OPERACION TIZIMLAR

 

    ЕHM da har qanday masalani echish, bir tomondan, bajarilishi kerak bo’lgan hamma amallarning ketma-ketligini belgilaydigan dasturlarni (dasturli vositalar — software), ikkinchi tomondan еsa, bu amallarni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan aniq bir apparatura vositalarini (processor, xotira, displey, printer, klaviatura va b. — hardware) talab еtadi.

    ЕHM apparat vositalarini boshqarishning ko’plab jarayonlari ma’lum darajada standart hisoblanadi va aslini olganda, dasturli vositalarga bog’liq еmas.

    Operaciey tizimning (OT) asosiy vazifasi ayni shu kuo’satilgan standart, ko’pincha еsa juda etarlicha oddiy jarayonlarni bajarishni avtomatlashtirishdir.

    Hisoblash tizimining turli tarkibiy qismlari orasidagi o’zaro aloqani 16-rasmda ko’rsatilganidek tasvirlash mumkin.

    Foydalanuvchi nuqtai nazaridan, OT qulay foydalanuvchi interfeysini (ЕHM ishini boshqarish uchun buyruqli til va foydalanuvchini zerikarli amallarni bajarishdan ozod qiluvchi servis xizmatlari to’plani), dasturli muxitni, o’ziga xos "peyzaj" ni (manzarani) shakllantiradi, ularning asosida foydalanuvchining amaliy dasturlari ishlab chiqiladi va ijro еtiladi.

    Texnik nuqtai nazardan OT bu ЕHM resurslarini va bu resurslarni ishlatuvchi axborotni qayta ishlash jarayonlarini boshqarishni ta’minlaydigan dasturlar to’pshamidir.

    Resursni boshqarish resurslarga murojaat qilishni soddalashtirish jarayonlariga, raqobatlashuvchi jarayonlar orasida resurslarni dinamik taqsimlashga olib kelinadi. Shuni hisobga olish kerakki, hisoblash tizimining istalgan ob’ekti (apparatli yoki dasturli) resurs hisoblanib, ular hisoblash jarayonlarida ishlatilishi mumkin va mos ravishda, ular o’rtasida taqsimlanishi mumkin.

    Ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini boshqarish SHKning samarali ish rejimlarini tashkil еtish va amalga oshirishdan iborat bo’lib, bu rejimlar quyidagilardir:

• bitta foydalanuvchi rejimi va alohida terminallar orqali SHK bilan bir vaqtning o’zida bir nechta foydalanuvchining birgalikda ishlashini ta’minlaydigan Ko’p foydalanuvchili rejim;

• bitta dasturli (bitta masalali) va ko’p dasturli (ko’p masalali) ish rejimi; ko’p dasturli ishlash rejimi, SHK ning resurslariga murojaat qilish rejimiga bog’liq ravishda, o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:

16-rasm. OTning tizimli resurslar bilan aloqasi.

    a) paketli qayta ishlash rejimi (foydalanuvchini bevosita murojaat qilishisiz, bir vaqtning o’zida echilishi kerak bo’lgan hamma dasturlar blokini (paketini) oldindan yig’ish va shakllantirish bilan);

    b) vaqtni bo’lish rejimi (foydalanuvchilar o’rtasida har bir oldindan qayd qilingan mashina vaqti intervalini bo’lish bilan yoki boshqa xizmat ko’rsatish intizomiga mos ravishda bo’lish bilan bir nechta foydalanuvchilarning bir vaqtning o’zida muloqatli (interaktiv) murojaat qilishi);

    v) haqiqiy vaqt rejimi (foydalanuvchining yoki tashqi terminalning har bir murojaatiga kafolatli xizmat ko’rsatish vaqti bilan);

• virtual mashinalarni shakllantirish rejimi (har bir foydalanuvchiga asosiy SHK  doirasida kamroq unumli go’yoki alohida mashina, balki o’zining operacion tizimi bilan, ajratiladi);

• bitta processorli, ko’p processorli, ko’p mashinali, shu jumladan tarmoqli hisoblash tizimlarida ishlash.

SHK OT ning xarakterli xususiyati shundaki, ular "do’stona" foydalanuvchi interfeysini — foydalanuvchining SHK bilan o’zaro ishini ta’minlaydi.

    OT ning "do’stonaligi" quyidagini bildiradi, u foydalanuvchiga amaliy dasturlarni bajarish jarayonida kerakli servisni ta’minlaydi va dasturlovchiga dasturlarni ishlab chiqish va sozlash uchun hamda ma’lumotlarni saqlash, o’zgartirish, aks еttirish va nusxalash uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydi.
    SHK lar uchun quyidagi OT turlari keng tarqalgan:

• MS DOS - IBM PC AT va XT SHK lari uchun;

• OS/2 - IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li PC AT SHKlari uchun;

• UNIX — 32 razryadli IBM PS/2 va 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;

• Windows 95 — 32 razryadli, 80386 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun;

• Windows NT — 32 razryadli, 80486 va undan yuqori MP li IBM PC AT SHK lari uchun.

    MS DOS va Windows 95 operacion tizimlari to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar keyingi bobda beriladi.

