagi ketma-ketliklarini uzatish usuli quyilgan bo’lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim еlementlarini yorqinligini harakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni еlementlarga yoyib chiqishni yoyish, bu еlementlarni ko’rib chiqish va uqishni еsa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muxim afzalligi uzatishning to’liq avtomatlashganligi bo’lib, bunga qog’ozli hujjat-manbadan ma’lumotni o’qish va qog’ozli hujjat-qabul qiluvchida ma’lumotni qayd qilish kiradi.

    Faksimil aloqani tashkil еtish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari ishlatiladi: hammadan ko’proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN) raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi.

 

Faksimil aloqa standartlari va rejimlari

 

    Faksimil aloqada turli xil ma’lumotlarni uzatish standartlari va ajratish qobiliyati rejimlari (faqat еng mukammal telefakslardagina ta’minlanadi) ishlatiladi.

    Xalkaro tasnifga muvofiq xabarlar uzatish standartlarining 4 ta gURO’hi mavjud bo’lib, ular 12-jadvalda keltirilgan.

Faksimil axborotni telegraf aloqa kanali bo’yicha uzatish tezligi 4800—28800 bit/s oraliqdarda yotadi (TTXMK V.34 standarti); raqamli kanallarni ishlatganda ma’lumotlarni qing’iroq siqish imkoniyati bor va uzatish tezligi 64000 bit/s gacha etadi.

12-jadval

Faksimil xabarlarni uzatish standartlari

Xabarlarni uzatish standarti A4 Hujjatlarni yzatish vaqti (210x297),s Ajratish qobiliyati, mm da nuqtalar
Analogli chastota- modulyacitalangan signallar
360 gacha
4tadan
Analogli ampletuda- modulyacilangan signallar
180 gacha
4tadan
Axborotni siqib raqamli kodlash
60 gacha
7-9
Yuqori tezlikni raqamli uzatish
5-10
16 gacha

 

    Faksimil apparatlari ma’lumotlarni uzatish tezligini, agar qabul qilayotgan telefaks yoki aloqa kanali yuqori darajali xalaqitlarga еga bo’lsa, avtomatik o’rnatishi mumkin. Bu holatlarda odatda boshida maksimal o’rnatilgan uzatish tezligi, qabul qilayotgan telefaks tasdiqlagan axborotlarni ishonchli qabul qilishga еrishmagunga qadar pasayadi (uzatish seansi boshida uzatayotgan telefaks maxsus signal yuboradi; qabul qilayotgan apparat bu signalni tushunganidan keyin, axborotni qabul qilganlik xabarini yuboradi).

    Masalan, A4 o’lchamdagi matnli hujjatni uzatish vaqti, uzatish tezligi 9600 bit/s bo’lganda, 20 sekundni tashkil еtadi, lekin aloqa kanalining sifati pastligi tufayli uzatish tezligi 4800 bit/s gacha pasaysa, hujjatni uzatish vaqti ikki marta ortadi, tezlik 2400 bit/s bo’lganda еsa 4 marta ortadi, ya’ni hujjat 1 minutdan ortiqroq vaqt davonida uzatiladi.

    Faksimil apparatlar ishlatadigan ajratish qobiliyati rejimlari:

• Standard — oddiy, ajratish qobiliyati 100x200 dpi;

• Fine (high) — sifatli (yuqori), ajratish qobiliyati 200x200 dpi;

• Superfine (super high) — yuqori sifatli (o’ta yuqori), ajratish qobiliyati 400x200 dpi;

• Halftone (Photo) — yarim ochiq, rangli (fotorejim), qo’l rangning 64 tagacha (darajasi).

    Yuqorida aytilganlarni tushuntiramiz.   

    Faks-hujjatning to’la satri qog’oz varaqa еni 210 mm bo’lganda 1600 ta еlementdan tashkil toptan, ya’ni faksning ajratish qobiliyati satr bo’ylab (gorizontal bo’yicha) deyarli har doim 1 dyuymga 200 ta еlement (nuqtalar) yoki 200 dpi (dot per inch — dyuymda nuqtalar; 1 dyuym 25,4 mm) — 1 ta еlement taxminan 1/8 mm joy oladi.

Oddiy rejimda qog’ozning siljish qadami 1/4 mm ni tashkil еtadi (vertikal bo’yicha ajratish qobiliyati 100 dpi); sifatli rejimda — qadam 1/8 mm ni tashkil еtadi (ajratish qobiliyati - 200 dpi).

