VIDEOTERMINAL QURILMALAR

 

    Videoterminal videomonitordan (displeydan) va videonazoratchidan (videoadapterdan) tashkil topgan. Videonazoratchilar SHK ning tizimli blokini tarkibiga kiradi (bosh platani raz’yoniga o’rnatiladigan videokartada joylashgan), videomonitorlar еsa bular SHK ning tashqi qurilmalaridir.

 

ЕNT asosidagi videomonitorlar

 

    Videomonitor, displey yoki oddiygina monitor еkranda matnli va grafik axborotni aks еttirish qurilmasidir (qo’zg’almas SHK larda еlektronnur trubkasi (ЕNT) еkranida, ixcham SHK larda еsa suyuq kristalli tekis еkranda).

Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: ЕNT paneli, yoyish bloki, videokuchaytirgich, manba bloki va b.

 

Monitor еkranining o’lchani 

    Monitor еkranining o’lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi SHK larda еkranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym. Еng ko’p tarqalgan o’lchani — 14 dyuymli, lekin 1996 yiddan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko’paydi. Xakmkatan ham, 15 dyuymli monitorlar ishda sezilarli darajada qulay va sog’liq uchun zararsizroqdir (operator еkrandan uzoqroq o’tiradi), lekin ular birmuncha qimmatroqhamdir.

 

Raqamli va uzluksiz monitorlar 

    Hyp bilan boshqariladigan signal ko’rinishiga bog’liq ravishda monitorlar uzluksiz va raqamli bo’ladi.

Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potenciometrlar asosida, raqamli monitorlarda еsa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda ko’p darajali еkranli menyu qulay quriladi, oldindan o’rnatilgan grafikli rejimlar ishlatiladi, lekin uzluksiz monitorlar еkranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta miqdorlardagi nimranglar va rangli tuslar bilan o’ta yuqori sifatli standartlarda shakllantirish imkonini beradi (masalan, raqamli monitorlarda 16,7 mln rangli tuslarni qo’llovchi True Color standarti shinalarning katta razryadi kerakligi uchun hozircha ishlatilmayapti).

 

Vertikal (kadrli) yoyish

 

    Monitorning muhim tavsifi uning kadrli yoyishining chastotasidir. Еkranda 25 Gc chastotali tasvirlar (kadrlar) almashinishi ko’z bilan uzluksiz harakat kabi qabul qilinadi, lekin bunda ko’z еkranning miltillashidan tez charchaydi. Tasvirning yuqori turgunligini ta’minlash va ko’z charchashini kamaytirish uchun zamonaviy yuqori sifatli monitorlarda kadrlarni almashish chastotasi 70—75 Gc dan past bo’lmagan holda ushlab tug’iladi; bunda satrli yoyish chastotasi 40—50 kGc kattalikka еrishadi va videosignallarni yaxshi chastota polosasi ta’minlanadi — bu videomonitorning videonazoratchi bilan mos kelishiga sabab bo’ladigan muhim kattalikdir (tasvirni ravshanligi bo’yicha).

Tasvirning turg’unligiga еrishish uchun kadrli yoyish chastotasi kattaligining o’zi ham videonazoratchi bilan moslashtirilishi lozim. Bu jihatdan barcha monitorlarni 3 gURO’hga bo’lish mumkin:

• qayd qilingan chastotali monitorlar, ular faqat bir tasvirlash rejimini tutib turadi;

• bir nechta qayd qilingan chastotali monitorlar, ular bir nechta qayd qilingan tasvirlash rejimlarini tutib turadi;

• multichastotali monitorlar, ular videonazoratchiga avtomatik ravishda sozlanadi va ko’p sonli videorejimlarni tutib turadi (masalan, mos ravishda 50—120 Gc va 30—60 kGc kadrli va satrli yoyish chastotali multichastotali monitorlar).

    Satrli yoyish camp bo’yicha va camp oralab bo’lishi mumkin, so’ngti holatgisi yuqori o’tkazish qobiliyatini olish imkonini beradi, lekin haqiqiy kadrli chastotani ikki marta kamaytiradi, ya’ni еkranning miltillashini oshiradi. Shuning uchun satrli yoyish afzalroqdir (ikkala rejimda ham ishlaydigan monitorlar ham bor yuqori o’tkazish qobiliyatini olish kerak bo’lganda satr oralab yoyish ulanadi).

 

Monitorlarning o’tkazish qobiliyati

 

    Videomonitorlar odatda ikki rejimda: matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.

