NORTON COMMANDER OPERACION QOBIG’I

 

    Norton Commander (NC) dasturi MS DOS operacion tizimi bilan ishlash uchun еng ommaviy dastur-qobiqlardan biridir, u Windows tizimida MS DOS bilan ishlash seansi vaqtida ishlatiladi. NC yordamida foydalanuvchi kataloglarni ko’radi, fayllarni o’chiradilar, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va h.k.

    Foydalanuvchining DOS bilan o’zaro ishi buyruqli satrga ma’lumotni kiritish asosiga qurilgan: foydalanuvchi klaviaturada kerakli buyruqli teradi va Enter klavishasini bosadi, bundan keyin DOS kiritilgan buyruqni bajaradi. Bunday usul ko’rgazmali va etarlicha qulay еmas — foydalanuvchi DOS ning buyruqlar tizimini bilishi kerak va asosiysi ularni to’g’ri yozilishini va strukturasini bilishi kerak.

    Norton Commander kompyuter bilan monitor еkranidagi rezident sifatida ham, chiqariladigan, shu jumladan ochiladigan, og’ma matnli menyu tizimi asosida ham ishlash imkonini beradi. Еkranda buyruqni yoki faylning nomini tanlash etarli, Enter klavishasini, funkcional klavishani yoki sichqonchani shiqirlatish kerak va kerakli jarayon bajariladi.

Norton Commander bilan birgalikda matnli fayllarni va boshqa hujjatlarni taxrirlash va ko’rib chiqish uchun dasturlar etkazib beriladi.

 

Norton Commander dasturini yuklash

 

    Norton Commander dasturini yuklash uchun MS DOS ga chiqqandan keyin va еkranda kiritishga taklif paydo bo’lgandan keyin buyruqli satrda fayl nomini — NC ni kiritish kerak.

    Norton Commander ni ishga tushirilgandan keyin oynaning yuqori qismida ikkita panel — qo’sh ramka bilan chegaralangan to’g’ri to’rtburchakli oyna paydo bo’ladi (34-rasmga qarang).

    NC ning har bir panelida quyidagilar bo’lishi mumkin:

• disk katalogining mundarajasi (panel tepasida disk nomi, katalogga yo’l va katalog nomi chiqariladi) — 34-rasmda o’ngdagi panelda ko’rsatilgan;

 • diskdagi kataloglar daraxti (panel sarlavxasi — Tree);

• boshqa panelda ochilgan tezkor xotira, disk va katalog to’g’risidagi yirma ma’lumot (panel sarlovxdsi — Info), 34-rasmda chap panelda ko’rsatilgan.

    Panelga chiqariladigan ma’lumot turini tanlash F9 funkcional klavishasi bilan og’ma menyu tizimidan chiqariladigan Right (o’ng panel uchun), Left (chap panel uchun), menyusi bo’yicha amalga oshiriladi.

    Еkranning pastki satrlarida DOS taklifi, buyruqli satr va F1 — F10 boshqarish klavishalarining vazifasini aniqlovchi ishchi menyu polosasi joylashadi:

• F1 YOrdam (Help) — ma’lumotnoma ma’lumotini chiqarish (HELP), shuni nazarda tutish kerakki, aksariyag ko’pchilik dasturli maxsulotlar uchun F1 klavishasi shunday vazifaga еga;

• F2 CHaqarish (Menu) — foydalanuvchi menyusini chiqarish — еkranga foydalanuvchi o’zi tanlagan hamda ularga tezda murojaat qilish uchun buyruqlar ro’yxati chiqariladi;

• F3 o’kish (View) — kursor bilan tanlangan faylni ko’rib chiqish;

• F4 To’g’rilash (Edit) — kursor bilan tanlangan faylni taxrir qilish;

• F5 Nusxa (Soru) — kursor bilan tanlangan katalogni yoki fayllarni nusxalash (nusxalash boshqa panelda ochilgan katalogda amalga oshiriladi);

