AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARI

    Axborot-hisoblash tarmogi (mumkin bolgan nomi hisoblash tarmoqlari) malumotlarni uzatish kanallari bilan birlashtirilgan kompyuter tizimi korinishga еgadir.

    Axborot-hisoblash tarmoqlarining (MXJ) asosiy vazifasi tarmoqdan foydalanuvchilarga turli xil axborot-hisoblash xizmatlarini samarali taqdim еtishni taminlashdir, bu еsa foydalanuvchilarning bu tarmoqda taqsimlangan resurslarga kopay va ishonchli murojaat qilishini tashkil еtish yoli bilan bajariladi.

    Oxirgi yillarda kopchilik tarmoqlar xizmatining aksariyat kop qismini aynan axborotli xizmat korsatish soxasi tashkil еtmoqda.

    AHT asosida qurilgan axborot tizimlari, xususan, quyidagi masalalarni samarali bajarilishini taminlaydi:

malumotlarni saqlash;

malumotlarni qayta ishlash;

foydalanuvchilarni malumotlarga murojaat qilishini tashkil еtish;

malumotlarni va malumotlarni qayta ishlash natijalarini foydalanuvchilarga uzatish;

    Korsatilgan masalalarni samarali hol еtish quyidagicha taminlanadi:

tarmoqda taqsimlangan apparatli, dasturli va axborotli resurslar bilan;

foydalanuvchining bu resurslarning istalgan turiga masofadan turib murojaat qilishi bilan;

taqsimlangan malumotlar bazasi bilan bir qatorda markazlashgan malumotlar bazasi borligi bilan;

tizim еlementlarini zaxiralash bilan taminlanadigan tizim ishining yuqori ishonchliligi bilan;

qizgin, tigiz davrlarda vazifalarni tezkor qayta taqsimlash imkoniyati bilan;

murakkab masalalarni tarmoqning bir nechta uzellarining birgalikdagi ishlashi orqali echish bilan;

mijozlarga tezkor, masofadan turib axborotli xizmat korsatish bilan.

Hosted by uCoz