MIKROPROCESSORLI XOTIRA

 

    Mikroprocessorli xotira (MPX) unchalik katta bolmagan, lekin ota tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, yani bu xotiradan malumotlarni oqish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan olchanadi).

    U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan malumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun moljallangan; MPX mashinaning yuqori tezkorliligini taminlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bolgan malumotlarni qidirish, oqish va yozish tezligini har doim ham taminlay olmaydi.

    Mikroprocessorli xotira razryadliligi mashina sozidan kam bolmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium MP dagi turli uzunlikdagi bir nechta onlab registrlargachadir.

    Mikroprocessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bolinadi.

    Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) va b. saqlash uchun ishlatiladi.

    Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan malumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning bazilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatga ishlatilgan bolishlari shart.

MPX registrlarining tarkibi va vazifalari togrisidagi batafsilroq malumotlarni [4] ishda korib chiqish mumkin.

Hosted by uCoz