WINDOWS 95 OPERATSION TIZIMI

    ( Windows 95 — bu grafikli foydalanuvchining interfeysli, shaxsiy kompyuterning ommaviy operacion tizimidir, uning oldingi versiyalardan — Windows 3.1 va Windows for Wordgroups 3.11 dasturli qobiqlardan farqi o’z tarkibiga DOS 7.0 operacion tizimini oladi va 32 razryadli operacion tizimlarning yangi avlodiga mansubdir. U zamonaviy shaxsiy kompyuterning quvvatini to’liqroq ishlatish imkonini beradi va Windows ning bu versiyadagi ko’pgina amallari oddiyroq va tezroq bajariladi. Windows 95 yaxshi himoya qilingan ko’p masalali operacion tizimdir, u multimedia tizimlarida va ma’lumot-hisoblash tarmoqlarida (shu jumladan Internet da ham) samarali ishlashni, еlektron pochta bilan ishlashni ta’minlaydi.

    Windows 95 bilan ishlaganda uzun, etarli ma’lumotli fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda xatto probelni ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni еkranning istalgan joyiga ko’chirish va еkranning istalgan joyiga kontekstni (MATH parchasini) chiqarish va kontekstli yordamni olish mumkin.

    Windows 95 ning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan kompyuter konfiguraciyasi:

• 486 DX va undan yuqori (386 DX ham mumkin) mikroprocessori;

• 8 Mbaytdan yuqori (4 Mbayt ham mumkin) sig’imli tezkor xotira;

• vinchesterda 60 Mbaytdan ortiqroq (Windows 95 minimal konfiguraciyasida — 30 Mbayt) kerakli еrkin xotira sigam;

• xotirasi 1 Mbaytdan kam bo’lmagan VGA yoki SVGA-videoadapteri.

Windows 95 grafikli interfeysi

    Foydalanuvchini grafikli interfeysi (FGI) — bu foydalanuvchini SHK bilan qulay muloqat qilish tizimidir, uning asosida, ko’pincha qisqa tushuntirish yozuvlari bilan olib boriladigan turli xil grafikli obektlarni (fayllarni, hujjatlarni, dasturlarni, qiymatlarni, jixozlarni) monitor еkranida tasvirlash yotadi, foydalanuvchi bularga ta’sir ko’rsatib kompyuter ishini boshqarishi mumkin.

    Grafikli operacion tizimlarda va qobiqlarda foydalanuvchining grafikli interfeysiga standart mavjudir, u o’z ichiga quyidagi tashkil еtuvchilarni oladi:

• menyu tizimlari — kerakli joyni tiklash uchun klaviaturani va "sichqon" tipidagi ko’rsatgichni ishlatadi;

• oynalar tizimi — dasturli va matnli fayllar hamda ularning lavhalari bilan ishlash uchun;

• instrumentlar paneli — rejimlar va qayta ishlashlarning knopka-piktogrammasi bilan;

• klavishalar kombinaciyasi ("dolzarb klavishalar") — klaviaturadan talab еtilayotgan buyruqlarni tezda kiritish uchun;

• andazalar — hujjatlar shakllari va еkranli shakllar.

    Asosiy so’z va tushunchalar asosida qurilgan kontekstga bog’liq yordam tizimi.

    Windows 95 ga oynalar tizimi bilan bir qatorda interfeysning yana ikkita еlementi - papkalar va yorliqlar kiritilgan;

    WYSIWYG prinshpi bo’yicha, ya’ni "nimani ko’rsang, shuni ola-san ishlovchi Windows 95 grafik interfeysining asosini 3-darajali oynalar tizimi tashkil еtadi (Windows - oyna), u odat bo’lib qolgan "ish stoli" sharoitini ishlatadi. Tizimda ishlash uchun sichqon yoki trekbol grafik ko’rsatgichini (manipulyator) ishlatish qulaydir, lekin klaviatura bilan ishlasa ham bo’ladi.

    Ish stoli - bu displey еkrani bo’lib, unga Windows 95 ning hamma kerakli ob’ektlarini: oynalar, papkalar, yorliqlarni — odatdagi yozuv stolidagidek joylashtirish mumkin.

    Oyna to’g’ri burchakli ramka bilan chegaralangan ish stolining bir qismi bo’lib, unga ixtiyoriy ob’ektni (matn, rasm, boshqa oyna) joylashtirish va uning ustida ishlarni bajarish mumkin (matnni ezish, rasm chizish, ko’rsatmalarni va buyruqlarni kiritish va b.).

    Papka - bu mantiqiy sig’im bo’lib, unda ixtiyoriy ob’ektlarni, hujjatlarni, fayllarni, boshqa papkalarni, yorliqlarni va sh. o’ saqlash mumkin. Papka DOS ning direktoriyasi yoki katalogiga o’xshashdir.

    Yorliq — bu ob’ektning (hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo’lib, ob’ektga tezda murojaat qilishni ta’minlaydi.

Windows oynalari

     Oynalar bir necha tipda bo’ladi:

• amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi;

• guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining windows muxiti bilan aloqasi uchun ishlatiladi;

• muloqat oynalari — bu oynalarning alohida ko’rinishi bo’lib ularda muloqotni tashkil еtish maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo’shimcha parametrlar beriladi- bu oynalar oldingi aytib o’tilganlardan farqli ularoq masshtablanmaydigan va ko’chirilmaydigandir.

    Amaliy va gURO’hli oynalar uchun ularni tasvirlashning uchta standart shakli mavjud:

• to’liq еkranli, bunda oyna butun еkranni еgallaydi;

• me’erdagi — bu holatda oyna еkranning faqat bir qismini еgallaydi; uning o’lchamlari, shakli va joylashgan joyi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin;

• kichraytirilgan, bunda oyna uncha katta bo’lmagan belgicha (piktogramma) ko’rinishda tasvirlanib, uning joylashgan joyi yana foydalanuvchi tomonidan tanlanishi mumkin.

Boshqarish paneli papkasining me’erdagi oynasi 18-rasmda kursatilgan, bu rasmning pastida kichraytirilgan oynaning belgichasi ko’rsatilgan.

Oynaning shaklini o’zgartirish va yopish uchun to’liq еkranli va me’yordagi oynaning yuqoridagi o’ng burchagida uchta knopka mavjud:

·        To’liq еkranli

·        me’yordagi

     (O’rni kelganda shuni aytish kerakki, to’liq еkranli oynaning ko’rinishi me’erdagi oynaning ko’rinishidan faqat o’rtadagi knopka belgichasi bilan farq qiladi).

