MS DOS OPERACION TIZIMI

    Mustaqil ravishda ham, Windows operacion tizimi tarkibida ham qo’llaniladi.

MS DOS ning asosiy tarkibny vdsmlari:

• Kiritish-chiqarish bazaviy tazini (BIOS — Basic Input Output System);

• Operacion tizimning yuklovchisi (boshlang’ich yuklash dasturi Boot Record);

• Kengaytma bloki BIOS (IBMBIO.COM fayli yoki unga o’xshashlar);

• DOS bazaviy bloki (IBMDOS.COM fayli yoki unga o’xshashlar), uni ko’pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki deb ataladi;

• To’g’rilangan ichki makrobuyruqlarni o’z ichiga olgan buyruqli processor (COMMAND.COM dasturi) (servis va xizmat ko’rsatish

qims dasturlari, fayllarga xizmat ko’rsatiladigan ko’p qims dasturlar);

 • Tizim konfiguraciyasi fayli (CONFIG.SYS buyruqlar to’plani);

• Jarayonlarni avtoyuklash fayli (AUTOEXEC.BAT buyruqlar to’plani).

    MS DOS bilan birgalikda DOS ga rasniy kirmaydigan, tizimning resurslari bilan ishlashni engillashtiradigan Tashqi makrobuyruqlar va servisli utilitalar va Tashqi qurilmalarning drayverlarini yuklaydigan fayl ham etkazib beriladi.

OT dasturlarining bir qismi mashinaning doimiy xotirasida, qolgan qismi еsa (ko’prog’i) magnit diskda saqlanadi.

Masalan, BIOS DЕQQda tizimli platada, OT ning qolgan komponentlari еsa disklarning birida (qattiq yoki еgiluvchan) joylashadi; shu bilan birga Boot Record diskning еng boshida joylashadi. OT ning komponentalarini o’z ichiga olgan diskni tizimli disk deyiladi.

Kiritish-chiqarish bazaviy tizimi (BIOS)

    BIOS, qatiy aytganda, OT ning еmas, balki SHK ning komponenta hisoblanadi, negaki SHK da ishlatiladigan OT almashganda o’zgarmaydi (DЕKDda joylashganligi uchun).

    BIOS ushbu vazifalarni bajaradi:

• mashinani iniciallashtirish, ya’ni mashina tok manbasiga ulanganda, uning barcha еlementlarini boshlang’ich holatga keltirish;

• testlash, ya’ni mashinada butlikni hamda apparatura va dasturli resurslarning ishga layokеtliligini tekshirish (processor, xotira, drayverlar va b.);

• operacion tizimni iniciallashtirish, ya’ni tizimli diskdan OT ning yuklovchisini o’qish;

• xizmat ko’rsatish jarayonlarini va tashqi qurilmalar bilan amallarni bajaruvchi quyi darajali dasturli va apparatli uzulishlarni qayta ishlash;

• SHK ning standart kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish. SHK ning tashqi qurilmalarini boshqarish drayverlar deb ataluvchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. 

Drayverlar

    Drayverlar DOS dasturlarini va foydalanuvchi dasturlarini, kiritish-chiqarish amallarini batafsil va to’la dasturlashdan xalos qiladi.

    Drayver quyidagi vazifalarni bajaradi:

• tashqi qurilmalarga murojaat qilish so’rovlarini qabul qiladi;

• so’rovlarni tashqi qurilmani boshqarish buyruqlariga, bu kurilmaning hamma ish xususiyatlarini va tuzulish detallarini hisobga olgan xolda, o’zgartiradi;

• xizmat ko’rsatilayotgan tashqi qurilmadagi uzulishlarni qayta ishlaydi.

    Operacion tizimning yuklovchisi

    Operaciey tizimni yuklovchi — bu Boot Record va Sistem Bootstrap dasturli modulidir.

    Odatda oddiygina yuklovchi deb ataladigan bu modul tezkor xotiraga DOS ning ushbu ikkita faylini O’qish uchun mo’ljallangan: BIOS kengaytirmaning IBMBIO.COM moduli (yoki EM BIOS) va uzulishlarni qayta ishlash moduli. YUklovchi har bir formatlangan diskda 0-yo’lakning 0-tomonida 1-sektorda joylashadi. YUklovchining hajmi 512 bayt, ya’ni bu uncha katta bo’lmagan dastur. YUklovchi boshlanishida BIOS to’g’risida (firma-tayyorlovchi nomi va tizimning sana - versiyasi) va diskdagi yozuvlarning strukturasi to’g’risida (disk formata, diskdagi va klasterdagi sektorlar soni, fayllarni joylashtirish jadvallari soni va b.) xizmat ma’lumoti joylashtiriladi, keyin еsa dastur-yuklovchining o’zi joylashadi.