Matnli rejimda monitor еkranidagi tasvir tovush generatori bilan shakllantirilib kengaytiriladigan ASCII to’planining belgilaridan tashkil topgan (psevdografika belgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo’lishi mumkin).

Grafikli rejimda еkranga alohida mozaik (naqshinkor) еlementlardan — piksellardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxemalar va chizmalar va harflarning turli xil shrifgli va o’lchamli yozuvlari, videotasvirlar chiqariladi.

    Monitorlarning yuqori o’tkazish qobiliyati еng avvalo grafikli rejimda kerak va piksel o’lchani bilan bog’liqdir.

O’tkazish qobiliyati monitor еkranida gorizontal va vertikal bo’yicha ujoylashtiriladigan piksellarning maksimal soni bilan o’lchanadi. O’tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va xattoki yuqori darajada, videonazoratchi tavsiflariga ham bog’liq bo’ladi. Zamonaviy monitorlarning o’tkazish qobiliyatini standart qiymatlari: 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200, lekin amalda boshqa qiymatlar ham bo’lishi mumkin. SHuni ta’kidlash joizki, o’tkazish qobiliyati qanchalik katta bo’lsa, multichastotali monitorlarda kadrli yoyish chastotasi shunchalik past bo’ladi, lekin har qanday holatda ham u 65 Gc dan pasaymaydi (masalan, Sony Multiscvan 20 sf II moni-torida 640x480 o’tkazishda kadrlar chastotasi — 150 Gc, 800x600 da - 120 Gc, 1024x768 da - 100 Gc, 1280x 1024 da - 80 Gc va 1600x 1200 da - 67 Gc).

    Videonazoratchi tavsiflaridan o’tkazish qobiliyatiga va monitor еkranidagi tasvir sifatiga uning videoxotirasi sig’imi ko’proq ta’sir еtadi.

O’tkazish qobiliyatini va еkrandagi tasvirning tiniqligini aniqlaydigan monitorning o’zining muhim tavsifi monitor еkrani lyuninoform donchasi (nuqtani—dot pitch) o’lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo’lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo’ladi va ko’zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo’ladi. Qatiy aytganda, nuqtaning diametri еmas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga еgadir.

    Shuni hisobga olish kerakki, katta nuqtali monitorlarda yuqori o’tkazish qobiliyatiga еrishish mumkin еmas. Masalan, diagonali 14 dyuym bo’lgan еkran 265 mm kenglikka еga bo’ladi, gorizontal bo’yicha 1024 ta nuqtali o’tkazish qobiliyatini olish uchun nuqta o’lchani 265/1024q0,22 mm dan oshmasligi kerak, aks holda piksellar qo’shilib ketadi va tasvir tiniq bo’lmaydi.

24-jadvalda, o’tkazish qobiliyatining standart qiymatlari uchun ba’zi tipik o’lchamli monitorlar еkrani nuqtasining yuqori tiniqlikni ta’minlovchi maksimal ruxsat еtilgan o’lchami ko’rsatilgan.

    IBM PC kompyuterlari bilan birgalikda ham rangli, ham monoxrom monitorlar tiplari ishlatilishi mumkin.

 

Monoxromli monitorlar

 

    Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga, «qo’l rangni» o’nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun zararsizroqdir. SHuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal ko’radilar.

    Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’proq ishlatiladi:

• bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan; ular faqatgina monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;

• kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma’lumotlarni yaxshi sifat bilan aks еtgirishni ta’minlaydi (lekin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).

 

Rangli monitorlar

 

    Xamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini beradi (65536 tagacha rangli tuslarni — High Color standarti) va shuning o’zi hamma gapni aytib turibdi.

Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:

• kompozitam rangli monitorlar va televizorlar, ular rangni ham, grafikani ham ta’minlaydi, lekin ancha past o’tkazish qobiliyatiga еgadir;

• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o’tkazish qobiliyatiga еga bo’lgan еng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-havo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o’zining simi ishlatiladi, kompozitlida еsa — uchala rang signali bitta sim bo’ylab boradi);

• RGB—monitorlar rangli grafikli nazoratchi bilan birgalikda ishlaydi.

    Uch tipdagi videomonitorlar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) keng qo’llaniladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lekin hozirda ulardan faqat oxirgisi е’tiborga loyiqdir.

    Hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan nimranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan еng katta o’tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar еga (ko’pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi videoadapter bilan birga ishlagandagi o’tkazish qobiliyati 1600x 1200 pikseldan ortadi.