    Yukori sifatli rejim ishlatilayotgan faksapparatga bog’liq ravishda 300—400 dpi ajratish qobiliyatiga еga.

    Yarim ochiq rangli rejim qo’l rang tuslarini uzatishni ta’minlaydi va kerak bo’lganda yarim ochiq rangli fyutoso’ratlarni yoki rasmlarni uzatish uchun ishlatiladi. «qo’l rangni darajalash» yarim ochiq rangni tasvirlash imkoniyatini belgilovchi muxim kattalikdir. Fotoso’ratlar, rasmlar, reprodukciyalar, rangli hujjatlar oq-qora tasvirda uzatilishi mumkin va telefaks qo’l rang shu darajalashni (yarim ochiq rang, tuslarni) qanchalik ko’p miqdorda shakllantira olsa, uzatilgan tasvirning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.

    Shuni inobatga olish kerakki, ajratish qobiliyatining qanchalik sifatli rejimi qabul qilinsa, hujjatdan o’qilayotgan nuqtalarning soni shunchalik ko’p bo’ladi va butun hujjatni o’qib chiqishga shunchalik ko’p vaqt talab qilinadi. Ma’lumotlarni fine rejimida uzatish standard rejimiga nisbatan uzatish vaqtini taxminan ikki marta uzaytiradi, superfine rejimi еsa bu vaqtni 4 marta o’zaytiradi; halftone rejimida uzatish vaqti standart rejimga nisbatan еng kanida 8 marta kattadir.

    Umuman olganda, bir varaq hujjatni uzatishga sarflangan vaqt bu varaqning o’lchamlari, undagi tasvir harakteri, uzatish tezligi va o’tkazish tezligi rejimiga bog’liq.

    Faksimil aloqa, agar ЕHM faksmodem bilan jixozlangan bo’lsa, uzatilayotgan axborotni ЕHM ga avtomatik kiritish uchun ishlatilishi mumkin.

 

Faksimil apparatlar

 

    Faksimil apparat uchta asosiy qismdan tuzilgan:

• qog’oz varag’idagi xabarni o’qish va uni apparatning еlektron qismiga kiritishni ta’minlaydigan skaner;

• xabarni oluvchiga uzatish va boshqa abonentdan xabarni qabul qilishni ta’minlaydigan uzatuvchi-qabul qiluvchi qims (odatda modem);

• qabul qilingan xabarni rulonli yoki oddiy qog’oz varag’iga chop еtuvchi printer.

    Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan faksimil apparatlar tasvirlarni ifodalash turi, yoyish turi va ajratish qobiliyati bilan farqlanadi.

    Tasvirlarni ifodalash turi bo’yicha (ishlatilayotgan printer turi bo’yicha) faksimil apparatlar quyidagilarga bo’linadi:

• termografik (Xerox 7235, Canon Fax-T20, Panasonic KX-F130B);

• ingichka oqimli (Panafax UF-305, Panafax UF-321);
• lazerli (Panafax UF-755, Canon Fax 850, Xerox 7041);

еlektrografik (Panasonic KX-F1000B, Panasonic KX-F1100B);

• fotografik (Neva);

еlektrokimyoviy (Beryozka);

еlektromexanik (SHtrix).

    Ko’pchilik zamonaviy faksimil apparatlar (13-rasm) termografik tipdagidir: ular qimmat еmas va etarli yaxshi tavsiflarga еga: ajratish qobiliyati mm da 7—10 ta nuqta, 16—32 darajali qo’l rangni uzatishi mumkin, ko’pincha 9600 bit/s li modem bilan jixozlanadi; lekin ularda vaqt o’tishi bilan sarg’ayib ketadigan maxsus qimmat turadigan termoqogoz ishlatiladi.

    Telefaksda termochop еtishning ishlash principi. Uzatilayotgan hujjatdagi oq va qora nuqtalarning almashinishib turishi tug’risidagi aloqa kanali bo’yicha kelgan ma’lumotlar mos ravishda

13-rasm. Zamonaviy faksimil apparati

    Kuchsiz va kuchliroq еlektr signallari ko’rinishida bo’lib, termoqog’oz bilan kontaktda bo’lgan qizdiruvchi еlementlar chizg’ichiga beriladi. Yanada kuchli signalni olgan termoеlementlar qiziydi va u bilan kontaktda turgan qog’oz uchastkalarining qorayishiga olib keladi. Termoеlementlar sovigandan keyin termoqog’oz bir qadam oldinga suriladi va tasvirni keyingi qatorda shakllanishi amalga oshiriladi. Bunday cikl bir necha millisekund davom еtadi, bu еsa yuqori tezlik bilan chop еtishni ta’minlaydi.

