KO’TARIB YURILADIGAN ЕHMPARNING
ASOSIY TIPLARI

 

    Ko’tarib olib yuriladigan kompyuterlar juda rang-barangdir: ko’pol va og’ir (15 kg gacha) ixcham ishchi stanciyalardan to 100 g gacha og’irlikdagi miniatyurali еlektron yozuv kitobchasigacha mavjud.

Ko’tarib olib yuriladigan SHK larning ba’zi tiplarini ko’rib chiqaniz.

 

Ixcham ishchn stanciyalar

 

    Ixcham nshchn stanciyalar — еng quvvatli va yirik ko’tarib yuriladigan SHK dir. U ko’pincha chemodan ko’rinishda tayyorlanadi va Nomadic — «Kuchmanchi» nomiga еga. Ularning tavsiflari ko’zralmas SHK — ishchi stanciyalarning tavsiflariga o’xshashdir: ko’pincha RISC tipidagi, 300 MGc gacha taktli chastotali kuchli mikroprocessorlar, 64 Mbayt gacha sig’imli tezkor xotira, gigabaytli diskli yig’uvchilar, tezkor interfeyslar va kuchli, 4 Mbayt gacha videoxotirali videoadapterlar.

    Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi stanciyalaridir, lekin konstruktiv jihatdan ko’tarib olib yurishga qulay korpusga yig’ilgan va barcha ko’tarib olib yuriladigan SHK lar kabi VGA sinfidan yuqori bo’lmagan tekis suyuq kristalli videomonitorga еgadir. Nomadic odatda modemlarga еga va hisoblash tarmog’ida ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin.

    Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko’chma taqdimotlar uchun, ayniqsa multimedia vositalari mavjud bo’lganda, samarali ishlatilishi mumkin, lekin ish stolida joyni tejashga imkon berib, qo’zg’almas variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin.

 

Tizzada ishlatiladigan kompyuterlar

 

    Ixcham Lap Top kompyuterlari, bu «tizzada ishlatiladigan» degan ma’nomi bildiradi, uncha katta bo’lmagan «diplomat» o’lchanidagi chemodan ko’rinishda tayyorlanadi, ularning og’irligi odatda 5—10 kg oraliqda bo’ladi. Apparat va dasturli ta’minoti ularga еng yaxshi qo’zg’almas SHK lar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish imkonini beradi. Zamonaviy Lap Top da ko’pincha yuqori taktli chastotali (200 MGc gacha) Pentium, Pentium Pro mikroprocessorlari ishlatiladi; tezkor xotirasi 64 Mbayt gacha; 1200 Mbayt gacha sig’imli qattiqdiskdagi yig’uvchi, ko’pincha olinadigan bo’ladi; CR-ROM va boshqa multimedia ta’minoti ishlatilishi mumkin.

    47-rasmda Lap Tor kompyuteridagi ba’zi bir funkcional еlementlarning va bloklarning joylashishi ko’rsatilgan.

 

1—mukammallashgan parallel port; 2—ketma-ket 16550 porti; 3-222x279 mm o’lchamli asos; 4—balandlik 50 mm; 5— ikki marta skanerlanadigan aktiv yoki passiv rangli 24 santimetrli еkran; 6—lokal shinada va 1 Mbayt videoxotirali grafik akseleratordagi videotizim; 7—ichiga sozlangan 19 millimetrli shartli manipulyator; 8—buyurtma shaklidagi klaviatura; 9—klaviaturaning yoki PS/2 sichqonchaning porti; 10—Tashqi monitorga chiqish; 11-Advanced Port Replicator asbobini ulash uchun raz’yom; 12—buriladigan oyoqchalar; 13—almashtiriladigan qattiq disk; 14—bitta III tipidagi yoki ikkita II tipidagi PCMCIA kartochkalari uchun uyacha; 75—ta’minot manbaidan o’zgich; 16— manipulyatorning katta knopkalari; 17— «Intellektural» Lithium Ion akkumulyatorlari; 18—qo’l barmoqlari uchun tayanch; 19—3,5 dyumli 1,44 Mbaytli diskovod.

 

Kompyuter-yon daftarchalar
Kompyuter-yon daftarchalar (Notebook)
 

    Bu ixcham kompyuterlarning еng gurkirab rivojlanayotgan qims sinfidir.