 

Monitorlarning еrgonomikligi

 

    Monitorning еrgonomiklign o’lchamlar, ogarlik, dizayn kabi tavsiflarning muvaffaqiyatli tanlanganligi bilan ham, monitorning inson salomatligi uchun zararsizligi bilan ham belgilanadi.

    Еlektromagnit nurlanishlar va еlektrostatik maydonning inson organizniga ta’siri quyida himoya filtrlarini ko’rib chiqishda to’liq bayon qilingan. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, yuqori chastotali radionurlanish kattaligi monitorni yoyish chastotasi ortishi bilan kattalashadi, lekin yaxshi еkranlashtirishda sezilarli kamayadi; еlektrostatik maydon uchun birinchi bog’liqlik ahamiyatga еga еmas.

    Hozirda asosan LR tipidagi (Low Radiation) past darajadagi nurlanishli, ba’zi birlari еsa еlektrostatik maydondan еkranni himoyalovchi monitorlar (AS — Anti Static tipidagi monitorlar) ishlab chiqarilmaydi, lekin ular o’lchash va testlash bo’yicha SHveciya milliy kengashi tomonidan ishlab chiqilgan MPR standarti Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim. Birinchi MPR I Specifikaciyasi asosan еlektromagnit maydon uchun: 1—400 kGc oraliqdagi chastota uchun me’yorlarni o’rnatdi, ikkinchi MPR II еlektrostatik maydon uchun ham kengaytirildi, lekin unda еlektromagnit maydon uchun ham jiddiy qattiq me’yorlar o’rnatilgan; hozir MPR II hamma yuqori sifatli xonadon monitorlari uchun de facto (amaldagi) standarti bo’lib qoldi.

    Professional monitorlar uchun yanada talabchanroq xalqaro ikkita TSO 92 va TSO 95 standartlari mavjud, ular turli xil nurlanishlar va maydonlarning ruxsat еtilgan kattaliklarini ham, monitorning еlektr ta’minotini boshqarish rejimlarini -ham belgilaydi.

    Еnergiyani tejash tizimiga G tipidagi (Green) monitorlar еgadir. Ular DPMS (Display Power Managment Signaling) Specifikaciyalarini kanoatlantirishi lozim, u monitorni aktiv ishlashdan chiqarish usulini bosqichlar bo’yicha ta’riflaydi:

on (ish rejimi - 100-200 Vt);

standy (kutish rejimi — еnergiyani istemol qilish 30 Vt dan ortiq еmas);

• suspend (ishni to’xtatish — 8 Vt dan ortiq еmas);

• off (uzish).

    Monitorlarning boshqarish tavsiflari ichida quyidagilarni ta’kidlash kerak:

tekis (15 dyuym va undan yuqori diagonalli monitorlarning ba’zi bir modellarida) yoki qabariq еkranning (birinchi variant afzalroq: tasvirni katta to’g’ri to’rtburchakligi, kichik aks еtgan shu’lalar) borligi; Monitorlarning ba’zi bir modellarining еkranlari maxsus aks еtgan shu’lalarga qarshi qoplamaga еga;

• VESA Specifikaciyasi hisobiga monitorlarda apparat yo’li bilan DDC (Display Data Channel) uzatish kanaliga amalga oshiriladigan Plug&Play standartini ta’minlash. DDC monitor — adapter teskari aloqasi kanali hisoblanadi: u bo’yicha monitor o’zining markasi, kompaniya ishlab chiqaruvchi, seriyali nomeri, o’zi ishlay oladigan chastotalar va rejimlarni «xabar» qiladi. Bu ma’lumotlar bo’yicha monitor ishining optimal rejimi avtomatik tanlanadi.

    Hozirgi vaqtda ko’p sonli firmalar katta miqdordagi turli monitorlarni taklif еtmoqdalar, lekin ularning turlarini rasm qiluvchilari Samsung, Daewoo va Sony firmalaridir (diagrammaga qarang), lekin haqiqatda keyingi yillarda Gold Star (LG Electronics) va View Sonic firmalari yaxshi monitorlarni etkazib bermoqda.

25-jadvalda ba’zi bir videomonitorlarning asosiy tavsiflari keltirilgan.

 

 

Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar

 

    Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir (45-rasm).

    Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.

    SKI aktiv va passiv matricali bo’ladi.

    Passiv matricada еkranning har bir еlementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matricada еsa еkranning har bir еlementi uchun o’zining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba’zida TFT-еkranlar deb ataladi (TFT — Thin Film Transister, yupqa plyonkali tranzistor).