    "yoyish" knopkasi — me’yordagi oynani to’liq еkranliga kengaytirish uchun;

    "tiklash" knopkasi — to’liq еkranli oynadan me’yordagi oynani tiklash uchun;

    "kichraytirish" knopkasi — oynani belgichaga kichraytirish uchun;

    "yopish" knopkasi — oynani yopish uchun.

 

    Me’yordagi oynaning holatini va o’lchamini sichqoncha bilan mos ravishda oynaning nomini va uning ixtiyoriy chegarasini yoki burchagini ko’chirib olib yurish bilan o’zgartirish mumkin.

Agar oyna unda bor bo’lgan barcha ma’lumotlarni aks еtgirish uchun kamlik qilsa, oynaning pastki va yoki o’ng qismlariga avtomatik ravishda aylantirish polosasi kiritiladi (19-rasmga qarang). Bu polosaning yugurdagini harakatlantirib yoki polosada mavjud bo’lgan strelkali knopkani aktivlashtirib, oynada bor bo’lgan barcha ma’lumotlarni ketma-ket ko’rib chiqish mumkin.

Ko’pincha birdaniga bir nechta hujjatlar yoki dasturlar bilan ishlash qulay bo’ladi. Bu maqsad uchun ko’p oynaln rejim mo’ljallangan, bunda ish stolida birdaniga bir nechta oynalar ochiladi — har bir dastur yoki hujjat uchun alohida oyna ajratiladi. Ob’ektlarni oynalar o’rtasida ko’chirish uchun ularni sichqoncha bilan bevosita ko’chirish mumkin, ob’ektlarni nusxalash ham ularni bevosita sichqoncha yordamida ko’chirish bilan bajariladi, faqat bunda Ctrl klavishasi bosilgan bo’lishi kerak.

    Ish stolida bir nechta oynalarni qulay variantda joylashtirishni ularning nomlarini sichqoncha bilan ko’chirish orqali bajariladi; ularni standart shaklda joylashtirishni (tartibga solish) kontekstli menyuni ishlatib ham bajarish mumkin, bu sichqonchaning kursorini stolning bo’sh uchastkasiga oldindan o’rnatib, sichqonchaning o’ng knopkasini shiqirlatish bilan amalga oshiriladi: menyuning "kaskad bilan" punkta oynalarni o’zaro qoplamasi bilan shunday joylashtirishi mumkinki, bunda barcha ochilgan oynalarning nomlari ko’rinadi, menyuning "chapdan o’ngga" punkta oynalarni yonma-yon qoplamasiz joylashtirish uchun ishlatiladi.

    Oynaning muhim turi — muloqat oynasi. Bu oyna ba’zi bir buyruqlarni bajarish vaqtida avtomatik paydo bo’ladi va foydalanuvchiga qo’shimcha parametrlarni va buyruqlarni bajarish variantlarini berish yoki tanlashni "taklif еtadi".

    Displey еkranining muloqat oynasini sozlash 19-rasmda ko’rsatilgan.

    Muloqot oynasining ba’zi еlementlari:

• qo’shimcha ilovalar — oyna nomi satrining tagida joylashgan, Sichqonchani qo’shimcha ilovalardan birining nomiga to’g’rilab, shiqirlatilsa, u oddingi planga chiqadi va еkranda muloqot oynasining mos beti paydo bo’ladi;

• bo’limlar — bir mavzu bilan bog’langan oyna betlari (qo’shimcha ilovalardan farqdi ravishda ular еkranda doimo joylashadi);

• ro’yxatlar oynasi еlementlar ro’yxatini o’z ichiga olgan maydon, ulardan sichqoncha bilan uning nomi bo’yicha bittasini tanlash kerak; ko’pincha ochiladigan ro’yxatlar oynasi ishlatiladi — u yanada ixchamroqdir va odatda, oynaning o’ng tomonida joylashgan, alohida strelkali knopka bo’yicha, faqat sichqonchani shiqirlatgandan keyingina ochiladi;

• qayta ulash knopkalari (tanlash knopkalari) — bir nechta mumkin bo’lgan parametrlardan bittasini tanlash uchun ishlatiladi: aylana ichidagi nuqta tanlangan parametrga mos keladi; sichqoncha bilan shiqirlatilganda aylana ichida nuqta еmas, balki chiziqcha paydo bo’ladiganga o’xshash knopka bir vaqtning o’zida bir nechta parametrlarni tanlash uchun ishlatiladi (oxirgi holatda bunday tanlash knopkasini bayroqcha deb ataladi);

• buyruqli knopkalar — buyruq nomli uncha katta bo’lmagan to’g’ri to’rtburchaklar; sichqoncha bilan bunday knopka bo’yicha shiqirlatish ko’rsatilgan buyruqning bajarilishiga olib keladi;

    Yopish knopkasi — muloqat oynasini yopish uchun ishlatiladi;

• Ma’lumotnoma knopkasn — oyna еlementa to’g’risidagi ma’lumotnoma axborotlarini olish imkonini beradi; ma’lumotnomani olish uchun oldin sichqoncha bilan bu knopka bo’yicha, keyin еsa oynaning qiziqtirilayotgan еlementi bo’yicha shiqirlatiladi;

• kiritish maydoni (matnli maydon) — to’g’ri to’rtburchakli mayndon bo’lib, unga klaviaturadan aniq bir matnli ma’lumotni kiritish mumkin (bu maydon 19-rasmda ko’rsatilmagan).

Sichqoncha grafikli ko’rsatkichni (manipulyator) ishlatish

Sichqoncha (trekbol va b.) — kiritish kursorini ko’rsatish va turli amallarni bajarish uchun Windows da asosiy vosita.

Kursor — displey еkranidagi maxsus belgi bo’lib, u aniq bir vaziyatlarni va еlementlarni ko’rsatish uchun ishlatiladi.

Kiritish kursori — miltillaydigan vertikal chiziqcha. Bu joyni ko’rsatish uchun xizmat qiladigan kursor belgisining universal ko’rinishi bo’lib, bu joyga klaviaturadan matnni kiritish mumkin, boshqa qiymatlar manbaidan matnni, kadr yoki rasmni qo’yish mumkin.

    Sichqoncha bilan ishlaganda, sichqoncha bilan ishlash turlarini va sichqoncha kursorlarining turlari farqini bilish kerak.