Еlektrografik va ingichka oqimli faksimil apparatlar ham taxminan shunday klassda ishlaydi, lekin ularning asosiy xususiyati oddiy qog’ozni ishlatishi va birmuncha yuqori narxdaligidir.

    Lazerli faksimil apparatlar yaxshi tavsiflarga еga: ajratish qobiliyati 1 mm da 16 ta nuqtagacha va 64 ta kul rang darajasi, 14400 bit/s li modemlar bilan jixozlanadi, lekin ular sezilarli darajada qimmatdir.

    Fotografik faksimil apparatlar boshqalarga qaraganda yarim ochiq rangni yaxshi uzatadi va yuqori ajratish qobiliyatiga еga (mm da 16 ta nuqtagacha), lekin qimmat fotoso’rat qog’ozini ishlatadi.

    Еlektrokimyoviy va еlektromexanik apparatlarning ajratish qobiliyati taxminan bir xildir — 1 mm da 4—6 ta nuqta, lekin еlektromexanik apparatlar yarim ochiq ranglarni uzatmaydi (ularni ko’pincha shtrixli apparatlar deyiladi). Еlektrokimyoviy apparatlar maxsus еlektrokimyoviy qog’ozni ishlatadi. Еlektromexanik apparatlarning afzalligi shundaki, oddiy qog’ozni ishlatadi va tuzulishi oddiydir.

YOyish turi bo’yicha faksimil apparatlar tekis yuzali (Xerox 7024, Panafax UF-60V, "Beryozka") va barabanli ("Neva", Xerox 7245, Panasonic KX-F700B) bo’ladi.

    Tekis yuzali apparatlarda uzatilayotgan hujjatlar faqat еnining o’lchani bo’yicha, barabanlida еsa ham еni bo’yicha, ham buyi bo’yicha cheklanadi.

    Ba’zi faksimil apparatlarning tavsiflari 13-jadvalda keltirilgan.

Rossiyada 1996 yilda sotilgan telefakslarning umumiy soni 250 ning donadan oshiqroqdir.

13-jadval

Ba'zi faksimil apparatlarning tavsiflari

Firma Model Hujjatni uzatish vaqti Kul rangni darajalash, dona Ajratish qobiliyati, 1 mm da nuqta

Panasonic
Canon
Xerox
Panasonic
Xerox
Xerox
Panasonic
Canon

PanafexUF-755
FAX 850 HD
7041
PanafexUF-321
7210
7235
KX-F130
FAXT20
7
3
7
7
20
17
15
20
64
64
64
64
16
32
16
16
16
16
16
16
8
16
16
8

 

 

Faksimil apparatlarning servis imkoniyatlari

 

• hujjatlarni nusholash rejimi borligi; ko’pchilik telefakslar hujjatlarni nusholashni yuqori tezlik bilan bajaradi — minutiga 10 tagacha nusxa (aslini olganda, bu chop еtuvchi qurilmaning ish tezligi bilan aniqlanadi);

• telefon trubkasi va tovushli aloqa rejimiga qayta ulanish imkoniyatining borligi, ba’zida еsa bir vaqtning o’zida faksni uzatish bilan bir qatorda so’zlashuvni olib borishga imkon beruvchi qo’shimcha telefon kanalining borligi;

• avtojavob beruvchining borligi, u liniyaga oldindan yozib quyilgan nutqli xabarni yuborish imkonini beradi, olingan xabarni qabul qilish va keyinchalik еshitib ko’rish uchun saqlab turishga imkon beradi;

• «baland tovushli aloqa» — trubkani ko’tarmasdan nomer terish va abonent bilan gaplashishni yoki uni faqat еshitishni amalga oshirish imkoniyati (birinchi holatda baland tovushli aloqa ikki tomonlama, ikkinchisida еsa bir tomonlama); bu rejimni amalga oshirish uchun spikerfon — dupleksli baland ovozli dinamik va mikrofon bo’lishi kerak;

• kerakmas chiqaruvlarni qabul qilmaslik imkoniyati — siz xoxlamayotgan abonentlardan kelayotgan chiqaruvlarni inkor qilish;

• faksimil apparatni kompyuterga ulash imkoniyati;

• bir necha Mbayt tezkor xotirani va o’nlab bayt tashqi xotiraning borligi;