BIOS kengaytmasi bloki

    BIOS mashina DЕQQ, joylashgan va shuning uchun SHK ning shu modeli uchun barcha mumkin bo’lgan operacion tizimlarning umumiy va o’zgarmaydigan qismi hisoblanadi. DЕ58 ichidagi narsani o’zgartirish murakkab ishdir va shuning uchun amalda bajarilmaydi. Lekin, kerak bo’lib qolganda, BIOS vazifalarini, qo’shimcha modullar yordamida kengaytirish yo’li bilan o’zgartirish mumkin. Bu zaruriyat quyidagi holatlarda kelib chiqishi mumkin:

• SHK ga yangi Tashqi qurilmalar ulanganda;

• tezkor xotirada diskni modellashtirilganda (virtual yoki еlektron disk);

• standart bo’lmagan buyruqli processorni ishlatganda va b.

    Bunday qo’shimcha modul IBMBIO.COM (yoki EM BIOS) bloki-dir; bu blok go’yoki BIOS ustiga qurilgan bo’lib, uning imkoniyatlarini o’zgartiradi va to’ldiradi. Bu dasturli modul tizimli diskda saqlanadi. DOS funkciyalariningo’zgarganligi yoki tuldirilganligi to’g’risidagi kerakli ma’lumotlar operacion tizimga, IBMBIO.COM dasturi bilan fayl konfiguraciyam (DOS sozlamasi) CONFIG.SYS da saqlanayotgan buyruqlar yordamida, xabar beriladi. Har safar SHK ishga tushirilgandan keyin DOS tizimli diskning o’zakli katalogini qarab chiqadi va unda CONFIG.SYS faylini qidiradi. Agar bu fayl topilsa, u holda DOS unda joylashgan barcha buyruqlarni bajaradi.

    Agar konfiguraciya fayli yo’q bo’lsa, u holda unga kirishi mumkin bo’lgan buyruqning parametrlariga qiymatlar "indamaslik" tamoyili bo’yicha taqdim еtiladi. Konfiguraciyaning o’zgartirilgan buyruqlari faqat SHK ning shu joriy ishlash seansi uchungina uning navbatdagi qayta ishga tushgunga qadar o’rnatiladi.

    Ko’pincha BIOS modulining kengaytmasi BIOS da saqlanayotgan drayverlarni mantiqiy almashtirish va yangi drayverlarni ulash  vazifalarini bajaradi.

BIOS modulining kengaytmasi yana ushbu ikkita vazifani ham bajaradi:

• DOS uzulishlarini qayta ishlash modulini yuklaydi;

• buyruqli processorni yuklaydi va unga boshqarishni uzatadi.

Shunday qilib, IBMBIO.COM SHK asosiy konfiguraciyasining o’zgarishini hisobga oluvchi va tashqi qurilmalarning qo’shimcha drayverlarini saqlovchi BIOS kengaytmasidir.

 DOS bazaviy bloki

    Bu DOS ning markaziy bloki bo’lib, u operacion tizimning asosiy vazifalarini — SHK resurslarini va bajariladigan dasturlarni boshqarishni amalga oshiradi.

    Bu blokda resurslarni (jumladan, Tashqi qurilmalarni) boshqarish drayverlar vositasi bilan boshqarishga nisbatan yuqog’iroq, darajada, ya’ni drayverlarga murojaat qilishni tashkil еtish asosida amalga oshiriladi. Ana shu tashkil еtishning boshida fayl tizimi yotadi.

DOS bazaviy blokining asosini (IBMDOS.COM fayli) yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchilar Tashkil еgadi; shuning uchun bu blok ko’pincha uzulishlarni qayta ishlash bloki yoki moduli deb ataladi.

    Uzilishlarni qayta ishlash moduli IBMDOS.COM (yoki MSDOS.SYS) nomiga еga va tizimli diskda joylashgan. IBMDOS.COM SHK ning hamma resurslarini mantiqiy darajada (BIOS ni boshqarish darajasiga nisbatan yuqog’iroq) boshqarish (va taqsimlash) dasturlarini o’z ichiga oladi; xususan, IBMDOS.COM da TK, bilan ishlaganda BIOS drayverlarini qims dasturlar kabi ishlatuvchi, yuqori darajadagi uzulishlarni qayta ishlovchi dasturlar joylashadi.