    Sichqoncha bilan hamma harakatlar asosan ushbu to’rtga amalga olib keladi:

• o’rnatish — sichqoncha kursorini kerakli joyga siljitish (klavishalarni bosmasdan) va o’rnatish;

• shiqirlatish — sichqoncha klavishasini tezda bosish va quyib yuborish;

• ikki marotaba shiqirlatish — sichqoncha klavishasini tezda ikki marotaba bosish va quyib yuborish;

• ko’tarib olib o’tish — klavishani bosib turib, sichqonchani siljitish.

    Еndi shu harakatlar to’g’risida batafsilroq to’xtalamiz:

• sichqonchaning chap klavishasini shiqirlatish ko’proq oyna shaklini aktivlashtirish yoki o’zgartirish uchun, menyuni yoki Windows ilovalarini aktivlashtirish uchun, menyu buyruqlarini bajarish uchun, kiritish kursorini holatini qayd qilish uchun va b. ishlatiladi. Sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatish, masalan, kontekstga bog’lik menyuni chiqarish uchun ishlatiladi;

• sichqonchaning chap klavishasini ikki marotaba shiqirlatish gURO’hli oynani uning belgichasi bo’yicha aktivlashtirish va qayta tiklash uchun, uning yorliga bo’yicha tanlangan ob’ektga tezda murojaat qilish uchun, gURO’hli oynani yig’ishtirish uchun, ilovalar ishini tugatish uchun va b. ishlatiladi.

Ko’tarib olib o’tish quyidagi holatda ishlatiladi:

    a) chap klavisha bosilganda matn lavhasini ajratish uchun; oynani, belgichani, matn yoki boshqa ob’ektning ajratilgan lavhasini siljitish uchun; oyna, rasm yoki kadrning o’lchamlarini o’zgartirish uchun chegaralarni siljitish va b.;

    b) o’ng klavisha bosilganda ob’ektni nusxalash, yorliqni yaratish uchun va b.

Ish rejimlariga va ko’rsatiladigan еlement tipiga bog’liq ravishda sichqonchadagi kursor ko’rinishi turlichadir. Boshqacha aytganda, sichqoncha kursorining ko’rinishi u hozirgi vaqtda ishlatilganda qanday ishlar qilish mumkinligini ko’rsatadi.

    Tez-tez qo’llaniladigan kursorlarga qisqacha tushunchalar:

• matnni ajratish kursori yoki o’rnatish kursori — uchlari chegaralanib kertilgan vertikal chiziqcha navbatdagi belgini kiritish joyini (kiritish kursori ko’rsatiladigan joyga faqatgina sichqonchaning chap klavishasini shiqirlatgandan keyingina o’rnatiladi) yoki matn lavhasini ajratishning boshlanish joyini ko’rsatadi (ajratish chap klavishani bosish bilan va kursor bilan ajratiladigan lavhani oxirigacha sudrab olib yurish bilan amalga oshiriladi, ajratish klavisha quyib yuborilgandan keyin mahqamlanadi);

• asosiy rejim kursori yoki tanlash kursori — chapga yuqoriga yunaltirilgan strelka menyuning, ob’ektning (oyna, papka, YOrliq, knopka va b.) buyro’rini yoki holatini tanlash imkoniyatini taklif еtadi, sichqonchani vaziyatga bog’liq ravishda shiqirlatish bo’yicha buyruqlarni kiritish, ob’ektni ajratish yoki maxsus rejimlarni o’rnatish amalga oshirilishi mumkin;

• lavhalarni ajratish kursori — o’ngga yuqoriga yo’naltirilgan strelka sichqonchaning chap klavishasi bosilganda so’zlarni, matn satrlarini, jadval yacheykalarini va sh. o’. ajratishni ta’minlaydi;

 

20-rasm. Sichqoncha kursorlari:

1—asosiy rejim; 2—ma’lumotnomani tanlash; 3—fonli rejim; 4-tizimga murojaat qilish mumkin еmas; 5-grafikli ajratish; b—matnni ajratish; 7— qo’lda kiritish, 8—amalni bajarish mumkin еmas; 9-tik o’lchamlarni ajratish; 10—yotik o’lchamlarni ajratish; 11—1-diagonal bo’yicha o’lchamlarni o’zgartirish; 12— 2-diagonal bo’yicha o’lchamlarni o’zgartirish; 13—siljitish;14— maxsus ajratish.

 

l manipulyaciya qilish kursori — qo’shimcha kesishuvchi strelkalar (siljitish kursori bilan) bilan tanlash kursori tanlangan rasm yoki kadr bilan manipulyaciya qilish imkoniyati to’g’risida dalolat beradi — chap klavisha shiqirlatilganda uning ajratilishi yoki ko’tarib olib o’tish yo’li bilan displey еkrani bo’yicha uning siljishi amalga oshadi.

• o’lchamlarni o’zgartirnsh kursori — ikki tomonga yo’nalgan strelka, oynalar, rasm yoki kadrning o’lchamlarini, sichqonchani kerakli yunalishda olib yurilganda, o’zgartirish imkoniyati to’g’risida ko’rsatadi.

Windows 95 ish stoli

    Kompyuter monitori еkranida Windows 95 yuklangandan keyin paydo bo’ladigan kadr ish stoli deyiladi. Ish stolida joylashtirilgan ob’ektlar to’plani kompyuterning sozlanganligiga bog’liq — ish stolining mumkin bo’lgan variantlaridan biri 21-rasmda ko’rsatilgan.

    Ish stolida kichraytirilgan (belgichalar) va me’yordagi oynalar joylashtiriladi, ular foydalanuvchining qiziqtirgan turli xil papkalar, dasturlar, hujjatlar, tarmoqli qurilmalarga tezda murojaat qilishini ta’minlaydi, еkran pastida еsa, indamaslik bo’yicha, Ishga tushirish knopkasini va ochilgan ob’ektlar belgichasini (shu jumladan ochilgan, lekin oynalarning belgichalariga uralgan) o’z ichiga olgan Masalalar paneli satri joylashadi.

     "Pusk" (Ishga tushirish) knopkasi еkranga bosh menyuni chiqarish uchun ishlatiladi, u turli amallarni bajarish imkonini beradi.  Windows 95 nish ish stoli:

dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, ma’lumotnomani olish, kerakli ob’ektni qidirishni amalga oshirish, kompyuterni sozlash uchun boshqarish panelini chiqarish va b.