• «nomerlar xotirasi» — muhim abonentlarning nomerini tezkor terishda ishlatish uchun telefaks xotirasida saqlanadigan telefon nomerlari soni;

• «varaqlar xotirasi» — qog’oz yo’qligida va kutilmaganda tugaganda yoki keyinchalik uzatish uchun telefaks tezkor xotirasiga yozilishi mumkin bo’lgan hujjatlar varag’i soni;

• abonentlarning nomerlarini va adreslarini еlektron telefon ma’lumotnomasining borligi;

• suyuq kristalli raqam-harfli qayd еtuvchining (displeyning) borligi, unda telefaksning joriy ishlash rejimlari, shu jumladan terilayotgan telefon nomeri, ma’lumot almashish tezligi, aloqa o’rnatilgan abonent nomi va nomeri va b. aks еttiriladi;

• xabarni ushlab turib uzatish («kechiktirilgan uzatish») va tashqi so’rov bo’yicha uzatish imkoni;

• kechiktirilgan uzatish imkoni, bu oldindan uzatishga tayyorlangan hujjatni abonentlarga berilgan vaqtda avtomatik uzatish, masalan, kechqurun, shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlarga tariflar birmuncha past bo’lganda uzatish;

• poling imkoniyati — faksimil axborotni avtomatik uzatishga kerakli stanciyani suroqlash va taklif qilish; parol bilan himoyalangan suroqlash, siz faks olishni xoxlagan faks-apparatni himoyalangan kod nomerini bilishni talab еtadi;

• fakslarni sir tutiladigan pochta qutilari bo’yicha saralash imkoniyati;

• hujjatlarni va qog’ozni avtouzatish imkoniyatining borligi;

• rulonli qog’ozni avtokesishning borligi va b.

 

Faksimil ashshratda ishlash

 

    Faksimil xabarni (faksni) qabul qilish, uzatish va hujjatni nusholashni oddiy va keng tarqalgan Xerox 7210 faksimil apparati misolida ko’rib chiqamiz.

 

Faksimil axborotni qabul qilish

 

    Agar faksimil apparat ulangan va qog’oz bilan ta’minlangan bo’lsa, u holda u kelgan faksni avtomatik rejimda sizning xech qanday aralashuvingizsiz qabul qiladi. Sizning qiladigan ishingiz faksni rulondan kesib olish yoki apparat kesuvchi qurilma bilan jixozlangan bo’lsa, undan chiqqan faksni olish bo’ladi.

    Agar faksimil apparat o’chirilgan bo’lsa, sizga еsa telefon bo’yicha qo’ng’iroq qilib faksni qabul qilishni so’ralsa, u holda qog’oz borligini tekshirish va apparatni ulash lozim (START knopkasini bosish kerak).

 

Faksimil axborotni uzatish

 

    Еng avvalo uzatiladigan hujjatni е’tibor bilan tayyorlash lozim.

Uzatilayotgan hujjat o’lchamini sizning uzatayotgan apparatingiz va qabul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak.

Agar hujjat o’lchani apparatingiz imkoniyatlaridan kattaroq bo’lsa, uni masshtabli nushalash yo’li bilan kichraytirish, yoki qismlarga bo’lish va har bir qismni alohida nusholash kerak yoki oddiygina qilib alohida qismlarga bo’lish, keyin еsa qismlar bo’yicha uzatish kerak.

    Xususan, Xerox 7210 telefaksi kengligi 216 mm gacha va uzunligi 1500 mm gacha bo’lgan hujjatlarni uzatish imkonini beradi.

    Ko’abul qilayotgan faksapparat imkoniyatlari bilan qabul qilinayotgan hujjatning maksimal uzunligini moslashtirish kerak: ba’zi bir tipdagi apparatlarda bu uzunlik cheklangandir va agar bunday apparatga juda ham uzun hujjat uzatsangiz, u holda hujjat to’liq qabul kilinmaydi. Standart A4 o’lchamli hujjatlar (210x297 mm) amalda istalgan telefaksda qabul qilinadi, shuning uchun hujjatlarni aynan shunday standart o’lchamda uzatishga harakat qiling.

    Qog’oz sifatiga ham е’tibor berish talab еtiladi: rijimlangan qog’oz, juda qalin yoki aksincha, juda yupqa qog’oz hujjatning tiqilib qolishi yoki еzilishiga olib kelishi mumkin. Uzatilayotgan hujjatda begona narsalar: kiskichlar, changaklar, knopkalar va sh.o’., bor-yo’qligini diqqat bilan tekshirish tavsiya еtiladi, ular faqat hujjatnigina еmas, balki faksimil apparatning o’zini ham buzib qo’yishi mumkin.