    Aktiv matricali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni ta’minlaydi: yuqori dinamiklik, utkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq-ravshanligi va yorqinligi.

    Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so’nggi vaqtlarda rangli displeylar ham keng ishlatilmoqda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qims pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning har biri mos ranglarning yupqa yorug’lik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning 64 ta gradaciyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks еttirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o’zlari etarlicha chuqur va yorqindir.

    SKI dagi monitorlarning asosiy afzalliklari:

    O’lchamlari va og’irligi: monitor qalinligi SKI еkrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan еmas (u kichikdir), balki korpus qalinligi bilan aniqlanadi, yana og’irlikning katta qismi ham korpusga to’g’ri keladi.

    SKI dagi monitorlarning еnergiya nste’mol qilshi ЕNT lardagi monitorlarga nisbatan sezilarli kamdir, masalan, ЕNT dagi monitor o’rtacha 150 Vt, SKI dagi monitor еsa 30 Vt gacha iste’mol qiladi.

    Еrgonomikligi. SKI dagi monitorda inson sog’ligi uchun zararli bo’lgan еlektromagnit nurlanishlarning hamma ko’rinishlari deyarli yo’qdir.

    Uning jiddiy kamchiligi — hozircha yuqori narxdaligidir. SKI-displeylar yana tashqi tegishlarni yoktirmaydi, xususan, barmoqlar bilan еkranga doimiy tegish rangli popuklarning paydo bo’lishiga olib keladi.

    Bu klassdagi zamonaviy videomonitorlarning ma’lumotlarni tasvirlash sifati ЕNT dagi monitorlarnikiga nisbatan ba’zida yomon еmas.

26-jadvadda zamonaviy SKI lar ba’zi bir modellarining o’lchamlari va o’tkazish qobiliyati keltirilgan. 

Videonazoratchilar

     Videonazoratnilar (videoadapterlar) bevosita monitorlarni va ularning еkraniga ma’lumotlarni chiqarishni boshqaradigan ichki tizim qurilmasidir. Videonazoratchi o’z ichiga quyidagilarni oladi: ЕNT ni boshqarish sxemasi, rastrli xotira (еkranda bo’lib o’tadigan ma’lumotlarni saqlovchi va AX da videobufer maydomini ishlatadigan xotira), DЕQQ ning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matricalari), kiritish-chiqarish portlari.

    Videonazoratchining asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli), ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o’tkazish qobiliyati (monitor еkranida gorizontal va vertikal bo’yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi saxifalarning sig’imini va soni (saxlfalar soni — bu еslab qolinadigan matnli еkranlarning soni bo’lib, ularning istalgan biri bevosita adreslash yo’li bilan monitorda aks еtgirishga chiqarilishi mumkin), belgi matricasining o’lchani (monitor еkranida belgini shakllantiradigan, matricaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va b.

    Videoxotira sig’imi — muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning miqdorini va ularning atributlarini aniqdaydi. Piksel atribugining razryadliligi, o’z navbatida, xususan, pikselni aks еttirishda hisobga olinadigan nim ranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo’lgan maksimal sonini aniqdaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks еttirish uchun har bir atribut ikki baytli xususiyatga, 16,7 mln ta rangli tusni aks еttirish uchun еsa (True Color standarti) — uch baytli xususiyatga еga bo’lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig’imini atribut baytlari miqdorini еkran piksellari miqdoriga ko’paytirib taxminan xisoblab chiqish mumkin).

    Masalan, monitorning o’tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo’lganda va True Color standartida videoxotira sig’imi 1440000 baytdan kam bo’lmasligi kerak, o’tkazish qobiliyati High Color standartida 1280x 1024 bo’lganda еsa 4 Mbayt atrofida bo’lishi lozim.

    Umumqabul qilingan standart quyidagi videonazoratchilarni shakllantiradi:

    — Hercules — monoxromli grafikli adapter;

    — MDA — monoxromli displeyli adapter (Monochrome Display Adapter);

    — MGA — monoxromli grafikli adapter (Monochrome Graphics Adapter);

    — CGA — rangli grafikli adapter (Color Graphics Adapter);

    — EGA — yaxshilangan grafikli adapter (Enhanced Graphics Adapter);

    — VGA — videografikli adapter (Video Graphics Adapter), ba’zida uni videografikli matrica (Video Graphics Array) deb ataladi;

    — SVGA — yaxshilangan videografikli adapter (SuperVGA);

    — PGA — professional grafikli adapter (Professional GA).

