DOS FAYLLI TIZIMI

    Kompyuterda ishlashda foydalanuvchn amalda faqat fayllar bilan o’zaro ishlaganligi uchun faylli tizimning tashkil еtilishi bilan batafsilroq tanishib chiqish lozim.

    Fayllar, ularning turlari va tashkil еtilishi

    Fayl — bu axborotni tashqi tashuvchilardagi nomlangan qiymatlar yig’indisidir. SHK da fayl tushunchasi asosan disklarda (kamroq kassetali magnit lentasida) saqlanayotgan qiymatlar uchun qo’llaniladi va shuning uchun fayllar shu axborot tashuvchilardagi xotira uchastkasi (soxasi, maydoni) bilan bir-biriga tenglashtiriladi.

    Fayllarda saqlanayotgan qiymatlar — bu algoritmik yoki mashina tilidagi dasturlar; dasturning ishlashi uchun boshlang’ich qiymatlar yoki dasturlarning bajarilish natijalari; ixtiyoriy matnlar; kodlangan tasvirlar va sh.o’. DOS dagi fayl tushunchasi qiymatlar massivi bilan ishlaydigan tashqi qurilmalarda va kompyuter bloklarida: printer, klaviatura, displey, tezkor xotira (virtual disklar) va b. umumlashadi.

    Faylli tizim — DOS ning fayllar ustida operaciyalar bajarilishini ta’minlaydigan funkcional qismidir. DOS fayllarni ikki xil formatga (shaklga): ikkilik va matnli fayllarga ajratadi.

    Ikkilik fayl odatda qayd qilingan uzunlikdagi mantiqiy yozuvlarda gURO’hlangan baytlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Ikkilik fayllarda bajariladigan dasturlar va qiymatlar ichki ko’rinishda (ikkilik, kodli) saqlanadi. Bajariladigan dasturli fayllar ularni bajarish uchun ishga tushirilganda aniq bir strukturaga еga bo’lishi kerak, bu strukturani DOS albatta tahlil qiladi. Ikkilik faylni displeyga yoki printerga chiqarganda uning ichidagi narsani o’qib bo’lmaydi, chunki bunda uqilayotgan 8 ta razryadli ikkilik kodlar (baytlar), agar bu kod grafik ko’rinishga еga bo’lmasa va qurilmaga hech qanday ta’sir ko’rsatmasa, ixtiyoriy grafik belgilarga, tovushli signallarga o’tkaziladi yoki umuman qabul kilinmaydi.

    Matnli fayl (ASCII fayli) har biri faylning mantiqiy yozuvi bo’lgan, o’zgaruvchan uzunlikdagi satrlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Har bir satr faqat matnli belgilarni o’z ichiga opadi va satr oxiridagi marker bilan yakunlanadi. ASCII ning istalgan belgisi matnli belgi bo’lishi mumkin, lekin ikkilik fayldan farqli ularoq matnli fayldagi belgilar ketma-ketligi odam tomonidan еkranda yoki printerda bevosita qabul qilinadi. Matnli fayl algoritmik tildagi dastur matmini (Assembler, Bеysik va b.), jadvalni, masalani echishning boshlang’ich va natijaviy qiymatlarini, hujjatlarni, ilmiy axborotlarni va sh.o’. o’z ichiga olishi mumkin. ,

    DOS da har bir fayl bilan quyidagilar bog’langan:

• faylning to’liq nomi;

• faylning atributlari (tavsiflari); ;

•faylning yaratilish sanasi;
•faylning yaratilish vaqti;
• faylning uzunligi.

    Faylning to’liq. nomi DOS da umumiy holla ikki qismdan: identifikaciyalovchi — fayl nomidan va tasniflovchi — fayl kengaytmasidan tashkil topgan. Fayl tipini aniqlovchi kengaytma bo’lmasligi ham mumkin.

    Fayl nomida 1 tadan 8 tagacha belgilar bo’lishi mumkin. U majburiy еlement hisoblanadi va faylga murojaat qilinganda har doim ko’rsatilishi kerak.

    Kengaytma 1 tadan 3 tagacha belgilarga еga bo’lishi mumkin va fayl nomidan "nuqta" (.) belgisi bilan ajratiladi.

DOS fayl nomida va kengaytmasida turli belgilar bo’lishiga ruxsat еtsa ham, lekin lotin alfaviti harflarini va raqamlarni ishlatish, nomni еsa albatta harfdan boshlash tavsiya еtiladi.

Fayl nomini belgilashda ular faylning ma’nosini o’z ichiga oladigan qilib hosil qilish tavsiya еtiladi.

Kengaytma fayl tipini ko’rsatadi, shu bilan bir qatorda kengaytmalarning ba’zi birlari DOS yoki dasturli tizim uchun standart hisoblanadi, masalan:

• EXE (EXEcutable — bajariladigan) — bajarishga tayyor bo’lgan, mashina tilidagi fayl-dastur;

• COM (COMmand) — bajarishga tayyor bo’lgan, mashina tilidagi fayl-dastur (uncha katta bo’lmagan dastur);

• VAT (BATch — bog’lam, gURO’h) — paketli bajariladigan buyruqli fayl;

• BAS — BASIC tilidagi fayl-dastur;

• PRG — Dbase tilidagi fayl-dastur;

• TXT — DOS ning matnli fayli;

• DOC — Windows ning matnli fayli;

• XLS — Excel еlektron jadvallar fayli;

• VAK — asl nusxani qayta yozishda yaratiladigan fayl nusxasi;

• ZIP — arxiv fayli.

    Yuqorida keltirilgan kengaytmalar ro’yxati еng ko’p uchraydigan kengaytmalarni o’z ichiga oladi va holi unchalik to’liq еmasdir. Translyatorlar, tizimli dasturlar va amaliy dasturlar paketlarida muayyan dasturli maxsulot uchun standart hisoblangan kengaytmalar qo’llaniladi.

