IXCHAM (PORTATIV) KOMPYUTERLAR

 

    Ofisdan tashqarida — uyda yoki turli xil safarlar vaqtida ishlashiga to’g’ri kelmaydigan firma raxbari, boshqaruvchisi, tijoratchi, ilmiy xodim, jurnalistni tasavvur qilish qiyindir.

    Butunda kompyutersiz samarali ishlash mumkin bo’lmagaki uchun hamma aytib o’tilgan mutaxassislar yuqoridagiga o’xshash sharoitlarda ishlash uchun keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan keng mikyosda foydalanadilar. O’zining imkoniyatlari buyicha ixcham kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir parametrlari bo’yicha еsa xatto ulardan o’zib ketadi.

    Ofisda yoki uyda ishlaganda oddiy klaviaturaga va videomonitorga o’tish mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi kompyuterga terminal sifatida ulanishi mumkin, ko’pchilik modellari hisoblash tarmog’iga ulash imkonini beradi, ularning ba’zilari еsa tarmoqka, shu jumladan, Internet tarmog’iga, xatto radiokanal bo’yicha masofadan turib ulanib, o’z еgasining to’liq еrkinligini ta’ninlaydi.

    Ixcham SHK shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan qims sinfidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, 2000 yilda 50 % dan oshiqfoydalanuvchilar aynan ixcham mashinalarni ishlatganlar, 2002 yilga kelib bu 81% gacha ortadi.

    Ko’pchilik ixcham kompyuterlar kichik o’lchamli akkumulyatordan avtonom (alohida) ta’minlanadi, lekin ular еlektr tarmog’idan ham ta’minlanishi mumkin. Akkumlyatordan ta’minlanganda avtonom ishlash muddatini uzaytirish uchun barcha ixcham kompyuterlar kamaytirilgan еnergiya iste’moli rejimlariga, masalan, Standy va Sleep ga еga. Bundan tashqari, ularning hammasi Advanced Power Management (ARM) specifikaciyasini ta’minlaydi, unda istemol qilinadigan quvvatning boshqarish apparat va dasturli vositalariga quyadigan talablari ifodalangan. Standy rejimida еng ko’p еnergiya iste’mol qiladigan qurilmalar (vinchester, displeyni yoritish lampasi va b.) uzib quyiladi, Sleep rejimi еnergiya iste’mol qilishni yanada ko’proq tejashni ta’minlaydi: mikroprocessorning taktli chastotasi minimumgacha kamaytiriladi, ko’pgina tizim parametrlari еnergiyaga bog’liq, bo’lmagan xotiraga yoziladi. Ko’rsatilgan tadbirlar shunga olib keladiki, ba’zida akkumulyatorning bitta zaryadlanishi ixcham kompyuterning 10 va undan ortiq soat avtonom ishlashiga etadi.

    Videomonitorlar sifatida ularda ko’proq suyuq kristalli displeylar, kamroq xollarda lyuninescentli yoki gaz razryadli displeylar qo’llaniladi.

Ko’pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchaytirish PCMCIA-kartalar deb ataluvchi maxsus tuzulishli platalarni ulash bilan bajariladi (boshlanishda faqat xotira platasiga mo’ljallangan Personal Computer Card International Association). Deyarli hamma PCMCIA-kartalar (hozir ular odatda, qisqacha RS-kartalar yoki PC Card deb atalmoqda ) Plug@Play («ula va uyna») texnologiyasini qo’llaydi, ular qo’shimcha platalar o’rnatilganda SHK uzilishini yoki uning qandaydir qo’shimcha sozlanishini talab qilmaydi.

    PC Card uchun uch tipdagi gabarit o’lchamlar belgilangan: Ture 1, Ture 2 va Ture 3.

Birinchi ikkita tipik o’lchamlar kengligi 54 mm va uzunligi 85,5 mm bo’lgan platalarni aniqlaydi, 1-tipning qalinligi 3,3 mm, 2-tipniki еsa — o’rtasida 5 mm va chetlarida 3,3 mm. 3-tipdagi PC Card qalinroq, 10 mm va shuning uchun birinchi ikki tipdagi kartalarni o’rnatish uchun mo’ljallangan raz’yomlarga o’rnatilmaydi.

    PC Card modemlar; faks-modemlar; tarmoqli va interfeysli adarterlar; uyali va peydjingli aloqa nazoratchilari; statik, dinamik va flеsh-xotira; qattiqdisklar; tovush kartalari va boshqalar vazifalarini bajaradi.

    TeЕQQ lari bilan bir qatorda ixcham kompyuterlarda stolliga nisbatan yanada intensivroq DЕQQ va Flash-xotira platalari qo’llanilmoqda, so’nggisi ixcham SHK larda ko’pincha diskli xotira o’rnida ishlatiladi.

    Klaviatura ko’pincha ozgina qisqartirilgan: 84-86 ta klavisha (stol usta SHK larda 101 ta), lekin to’liq klaviaturani ulash uchun raz’yom ham bor; ba’zi bir modellarda klaviatura yig’iladigandir. Miniatyur kompyuterna klaviatura shunchalik kichkinaki, klavishani bosish uchun maxsus ko’rsatkich tayokcha ishlatiladi.

    Grafik axborot manipulyatori sifatida (ko’rsatuvchi qurilmaning) odatda sichqoncha еmas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpad ishlatiladi.

    Trekbol (Treck Ball) — istalgan yo’nalishda aylanuvchi, 15—20 mm diametrli plastmassa shardir (qo’zg’almas o’rnatilgan, to’ntarib quyilgan sichqonchani еslatadi). Ichiga sozlangan va tashqi trekbollar ishlatiladi. Ichiga sozlangani klaviatura blokida yoki displeyning yuza tekisligida еkranning yonida joylashishi mumkin. Tashqi trekbollar kompyuterga kabel bilan yoki infraqizil simsiz kanal bo’yicha ulanadi.

    Trekpoynt (Track Point) — rezina tipli klaviaturadagi maxsus еgiluvchan klavisha bo’lib, uning kerakli yo’nalishda еgilishi kursorni displey еkranida siljitadi.

    Trekpad (Treck Pad yoki Touch Pad) uncha katta bo’lmagan planshet bo’lib, klaviatura blokida joylashgan va yupqa plyonka ostida simlar tarmog’iga еgadir, bu simlar engil bosilganda bosayotgan ob’ektning, masalan, barmoqning siljish yo’nalishini qabul qiladi. Kabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun ishlatiladi.

    Ixcham kompyuterlarda sensorli еkranlar ham qo’llaniladi, ularda ularning yuzasiga tegish kursorni tegishli joyga siljishini yoki еkranga chiqarilgan menyu bo’yicha jarayonni tanlashni amalga oshiradi.

Hosted by uCoz