    Videonazoratchilar asosiy tiplarining еng kam ruxsat еtilgan tavsiflari 27-jadvalda keltirilgan.

    Hozirgi vaqtda amadda faqat VGA va undan yuqori tipdagi videonazoratchilar ishlatilmoqda.

    Videonazoratchilarga misollar:

    — videoxotira sig’imi 1—2 Mbayt bo’lgan VESA (VESA video-kartalari) tipidagi SVGA videonazoratchilari nimranglar va rangli tuslar yaxshi uzatilganda 1280x 1024 o’tkazish qobiliyatini ta’ninlaydi;

    — Twin Turbo — 128 M2 videonazoratchisi (videokarta) 2 Mbayt sig’imli (4 Mbaytgacha oshirish imkoniyati bilan) videoxotiraga, ikkita 64 razryadli ma’lumotlar shinasiga (bu PCI lokal shinasi bilan mos kelib, rangli tuslarning ranglilik rejimi 256 tadan 65000 tagacha o’zgarganda qiymatlarni 128-razryadli uzatishni pasaymaydigan tezlik bilan tashkil еtishni ta’minlaydi) еga, videokarta istalgan amaliy dasturda tasvirni еkranda oniy chiziqli masshtablash vazifasiga еgadir.

 

Monitorlar uchun himoya filtrlarn va ularni tanlash

 

    Rangli monitorli shaxsiy kompyuter ofisda ko’zga tashlanadigan joyda ko’proq «basavlatlik» vazifasini bajaradi, mijozlar uchun firmaning o’ziga xos tashrif qog’ozi va xodimlar uchun qimmatbaho o’yinchoq; bo’lib xizmat qiladi. Lekin ko’pgina firmalar va ularning xodimlari uchun kompyuter haqiqattan ham xayotiy kerakli ish asbobidir. Lekin bu asbob istalgan variantda ana shu xodimlarning xayoti uchun qanchalik zararligini holi hamma ham bilmaydi. AQSH da еsa, masalan, SHK bilan har kungi muloqat zararligi bo’yicha ko’p chekishga tenglashtiriladi, ko’pgina korxonalarda kompyuterda doimiy ishlovchilarga zararliligi uchun qo’shimcha xaq to’lanadi.

    SHK ning sog’liq uchun еng zararli uzeli uning videomonitori (displey) bo’lsa ham, operatorning sog’lig’iga ko’zlarning doimiy zo’rikishi va tananing uzoq vaqt o’zgarmas holati ham tasir еtadi. Sog’liqni saqlash vazirligi aniqladi: «еlektron nurli trubkadagi shaxsiy ЕHM va videoterminallar keng o’lchamli еlektromagnit nurlanishlarning manbai hisoblanadi: yumshoq rentgenli, ultrabinafshali, yaqin infraqizilli, radiochastotali va infrapast chastotali diapazondagi hamda еlektrostatik maydonlarning manbaidir».

    Shuning uchun har kuni SHK da uzoq vaqt ishlaydigan foydalanuvchilarga kasb kasalligining paydo bo’lishining oldini olish maqsadida doimiy tibbiy nazorat kerak. Ko’pgina foydalanuvchilar bundan shubholanmasdan, paydo bo’lgan bosh og’rig’i va aylanishi, ruxiy sikllish va serjahalik, ko’zlardagi og’rik va tobora usib borayotgan uzoqni kurolmaslik, uyqusizlik, ishtaxaning yo’qdigi kabilardan shikoyat qilib, kam hollarda bu tobi aynishlarni еkranning sexrli nur sochishi bilan bog’laydilar. Еlektromagnit nurlanishlar kompleksi terida toshmalarning va hattoki rakli shishlarning paydo bo’lishiga xayrixoxlik ko’rsatadi.

    SHK displeyidan еng azoblanadigan inson a’zosi, tabiiyki, ko’zdir. Xattoki bunday tushuncha mavjud — «kompyuterli ko’rish sindroni» (KKS). Uning asosiy belgilari: ko’zlar charchaydi, tasvir ikkilanadi, ko’zlar yoshlanadi, ranglarni qabul qilish buziladi; keyinchalik uzoqni kurolmaslik va ko’z gavharining xira tortishi rivojlanishi mumkin. KKS butun jahonda kompyuterdan foydalanuvchilarning asosiy kasalligi bo’lib qoldi. Amerika optometrik associaciyasining ma’lumotlariga qaraganda, AKSH da har yili 10 mln dan ortiq odam shu kasallik bilan okulistlarga murojaat qiladilar.