    Fayl nomlarida standart kengaytmalarning ishlatilishi kompyuterga qisqa signallar bo’yicha (masalan, klavishani bosish bilan) kerakli qayta ishlash jarayonini avtomatik tanlash imkonini beradi.

Fayl tizimini mantiqiy tashkil еtish

    Diskli xotirada saqlanayotgan fayllarni tartibga solishning fayl tizimini mantiqiy tashkil еtish deb ataladi. Bunda mantiqiy tashkil еtishning asosi kataloglardir.

    Katalog — bu boshqa fayllar qayd qilinadigan maxsus fayldir. "Katalog" atamasi bilan bir qatorda DOS axborotlarida va uning hujjatlarida shu faylni identifikaciyalash uchun yana "bo’lim", "direktoriya" atamayaari ham ishlatiladi.

Katalogda unga kiruvchi fayllarni tavsiflovchi barcha ma’lumotlar va diskning qaysi joyida fayl joylashganligi to’g’risidagi ma’lumotlar joylashadi.

    Faylning o’zi еsa hech qanday qo’shimcha ma’lumotnomali axborotsiz baytlar ketma-ketligi kabi saqlanadi.

Katalog, o’z navbatida, boshqa katalog tarkibiga kirishi mumkin, uning qismkatalogi bo’lishi mumkin. Boshqa hech qanday narsaning qismkatalogi hisoblanmagan еng yuqorigi katalog o’zakli katalog (Root Directory) deb ataladi. O’zakli katalog uchun joy diskni formatlashda (belgilashda) band qilinadi va standart uzunlikka — 3584 baytga еga (ya’ni 112 ta 32 baytli yozuvlar sigadi, agar katta bo’lsao’u holda ularni oldindan qims kataloglarga birlashtirish kerak). O’zakli katalog DOS vositalari bilan o’chirib tashlanishi mumkin еmas.

17-rasm. Kataloglar daraxti misoli.

    O’zakli katalogning har bir еlementi (fayl yoki qismkatalog) 32 bayt o’lchamga еga va 8 ta maydonni o’z ichiga oladi, fayllar uchun bu:

• fayl nomi — 8 bayt;

• fayl nomi kengaytmasi — 3 bayt;

• fayl atributa — 1 bayt;

• zaxira — 10 bayt;

• faylni yaratish yoki oxirgi o’zgartirilgan vaqti (soat, minut, sekund) — 8 bayt;

• faylni yaratish yoki oxirgi o’zgartirilgan sanasi (yil, oy, kun) - 2 bayt;

• faylning diskda boshlanadigan klaster nomeri — 2 bayt;

• faylning baytlardagi haqiqiy uzunligi — 4 bayt.

    DOS ning fayl tizimi ierarxik, ko’p darajali yoki teskarisiga aylantirilgan daraxt ko’rinishdagi faylli strukturani shakllantirishni ta’minlaydi, uning asosida o’zakli katalog joylashgan, kataloglar va fayllar еsa uning shoxlari hisoblanadi.

Kataloglar daraxti misolini ko’rib chiqaniz (17-rasm).

    Bu misolning fayl strukturasi o’zakli katalogda ASM, VIR va DBASE qismkataloglarini o’z ichiga oladi, ular kompilyatorlar, virusga qarshi himoya dasturlarini va Assembler tilida va qiymatlar bazasini boshqaradigan tizimning Dbase tilida yozilgan dasturlarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida, ASM qismkatalogi masm.exe Assemblerini (kompilyator) va ASMPROG qismkatalogini o’z ichiga oladi, ularda Assembler tilida yozilgan dasturli fayllar joylashgan. VIR qismkatalogi aidstest.exe va dir.exe fayllarini o’z ichiga oladi.

    DBASE qismkatalogi clipper.exe dastur-kompilyatorni, DBPROG qismkatalogini va ba’zi bir boshqa fayllarni o’z ichiga oladi.

    Fayllarni kataloglarga birlashtirish ularni qandaydir yo’l bilan diskda bitta joyda gURO’hlanganligini bildirmaydi. Bundam tashqari, bitta fayl butun disk bo’ylab "sochib tashlangan" (lavholanib tashlangan) bo’lishi mumkin.

Faylning alohida qismlarini joylashgan joyi to’g’risidagi axborot shu diskda joylashgan fayllarnnng joylashish jadvalida (FAT—File Allocation Table) saqlanadi.

    Fayl specifikaciyasi. DOS faylga murojaat qila olishi uchun ushbularni ko’rsatish kerak:

•diskni;

• katalogni;

• faylni to’liq nomini.

    Bu ma’lumot quyidagi formatga еga bo’lgan fayl specifikaciyasida bo’ladi:

[drive:] [/][path/] Filename [.type].

yoki o’zbek tilidagi varianta:

[diskdan kiritish qurilmasi:] [/] [y/l] [faylning nomn [kengaytma].

    Kvadrat qavslar ularning ichiga kiritilgan еlementlar bo’lmasligi mumkinligini bildiradi. Kvadrat qavslarning o’zi sintaksis belgi hisoblanadi va specifikaciyada ishlatilmaydi. Specifikaciyaning hammasi probellarga (bo’sh joylarga) еga bo’lmasligi kerak. drive еlementa (diskdan kirituvchi qurilma) fayl joylashgan yoki u yozilayotgan diskni anglatadi, masalan, A, V:, S:, D: va x,k.

    Path (yo’l) — bu katalog yoki kataloglar ketma-ketligi bo’lib, bu kataloglardan kataloglar daraxti bo’yicha, fayl joylashgan kataloggacha borish kerak.

Hosted by uCoz