    Bosh menyuning variantlaridan biri rasmda keltirilgan. Menyuning ba’zi bir vaziyatlari Ungidagi strelkalar menyuning bu punktlari uchun qo’shimcha qism menyular borlitini bildiradi.

    Bunday menyuni ko’pincha kaskadli menyu deb ataladi.

    Bosh menyuning ko’rinishini foydalanuvchining istagi bo’yicha mos sozlash yo’li bilan o’zgartirish mumkin.

Windows 95 bilan ishlashni aynan shu menyuni chiqarish bilan boshlash mumkin, bu to’g’rida, yo’l ko’rsatuvchi: "Ishni shu knopkani bosish bilan boshlang (Click fure to begin)" yozuvi ko’rinadigan strelka ham еslatib turadi.

Bosh menyuning holatlariga doyr qisqacha tushuntirish.

    Menyuning standart holatlari:

• Dasturlar — menyuning shu bandita kiritilgan dasturlar ro’yxatini chiqaradi va sichqonchani u bo’yicha shiqirlatish yo’li bilan ularning istalganini ishga tushirishga imkon beradi.

• Hujjatlar — foydalanuvchi ishlagan oxirgi 15 ta hujjatning ro’yxatini chiqaradi va ularning istalganini sichqonchani shiqirlatish yo’li bilan ochish mumkin (hujjatlar ro’yxati ular yaratilgan ilovalarga bog’liq еmas).

Sozlash — foydalanuvchiga sozlash mumkin bo’lgan tizim komponentalari ro’yxatini chiqaradi. Jumladan:

    a) boshqarish paneli — tizimni apparatli va dasturli konfiguraciyasini, ish rejimlarini va еkranlar turlarini o’zgartirish imkonini beradi;

    b) masalalar paneli — bosh menyuga yangi dasturlarni qo’shish va undan kerakmas dasturlarni o’chirish imkonini beradi;

    c) printerlar — printerni, modemni yoki faksni ulash va bosilayotgan hujjatlar va bosish navbati to’g’risida axborotlarni olish imkonini beradi.

• qidirish — papkalar, buyruqlar va buyruqlarning pochtali xabarlari ro’yxatini chiqaradi; qo’shimcha menyu kerakli ob’ektni tolish va ochish imkoniyatini yaratadi.

• Ma’lumotnoma — Windows 95 ma’lumotnomali tizimiga murojaat qilish;

• Bajarish — kompyuterning tashqi xotirasida (yoki xattoki tarmoqda) bor bo’lgan istalgan dasturni ishga tushirish yoki istalgan papkani ochish, hamda MS DOS buyruqlarini bajarish imkoniyatini ta’minlaydi.

• Ishni tugatish — Windows 95 dan chiqish uchun, kompyuterni
qayta yuklash uchun va MS DOS muxitida ishlash uchun ishlatiladi.
Foydalanuvchi kiritgan menyu holatlari.

• Microsoft Office — MS Office tizimiga kirish.

• Microsoft Office hujjatini ochish — foydalanuvchi ishlagan oxirgi hujjatni ochishni ta’minlaydi.

• Microsoft Office hujjatini yaratish — yangi hujjatni yaratishni ta’minlaydi.

    Menyuning ko’pgina holatlari qidirilayotgan jarayonni etarlicha batafsil tanlash va amalga oshirish imkonini beruvchi ko’p darajali qims menyularni, o’z ichiga oladi.

    Masalalar paneli Ishga tushirish knopkasidan tashqari tizimli soatni (19:20), klaviaturaningjoriy taqsimlash indikatorini (RU matn rus tilida yozilishi; qarama-qarshi En variantida ingliz tilida yozilishini bildiradi) hamda hozirgi vaqtda ochilgan papkalar: Portfel (C:/95WIN/Ish stoli/portfel), Korzina, Mening kompyuterim) belgichalarini o’z ichiga oladi.

    Bir ochilgan oynadan boshqasiga o’tish uchun sichqonchani mos belgicha bo’yicha shiqirlatish etarli (kerakli oyna ish stolida ko’ringanligiga bog’liq bo’lmagan ravishda), kerakli dasturni ishga tushirish yoki hujjatni ko’rib chiqish uchun ularning belgichalari bo’yicha shiqirlatish kerak. Soatni indikatori bo’yicha ikki marotaba shiqirlatish katta soatli, kalendarli va menyuli muloqat oynasini chiqaradi, u tizimli soatdagi sanani va vaqtni o’zgartirish imkonini beradi.

    Ochilgan ob’ektlarning soni ko’p bo’lganda belgichalarning paneldagi o’lchani kichrayadi. Bunday kichrayishdan masalalar panelining kengligini uning yuqorigi chegarasini siljitish nuli bilan kattalashtirish hisobiga saqlanish mumkin.   

    Masalalar panelini ish stolining boshqa chegaralari (chetlari) bo’ylab joylashtirish mumkin, buning uchun masalalar paneli yuzasining bo’sh uchastkasida sichqoncha klavishini bosib, kursorni kerakli joyga ko’chirish kerak.

    21-rasmda tasvirlangan ish stolida yana quyidagilar joylashgan:

• Mening kompyuterim, Kiruvchilar, Portfel, Korzina papkalarining belgichalari;

 

 

• yorliqlar: Microsoft Network o’rnatishlari, Microsoft Internet Explorer 3.01, Microsoft Outlook o’rnatishlari;

• Microsoft Office (Office Shortcut Vag) panelining gURO’hli oynasi, u o’z ichiga foydalanuvchi juda Ko’p ishlatadigan dasturlarni va ilovalarni oladi va ularning istalganini sichqonchani ikki marotaba shiqirlatish bilan ishga tushirish imkonini beradi.

Ish stolining odatdagi papkalar to’planiga yana quyidagilar kiradi:

    Mening kompyuterim. Kompyuterning barcha disklarining ichidagisini va uning ba’zi qurilmalari tavsiflarini ko’rish imkonini beradi. Xususan, sichqoncha bilan bu belgicha bo’yicha ikki marta shiqirlatganda ierarxik menyuli oyna ochiladi, bu oyna ob’ekglar ro’yxatini o’z ichiga oladi (menyu gURO’hli oyna ko’rinishiga ham еga bo’lishi mumkin — bu 23-rasmda, o’ngda ko’rsatilgan).

Menyu bandini tanlashda, disklarning faylli strukgurasini batafsil tekshiradigan va fayllarni qidirish, ularni ko’rib chiqish va ishga tushirishni ta’minlaydigan qims menyu chiqariladi.