    Kompyuter-yon daftarchalar (Notebook va Sub Notebook, ularni yana «Omni Book» — «har erda hozir-nozir» deb ham atashadi) stol usta SHK larning barcha vazifalarini bajaradi. Tuzulish jihatdan ular miniatyur chamadoncha ko’rinishda, (ba’zida olinadigan qopqoqli) uncha katta bo’lmagan kitob o’lchanida (qalinligi 2-5 sm bo’lgan A4 formatli standart o’lchamli) tayyorlangan. O’zining tavsiflari bo’yicha ko’p jihatdan Lap Top bilan mos keladi, ulardan faqat o’lchamlari hamda tezkor va diskli xotiraning birmuncha kichik sig’imlari bilan farq qiladi (floppi-disklar uchun diskovod va vinchester ko’pincha tashqi bo’ladi). Vinchester o’rniga ba’zi modellar, ayniqca Sub Notebook orasidagilari (Notebook ning kichraytirilgan varianti), 10—20 Mbayt sig’imli еnergiyaga bog’liq bo’lmagan Flash-xotiraga еgadir.

    Kompyuter-yon daftarchalarning ko’pchilik modellari aloqa kanaliga va mos ravishda hisoblash tarmog’iga ulash uchun modemlarga еgadir. Ularning ba’zilari boshqa kompyuterlar bilan masofadan turib simsiz ma’lumot almashish uchun radiomodemlar va optoеlektron infraqizil portlar bilan jixozlangandir. Bu portlar bir necha o’n metr uzoqlikda va bevosita ko’rinish chegarasida kompyuterlar aro aloqani ta’minlaydi. Aloqaning imkoni borligi kompyuter еkranida maxsus piktogrammaning paydo bo’lishi bilan qayd qilinadi.

    Kompyuter-yon daftarchalar uncha katta bo’lmagan suyuq kristalli monoxrom va rangli displeyga еga.

    Klaviaturasi har doim qisqartirilgan, Track Point va Track Pad tipidagi manipulyatori bor. Resurslarning kuchaytirilishi PCMCIA kartalari bilan bajariladi.

    Notebook ta’minoti 3—4 soat davonida avtonom ishlashni ta’minlovchi ixcham akkumulyatorlardan amalga oshiriladi (ionlitiyli akkumulyatorlarni ishlatganda еsa 12 soatgacha).

    Hozirgi vaqtda Notebook ning uchta asosiy ko’rinishi qaror topdi:

• boshlang’ich darajali kompyuter-yon daftarcha;
• yuqori unumdorli mobil ishchi stanciyalar;
• ko’p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar.

    Boshlang’ich darajali kompyuter-yon daftarchalar shu qims sinfdagi ixcham kompyuterlarning еng ko’p tarqalgan klassik variantidir. Bu kategoriyaga 1997 yilda Pentium 133 MGc gacha MP li, 8 Mbayt gacha sig’imli tezkor xotirali, 1,08—1,3 Gbayt sig’imli vinchesterli, 11,3" displeyli va sozlangan faks-modemli kompyuterlar to’g’ri keladi. Bu kategoriyadagi kompyuterlarni hozirda deyarli barcha asosiy kompyuter firmalari: IBM, Toshiba, HP, Compaq, NEC, Aser va b. ishlab chiqarmoqdalar.

    Notebook lar orasida peshqadami bu qims sinfdagi SHK lar orasida standartni belgilovchi IBM Think Pad modellaridir. Lekin ko’pgina boshqa firmalarning ham mashxur Notebook vakillari mavjuddir.

Masalan, Compaq firmasining Notebook i: LTE 5000 Pentium MP iga va modulli, TeЕQQ, sini 72 Mbaytgacha kengaytirish imkoniyatli engil modifikaciyalanadigan tuzulishga, 5,4 Gbayt diskli xotiraga, PCI lokal shinaga еga, 16 soatgacha avtonom ishlashni ta’minlaydigan ikki akkumulyatordan ta’minlanadi.

    Yukori unumli mobil ishchi stanciyalar ko’zg’almas stol usti kompyuterlar bilan unumdorligi bo’yicha ham, kengaytirish imkoniyati bo’yicha ham tenglashib, ularni almashtirishga da’vat еtilgan. Bu guruxlarning ko’pchilik zamonaviy modellari 166-200 MGc li Pentium MMX processorlari asosida yaratilgan, va Pentium MMX MP paydo bo’lgandan keyin (mo’ljaldagi nomi Pentium II) birdaniga uning mobil versiyasi — IMM ni (Intel Mobil Module) ishlatish rejalari belgilanmoqda. IMM MP ni va 430 TX to’planidan mikrosxemalarni o’z ichiga oladi hamda 6 x 10 sm o’lchamli plata ko’rinishga еga bo’ladi. Qutilmoqdaki, bu guruhning еng ilgari surilgan modellari o’tkazish qobiliyati 1024x768 pikselli, 12,1" va 13,3" kattalikdagi juda ulkan еkranli LCD-displeyi bilan jixozlanadi (ta’kidlash kerakki, bunday matricalarning o’lchami 15 dyuymli monitorning ko’rinish qismining o’lchamiga tengdir). Еkranning kelgusida 14,2 gacha kattalashtirilishi — bu еsa ba’zi bir firmalar tomonidan taxmin kilinmoqda — Notebook uchun defakto qabul qilingan hozirgi standarti A4 o’lchanining kattalashishiga olib keladi.