• F6 Nom (RenMov) — kursor bilan tanlangan katalogni yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish (siljitish boshqa panelda ochilgan katalogga amalga oshiriladi);

• F7 YAngi (Mkdir) — yangi katalogni yaratish;

• F8 O’chirish (Delete) — kursor bilan tanlangan faylni (bo’sh katalogni) o’chirish;

• F9 Menyu (PulIDn) — og’ma menyu tizimini chiqarish — F9 klavishasi bosilganda еkranning yuqori qismida og’ma menyu tizinining mundarajasi paydo bo’ladi: CHap ganel (Left), Fayllar (Ffles), Buyruqlar (Commands), To’g’rilash (Options), o’ng panel (Right); bu menyular tizimni, uning ish rejimlarini va ma’lumotlarni panelga chiqarish rejimlarini sozlash uchun ishlatiladi [NC ni chiqarganda Windows 95 dan MS DOS bilan ishlash seansida bir nechta boshqacha og’ma menyular bo’lishi mumkin, xususan: CHap panel (Left), Fayllar (Files), Diski (Disks), Buyruqlar (Commands), o’ng panel (Right)];

• F10 CHiqish (Quit) — NC dasturidan chiqish.

 

Panel kataloglarnning mundarajasi

 

    Kataloglar mundarajasida fayllar nomlari kichik harflar bilan chiqariladi va odatda, o’ng tomondan nom kengaytmasi bilan to’ldiriladi; qismkataloglar nomlari bosh (katta) harflar bilan chiqariladi. Qismkatalog nomining o’ng tarafiga <SUB-DIR> axboroti chiqariladi. Mundarajada еng yuqori satrni ikki nuqta ko’rinishda «..» bosh katalogga yubortma band qiladi (<UP-DIR> — katalog usti), bu katalog usti nomi panel sarlavxasida o’ngdan oxirida turadi.

    Katalogi panelda tasvirlanishi talab еtiladigan diskni tanlash uchun chap panel uchun AltQF1 klavishasini yoki o’ng panel uchun AltQF2 klavishasini bosish kerak. Mos panelda harfni - disk nomini tanlashni taklif еtuvchi oyna paydo bo’ladi. Bu muloqat oynasi orqali kerakli diskni tanlashni, kursorni boshqarish klavishalari vositasida keyin Enter klavishasini bosish bilan bajarish yoki oddiygina qilib disk nomiga mos keluvchi harfli klavishani bosish bilan amalga oshirish mumkin. Tanlangan disk nomi yoritishning o’zgarganligi bilan belgilanadi.

Fayllar to’g’risidagi ma’lumotlarni chiqarishning ikki shakli mavjud: to’liq va qisqa. To’lik shaklda o’ng tarafda fayl o’lchami baytlarda, faylni yaratish yoki oxirgi o’zgartirilgan sanasi va vaqti chiqariladi. qisqa shaklda faqat fayl nomi chiqariladi.

    Og’ma menyular tizimining CHap panel, o’ng panel menyusi bo’yicha bajariladigan panelga chiqariladigan fayllar nomlarini sozlashda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

• nomlarni alfavit tartibida;
• kengaytmalarni alfavit tartibida;

    • faylning yaratilish sanasi va vaqtining kamayishi tartibda;

    • fayllar o’lchanining kamayishi tartibida.

 

Fayllar va kataloglar ustnda ba’zi amallarnn bajarish

 

    Almashgan (inversli) rang bilan tasvirlanadigan (kursor bilan ajratilgan) fayl yoki katalog aktiv yoki ajratilgan deyiladi. Ajratilgan satrni kursorni siljitish klavishalari bilan еkran paneli bo’yicha siljitish mumkin.

    Birdaniga bir nechta fayllarni ajratish mumkin — Ins klavishasini bu fayllarni nomlariga bosish yo’li bilan juda oddiy bajariladi.

    Kursorni boshqa panelga ko’chirish uchun Tab klavishasini bosish kerak, qismkatalog tarkibini chiqarish uchun kursorni uning nomiga o’rnatish va Enter klavishasini bosish kerak.