    Kiruvchilar. Еlektron pochta bo’yicha yoki faks bo’yicha olinayotgan yoki yuborilayotgan kiruvchi va chikuvchi hujjatlarni boshqarish mexanizmini o’z ichiga oladi.

    Korzina o’chirilgan fayllarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladi. U xato qilib o’chirilgan fayllarni tiklash imkonini beradi (fayllar foydalanuvchining o’zi korzinani bo’shatgandan keyingina, yo’qoladi).

    Portfelga bir xil hujjatning bir nechta versiyalari joylashtiriladi, bu ularning variantlarini taqqoslash va optimalini tanlash imkonini beradi.

 

WINDOWS 95 DA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

 

Ishning boshlanishn

 

    Kompyuter tarmoqqa ulangandan va operacion tizim Windows 95 yuklangandan keyin kompyuter displeyi еkranida, yuqorida aytilgandek, tizimning ish stali paydo bo’ladi .

    Tizimda ishni boshlashni masalalar panelidagi Ishga tushirish knopkasini bosishdan boshlash tavsiya еtiladi, buning natijasida еkranda tizimning bosh menyusi paydo bo’ladi ( Dasturlar bandini tanlagandan keyin ochiladigan qims menyuli tizimning bosh menyusi ko’rsatilgan).

    Bosh menyu bo’yicha keraklicha ish turi tanlanadi.

 

Ilovalar bilan nshlashning asosiy usullari

 

    Mashinadagi istalgan ishda foydalanuvchi bajaradigan birinchi ishlar biron-bir ilovalarni bajarish uchun ishga tushirishdan yoki mashina xotirasida saqlanayotgan hujjatni kelgusida ular bilan ishlash uchun ochishdan iborat bo’ladi.

Ilova — bu kompyuterda bajarilishi kerak bo’lgan foydalanuvchi dasturidir.

 

24-rasm. Dasturlar qims menyuli tizimining bosh menyusi.

 

    Jujjat -bu biror ishchi faylning to’liq mazmumidir.

    Hujjatni ochish jujjat yaratilgan dasturni ishga tushirish va еkranga hujjat matmini chiqarishni bildiradi.

    Ya’ni hujjatni ochish jarayonining birinchi qismi dasturni (ilovani) ishga tushirish jarayoni bilan to’liq mos keladi, dasturni ishga tushirishdagi yoki hujjatni ochishdagi foydalanuvchining ishi, aslini olganda, ob’ekt tipini — dasturli yoki matnli faylni tanlash bilan farq qiladi.

    Ilovani ishga tushirish ko’pgina usullar bilan bajarilishi mumkin, lekin ularning hammasi ushbu uchta turli texnologiyaga birlashadi:

Еkranga buyruq satrini chiqarish (masalan, bosh menyuning Bajarish bandi bo’yicha) va bu satrga kerakli faylning to’liq specifikaciyasini kiritish — to’liq yo’lni (diskni nomini va "teskari slеsh" - | belgisi bilan ajratilgan fayl yo’lidagi ketma-ket papkalar (kataloglar) nomini) va ishga tushiriladigan dasturning nomini kiritish. Kiritish, agar fayl specifikaciyasi unchalik uzun bo’lmasa va foydalanuvchi uni aniq bilsa, klaviatura orqali amalga oshirilishi mumkin yoki agar qo’lda klaviaturadan kiritish qiyin bo’lsa, boshqa menyudan (ilova oynasidan) amalga oshirilishi mumkin (bunday menyu, masalan, SHarh knopkasini bosish bilan "Bajarish" qims menyusining oynasidan chiqarilishi mumkin).

• Bitga yoki bir nechta ketma-ket menyulardan va qims menyulardan, ularning oxirgisidan kerakli faylni tolish bilan o’tish.

• Agar kerakli fayl ish stolida, shu jumladan masalalar panelida (sichqonchani bir marta shiqirlatish) yoki biror amaliy yoki gURO’xli oynada bor bo’lsa, uning belgichasi yoki yorliga bo’yicha ikki marta shiqirlatish.

Ba’zi bir tez-tez ishlatiladigan dasturlarni ishga tushirish va hujjatlarni ochish variantlarini qisqacha ko’rib chiqaniz.

 

Dasturni (ilovani) ishga tushirish

 

    1. Bosh menyuning Dasturlar bandi bo’yicha dasturlarni ishga tushirish.

Dasturlar qims menyusida (24-rasm) tizimning еng ko’p ishlatiladigan dasturlari (Windows yo’l boshlovchisi, MS DOS bilan seans va b.) hamda foydalanuvchi dasturlari joylashtirilgan papkalar bor.

Kerakli dasturni ishga tushirish uchun:

Dasturlar qims menyusida kerakli dasturni o’z ichiga olgan papkani tanlang va bu papkani oching;

Ogalgan papkala kerakli dasturni tanlang va sichqonchani shiqirlatib uni ishga tushiring;

• Masalalar panelida ishga tushirilgan dasturga mos knopka — belgicha paydo bo’ladi.

    Izoh. Vir vaqtning o’zida bir nechta dasturlar ishga tushirilishi mumkin va ularning hamma knopka-belgichalari masalalar panelida joylashadi.

 

 

Bir dasturdanboshqasiga o’tish shu paneldagi mos knopka bo’yicha sichqonchani shiqirlatish yo’li bilan amalga
oshirilishi mumkin.

    1. Dasturni bosh menyuning Bajarish bandi bo’yicha ishga tushirish. Menyuning bu bandi bo’yicha dasturni, uni taklif еtilayotgan ro’yxatdan tanlab olib ham, fayl nomining to’liq specifikaciyasini kiritib ham ishga tushirish mumkin: Disk nomi:/dastur fayliga yo’l (papkalarning ularning ierarxii ketma-ketlikdagi nomlari)/Dastur-fayl nani.

    Kerakli dasturni ishga tushirish mumkin:

• Bajarish qism menyusini ochgandan keyin paydo bo’ladigan Dasturni ishga tushirish muloqat oynasida (25-rasmda ko’rsatilgan), yoki birdaniga fayl nomini to’liq specifikaciyasini kiritish kerak, yoki SHarh knopkasini bosish kerak;

• Sharh knopkasi bosilgandan keyin kompyuter disklarida bor bo’lgan kataloglar (papkalar) va fayllar ro’yxati bilan yangi muloqatli oyna paydo bo’ladi (ro’yxatning lavhalaridan biri 26-rasmda ko’rsatilgan), bu ro’yxatda oddiy yo’l bilan kerakli dasturni tolish, tanlash va Ochish knopkasini bosish kerak; bundan keyin Dasturni ishga tushirish oynasining matnli maydonida topilgan faylning nomi paydo bo’ladi;

• Matn maydonida fayl nomi paydo bo’lgandan keyin OK knopkasini bosish kerak.