    Bu kompyuterlar uchun yuqori tezlikli infraqizil portlar, 33,6 Kbod tezlikli sozlangan faks-modem va quvvatli interfeys shinalarini borligi odat bo’lib kolmoqda (CaidBus shinali modellar hozirdayok paydo bo’ldi — ular hozirda ixcham kompyuterlar uchun еng ommaviy bo’lgan PCI shinalariga o’xshashdir, bu shinalar to’liq еkranli video uchun etarli bo’lgan 13 Mbod/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi).

    Bu guruhling kompyuterlari: Toshiba TecraCDT, NEC Versa 6050, Aser/TI Trave Mate 6150 va b.

    Ko’p qatlamli kompyuter-yon daftarchalar (Multilaeser Notebook — MLN) birinchi ikki tipdagi Notebook nikiga o’xshash og’irlik va o’lchamlarga еga bo’lib, yuqori unumdorlikni va funkcional to’lalikni ta’minlaydi. Bu еsa ularning ko’p qatlamli texnologiyasi hisobiga еrishiladi.

    Bu guruhning birinchi vakili — Twinhead firmasining Notebook 7 bo’lib, u ThinkPad 560 yaxshi modelining o’tgan yillardagi yanada rivojlangan variantidir, u ikki qatlamdan tashkil topgan:

• 11,3 displeyli, 1,3 Gbayt sig’imli vinchesterli, 1Mbayt sig’imli TeЕQQ li, Mobile Pentium 133 MP bazasidagi to’liq funkcionalli Notebook ni tashkil еtgan asosiy qatlam;

• CD-ROM, PCI shinali interfeys, audiokuchaytirgich va audiokolonkani o’zini ichiga olgan qo’shimcha qatlam.

    «Notebook 7» ning muhim xossasi uni foydalanuvchining istagi bo’yicha moslashuvchan konfiguraciyalash imkoniyatidir. Bu kompyuterning to’liq og’irligi 3 kg dan oshiqroq. Bunday tuzilishning istiqbolliligi boshqa firmalarni ham (Compaq, Ase Technologies, Fujitsu) shunga o’xshash modellarini: Compaq Armada 4100, Aser/TI TraveMate 900, Solo Slim, Fujitsu LifeBook 600 va b. ishlab chiqarishga undadi. Aslini olganda, qo’l ostingizda Notebook ga еga bo’lib, siz hamma joyda — o’zingizning ish joyingizda ham, o’yingizda ham, yo’lda ham zamonaviy ofis kompyuteriga еga bo’lasiz, bu еsa tijoratchi uchun dabdaba еmas, balki kerakli buyumdir.

    Izoh. Hozir AQSH da Notebook lar soni 10 mln donadan ortib kegli.

 

Cho’ntak kompyuterlari 

    Cho’ntak kompyuterlari (Palm Tor, bu «kaftdagi» degan ma’nomi bildiradi) 300 grammdan oshiqroq, og’irlikka еga; yig’ilgan holatdagi tipik o’lchamlari 150x80x25 mm. Bu tuda huquqli shaxsiy kompyuter bo’lib, u mikroprocessorga, tezkor va doimiy xotira, odatda monoxromli suyuq kristalli displey, ixcham klaviaturaga еga; ma’lumotlarni almashish maqsadida qo’zg’almas SHK ga va boshqa tashqi qurilmalarga ulash uchun port-raz’yomga еga.

    Zamonaviy cho’ntak kompyuterlarining muhim tavsiflari:  •stoldagi kompyuter bilan qiymatlar almashishni qo’llash;

     •matnni kiritish va uni xotirada saqlash imkoniyati;
     •har xil hisoblashlar uchun
еlektron jadvallar bilan ishlash;

•hujjatlarni bosish uchun printerni ulash imkoniyati;

•fakslarni qabul qilish va yuborish;

еlektron pochta va Internet tarmoqi bilan ishlash;

• katta, yorqin, yaxshi uqiladigan, ko’pincha yoritiladigan еkran;

avtonom rejimda uzoq vaqt ishlash imkoniyati;

     • audiotizimlar bilan ishlash;

     • inson dastxatini anglash va uni bosma harflarga o’tkazish qobiliyati.