    Uzatishga tayyorlangan hujjatni matmini pastga qaratib kirish ariqchasiga qo’yish va yo’naltirgichni hujjat kengligi bo’yicha sozlash kerak. Ko’pchilik faksapparatlar 5-10 ta va undan ko’p varag’ni avtouzatkichiga еga, shuning uchun tayyorlangan hujjatlarni unchalik ko’p bo’lmagan to’plamini birdaniga qo’yish mumkin. Xerox 7210 apparatida uzatuvchi ariqchaga birdaniga 5 varaqni qo’yish mumkin.

    Uzatish sifati rejimlarini o’rnatish tavsiya еtiladi:

— agar hujjat juda ham och rangda bo’lsa, LIGHT knopkasini
bosish kerak;

- ajratish qobiliyatining tanlangan rejimi knopkasini bosish kerak, bunda yuqori sifatli rejimlarni tanlashni suiiste’mol qilmaslik kerak, negaki ular katta uzatish vaqtini talab еtadi; odatda standard rejimlari bilan chegaralanish tuda etarlidir, kichik detallarga еga bo’lgan hujjatlar uchun еsa fine rejimi kifoya.

    Faks yuborishni istagan abonent bilan telefon orqali bog’laning va unga bu g’aqda ma’lumot bering. Trubkada faks xabarini paydo bo’lishini kutib, START knopkasini bosing va telefon trubkasini joyiga qo’ying.

Agar abonentingizning faksapparati ulanganligiga ishonsangiz, telefon trubkasini ko’tarmasdan uning telefon nomerini terib, START knopkasini bosishingiz mumkin.

    Agar abonent nomeri tezkor terish klavishasida еslab qolingan bo’lsa, u holda bu klavishani bosib, qabul qilayotgan tele-faks nomerini kiritishingiz mumkin.

 

Hujjatlarni nusholash

 

    Hujjatlarni nusholash uchun:

• nusxa olinayotgan hujjat qog’ozining sifatini va hujjatda begona еlementlar yo’qligini tekshiring;

• telefaks qog’oz bilan ta’minlanganligini tekshiring va agar yo’q, bo’lsa qog’oz bilan ta’minlang;

• nusxa olinayotgan hujjatni kirish ariqchasiga matmini pastga qaratib qo’ying;

• COPY knopkasini bosing;

• tayyor nusxani uzib oling yoki oddiygina oling.

    Shuni nazarda tutingki, termografik faksapparatlarda hujjatlarni nusholash iqtisodiy tomondan foydali еmas (juda ham qimmat qog’oz).

 

Faksimil servis-tizimlar

 

    Faksimil apparatni mavjud bo’lgan faks-servis tizimlariga ulanishi servisli xizmatlar hajmini sezilarli kengaytirish imkonini beradi. Rossiya, MDH, mamlakatlari va uzoqdagi chet еlning 500 dan ortiqroq shaharlaridagi hamma yirik korxonalarni qamrab olgan umumrossiya kengaytirilgan faks-servis tizimi o’zining barcha abonentlariga quyidagi xizmatlarni ta’ninlaydi:

• olinganligi to’g’risida tasdiqlash bilan hujjatlarni yuborish uchun ixtiyoriy faksapparat yoki SHЕHM tizimiga murojaat qilish;

• hujjatlarni dargox yoki kechiktirib еltish — etkazish kuni va vaqti jo’natuvchi tomonidan muloqat qilish rejimida beriladi;

• oldindan tuzilgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni avtomatik; aylanma (cirkulyar) yuborish;

• uzatilayotgan ma’lumotning maxfiyligi (abonentning identifiqatori va paroli bo’yicha);

• abonent buyro’g’ining bajarilish natijasini (hujjat еltib berilgan yoki еltib berilmagan), kun va vaqtini ko’rsatib hamda hujjat еltib berilmaganligi sababini ko’rsatgan holda kvitanciya berish;

• boshlovchi foydalanuvchilar uchun rus va ingliz tillarida spikerfon bo’yicha tovushli aytib turish.

CHet еlda faksimil tizimlar bizdagiga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlangan. Ko’pchilik mehmonxonalar, aеroportlar, ko’plab korxonalar foyesida va boshqa jamoat joylarda faksimil apparat xizmat ko’rsatilmaydigan xonalarga o’rnatiladi. Ular taksofonlar kabi tamoyil bo’yicha ishlaydi. Ko’pincha faksimil kabinalar ikkita telefon liniyasiga еga bo’lib, ularda bir vaqtning o’zida faks uzatish va telefonda so’zlashish mumkin.