    3. Dasturni Masalalar panelidan ishga tushirish.

    Bu dasturni ishga tushirishning еng oddiy va tezkor usulidir, lekin u faqat oldin bajarilgan dasturni qaytadan ishga tushirish uchun mumkin (ularning belgichalari masalalar panelida joylashishi kerak).

    Dasturni ishga tushirish masalalar panelidagi dasturning belgichasi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish bilan amalga oshiriladi.

 

Hujjatni ochish

 

    1. Hujjatni bosh menyuning Hujjatlar bandi bo’yicha ochish.
Hujjatlar bandini tanlangandan keyin
еkranda siz oxirgi marta ishlagan hujjatlar ro’yxati bilan muloqat oynasi paydo bo’ladi (27-rasmda bosh menyu va uning Hujjatlar bandi uchun mumkin bo’lgan qims menyu ko’rsatilgan).

Hujjatni ochish uchun ro’yxatda mavjud bo’lgan uning nomi bo’yicha sichqoncha bilan shiqirlatish kerak.

    2. Hujjatni u yaratilgan amaliy dasturdan ochish.

    Oldin hujjat yaratilgan (hujjat yaratiladigan yoki to’g’rilanadigan) dasturni (masalan, Word, Excel va b.) ishga tushirish tavsiya еtiladi.

Bu dasturning bosh menyusida Fayl bandini tanlash kerak, paydo bo’lgan to’g’ri keluvchi qims menyuda еsa Ochish bandini tanlash kerak (ushbu variantlar bo’lishi mumkin: agar yangi hujjat yaratilayottan bo’lsa, u holda YAratish bandini tanlash kerak; agar to’g’ri kelgan

 

 

 

 

qims menyuda pastda kerakli hujjat nomi bor bo’lsa (bu hujjat bilan siz yaqinda ishlagansiz), shu nom bo’yicha sichqoncha bilan shiqirlatish etarlidir).

    Paydo bo’lgan muloqat oynasida diskni, kerakli papkani yoki papkalarning (kataloglarni) ierarxik ketma-ketligini va nihoyat hujjatning o’zini tanlash kerak.

    3. Mening kompyuterim papkasi orqali hujjatni ochish.

Mening kompyuterim papkasi kompyuterning hamma disklari mundarajasini ko’rish, kerakli hujjat fayli tanlash va uni ochish imkonini beradi.

    Hujjatni ochish uchun, ushbu ishlarni bajarish kerak:

• Ish stolida Mening kompyuterim belgichasini tanlash va u bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatish kerak.

• Paydo bo’lgan qims menyu oynasida kerakli diskni tanlash kerak (Boshqarish paneli va Printerlar belgichalari mos ravishda tizimni va printerlarni sozlashni bajarish imkonini beradi).

• Tanlangan diskda izlanayotgan hujjat yo’lidagi kerakli papkalarni ketma-ket ochish kerak.

• Navbatdagi oynada izlanayotgan hujjatning belgichasi paydo bo’lgandan keyin shu belgicha bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib uni ochish mumkin.

    4. Hujjatni bosh menyuning Qidirish bandi bo’yicha ochish.
Hujjatni ochish uchun ushbu ishlarni bajarish kerak:

• Bosh menyuning qidirish qims menyusida Fayllar va papkalar bandini tanlash kerak.

• Muloqot oynasini Nom matnli maydonida (28-rasm) izlanayotgan hujjat faylining nomini kiritish kerak.

• Paja matnli maydonida, agar hujjatning joylashganjoyini bilsangiz qidirish soxasini ko’rsatish kerak (disk nomini) yoki bu narsa nomalum 6o’lca, SHarh knopkasi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak.

• qidirishni boshlash uchun Topilsin knopkasi bo’yicha sichqoncha klavishasini shiqirlatish kerak.

• Kerakli hujjatning nomi еkranda paydo bo’lgandan keyin u bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatish kerak.

    5. Hujjatni yo’l boshlovchi* dasturi orqali ochish.

Kerakli faylni ko’rib chiqishni va qidirishni Yo’l boshlovchi dasturini ishlatib qulay bajarish mumkin, u bosh menyuning Dasturlar bandidan yoki kontekstli menyu bo’yicha — Mening kompyuterim papkasining belgichasi bo’yicha sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatish bilan ishga tushiriladi.

    Yo’l boshlovchi (29-rasm) o’z oynasining chap qismida kataloglar "daraxti" ko’rinishda papkalarni aks еttiradi, oynasining o’ng qismida еsa chapdagi tanlangan papkaning ichidagisini ko’rsatadi. Bu kerakli hujjatni tezda tolish imkonini beradi.

    Hujjatni uning nomi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib ochish mumkin.

    Hujjatni Fayllar dispetcheri dasturidan ochish uchun shunday ishlarni bajarish kerak, bu dastur ham Yo’l boshlovchi kabi fayllar tizimini boshqarish uchun mo’ljallangan.

 

Dasturni ishga tushiripshi yoki
hujjatni ochishni ularning yorliqlari bo’yicha bajarish

 

    Yorliqlar — bu dasturlar yoki hujjatlarning belgichalari bo’lib, u ularni tezda ishga tushirish uchun yaratiladi va ishlatiladi.

YOrliqlar, masalan, quyidagi tarzda yaratilishi mumkin:

• kerakli fayl nomini tolish (kerakli faylni ko’rib chiqish va
tolishni bosh menyuning Dasturlar bandidan ishga tushiriladigan
Yo’l boshlovchi dasturidan foydalanib yoki konteksli menyu bo’yicha);

• Mening kompyuterim belgichasi bo’yicha sichqonchaning o’ng klavishini shiqirlatib bajarish qulaydir;

• uning nomi bo’yicha sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatib еkranga kontekstli menyuni chiqarish (30-rasmda bunday menyu ko’rsatilgan);

• bu menyuda sichqonchani shiqirlatib YOrliqni yaratish bandini tanlash — yo’l boshlovchi oynasida tanlangan fayl uchun YOrliq paydo bo’ladi;

• bu YOrliqni bevosita ish stoliga yoki kerakli oynaga olib o’tish (sichqonchani o’ng klavishasi bilan olib o’tishda rejimni tanlashga imkrn beruvchi menyu paydo bo’ladi).