    IBM DOS.COM ning muhim dasturlari — bu faylli tizimni boshqarish, disklar bilan qiymatlarni blokli almashtirish, asosiy xotirani taqsimlash dasturlaridir.

Buyruqli processor

    Buyruqli processor (BP) foydalanuvchining SHK bilan o’zaro ishini amalga oshiradi. U DOS fayli hisoblanadi va Command.COM nomiga еga.

    O’zaro ishlash buyruqlar yordami bilan amalga oshiriladi. Buyruqlar ikki tipda bo’ladi: ichki va tashqi. Ichki buyruqlar BP ning o’zining tarkibiga kiradi va DOS yuklangandan keyin tezkor xotirada joylashadi (rezidentli buyruqlar). Tashqi buyruqlar MS DOS tarkibiga kiruvchi .EXE va .SOM tipidagi fayllardir.

    BP ning asosiy vazifalarilari quyidagilardir:

    1. Klaviaturadan yoki buyruqli fayldan kiritilgan buyruqlarni qabul qilish va tahlil qilish.

    2. COMMAND.COM faylida mavjud bo’lgan DOS ichki buyruqlarini bajarish.

    3. MS DOS ning tashqi buyruqlarini yuklash va bajarish; DOS imkoniyatlarini kengaytiruvchi dasturlar (utilita) va .SOM va .EXE tipidagi amaliy dasturlar.

Konfiguraciya fayli

    Konfiguraciya fayli yordamida operacion tizimni kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir ko’rsatuvchi o’rnatuvchi parametrlarni o’zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin.

Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

• operacion tizimni aniq bir apparat resurslariga moslashtirish;

• foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish;

• DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish.

    Konfiguraciyalash CONFIG.SYS faylida berilgan ko’rsatmalar (direktivalar) bo’yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin:

• operacion tizimning ish rejimlarini o’rnatish;

• yangi tashqi qurilmalarning va qo’shimcha xotiraning drayverlarini ulash;

• DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga o’tkazish imkoniyatini ta’minlash;

• xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlari
 uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u.), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini o’rnatish;

• rezident dasturlarni yuklash;

• kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikaciyalash.

CONFIG.SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va apparatli) ma’lum chegaralarda o’zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus buyruqlarni o’z ichiga oladi.

Jarayonlarni avtoyuklash fayli

     SHK da ishlaganda ba’zi bir doimiy jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi bir xil buyruqlarni tez-tez bajarishga tuo’ri keladi. Operacion tizim bu tez-tez takrorlanadigan buyruqlarni maxsus faylga birlashtirish imkonini beradi, bu fayl buyruqli fayl deyiladi (VAT kengaytmasi bilan, shuning uchun uni ko’pincha batch-fayl deyiladi; batch—paketli degan ma’nomi anglatadi). Buyruqli faylga kiritilgan hamma buyruqlar bu faylni bajarish ishga tushirilganda avtomatik ravishda bajariladi.

Еng muhim buyruqli fayllardan biri jarayonlarni avtoyuklash AUTOEXEC.BAT faylidir, uning bajarilishi bilan odatda DOS ni konfiguraciyalash yakunlanadi. AUTOEXEC.BAT, tizim ishga tushgandan keyin foydalanuvchi har doim berishi kerak bo’lgan DOS buyruqlarini o’z ichiga oladi, foydalanuvchini trivial (oddiy) amallarni bajarishdan ozod еgadi.

    AUTOEXEC.BAT fayliga kiritilgan buyruqlar bo’yicha quyidagi jarayonlar bajarilishi mumkin:

• operacion sharoitni va DOS ning ish rejimlarini shakllantirishni yakunlash;

• bajariladigan fayllarni va qiymatli fayllarni qidirishning alternativ yo’llarini o’rnatish;

• tez-tez ishlatiladigan marshrutlar uchun yo’llar nomini belgilash;

• rezident dasturlarni yuklash;

• biror dasturli qobiqni, masalan, Norton Commander ni ishga tushirish;

• ishchi katalogni o’rnatish;

• kiritish-chiqarish standart qurilmasini qayta belgilash;

• foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritishga DOS taklifining ko’rinishini shakllantirish;

• sananing va vaqtning joriy qiymatlarini o’rnatish.

    DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari

    DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident еmas (ya’ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak bo’lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.

Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqa ko’p narsalar.

DOS utilitalari ko’p jihatdan tashqi buyruqlarga o’xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).

Operacion tizimni yuklash

    Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.

    SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.

    Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo’lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.

Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo’ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar) — SHK ishga tayyor.

Hosted by uCoz