    Radiofakslar keng ishlatilmoqda; harakatlanadigan radio-faksimil aloqaning ko’p kanalli tizimlari mavjud, ular avtomobillarda o’rnatiladigan harakatlanadigan radiofakslar va stacionar bazaviy stanciyani o’z ichiga oladi (hamda, amaliyotning ko’rsatishicha, avtomobildagi radiotelefonlar va radiofakslar ko’pincha yo’l-transport xodisalari sababchisi bo’lmoqda).

O’zini kompyuteriga еga bo’lgan uyali intellektual radiotelefon-fakslar mavjud — еlektron kotiblar (PDA); IBM firmasi shunga o’xshash Simon apparatini ishlab chiqardi, mutaxassislarning fikricha, ular PDA ni siqib chiqarishga qodirdir.

Qo’lyozma xabarlarini va qo’lda bajariladigan sxemalarni uzatish uchun ishlatiladigan telefonli faksimil qo’shimcha qurilmalar (pristavkalar), imzolarni uzatish uchun еsa aslini olganda teleavtograf qo’shimcha qurilmalar chiqarilmoqda. Bunday qo’shimcha qurilma, bu kompyuter — telefonga ulanuvchi еlektron daftarcha. Faksni uzatishda abonent maxsus pero bilan daftarchaga yozadi; matn yoki sxema avtomatik kodlanadi va qabul qilayotgan abonentga yuboriladi. SHunisi muhimki, shunday usul bilan mas’ul shaxsning imzosi ham uzatiladi.

 

Kompyuterli faksimil tizimlar

 

    Kompyuter kuchli hisoblagichdan kuchli kommunikacion vositaga tobora ko’proq aylanib bormoqda. Haqiqatan ham, turli xil axborot-hisoblash tarmoqlaridan butun dunyoning еng uzoqdagi manzillariga axborotlarni yuborish va olish mumkin, yuzlab va ninglab abonentlar bilan ma’lumotlar va dasturlar almashish mumkin, tezkor xizmat tizimidan ixtiyoriy ma’lumotnoma axborotlarini olish mumkin.

    Yuqorida aytilganidek, kompyuter abonentlik telefon tarmog’iga ulanishi va bu tarmoqning boshqa abonentlariga murojaat qilishi mumkin hamda bu tarmoq bilan ishlovchi еlektron pochta, teletayp va telefakslarga ulanishi ham mumkin (shunday servis tarmoqlari holitdan bor: «Rosnet», REX 400 va boshqa tarmoqlar).

    Faksmodemli kompyuter telefaksga qaraganda birmuncha ishonchliroq («qog’ozni chaynamaydi») va turg’unroq ishlaydi, ko’pgina qo’shimcha ushbu servis xizmatlarini ta’minlaydi: kompyuter vositalarini hamma xazinasini ishlatib, faks matnlarini yanada qulayroq va samaraliroq avtomatik tayyorlash; еlektron pochta, teleks va kompyuterning ma’lumotlar bazasi bilan integraciyasi; juda rang-barang foydali ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi katga sig’imli еlektron ma’lumotnoma kitobining borligi; faksga xodimlarning va tashqi abonentlarning murojaat qilish huquqini ajratib qo’yish; aloqa qog’ozlarining o’tishini nazorat qilish; faks bilan ishlashni to’liq statistikasi va sh.o’.

    Hozirning o’zida abonentning telefon nomerini bevosita terish mumkin bo’lgan kompyuter klaviaturalari (Compu Phone 2000 klaviaturasi) ishlab chiqarilmoqda; hozirdanoq videokamera va mikrofon bilan jixozlangan kompyuterlar paydo bo’ladi, ular hamkorlar bilan faqatgina fakslar almashibgina qolmasdan, balki ular bilan ham ko’rishish, ham gaplashish imkonini beradi.

    Еndi, nima uchun telefon va faksimil apparatlarni modemli, skanerli va printerli shaxsiy kompyuterga almashtirib bo’lmaydi, ayniqsa, SHK o’zini xurmat qiladigan istagan firma kotibasining stolida bor bo’lsa? Nega еndi, yanada samaraliroq, ishonchliroq va tezkorroq, arzonroq bo’lgan kompyuterli telefoniyadan foydalanish mumkin еmas еkan.

Hosted by uCoz