YOrliqni yaratishning o’zgartirilgan varianti:

• kerakli faylni tolish (kerakli faylni ko’rib chiqishni va qidirishni Yo’l boshlovchi dasturini ishlatib qulay tolish mumkin, u bosh menyuning Dasturlar bandidan yoki kontekstli menyu bo’yicha — Mening kompyuterim papkasining belgichasi bo’yicha sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatish bilan ishga tushiriladi);

• sichqonchaning o’ng klavishasini bosgan xodda faylni ish stoliga olib o’tish (30-rasm);

• paydo bo’lgan kontekstli menyuda YOrliqni yaratish bandi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish.

    Yorliq Windows bilan ishlashning hamma keyingi seanslari uchun ham saqlanib qoladi. Fayl yorligini o’chirish yoki o’zgartirishni sichqonchaning o’ng klavishasini shu YOrliq bo’yicha shiqirlatib kontekstli menyuni chiqarib bajarish mumkin.

Bor bo’lgan YOrliq bo’yicha dasturni ishga tushirish yoki hujjat ochishni uning belgichasi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib bajarish mumkin.

 

Windows 95 da ma’lumotnomali axborotlarni olish

 

    Windows 95 qulay ko’p darajali ma’lumotnomali tizimga (Help) еga bo’lib, bu tizim foydalanuvchiga tizim bilan ishlash bo’yicha qo’shimcha tushuntirish ma’lumotini hamda uning alohida еlementlari, ilovalari, buyruqlari to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Ma’lumotnoma oynasi sarlavha satrini va uchta ilovani: mazmun, predmetli ko’rsatgich va qidirishni o’z ichiga oladi.

    Asosiy ma’lumotlar Mazmun bo’limida joylashgan. rasmda ochilgan Mazmun ilovali oyna ko’rsatilgan, uning ichida еsa Windows ga kirish bo’limi ochilgan.

    Ma’lumotnoma tizimining Mazmun bo’limi kitob mundarajasi kabi tuzilgan. Mavzuni va bobni ko’rsatib, siz unga kiruvchi qismiy bo’limlar ro’yxatini ko’rasiz va o’z tanlovingizni aniqlaysiz.

    Maxsus savol bo’yicha ma’lumotni Predmetli ko’rsatgich va Qidirish ilovalari orqali olish qulayroqdir.

    Predmetli ko’rsatgich ilovasi tizim tushuntirib beradigan yuzlab atamalar va tushunchalarni o’z ichiga oladi; Qidirish ilovasi ma’lumotnoma tizimining matnida mavjud bo’lgan so’zlar va belgilarning birikmasi bo’yicha ma’lumotnoma axborotini tolish imkomini beradi.

 

Kerakli ma’lumotlarni Mazmun ilovasi bo’yicha olish

 

    Mazmun ilovasini tanlang. Oynada mavzu bo’yicha tartibga solingan bo’limlar ro’yxati va bo’limlar bilan ishlash ketmaketligi to’g’risida rioya qilinishi kerak bo’lgan ko’rsatmalar paydo bo’ladi.

    Biror bo’limga yoki qims bo’limga kirish uchun yoki tanlangan savol bo’yicha ma’lumot olish uchun mundarajani mos bandi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatish kerak. Ba’zi bo’limlar ajratilgan so’zlarni yoki matn lavhalarini o’z ichiga oladi. Ajratilgan lavxd bo’yicha tushuntirishni olish uchun u bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak.

    Bo’limlar ro’yxatiga qaytish uchun Bo’limlar knopkasi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak.

 

Kerakli ma’lumotni Predmetli ko’rsatgich ilovasi bo’yicha olish

 

    Predmetli ko’rsatgich ilovasini tanlang. Еkranda alfavit bo’yicha tartibga solingan asosiy so’zlar ro’yxati va rioya qilinishi kerak bo’lgan ishlar ketma-ketligi to’g’risida ko’rsatmalar paydo bo’ladi.

    Siz, yoki butun ro’yxatni ko’rib chiqib, u bo’yicha kerakli so’zni tanlashingiz, yoki kerakli so’zni kiritish maydoniga terishingiz mumkin. So’zning yoki xattoki, izlanayotgan so’zning birinchi bir nechta harfini kiritishi еkranda nomlari shu so’zdan boshlanadigan bo’limlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Agar izlangan so’z topilmasa, unga sinomimlarni tanlab ularni galmagal kiritishga harakat qiling.

Bo’limlar ro’yxatiga qaytish uchun bo’limlar knopkasi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak.

 

Kerakli ma’lumotni Qidirish ilovasi bo’yicha olish

 

    Qidirish ilovasini tanlang va izlanayotgan so’zni kiriting. Еkranda rioya qilinishi lozim bo’lgan ishlar ketma-ketligi to’g’risidagi ko’rsatmalarni va ko’rsatilgan so’zni o’z ichiga olgan ma’lumotnoma tizimining hamma bo’limlari ro’yxati paydo bo’ladi.

Bo’limlar ro’yxatiga qaytish uchun Bo’limlar knopkasi bo’yicha sichqonchani shiqirlating.

 

Muloqot oynalarida va displey еkranida mavjud bo’lgan
е
lementlar va instrumentlar to’g’risidagi kerakli
ma’lumotlarni olish

 

    Bu rejim yuqorida ko’rib chiqilgan ma’lumotnoma oynasi bilan bevosita bog’lanmagan va Windows bilan ishlashning istalgan vaqtida bosh menyuga chiqmasdan amalga oshirilishi mumkin. Ko’rsatilgan ma’lumotni olish uchun muloqat oynasining yoki instrument panelining yuqorigi o’ng burchagidagi ? knopkasi bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak, keyin еsa ?  ko’rinishiga еga bo’lgan sichqoncha kursorini sizni qiziqtirayotgan oynaning yoki еkranning еlementiga o’tqazish kerak va u bo’yicha sichqonchani shiqirlatish kerak—еkranda shu еlement to’g’risida ma’lumotnoma xabarli oyna paydo bo’ladi.