    Fayl yoki katalog ustida biror amalni bajarish uchun kursorni uning nomiga o’rnatish va funkcional klavishalardan bitgasini yoki Enter klavishasini bosish kerak.

    Agar biror fayl yoki katalog ajratilgan bo’lsa, Enter klavishasi bosilganda quyidagi ishlar bajariladi:

• agar kursor ".." da bo’lsa, u holda katalog ustiga siljish bajariladi;

• agar kursor qismkatalog nomida bo’lsa, u holda shu qims katalogga siljish bajariladi;

• agar kursor bajariladigan fayl nomida bo’lsa (fayl .exe, .com yoki .bat kengaytma tipiga еga bo’ladi), u holda bu fayl bajarish uchun ishga tushiriladi;

• agar kursor matnli fayl nomida bo’lsa, u holda mos keluvchi sozlash bor bo’lganda fayl uni taxrirlash uchun еkranga chiqariladi.

 

NC matn muharrnrn

 

    Operacion kobikda sozlangan matnli muharriri bor, u uncha murakkab bo’lmagan hujjatlarni (rasmsiz, diagrammasiz va b.) tuzish va taxrir qilish uchun juda qulaydir.

    Muharrirlar bilan ishlashda bajariladigan asosiy jarayonlar quyida tushuntirilgan:

• ajratilgan matnli fayl bilan ishlash uchun muharrirni chiqarish — F4 klavishasini bosish kerak;

• yangi faylni yaratish va taxrir qilish — Shift + F4 klavishalarini bosish kerak;

• taxrir qilingan faylni saqlash — F2 klavishasini bosish kerak;

• muharrirddn chiqish — F10 klavishasini bosish kerak;

• matnda blokni ajratish — F3 klavishasini bosish kerak;

• blok ajratishni inkor qilish — Shift + F3 klavishalarini bosish kerak;

• ajratilgan blokni kursorning joriy holati bilan ko’rsatilgan joyga siljitish — F6 klavishasini bosish kerak;

• ajratilgan blokni kursorning joriy holati bilan ko’rsatilgan joyga nusxalash — F5 klavishasini bosish kerak;

• ajratilgan blokni o’chirish — F8 klavishasini bosish kerak;

• ajratilgan blokni ko’rsatilgan faylning oxiriga yozish — Alt + F10 klavishalarini bosish kerak;

• boshqa fayldan matnni kursorning joriy holati bilan ko’rsatilgan joyga qo’yish — Alt + F5 klavishalarini bosish kerak;

• matnni namuna bo’yicha kursordan oldinda qidirish — F7 klavishasini bosish kerak;

• matnni namunalar bo’yicha kursordan oldindan qidirish va almashtirish — F4 klavishasini bosish kerak;

• joriy satrni o’chirish — Ctrl + U klavishalarini bosish kerak;

• bo’sh satrni qo’yish (kursor satr oxirida) — Enter klavishasini bosish kerak;

• matn ichida kursorni harakatlantirish kursorni boshqarish klavishalari bilan amalga oshiriladi;

• matndan tashqarida kursorni harakatlantirish Enter va Space klavishalari bilan amalga oshiriladi.

Muharrir bilan ishlash bo’yicha qo’shimcha tushuntirishlarni F1 klavishasini bosib olish mumkin.

Funkcional klavishalarning vazifalari to’g’risidagi ma’lumotlarni matn muharriri oynasining pastidagi ishchi menyuda ko’rish mumkin; funkcional klavishalarni Alt va Shift klavishalari bilan birga bosilganda vazifalarining qayta belgilanishini yana o’sha ishchi menyuda, lekin mos ravishda Alt va Shift klavishalari bosilganda ko’rish mumkin.

Operacion kobikdan chiqish F10 klavishasini bosish bilan chaqiriladigan menyu bo’yicha amalga oshiriladi.

Hosted by uCoz