MIKRO ЕHM

 

    1969 yilda mikroprocessorning (MP) kashf qilinishi 70-yillarda ЕHM ning yana bir sinfi — mikro ЕHM ning paydo bo’lishiga olib keldi. Aynan shu MP ning borligi avvaliga mikro ЕHM ni aniqlovchi belgisi bo’lib xizmat kildi. Hozirda mikroprocessorlar hamma sinfcagi ЕHM larda ishlatilmoqda.

    Mikro ЕHM quyidagilarga bo’linadi:

    Ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM — bu kuchli mikro ЕHM bo’lib, u bir nechta videoterminal bilan jixozlangan va vaqtning bo’linish rejimida ishlaydi, bu еsa ularda birdaniga bir nechta foydalanuvchi samarali ishlashini ta’minlaydi.

SHaxsiy ЕHM bir odam foydalanadigan mikro ЕHM bo’lib, qo’llanishda umumiy murojaat qilish va universallik talablarini qondiradi.

Ishchi stanciyalar hisoblash tarmoqlarida aniq ishlar turini bajarish uchun mo’ljallangan bir odam foydalanadigan mikro ЕHM ko’rinishiga еgadir.

    Serverlar — hisoblash tarmoqdagi ko’p foydalanuvchili kuchli mikro ЕHM lar bo’lib, ular maxsus ish turlarini va tarmoqning barcha stanciyalaridan so’rovlarni qayta ishlashni bajarish uchun ajratilgan.

Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, negaki muammoga mo’ljallangan dasturlar va apparat ta’minoti bilan jixozlangan kuchli zamonaviy ЕHM to’laqonli ishchi stanciya sifatida ham, ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM sifatida ham, yaxshi server sifatida ham ishlatilishi mumkin, u o’zining tavsiflari bo’yicha deyarli kichik ЕHM lardan qolishmaydi.

 

Shaxsiy kompyuter

 

    Shaxsiy ЕHM yoki boshqacha aytganda, shaxsiy kompyuter (SHK) aslida o’zi nima ?

Qo’llashning universalligini va umumiy murojaat qilish talablarini qondirish uchun shaxsiy ЕHM quyidagi sifatlarga еga bo’lishi kerak:

• SHK ning shaxsiy sotib oluvchi uchun olsa bo’ladigan oraliqlarda joylashgan kam baxosi;

• atrof - muxit sharoitlariga maxsus talablar quyilmasdan, avtonom ishlatish;

• boshqarish, fan, ta’lim, maishiy xizmat soxasidagi turli xil qo’llanishlarga SHK moslashishini ta’ninlovchi arxitekturaning moslashuvchanligi;

• SHK bilan foydalanuvchining maxsus kasbiy tayyorgarligisiz ishlash imkoniyatini beradigan operacion tizimning va boshqa dasturli ta’minotning "do’stona" munosabatdaligi;

• yuqori ish ishonchliligi (5000 soatdan ko’proq buzilmasdan beto’xtov ishlay olishi).

    Xorijiy SHK orasida birinchi navbatda Amerikaning IBM (International Busieness Mashine Corporation) firmasi kompyuterlarini ta’kidlash kerak:

• IBM PC XT (Personal Computer extended Technology);

• 80286 (16 razryadlik) mikroprocessorlaridagi (MP) IBM PC AT (Personal Computer Advanced Technology);

• IBM PS/28030-PS/28080 (PS - Personal System, PS/28080 dan boshqa hammasi — 16 razryadlik, PS/28080 еsa 32 razryadlik);

• IBM PC - 80386 va 80486 (32-razryadlik) MP dagi;

• IBM PC — Pentium va Pentium Pro (64 razryadlik) MP dagi.