    Ba’zi еlementlar uchun ushbu alternativ varianta bo’lishi mumkin: еkranni sizni qiziqtirayotgan еlementa bo’yicha sichqonchani o’ng klavishasini shiqirlatib kontekstli menyuni chiqarish va paydo bo’lgan menyuda "Bu nima" bandini tanlash kerak. Еkranda qalqib chiqqan tushuntirish paydo bo’ladi. Uni olib tashlash uchun еkranning bo’sh joyi bo’yicha shiqirlatish kerak.

 

Fayllar va papkalar bilan manipulyaciya qilish

 

    Fayllar va papkalar bilan manipulyaciya qilishning barcha jarayonlari turli usullar bilan bajarilishi mumkin. Bu erda ularning faqat ba’zilarini ko’raniz.

    Yangi papkani yaratish.

• Mening kompyuterim papkasini ishlatib:

    a) Mening kompyuterim papkasini uning belgichasi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib oching;

    b) yangi papkani qo’ymoqchi bo’lgan diskni va papkani tanlang va
uni sichqonchani ikki marta shiqirlatib oching;

    v) Fayl menyusida YAratish bandini oching, paydo bo’lgan qims menyuda еsa Papka bandini oching;

    g) yangi papka nomini kiriting va Enter klavishasini bosing.

    Faylni yoki papkani nusxalash va siljitish.

• Mening kompyuterim papkasini ishlatib:

    a) Mening kompyuterim papkasini uning belgichasi bo’yicha sichqonchani ikki marta shiqirlatib oching;

    b) nusxalashni (siljitishni) istagan ob’ektni (fayl yoki papka) tanlang va uni sichqonchani shiqirlatib aktiv qiling;

    v) Tuzatish menyusida nusxalash uchun Nusxalash bandini, siljitish uchun еsa Kesib olish bandini tanlash kerak;

    g) ob’ektni joylashtirishga mo’ljallangan papkani oching va Tuzatish menyusida sichqoncha bilan Qo’ynsh bandini shiqirlating.

• Kontekstli menyuni ishlatib:

    a) Mening kompyuterom papkasida yoki Yo’l boshlovchi yoki Fayllar dispetcheri dasturini ishlatib nusxalashni (siljitishni) mo’ljallangan ob’ektni toping va u bo’yicha sichqonchani ung klavishasini shiqirlating;

    b) paydo bo’lgan kontekegli menyuda Nusxalash (Kesib olish) bandini tanlang;

    v) ob’ektni joylashtirishga mo’ljallangan papkani oching va uning oynasining bo’sh joyida sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlating;

    g) paydo bo’lgan kontekstli menyuda sichqoncha bilan Qo’yish bandini shiqirlating;

    d) ob’ektlarni ularni sichqoncha bilan bir ochilgan oynadan boshqasiga ko’tarib olib o’tish bilan ham nusxalash yoki siljitish mumkin.

 

Faylni yoki papkani o’chirish

 

• Mening kompyuterim papkasida o’chirmoqchi bo’lingan ob’ektni toping va u bo’yicha sichqonchani shiqirlating.

• Fayl menyusida O’chirish bandini tanlang.

    Faylni yoki papkani o’chirishni Yo’l boshlovchi yoki Fayllar dispetcheri dasturlari yordamida ob’ektni topib bajarish ham mumkin, lekin bu holatda ob’ektni sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlatib tanlash kerak. Kontekstli menyuda O’chirish bandini shiqirlating.

Shuni nazarda tutish kerakki, o’chirilgan fayllar Korzinaga (Savat) joylashtiriladi — aslida fayllarni o’chirish korzina tozalanmagunga qadar amalga oshirilmaydi. Bu adashib o’chirilgan fayllarni engilgina tiklash imkonini beradi. Korzinada har doim o’chirilgan fayllar yig’ilib borishi sababli, qattiq disk to’lib ketmasligi uchun uni davriy ravishda tozalab turish kerak.

 

Disklarni formatlash

 

    Mumkin bo’lgan variantlardan biri:

• Mening kompyuterim papkasida formatlamoqchi bo’lgan disk bo’yicha sichqonchaning o’ng klavishasini shiqirlating.

• Kontekstli menyuda Formatlash banda bo’yicha sichqonchani shiqirlating.

• Paydo bo’lgan formatlash oynasida (32-rasm) formatlamoqchi bo’lgan disk sig’imini va formatlash usulini ko’rsating:

    a) tezkor — oldin formatlangan diskdagi hamma narsa o’chiriladi,

    b) to’liq — buzilgan sektorlarning borligini tekshirib, diskni real formatlash,

    v) faqat tizimli fayllarni ko’chirish — oldin formatlangan diskka operacion tizimning yuklash fayllari ko’chiriladi (disk tizimli bo’lib qoladi).

 

MS DOS da ish seansini tashkil еtish

 

    MS DOS bilan ish seansi quyidagicha tashkil еtilishi mumkin:

• Ishga tushirish knopkasini bosib, еkranga bosh menyuni chiqarish, unda еsa sichqonchani shiqirlatib, Dasturlar bandini tanlash kerak.

• Dasturlar bandining qims menyusida MS DOS bilan seans bandini sichqonchani shiqirlatib tanlash kerak, bundam keyin еkranda MS DOS bilan ishga taklif paydo bo’ladi:

    a) agar Norton Commander qobig’i bilan ishlash hohishi bo’lsa, buyruq satrida NC ni terish kerak;

    b) Norton Commander da ishlashni tugatish uchun, odatda MS DOS da qilingandek, paydo bo’lgan muloqat oynasida YES ni tanlash     kerak.

• MS DOS dan Windows ga qaytish uchun buyruq satrida Exit buyrug’iyi terish kerak.

 

 

 

Windows 95 dasturi va ilovalar bilan ishlashni tugatish

 

    Ilovalar bilan ishlashni tugatish uchun bu ilova oynasining yuqorigi chap burchagida joylashgan Yopish knopkasini bosish kerak.

Hujjat bilan ishlash seansini yopishni sinchiklab bajarish ham mumkin: menyuning Fayl bandi bo’yicha ketma-ket saqlash, hujjatni yopish va dasturdan chiqish jarayonlarini bajarish kerak.

    Windows 95 bilan ishlash seansini tugatish uchun Masalalar panelida Ishga tushirish knopkasini bosish va keyin bosh menyuning Ishni tugatish bandini tanlash kerak. Paydo bo’lgan Windows 95 bilan ishni tugatish muloqat menyusida (rasm) tugatish rejimini yoki to’g’ri kelgan kompyuterni qayta yuklash rejimini tanlash kerak.

 

Hosted by uCoz