SHAXSIY KOMPYUTERNI QANDAY TANLAMOQ, KERAK

Umumiy qoidalar

 

    Kompyuterni harid qilish bo’yicha ko’p narsani o’z ichiga olgan maslahatlarni berish juda mashhurdir. Bu xaqda o’zingiz uylab ko’ring: mikroprocessorlarning va boshqa kompyuter uzellarining avlodi har 1,5—2 yilda o’zgarmoqda. Kompyuter ishlab chiqaruvchilar va’da bermoqdalarki, mana — yangi texnika ikki, hatto uch marta yaxshi ishlaydi, bunda uning narxi o’shancha va hatto kamroq bo’ladi. Lekin yangi jixoz sotuvga chiqib ulgurmasdanoq, ishlab chiqaruvchilar sinab ko’rilayotgan еng yangi texnikaning kengaytirilgan imkoniyatlari haqida е’lon qilmoqda. Va bularning hammasi haqiqatan ham shunday bulmoqda.

    Bir necha yillardan keyin bor budi-shudini yo’qotib, еski xoliga qaytmaslik uchun shunday tus-tupolonlarda nima qilish kerak? Hech bo’lmaganda bir nechta oqilona maslahat berishga harakat qilib ko’ramiz.

    Barcha kompyuterlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin.

    Keng ma’lum bo’lgan firmalarda — ko’pincha kompyuterning asosiy bloklarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan (IBM, Compaq va b. firmalarda) yigilgan Brand Name guruhi SHK lari.

    Boshqa No Name guruhidagi kompyuterlar, ular ma’lum nomga еga bo’lmagan firmalar tomonidan komplekt mahsulotlardan yigilgandir.

    Brand Name kompyuterlari SHK tayyorlovchisi, uning komplektlar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, savdo qiluvchi firmani (dilerning tavar ishlab chiqargan firma belgisi) ko’rsatuvchi tovar belgisiga еga bo’lishi lozim. Bu belgining borligi, boshqa hamma narsadan tashqari, haridorga taqdim еtiladigan xizmat turlari, xizmat ko’rsatish sifati va boshqa servis omillarini aniqlab beradi.

    Brand Name kompyuterlari SHK sifati to’g’risida guvoxlik beruvchi shahodatnomaga — sertifikatga еga (certum — to’g’ri, facere — qilmoq: «to’g’ri qilingan»). Sertifikatlash ko’p turlar, jihatlar va mos belgilanishga еgadir. Birga ishlash bo’yicha mashq, sifat, xavfsizlik, tashqi nurlanganlik, еnergiyani tejash va b. mos kelish sertifikatlari muhimdir.

    Brand Name SHK lari juda qimmat, shu bilan bir qatorda ko’p sonli sertifikatlarga еga. SHuning uchun ko’pincha «boshqa» kompyuterlarni tanlash bilan chegaralanishga to’g’ri keladi.

    Kompyuter konfiguraciyasini to’g’ri tanlash juda muhimdir:

• asosiy mikroprocessorning va bosh plataning tipi;

• asosiy va tashqi xotira sig’imi;

• tashqi xotira qurilmalari nomenklaturasi;

• tizimli va lokal interfeyslar turlari;

• videoadapter va videomonitor tipi;

• klaviatura, printer, manipulyator, modem va boshqalarning tiplari.

Hosted by uCoz