DIGITAYZERLAR

 

    Digitayzer (digitaizer) yoki boshqachasiga grafikli planshet bu asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi boyicha siljiydigan korsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga beriladi.

    Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun ishlatilishi munin: foydalanuvchi perokursorni planshet boyicha olib yuradi, lekin tasvir qogozda paydo bolmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.

    Digitayzerning ishlash tamoyili kursorning joylashgan joyini planshetga joylashtirilgan, qoshni simlar orasila etarlicha katta qadamli (3 dan 6 mm gacha) ingichka simlar turi yordamida qayd qilishga asoslangan. Qayd qilish mexanizni malumotlarni oqish qadami torning qadamidan kichikroq bolishini taminlaydi (millimetrda 100 ta gacha chiziq). Oqish qadami digitayzerning otkazish (ajratish) qobiliyati deyiladi.

    Digitayzerning kompyuter bilan malumot almashish tezligi operatorga bogliq, lekin odatda qurilmaning sekundiga 100200 ta nuqta darajali texnik imkoniyatlari bilan chegaralanadi.

Digitayzerlar еlektrostatik va еlektromagnit boladi.

    Еlektrostatik digitayzerlarda kursor ostidagi torning еlektrostatik potencialini lokal ozgarishi qayd qilinadi, еlektromagnitlarda еsa kursor tur qabul qiladigan еlektromagnit signalni nurlatadi. Еlektromagnit digitayzer tashqi manbalar, masalan monitorlar yaratayotgan holaqitlarga sezgirdir.

    Digitayzerni tanlahda birinchi navbatda korsatish qurilmasining qulayligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilish kerak. Kerakli olchamdagi ishchi maydomini tanlash kerak u 6x8 dyuymdan 44x62 dyuymgacha oraliqda boladi. Kursor koordinatalarini uzatishning kerakli aniqligini baholash va uni digitayzerning otkazish qobiliyati bilan taqqoslash kerak. Va nihoyat, hamma kerakli dasturli taminot va xususan, drayverlarning borligiga ishonch hosil qilish lozim.

Korsatish qurilmasi 

    Pero bitta, ikkita yoki uchta knopka bilan jixozlangan qurilmadir. Oddiy va pero uchini planshetga bosiladigan kuchlanishni aniqlaydigan perolar bor. Keyingi perolarni kopincha rassomlar ishlatadilar, negaki ular bosishning 256 ta gacha gradaciyasini qabul qila olishi mumkin (bosish darajasi chiziq qalinligiga, ranglar tusiga, ranglar palitrasiga tasir korsatadi). Bunday imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagi dasturlar kerak: Adobe PhotoShope, Aldus PhotoStyler, Autodesk Animator Pro, Corel Draw va b.

    Kursorlar kamroq, odatda murakkab ilovalarda ishlatiladi, ular tortta, sakkizta, on ikkita, on oltita klavishali boladi. Standart ravishda ikkitadan torttagacha klavishalar ishlatiladi, qolganlari dasturilovalarda, masalan, AutoCad da dasturlashtiriladi. Kursor shakllari juda turlichadir, hattoki sichqoncha shakligacha boladi. Kursorlar ham, perolar ham simli va simsiz bolishi mumkin. Oxirgi variant ishda qulaydir, lekin uning uchun batareyka bolishi va mos ravishda qoshimcha xizmat korsatish lozim boladi.

    Digitayzer asoslari qattiq va еgiluvchan bolishi mumkin, keyingisi kam ogirlikda, tashishda ixcham va arzonroqdir.

    Digitayzerlarga misollar: CalComp DrawingFlex 333641, 334841; GTCO Roil-up 2024R, 3036R, 3648R (hammasi еgiluvchan); Cal Comp DrawingBoard 3400, Summa Grid, Kurta XLC, GTCO Super L22 (hammasi qattiq, katta formatli 1220x 1 524 mm gacha); CalComp Drawing Board III 34180, Hitachi Puma Pro, GTCO Ultima, Kurta XLP, Kurta XLT, SummaSketch III (hammasi qattiq, A3 formatli).

Hosted by uCoz