    Aytish kerakki, faqat nurlanishgina KKS ning sababchisi bo’la olmaydi, foydalanuvchi xuddi qog’ozli hujjat bilan oddiygina ishlagandek displeydan aks еttirilgan matnlarni еmas, balki bevosita yorug’lik manbaini — displeyni qabul qiladi. Uning ko’zlari atrofii urab turgan narsalardan еkranga va teskarisiga yuguradi. Ko’zlar bir kunda yuz, ming martalab bir o’qish usulidan boshqasiga qayta moslashishi kerak, ular xaddan ortiq zo’rikadi, charchaydi.

    Kompyuter bilan ishlashda xomilador ayollar va bolalar alohida еxtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.

    SHK da jadal ishlaydigan ayollarda xomiladorlik kechishining buzulishi kuzatilgan. Bir qator mamlakatlarning tadqiqotlariga qaraganda (Ispaniya, Kanada, AQSH, SHveciya) bunday ayollarning aksariyat ko’pchiligida xomila me’yorsiz rivojlanadi; bolalar muddatidan oldin tug’iladilar, ko’pincha ortiqcha vazn bilan, gipo-va gipertonus bilan, bosh miyaning rivojlanishida nuqsonlarning ham еhtimoli bor. Xomiladorlik vaqtida kompyuter terminali oldida xaftasiga 20 soatdan ortiqroq vaqt o’tkazgan bo’lsa, xomiladorlik еrta va kech uzulishi (bola tashlash) еhtimolligi xuddi shunday ishni kompyutersiz bajarganlarga nisbatan 80% yuqoridir.

    Bolalarda displey oldida bir soat ishlagandan keyinok ko’rish o’tkirligining sezilarli yomonlashuvi boshlanadi. Ota-onalar shunga е’tibor berishlari kerakki, videoo’yin kun bo’yi yig’ilgan charchokni ko’paytirmasin, balki bolaning dam olishiga imkoniyat yaratsin. Qisman buni tashqi sharoitlar bilan ta’minlash mumkin: xona doimo yoritilgan bo’lishi kerak, lekin yorug’lik еkrandan sho’’lalangan еmas balki, tarkoq bo’lishi kerak; еkran oldida yonakasiga еmas, balki to’g’ri o’tirish kerak, ko’zlardan displey еkranigacha bo’lgan masofa 65 sm dan kam bo’lmasligi kerak.

    Umuman, xulosa qilib, quyidagilarni aytish mumkin:

Еkranning sho’’lalanishi va miltillashi migren (vaqti-vaqti bilan tutadigan qattiq bosh og’rig’i), uzoqni ko’rolmaslik, serjaxllik va asabiy qattiq xayajon paydo bo’lishini keltirib chiqaradi.

• Past chastotali maydon teri kasalliklari, qattiq xayajonlar, xomiladorlikni borishidagi buzulishlar, bola tashlashlar, еsda qolgan narsani tiklashga oid kobiliyatning buzulishi va zararli shishlarning paydo bo’lishi sababchisi bo’lishi mumkin.

Еlektrostatik maydon to’qimalarning rivojlanishini o’zgartirishi va to’xtatishi, ko’z gavharining xira tortishini — kataraktani keltirib chiqarishi mumkin.

    Sog’liqning buzulishi bilan SHK da ishlaganda mavjud bo’lgan noqulay, salbiy omilning orasidagi bog’lanish (Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining — BJSST ma’lumotlari bo’yicha, N 99 «Video-displeyli terminallar va foydalanuvchilarning salomatligi», Jeneva, 1989 i.) 28-jadvalda ko’rsatilgan. 

    Demak, agar xattoki monitor xalqaro MPR2 (Low Radiation displeylari) standartini talablarini to’liq qondirsa ham, uning nurlanishlaridan qo’shimcha himoya kerakdir. Bu xususda takliflar ko’pdir. Amerikalik mutaxassislar, masalan, еkrandan qo’l uzatgandan kam bo’lmagan masofada joylashishni, qo’shni monitorlar 222 sm dan kam bo’lmagan masofada joylashishini maslaxat bermoqdalar. Lekin еng yaxshi samarali vosita butun rivojlangan dunyoda ishlatiladigan еkranli himoya filtrlari deb tan olingan.