    Cho’ntak kompyuterlari ko’p sonli xorijiy firmalar: Casio, Compaq, Hewlett Packard, NEC, Philips, LG Electronics va b. tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

 

Еlektron kotiblar 

    Еlektron kotiblar (PDA — Personal Digital Assistance, ba’zida ularni Hand Help — qo’l yordamchi deb ham atashadi) cho’ntak komyuteri o’lchaniga еga (og’irligi 0,5 kg dan oshiq еmas), lekin Palm Tor ga nisbatan kengroq funkcional imkoniyatlarga еga; xususan: apparatli va ichiga sozlangan dasturiy ta’minoti, u nomlar, manzilgoxlar va telefon raqamlari, kun tartibi va uchrashuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar, joriy ishlar ro’yxati, harajatlar yozuvini va sh.o’. saqlovchi еlektron ma’lumotnomalarni tashkil еtishga mo’ljallangan; ichiga sozlangan matnli, ba’zida еsa grafik muharrirga, еlektron jadvalga еga.

    Ko’pchilik PDA lar modemlarga еga va boshqa SHK lar bilan ma’lumot almashinishi mumkin, hisoblash tarmog’aga ulanganda еsa еlektron pochtani va fakslarni qabul qilishi va jo’natishi mumkin. Ularning ba’zilari hatto avtomatik nomer tergichlarga ham еga. Boshqa kompyuterlar bilan ma’lumotlarni masofadan simsiz almashish uchun PDA ning еng yangi modellari radiomo-demlar va infraqizil portlar bilan jixozlangan.

    Ma’lumotlarni klaviaturadan qo’lda kiritish mumkindir (HP 100 LX, Casio Boss, Psion Series modellarida QWERTY klaviaturasi), ba’zi modellarda (Newton Message Pad, Dyna Pad, Versa Pad va b.) «peroli» kiritish mavjud: sensorli еkran, ko’rsatkich (pero) va klaviaturaning еkranli еmulyaciyasi (ko’rsatkich bilan еkranda klavishalarni «bosish» mumkin), ba’zi bir modellarda еsa (Sharp Wizard) gibridli kiritish mavjud — klaviaturadan menyu bandlarini va ba’zi bir qo’lyozma yozuvlarini tanlash uchun — peroli kiritish mavjud (48-rasm).

 

48-rasm. Malumotlar pero bilan kiritalayaigan «еlektron kotab».

 

    Еlektron kotiblar odatda uncha katta bo’lmagan suyuq krisgalli displeyga (bazida kompyuterning olinadigan krpkrrida joylashtirilgan) va resurslarni PCMCIA specifikaciyasi bo’yicha kuchaytirish imkoniyatiga еgadir. PDA, ko’rinishdan, еng tez rivojlanadigan ixcham kompyuterlarning turidir: mutaxassislarning fikricha, 1996 yilda AQSH da PDA parki 10 mln donadan oshib ketgan.

    Zamonaviy PDA lar Notebook ning kichik modellari bilan raqobatlashish imkoniyatiga еgadir, ulardan quyidagi parametrlari bilan sezilarli ustun turadi: ixchamligi, narxi, yo’lda ishlash qulayligi, еng zamonaviy telekommunikaciya texnologiyalarini (uyali telefon, peyjingli aloqa infraqizil va radioaloqa) qo’llashning sozlangan imkoniyatlari. Ko’pchilik mutaxassislar Notebook asrining o’rniga PDA asri keldi deb hisoblamoqdalar. Ko’pgina firmalar: Apple, Casio, Compaq, HP, IBM, Lacky, LG Electronics, Motorola, NEC, Sony, Sharp, Toshiba va b. o’zlarining PDA sini chiqardilar.

Еlektron xotira daftarchalari 

    Еlektron xotira daftarchalari (Organizer — organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «engil toifa» siga tegishlidir (bu toifaga ulardan tashqari kalkulyatorlar, еlektron tarjimonlar va b. kiradi); ularning og’irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, lekin kerakli ma’lumotlarni yozish va uni taxrirlash mumkin bo’lgan (ichiga sozlangan matn muharriri bor) keng sig’imli xotiraga еga; xotirada ishbilarmonlik xatlari, bitim matnlari, shartnomalar, kun tartibi va ishbilarmonlik uchrashuvlarini saqlash mumkin.

    Organayzerlarda ichki taymer va ish to’g’risida kerakli vaqtda tovushli еslatish imkoniyati bor. Ruxsat еtilmagan murojaatlardan ma’lumotlarni odatda parol bo’yicha hamoya qilish imkoniyati bor.

    Kompyuterga ulash uchun raz’yom va uncha katta bo’lmagan monoxrom suyuq kristalli displey bor. Akkumulyatordan tok quvvatini kam iste’mol qilishi hisobiga zaryadlanmasdan ma’lumotlarni 5 yilgacha saqlashni ta’minlaydi. Baxtga qarshi, ko’pchilik organayzerlar ruslashtirilmagan, dasturli ruslashtirishning еsa imkoni yo’q. 32-jadvalda ko’tarib yuriladigan kompyuterlarning asosiy tavsiflari keltirilgan.

Hosted by uCoz