AMALIY DASTURLI TA’MINOT

    ADT o’z tarkibiga foydalanuvchining muammoli amaliy dasturlarini va aniq bir muammo soxasida ishlatishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketini oladi.

    Ko’pchilik amaliy dasturlar paketa (ADP) biror interaktiv muhit ko’rinishiga еga bo’lib, undan foydalanayotgan foydalanuvchi, ma’lumotlarni o’zgartirishning aniq bir jarayonlarini bajarishda qulay va oddiy vositalarga еga bo’ladi.

    SHK lar uchun ulkan miqdorda ADP ishlab chiqilganligini ta’kidlash joizdir.

    Ko’pchilik ADP lar orasida quyidagilarni aytib o’tish lozim:

• matn muharrirlari, matnli processorlar va noshirlik   tizimlari;

• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafikasi vositalari;

• katta o’lchamli еlektron jadvallar (jadvalli processorlar);

• telekommunikacion tizimlarni boshqarish ADP;

qiymatlar bazasini boshqarish tizimi;

• ma’lumotli-qidirish tizimlari;

• sun’iy intellekt tizimlari, shu jumladan, еkspert tizimlari;

•avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash ADP;

• matematik dasturlashtirish ADP (chiziqdi, butun sonli va b.);

• avtomatlashtirilgan loyiholashtirish tizimlari;

• o’zining tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan ADP.


Ofis uchun amaliy dasturlar

    Kompyuterlar uncha katta bo’lmagan ofislarda ko’pincha quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:

• matn muharrirlari va taqdimotli grafika vositalari yordanimida kirish va chiqish ma’lumotlarini qayta ishlash (еlektron pochta va fakslar, xat va so’rovlar, е’lon va boshqa hujjatlar);

• odatda еlektron jadvallarni ishlatib bajariladigan hisoblashlar va hisobotlar, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish (prays-varaqlarni hisoblash va qayta ishlash; turli yo’nalishlar va mezonlar bo’yicha hisobotlarni shakllantirish; ma’lumotlarni tahlil qilish va statistik qayta ishlash);

• kelib tushgan ma’lumotlarni yig’ish va saqlash, bu ularni tez qidirish (turli xil mezonlar va belgilar bo’yicha) va qiymatlar bazasini boshqarish tizimnni (QBBT) qo’llagan holda bu ma’lumotlarga murojaat qilishni ta’minlaydi;

• iqtisodiy va buxgalterlik hisobotlari, shu jumladan, buxgalterlik hisobining dasturli vositalari yordamida ish haqini ham hisoblash;

• maxsuslashgan moliyaviy amaliy dasturlar yordamida moliyaviy ahvolni va boshqa moliyaviy hisoblashlarni tahlil qilish.

Ko’rsatilgan ishlarni alohida yoki integrallashgan holda bajarish imkonini beradigan dasturiy mahsulotlar juda ham ko’p miqdorda chiqarilmoqda; amaliy ishlatish uchun muayyan dasturni tanlash, albatta, muayyan sharoitlarga, lekin ko’p jihatdan sotib oluvchining bilimiga va tajribasiga bog’liqdir. SHuning uchun qimmatbaho amaliy dasturlar paketini harid qilishdan oldin tegishli o’quv kursidan o’tish yoki mutaxassislardan malakali maslahat olish qat’iy tavsiya еtiladi (qo’shnilada ishlatilayotgan paketlarga o’xshash paketlarni harid qilish iqtisodiy tomondan mutlaqo maqsadga muvofiq еmas).

    Bu erda faqat o’rtacha statistik tavsiyalarnigina berish mumkin.

    Yuqorida ko’rsatilgan tavsiyalardan birinchi uchtasini amalga oshirish uchun alohida dasturlardan еmas, balki ofisga xizmat qiladigan integrallashgan paketlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, negaki ularda katta avtonom dasturlarni paketlarga oddiygina birlashtirish еmas, balki ularni "amaliy dasturlar kompleksiga" integraciyalanadi, bu ularning to’liq bir xilligini bildiradi, ya’ni quyidagi tipik masalalarni echishga umumiy foydalanuvchi interfeysi va yagona yondashish xosdir: fayllarni boshqarish, taxrirlash, formatlashtirish, bosish, hisoblashga oid qayta ishlash, statistik va moliyaviy tahlil, еlektron pochta va fakslar bilan ishlash va ko’pgina boshqa narsalar.