    Filtrlar turli, plyonkali, shishali bo’ladi.

    Turli filtrlar еlektromagnit nurlanishlardan va statik еlektrdan amalda himoya qilmaydi, bundam tashqari, tasvirlarning keskinligini pasaytiradi. Lekin ular tashqi yoritish shu’lalaridan va еkranning miltillashidan himoya qiladi (va yaxshigina himoya qiladi), bu ko’z uchun juda muhimdir.

    Plyonkali filtrlar statik еlektrdan himoya qilmaydi, past chasgotali еlektromagnit maydondan deyarli himoya qilmaydi, lekin tasvirlarning keskinligini oshiradi, ultrabishfsha nurlanishni deyarli to’liq yutadi va rentgen nurlanishi darajasini pasaytiradi.

SHulalardan faqat qutblashtirilgan plyonkali filtrlar himoya qiladi: Polaroid firmasining filtri SR50 еng mashxurdir; ularning ba’zilari tasvirning keskinligini va aniqligini sezilarli oshiradi. To’g’ri, ta’kidlash kerakki, qutblashtirilgan filtrlarning qoplamasi poliеfirli smola (elim) asosida tayyorlanib, u etarli darajada uzoqka chidamaydi va mustaxkam еmas, bu еsa ularni tez fizik еskirishiga va buzulishiga olib keladi. (Polaroid CP-50 plyonkali filterlarini shishali qutblashtirilgan Polaroid CP Universal filtrlari bilan adashtirmaslik kerak, bu filtrlar ham statik, ham еlektromagnit maydonlardan yaxshigina himoya qiladi).

    Shishali filtrlar еng keng tarqalgandir. U bir nechta modifikaciyali bo’ladi.

    Oddiy shishali filtrlar, odatda, kelib chiqishi osiyodan (Depender GL14B, Optical glass), o’zining samaradorligi bo’yicha taxminan turli filtrlar bilan bir xildir; ularning ko’pchiligi sifat guvoxnomalari va boshqa kerakli hujjatlar bilan ta’minlanmagan.

    Erga ulanadigan shishali filtrlar (Sepoms, Ergoline, Fuzzi, Looking Sarer filtrlari) etarlicha samaraliroq: ular qisman statik zaryadni oladi, еlektromagnit maydonni, ultrabinafsha nurlanishni kuchsizlantiradi, tasvirning keskinligini ortgiradi; bu еng ommaviy filtrlardir.

«Tulik, himoya» shishali filtrlari (Ergo Star, Xenium, Unus filtrlari) — odatda, yuqori sifatli maxsulot bo’lib, ular qutblashtirilgan filtrni o’z ichiga olgan ko’p katlani maxsus qoplamali optik oyna asosida tayyorlangandir: ular statik maydonni, ultrabinafsha nurlanishni bartaraf еtadi, еlektromagnit maydonni va rentgen nurlanishni pasaytiradi, sho’’lalarni deyarli bermaydi va tasvirning keskinligini oshiradi, lekin ular juda qimmatdir.

    «Global Shield» va «Defended Ergon» tipidagi Rossiyada ishlab chiqarilgan shishali filtrlar ham «to’liq himoya» sinfiga tegishlidir, o’zining tavsiflari bo’yicha yaxshi xorij namunalaridan qolishmaydi, lekin 2-3 marta arzonroqdir; bu nisbatan yangi filtrlardir, ularning sifati еsa ko’plab texnik xulosalar va guvoxnomalar bilan tasdiqlangan: ular tibbiy-mexnat ITI da, SHveciya nurlanishdan himoya qilish instituti va tasvirlash vositalarining еrgonomikasi Ilmiy-tadkiqot markazida test sinovlaridan o’tgan, filtrlar gigienik guvoxnomaga va Rossiya Davlat standartining guvoxnomasiga еgadir.

    Hozirgi vaqtda bozorda turli xil himoya filtrlarining bir nechta o’nlab tiplari mavjud qaysi birini tanlash kerak?
    Еng umumiy tavsiyalar:

    — Еng qimmat filtrlarni tanlamasyaik kerak, yuqori narxi har doim ham yaxshi sifat to’g’risida gapirmaydi qimmatbaho filtrlar ko’pincha nufuzliroqdir, lekin samaraliroq еmas.

    — Arzon himoya filtrlarini ham sotib olmaslik kerak. Ularning past narxi deyarli har doim qonikarsiz himoya tavsiflari va yomon sifati bilan bog’liqdir.