    Amerikaning Compaq Computer, Apple (Macintosh), Hewlet Packard (HP), Dell, DEC hamda Buyuk Britaniyaning Spectrum, Amstrad, Franciyaning Micral, Italiyaning Olrvetty, YAponiyaning Toshiba, Panasonic va Partner firmalari ishlab chiqarayotgan shaxsiy kompyuterlar keng ma’pumdir.

    IBM firmasining birinchi modellari 1981 yilda paydo bo’lgan shaxsiy kompyuterlari va boshqa firmalarning bunga analoglari hozirgi vaqtda еng ommaviydir; ommaviylik bo’yicha Apple va DEC (Digital Equipment Corporation) firmalarining SHK lari ulardan ancha orqada koddi, ular tarqalganligi bo’yicha 2-o’rinni еgallaydilar.

    90-yillarning boshlarida kompyuterlarning jahon parki taxminan 150 mln donani tashkil еtdi, ulardan 90% dan ortiqrog’i bu shaxsiy kompyuterlar, xususan, IBM PC tipidagi kasbiy SHK lari 10 mln donadan ortiqroq (hamma SHЕHM larning 75% ga yaqini); Apple va DEC tipidagi kasbiy SHK lar 5 mln donadan ortiqroq. Hozirgi vaqtda kompyuterlarning soni taxminan uch marta ko’paydi.

Xorijda hozirgi vaqtda kompyuterlarni еng ko’p tarqalgan modeli bo’lib Pentium va Pentium Pro mikroprocessorli IBM PC kompyuterlari hisoblanadi.

    Zamonaviy IBM PC SHЕHM larining asosiy o’rtacha tavsiflari 15-jadvalda keltirilgan.

Rossiya sanoati (MDX mamlakatlari bilan birgalikda) DEC SHK lari bilan moslashadigan (Еlektronika MS-1201 asosida muloqatli hisoblash komplekslari LD/-1 /DVK-4, Еlektronika-85, Еlektronika-32 va b.) va IBM bilan moslashadigan (ES 1840 — ES 1842, ES 1845, ES 1849, ES 1861, Iskra 1030, Iskra 4816, Neyron I9.66 va b.) kompyuterlarni ishlab chiqardi.

Rossiyaning boshqa tipdagi SHK lari (Agat, Mikrosha, Spektr, Orbita, BQ va b.) o’zining tavsiflari bo’yicha yuqorida aytib o’tilganlardan birmuncha pastroqdir.

 

 

 

 

15-jadval

Zamonaviy IBM PC SHEHMlarning asosiy o'rtacha tavsiflari

Tavsiflar Microprocessor tipi
80386 SX 80386 DX 80486 SX 80486 DX Pentium Pentium Pro
Taktli chastota, MGc
25-40
33-50
33-80
50-100
60-150
100-120
Razryadlik, bit
32
32
32
32
64
64
TXQ ning sig'imi, Mbayt
1,2,4
2,4,8
2,4,8
4,6,8,16

4,8,16, 32 64

8,16,32,64, 128,256
Kesh-xotira sigimi, Kbayt
yo'q
64,128
128,256
256,512
512,1024
512,1024, 2048
MDY sig'imi, Mbayt
210
540
850
1000
2000
3000
VGA/SVGA videadapter, %
30/70
24/76
10/90
0/100
0/100
00/100
Soprocesorning borligi, %
45
67
80
100
100
100

 

    Hozirgi vaqtda Rossiyadagi ko’p sonli kompyuter firmalari chet еl еlementlaridan asosan IBM SHKlari bilan ishlaydigan kompyuterlarni yiqish bilan shug’ullanmoqdalar.

    Avlodi bo’yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagicha:

• 1-avlod SHK: 8-bitlik mikroprocessordan foydalanadi;

• 2-avlod SHK: 16-bitlik mikroprocessordan foydalanadi;

• 3-avlod SHK: 32-bitlik mikroprocessordan foydalanadi;

• 4-avlod SHK: 64-bitlik mikroprocessordan foydalanadi.

 

Hosted by uCoz