    Integrallashgan ofisli paketlar turli firmalar tomonidan turli nomlar bilan taklif еtilmoqda: ofisli amaliy dasturlar, ofisli paketlar, rus ofisi va b. Lekin butun ofisli amaliy dasturlar mahsulotlari bozorida Microsoft Office Professional for Windows 95 va MS Office 97 paketlari hukmronlik kilmoqda; ulardan keyin katta farq bilan Lotus Smart Suit 96 va 97 va Corel Office Professional 7 va Rus ofisi bormoqda. Ular o’z ichiga Leksikon 97 milliy matn muharriri, shaxsiy moliyalarni olib boruvchi Dekart 97 tizimi, malakali tarjima qiluvchi Sokrat 97 tizimi va ommaviy faylli DISKo Komandir 96 menejerini oladi.

    Xorijiy ofisli komplekslarning (97 versiyalari) yangi versiyalari jamoa bo’lib ishlash vositalarini, komponentalarning yanada jipsroq integraciyasini hamda Internet bilan o’zaro ishlash vositalarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, ba’zi ofisli paketlarda dasturlarning alohida lavhalari birdaniga bir nechta ilovalarda (Microsoft Office 97) ishlatilmoqda, bu tezkor xotiradagi va qattiq diskdagi fazoni sezilarli tejaydi. Ko’pchilik paketlar (masalan, yana usha Microsoft Office) ruslashgan versiyaga еga, bu еsa boshlang’ich vaqtlarda kam tajribali foydalanuvchi ishini jiddiy osonlashtiradi.

    Еng ommaviy Microsoft Office Professional for Windows 95 paketa o’z ichiga quyidagilarni oladi:

• kuchli matn muharriri Word 7;

• murakkab hisoblashlarning bajarilishini avtomatlashtiruvchi еlektron Excel 7 jadvali;

• katta sondagi ulkan fayllar bilan ishlashni tashkil еtuvchi qiymatlar bazasini boshqaruvchi Access 7 tizimi;

• kerakli ma’lumotlarni juda rang-barang, shu jumladan, slaydlar ko’rinishda tasvirlash imkonini beruvchi, taqdimotlarni ta’minlaydigan     Power Point tizimi va yuqorida aytib o’tilgan dasturlarda ishlatiluvchi birmuncha kichikroq ilovalar;

• MS Graft — jadvalli qiymatlar asosida chiroyli diagramma-larni qulay yaratuvchi;

• MS Word Art — so’zlar va jumlalarni ajoyib, chiroyli, malum uslubga solingan tasvirlarga o’zgartiradi (ularni, masalan, firma blankalaridagi еmblemalar va shapkalar sifatida ishlatish mumkin);

• MS Clip Art — hujjatlarga oldindan tayyorlab qo’yilgan chiroyli grafikani qo’shib qo’yish imkonini beradi;

• MS Organization Graft — ixtiyoriy kompaniyada "kim kimligini" va "kim kim uchun javob berishini" aniqlash imkonini beradi;

• MS Equation Editor — matematik formulalarning samarali muharriri;

• MS Schedule — uchrashuvlar va lirik ko’rishuvlar jadvalli tadbirkorlik kundaligini (ular to’g’risida faol еslatib turish bilan), tijorat bo’yicha xodimlar va sheriklarning telefonlari va boshqa tavsiflari bilan ro’yxati, dolzarb ishlar ro’yxati va b. oddiygina yaratish  imkonini beradi, bir so’z bilan aytganda, shaxsiy hayotda halaqit bermaydigan va hech narsani еsdan chiqarmaydigan puxta dastur-kotib.

Microsoft Office 97 paketa ham juda ommaviydir, u oldingi versiyani ko’p jihatdan yaxshilaydi.

Buxgalterlik hisob-kitobi uchun bozorda bir necha o’nlab turli paketlar taklif qilinmoqda. Bizning fikrimizcha ushbu paketlarni tavsiya еtish mumkin:

• o’rta va uncha katta bo’lmagan ofislar uchun 1C Buxgalteriya (ishlatish jadalligi bo’yicha boshqalardan jiddiy uzib ketgan), Parus, Kvеstor, Info-buxgalter, BЕMBI, BЕST, Supermenejer paketlar;

• yirik ofislar uchun BЕSTZ, Lok Ofis, Integrator paketlari;

• savdo korxonalari uchun еsa Kupec 3, Tavar, Aspekt, Info-olebor va boshqalar.

    Moliyaviy hisob-kitoblar uchun quyidagi paketlar diqqatga sazovordir: muammosiz Moliya, Dekart, Platinum va b.

    Firmani umumiy boshqarish paketlari: Galaktika, Tizim R13, BOTS va b. ham qiziqarlidir.

Hosted by uCoz