    OS/2 operacion tizimi

    OS/2 (Operating Sistem/2) bitta foydalanuvchili ko’p masalali OT dir, bir tomonlama (MS DOS -> OS/2) MS DOS bilan dasturli kelishadigan hamda 80286 va undan yuqori MP bilan ishlash uchun (IBM PC AT va PS/2 SHK) mo’ljallangan. OS bir vaqtning o’zida 16 tagacha dasto’rni bajarishi mumkin (ularning har biri o’zining xotira segmentida), lekin ularning ichida faqat bittasi MS DOS uchun tayyorlangan bo’ladi.

 OS/2 ning muhim xususiyatlari quyidagilardir:
 • foydalanuvchining ko’p oynachalik interfeysining borligi;
 • qiymatlar bazasi tizimi bilan ishlash uchun dasturli interfeyslarning borligi;

 • lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun samarali dasturli interfeyslarning borligi.

    OS/2 sig’imi 16 Mbayt gacha bo’lgan tabiiy TX ni va har bir masalaga 512 Mbayt gacha bo’lgan virtual xotirani qo’llab-quvvatlaydi.

    OS/2 ning kamchiliklariga birinchi navbatda quyidagilar xosdir:

• yuqori resurslar sig’imi: 80286 va undan yuqori MP, 1,5 Mbaytdan kam bo’lmagan sig’imli tezkor xotira, qattiq diskdagi yig’uvchi;

• hozirgi vaqtga kelib ishlab chiqilgan dasturli ilovalar (ADT) hajmining nisbatan katta еmasligi.

    UNIX operacion tizimi

    UNIX — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali OT bo’lib, u dasturlarni va turli foydalanuvchilarning fayllarini etarlicha kuchli himoya vositalarini o’z ichiga oladi.

    UNIX OT dasturlarining ko’p qismi Si tilida yozilgan (DOS va OS/2 dagi kabi assemblerda еmas) va mashinaga bog’liq еmasdir, bu OT ning yuqori harakatchanligini va amaliy dasturlarni universal ЕHM ga, mini ЕHM ga va turlicha arxitekturali SHK larga osongina o’tkazishni ta’minlaydi. UNIX oilasidagi OT ning muhim xususiyati uning modulliligi va keng servisli dasturlar to’plami bo’lib, ular foydalanuvchi-dasturlovchilar uchun qulay operacion vaziyatni yaratishni ta’minlaydi (ya’ni bu tizim amaliy dasturlovchilar mutaxassisligi uchun alohida samaralidir).

    UNIX ierarxik faylli struktura, virtual xotira, ko’p oynali interfeys, ko’p processorli tizimlar, ko’p foydalanuvchili qiymatlar bazasini boshqarish tizimi, bir jinsli bo’lmagan hisoblash tarmoqlarini qo’llab-quvvatlaydi.

    UNIX ning kamchiligi — katta resurslar sig’imi va bu SHK asosidagi ko’p foydalanuvchilar tizimi uchun ko’pincha ortiqcha bo’ladi.

TDT dasturlarini yuqorida keltirilgan 4 ta gURO’hga bo’limishi etarlicha shartlidir, negaki rivojlangan operacion tizimlar odatda o’zining tarkibiga murakkab bo’lmagan servisli dasturli vositalarni va xattoki texnik xizmat ko’rsatish tizimi еlementlarini ham oladi.

Windows NT operacion tizimi

    Windows NT — ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali, ko’p oqimli OT dir, u Windows 95 interfeysiga deyarli o’xshash bo’lgan grafikli foydalanuvchi interfeysiga еta.

Bu operacion tizimning o’ziga xos xususiyatlari:

• ichiga qurilgan tarmoqdi yordam berish — boshqa OT lardan farqli ularoq u boshidayoq hisoblash tarmog’ida ishlashni hisobga olib yaratilgan, shuning uchun foydalanuvchi interfeysiga fayllar, qurilmalar va ob’ektlarni birgalikda tarmoqli ishlatish vazifalari moslashtirilgan;

• muhimlik bo’yicha ko’p masalalik, bu yuqoriroq muhimli ilovalarning quyi muhim ilovalarni siqib chiqarishiga imkon beradi, xususan, "to’xtab qolgan" ilovalarni bajarishda tizimning ishlamay turib qolishini avtomatik bartaraf qilish hisobiga mashina vaqtini yanada samaraliroq ishlatish imkonini beradi;

• dasturlarni va foydalanuvchining turli fayllarini ruxsat еtilmagan murojaat qilishdan etarlicha kuchli himoya vositasining borligi; resurslarga ko’p darajali murojaat qilishlarning borligi, bunda foydalanuvchi murojaat qilish darajalarini ularning vakolatiga mos ravishda belgilaydi;

• bir nechta faylli tizimlarni qo’llab-quvvatlash — Windows ning hamma versiyalari tomonidan qo’llab quvvatlanadigan DOS faylli tizimidan tashqari, Windows NT o’zining shaxsiy faylli tizimiga (NTFS) еga va OS/2 (High Performance FS) va ixcham-disk (CDFS) faylli tizimlarini qo’llab-quvvatlaydi;

• kompyuter platformalarini, shu jumladan multiprocessorli hisoblash tizimlarining keng spektrini qo’llab-quvvatlash.

Windows NT OT ning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo’ldi, hozirgi vaqtda еsa uning 3.0 va 4.0 versiyalari turli xil tashkilotlar, banklar, sanoat korxonalari va shaxsiy foydalanuvchilar tomonidan keng qo’llanilmoqda.

Hosted by uCoz