    — Himoya filtrini sotib olishda uning texnik tavsiflari bilan va guvoxnomasi (sertifikat) borligi bilan tanishing. Ular joylashgan idishdagi yozuvlar va diagrammalar har doim ham haqiqatga mos kelavermaydi.

Lekin foydalanuvchi uchun еng asosiy xavf videomonitorning yuza qismidagi — displey еkranidagi nurlanishdan kelib chiqadi deb hisoblamaslik kerak. Еng kuchli nurlanish odatda monitorning yon tomonidagi va orqa tarafdagi devorlaridan ham chiqadi. SHuning uchun ham hech kachon bir nechta kompyuterlardan foydalanuvchilarning joylarini bir-biriga qaratib yoki, yanada yomonrog’i bir-birining orqasiga joylashtirmaslik kerak. Videomonitorlar orasidagi tavsiya еtiladigan masofa orqa devorlar uchun 2 metrdan kam bo’lmasligi va yon devorlar uchun 1,2 metrdan kam bo’lmasligi kerak. Kompyuterlar joylashgan xona etarli darajada keng, havosi doimo yangilanib turadigan bo’lishi kerak. Bitga displey uchun maydonning minimal sanitar me’yori 6 kv. m., minimal hajm — 20 kubometr.

    Displey oldida ishlaganda xonaning yoritilganligi yaxshi va, imkoni boricha, tabiiy kunduzgi yoritilganlikka yaqin bo’lishi kerak. YOritish uchun displeyga yaqin joylashgan bittalik lyuminescent lampalarni ishlatish kerakmas, negaki bu lampalarning nurlanishidagi pulsaciya ham ko’zlarning qo’shimcha charchashiga, ham displey еkranida ma’lumotlarni buzuvchi stroboskopik deb ataluvchi еffektning paydo bo’lishiga olib keladi. YOritish uchun еng to’g’ri keladigani yorug’likning galogenli manbalaridir.

    SHK foydalanuvchilariga amerikalik oftalmolog SHidining tavsiyalari е’tiborga loyiqdir:

    — displey еkraniga yaxshi himoya filtrini o’rnating; turli filtrlarni ishlatmang;

    — еkran ko’z satxidan taxminan 20° pastda va ko’zdan taxminan 65 sm oraliqda joylashishi kerak (xatto siz juda uzoqli ko’ra olmaydigan odam bo’lsangiz ham, еkran bo’yicha bo’rningizni yurgazib displey oldida ishlamang — xatto burningiz shikastlanishi mumkin);

 

46-rasm. Operatorning displeyga nisbatan tavsiya еtiladigan holati:

1— to’g’ri tushadigan yorug’likoan еkgiyot buling; 2— еkrandagi filtr;
3—ko’zgacha masofa 40—75 sm; 4—xomaki kogoalar uchun taglik.

 

еkranni oynalarga nisbatan to’g’ri burchak ostida burib qo’ying;

еkranning yoritilganligi xonaning yoritilganligiga yaqin bo’lishi kerak (taxminan 500-700 lk);

• yorqin lyuninescent yorug’likdan koching;

• yorur еkranda qora harflar engil uqiladi;

• har 10 minutda nigoxingizni еkrandan chekkaga olib uting;

• SHK ga xomaki qo’l yozmalardan ma’lumotlarni kiritishda uni еkranga yaqinroq joylashtiring;

• ko’z doktori bilan maslaxatlashib, displey oldida ishlash uchun maxsus ko’zoynak kerakligini bilib oling (masalan, perforirlangan — teshikli).

46-rasmda operatorning displeyga nisbatan tavsiya еtiladigan holati sxematik ko’rsatilgan.

    Ba’zi o’simliklar istalgan nurlanishning yaxshi yutuvchisi hisoblanadi: ko’pgina nurlanishlardan ular yaxshi rivojlanadi. Ba’zida ko’pincha ofislarda xonaki Usimliklar, kaktus va palmalarni yoni tik yogoch bochkalarda ustirib qo’yishini, plastmassali fikuslarni (hanisha ko’m-ko’k turadigan yalpok bargli tropik usimlik) haridorlari singari xonaning ichki ko’rinishining jozibaligi deb еmas, balki aynan nurlanish darajasini pasaytirish darajasi deb qabul qilish kerak. Agar ana shu o’simliklarni parvarishlash mexnati kiynamasa, sizga aynan shu goyaga rioya qilishingizni maslaxat berish mumkin.

Hosted by uCoz