PLOTTERLAR

 

    Plotterlar (plotter, grafik kURO’vchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.

Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo’yicha ikki sinfga bo’linadi:

• vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata bo’yicha siljishi mumkin va tasvir qog’ozda kerakli to’g’ri va еgri chiziqlarni istalgan yo’nalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi;

• rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan faqat bir yo’nalishda bir vaqtning o’zida siljishi mumkin va tasvir qog’ozda satrma-satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi.

Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo’ladi.

Vektorli plotterlar faqat peroli bo’ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir.

Plotterlarning tiplari
Peroli plotterlar 

    Peroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi еlektromexanik qurilma bo’lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida chiziqlarni chizib chiqish yo’li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishik qog’ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyog’i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko’p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo’rchalar ishlatiladi.

Peroli plotgerlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin.

    Rulonli plotgerlar ixchamroq, ishlatishda ko’lay va aniqdir; ular ko’proq A1, AO formatli — yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qog’ozdan varaqni o’rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi.

Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi.

    Siyoxdta ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi, lekin yuqori bo’lmagan chizib chiqish tezligiga еga, chunki bo’yoqiing perodan chiqishi va uning ko’rishiga vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari, suyuq bo’yoqli yozuvchi uzellar bo’yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo’yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko’rsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko’rsatish ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib olinadigan grifel bilan oddiygina almashtiriladi).

    Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o’zlarining tavsiflari bo’yicha yuqorida ko’rib o’tilganlar orasidagi holatni еgallaydi.

Peroli plotgerlarni tayyorlovchi etakchi firmalar: CalComp (1959 yidda jahonda birinchi yaratgan plotterlar modeli CalComp 565), Hewlett Packard, Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli).

Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda.

Purkagichli plotterlar

    Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog’ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini yo’naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko’rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir.   

    Purkagichli plotterlarning uch ko’rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli bosish imkoniyatli.

    Rangli purkagichli plotgerlar yozuvchi kallakda ko’p sonli soplolarni ishlatadi, lekin ularning o’tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan amalga oshiriladi, ya’ni soplolarning to’rt gURO’hi ishlatilib, ularning har biriga aniq rangli bo’yoq to’g’ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’q qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni ko’pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to’da rangli deb ataladi.

    Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli ranglarga bo’yashga qodir еmas.

    Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to’la rangli).

    Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq еmas. 

Еlektrostatik plotterlar

    Еlektrostatik plotterlar (Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida maxsus еlektrostatik qog’oz yuzasida berk potencial relefni yaratish texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo’yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli sxemasi), albatta, bu unchalik qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus qimmatbaho еlektrostatik qog’ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish tezligi bu plotterlarda yuqoridir.

Termografik plotterlar 

    Termografik plotterlar (ularni ko’pincha tasvirni bevosita chiqarish lazerlari deb atashadi — Direct Imaging Plotter) issiqlik ta’siri ostida qorayuvchi maxsus termoreaktiv qog’ozni ishlatadi. Rasm faqat monoxromli va unga "taroq" ko’rinishda bajarilgan maxsus miniatyurli qizdirgichlar bilan tushiriladi. O’tkazish qobiliyati (800 dpi gacha) va chizish tezligi (50 mm/s gacha) juda yuqoridir; termaqoroz juda qimmat еmas, apparatlarning o’zi еsa oddiy va doimiy xizmat ko’rsatishni talab еtmaydi. SHuning uchun termografik plotterlar keng tarqalgan, xususan, katta hajmdagi chizma ishlari bajariladigan loyixa tashkilotlarida keng tarqalgan. Termografik plotterlarga misollar: CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OSE G9050-S.

    Termoreaktiv ko’chirgich qog’ozni ishlatuvchi termografik plotterlar ham chiqarilmoqda, bunda turli rangdagi ko’chirgich qog’ozlarda to’rt marta o’tishlarni bajarish yo’li bilan rangli bosishni olish mumkin, lekin ular keng tarqalmadi.

Lazerli plotterlar 

    Lazerli plotterlar (Laser Plotter) oraliq tashuvchi sifatida yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazer nuri bilan zaryadlangan yarim o’tkazgich soholari kURO’ktonerni o’ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan utayotgan qog’ozga ko’chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog’oz qizdirgich orqali o’tadi, issiklik ta’siri ostida toner qizib yaxlitlanadi va qog’ozda qotiriladi (tipik еlektrografik texnologiya). Lazerli plotterlarning afzalligi yakqoldir: oddiy qog’ozni ishlatishi, tasvirning yuqori sifati (o’tkazish qobiliyati 800 dpi gacha) va tezkorliligi (50 mm/s gacha), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligi. Lekin ular qimmatdir. Rangli bosmaning principial imkoni bor, lekin bunda plotter narxi qimmatlashadi.

    Yaqinda potencial relefni barabanga tushirish uchun lazer nurini еmas, balki nuqtali yarim o’tkazgichli yorug’lik diodlaridan

qilingan (light emitted diod — LED) chizg’iyani ishlatuvchi lazerli plotterlar paydo bo’ldi, bu plotterni yanada oddiy va ishonchli qildi (bu     LED-plotter deb ataladigan plotterlar). Ular ham nisbatan qimmat, lekin murakkab tizimlarda etarlicha jadal qo’llanilmoqda.

    Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E.

    Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik, o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir.

    Plotterni tanlahda quyidagilarga е’tibor berish kerak:

    • aniq bir masalalarni echish uchun plotterni qo’llash mumkinligini baholash mumkin bo’lgan funkcional imkoniyatlar to’plami (tashuvchilar va tasvirning o’lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi va b.);

     • rangli tasvirlarni shakllantirish imkoniyati;

tasvir sifati (o’tkazish qobiliyati);

• unumdorligi (chizish tezligi);

• ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis;

     • avtonom ishlashining mumkin bo’lgan imkoniyati (operator aralashuvisiz);

   • tashuvchi, sarflanadigan materiallar, kuryushaga xizmat ko’rsatish, еlektroеnergiyani iste’mol qilish narxlarini o’z ichiga olgan еkspluataciya harajatlari;

     • plotgerning o’zining narxi.

Hosted by uCoz