MASHINA ICHIDAGI TIZIMLI PERIFERIYALI
 INTERFEYS

 

    Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o’rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to’g’ri еmas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to’g’ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to’plami bo’lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o’zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa еlementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh.o’.) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o’zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko’zda tutilgan.

    Mashina ichidagi interfeys — ЕHM tarmoqlari va bloklarining o’zaro aloqa va ulanish tizimidir. U еlektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o’zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig’indisi ko’rinishiga еgadir.

    Mashina ichidagi interfeysni tashkil еtishning 2 varianti mavjud.

Ko’p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o’zining lokal simlari orqali bog’langan; ko’p aloqali interfeys ba’zida tizimli interfeysni to’ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo’llaniladi, sistemali interfeys sifatida еsa faqat ba’zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.

    Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog’langan.

Nisbatan ko’pchilik zamonaviy SHK larda tizimli interfeys sifatida tizimli shina ishlatiladi. Tizimli shinaning strukturasi va tarkibi SHK ning FUNKCIONAL-STRUKTURALI TASHKIL ЕTILISHI bobida ko’rib chiqilgan. Tizimli shinaning muhim funkconal tavsiflari quyidagilardir: u xizmat ko’rsatadigan qurilmalar soni va uning o’tkazish qobiliyati, ya’ni axborotni uzatishning еng yuqori mumkin bo’lgan tezligi. SHinaning o’tkazish qobiliyati uning razryadliligiga (8,16,32 va 64 razryadli shinalar bor ) va shina ishlaydigan taktli chastotaga bog’liq.

    Tizimli shina sifatida turli SHK larda quyidagilar ishlatilgan va ishlatilishi mumkin:

kengaytirish shinalari — ko’p sonli juda rang-barang qurilmalarni ulash imkonini beruvchi umumiy vazifali shinalar;

lokal shinalar — uncha katta bo’lmagan aniq bir sinfdagi qurilmalarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan.

 

Kengaytirish shinalari

 

    Multibus 1 shinasi 2 ta modifikaciyaga еga: PC/XT bus va PC/ AT bus.

PC/XT bus shinasi — 4,77 MGc taktli chastotaga mo’ljallangan 8-razryadli qiymatlar shinasi va 20-razryadli adreslar shinasidir; apparatli uzulishlar uchun 4 ta liniyaga va xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun 4 ta kanalga еga ( DMA — Direct Memory Access kanallari). Adreslar shinasi mikroprocessorning adres kengligini 1 Mbayt kattalik bilan chegaralaydi. 8086, 8088 MP bilan ishlatiladi.

    PC/AT bus shinasi — 8 MGc gacha ishchi taktli chastotada ishlovchi 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 16 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin, chunki shina nazoratchisi chastotani teng ikkiga bo’lishi mumkin; apparatli uzulishlar uchun 7 ta liniyaga va 4 ta DMA kanaliga еga. 80286 MP bilan ishlatiladi.

    ISA (Industry Standard Architecture) shinasi — 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo’lish koеfficienti ko’paytirilgan); PC/XT va PC/AT shinalariga nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko’paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko’paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o’tkazish qobiliyati 16 Mbayt/s ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish xossalariga bog’liq ravishda 4—5 Mbayt/s atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP lar paydo bo’lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to’siq bo’lib qoldi.

    EISA ( Extended ISA ) shinasi — 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kеsh-TX kanali bo’yicha almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish raz’yomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to’liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz’yom bor), shina hisoblash tizimlarining ko’p processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi.

    MSA ( Micro Channel Architecture ) shinasi — 32-razryadli shina, 1987 yilda IBM firmasi tomonidan PS/2 mashinalari uchun yaratilgan, o’tkazish qobiliyati 76 Mbayt/s, ishchi chastotasi 10—20 MGc. O’zining tavsiflari bo’yicha EISA shinasiga yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PS/2 ЕHM birinchi navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo’kligi tufayli keng tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi.

 

Lokal shinalar

 

    Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:

• mikroprocessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq еkranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi bilan;

• ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab еtuvchi (masalan, Windows da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.

    Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning qulay ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib qoladigan» bo’lib qoldi.

Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida еmas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi.

    Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.

• VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi (VESA — Video Equipment Standards

    Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA shinasi deb atashadi.

    VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. SHina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi — 80 Mbayt/s (nazariy еrishiladigani — 132 Mbayt/s).

    Shinaning kamchiliklari:

• 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium, Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan;

• MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq bir chastotaga mo’ljallangan);

• ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma ulanishi mumkin;

• shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin.

• PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

    PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power PC va b.; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni boshqarish vositalariga еga. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.

    PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor, nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda еsa — 263 Mbayt/s (2 marta pastroq).

PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo’lganda bevosita MP ga еmas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).

    Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda ishlatish mumkin.

    Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali (VLB, ISA va PCI ning bosh harflari

 

38-rasm. Tizimning VLB shinasi bilan konfituraiiyasi.

 

39-rasm Tizimning PCI shinasi bilan konfiguraciyam.

 

bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning kiyosiy texnik tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.

Periferiya shinalari

 

    Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir.

    IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.

    Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklif еtilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im «kallak—cilindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi.

    Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning еski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak.

    ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga еga; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.

 

Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari 

    1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi— barcha qurilmalar bitta raz’yomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni Plug®Play texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. Plug@Play texnologiyasi («ula va ishla») «issik» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni o’zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. SHinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s.

    Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire — «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga еga, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug@Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi.

    Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydigan Fibre Channel shinasini tavsiya еtish mumkin.

Hosted by uCoz