SHKLARNI TOGRI ISHLATISHNING BAZI MASALALARI
Kompyuterna
е
lektr tarmogaga ulash

 

    Kompyuterni ishonchli va betoxtov ishlashi uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan himoya qiluvchi, uning еlektr tarmogidan taminlanishini maxsus tizimini kozda tutish kerak. Bu kutilmagan tasodiflar, birinchi navbatda еlektr taminoti parametrlarini standartdan turlicha chetga ogishlaridir.

    Texnik nuqtai nazardan, bu:

kuchlanishning yoqolib qolishi (blackout) shubxasiz, barcha kompyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli yoqolib qolishidan, shakllanishiga bir necha soatlab ish vaqti sarflangan asosiy xotiradagi malumotlarni yoqolishidan manaviy iztiroblar chekkanlar;

kuchlanishning otirib qolishi (brounout) bir vaqtning ozida bir nechta quvvatli еlektr еnergiyasi istemolchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi;

kuchlanishning sakrashlari (strike) еlektr еnergiyasining quvvatli istemolchilari ulanganda va uzilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va еlektr tarmogidagi otkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ning voltlargacha etadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi;

еlektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) turli xil jixozlarning ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish shaklining sinusoidal shakldan ogishi;

chastotaning ogishi (frequency deviation) kuchlanish manbai chastotasining doimiy еmasligidan kelib chiqadi.

    Bu barcha ogishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni toliq yoqolib qolishidan tashqari sezilmaydi, lekin kompyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda, SHK ishlashidagi 75 % tushuntirib bolmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli еlektr taminoti sababli kelib chiqadi.

SHuning uchun kompyuterni hech bolmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan saqlash uchun ham еlektr tarmogining kungilsiz tasirlaridan himoya qilish maqsadga muvofiqdir.

Kompyuterni еlektr taminoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya еtish mumkin:

tarmoqli filtrlar,

uzluksiz taminot manbalari.

    Tarmoqli filtrlar (masalan, Pilot tipidagi) kompyuterlar еlektr taminoti zanjirlarini va boshqa еlektron apparaturani kuchlanish sakrashlaridan va еlektromagnit holaqitlardan himoya qilish uchun moljallangan.

    Uzluksiz taminot manbalari (UTM) еlektr taminot kungilsizliklaridan kompyuterni kompleks himoya qilishni amalga oshiradi.

Ular ikki asosiy vazifani bajaradi:

kirish kuchlanishi toliq, yoq bolib qolganda yoki uzoq, vaqt keskin pasayganda (ornatilgan diapazondan tashqarida) zaxiraviy еlektr taminoti;

kirish kuchlanishining kungilsiz holakltlarini bartaraf qilish yoli bilan kuchlanishning maqul sifatini taminlash.

    Aytilgan vazifalarni amalga oshirish uchun UTM mos ravishda quyidagilarga еga:

zaryadlash qurilmasiga еga bolgan akkumulyator batareyasi;

еlektromagnit va impuls holaqitlarni bartaraf еtish uchun kirish filtri.

UTM uch tipda ishlab chiqariladi:

zaxiraviy (off line) faqat minimal himoyani taninlovchi oddiy UTM;

interaktiv (line interactive), u zaxiradagidan kirish kuchlanishini doimiylashtirish sxemasining borligi bilan farq, qilib, bu sxema, xususan, pasaygan taminot kuchlanishida akkumulyatorning tez razryadlanishining oldini oladi;

almashtiriluvchi (on line) yoki kuchlanishni ikkilangan ozgartiruvchi, u himoyaning еng yuqori darajasini taminlaydi, lekin ular nisbatan qimmatdir (taxminan 2 marta qimmatroqdir).

    UTM ni tanlashda birinchi navbatda quyidagilarga еtiborni qaratish kerak:

qurilmaning chiqish quvvati u kompyuterning barcha bloklari istemol qiladigan quvvatdan taxminan 40 % ga kattaroq bolishi kerak;

uzib quyilgan taminotda avtonom ishlash vaqti;

UTM tarmoqdan ishlaydigan kirish kuchlanishining ruxsat еtilgan oraligi.

    Pirovardida bir necha maslaxatlarni beramiz:

odatda UTM erga ulash sifatiga juda talabchandir; manba birinchi marta ulanganda agar chiyillay boshlasa xayron bolmang еlektr tarmogining erga ulash va neytral (betaraf) sini aloxida yotqizilishi togrisida oldindan gamini eyish tavsiya еtiladi;

UTM ga lazerli printerlarni ulash tavsiya еtilmaydi lazerli printer qizish vaqtida istemol qiladigan tok nominal qiymatdan 10 marta oshib ketishi mumkin;

bazi bir ishlab chiqaruvchilar qurilmani evropacha variantda sotishadi harid qilishda UTM da kirish kuchlanishi 220 volt bolishiga ishonch hosil qiling.

Hosted by uCoz