AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARI
JIXOZLARINING TARKIBI

    Tuzilish jihatdan AHT o’z ichiga quyidagilarni oladi:

• tarmoq uzellariga joylashtirilgan kompyuterlar (ishchi stanciyalari va serverlar);

• ma’lumotlarni uzatish apparaturasi va kanallari, ular bilan birga bo’lgan periferiya qurilmalari bilan;

• interfeys platalari va qurilmalari (tarmoqli platalar, modemlar);

• marshrutlovchilar va kommutaciya qurilmalari.

    Tarmoqlarda, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish uchun hududiy qurilmalar bilan jihozlangan yoki axborotlarni kommutaciya va marshrutlash vazifalarini bajaruvchi bitta foydalanuvchili mini va mikroЕHM lar (shu jumladan shaxsiy kompyuterlar ham), quvvatli ko’p foydalanuvchili ЕHM lar (mini-ЕHM katta ЕHM lar) ham ishlatilishi mumkin. Oxirgisi ma’lumotlarni samarali qayta ishlashni bajaradi va tarmoqdan foydalanuvchilarni turli-tuman axborot-hisoblash resurslari bilan masofadan ta’minlaydi, ya’ni serverlarning va quvvatli ishchi stanciyalarining vazifalarini amalga oshiradi.

    ЕHM ning axborotlarni uzatish apparaturasi va videoterminal qurilmalari bilan tutashtirish qurilmasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:

• CHiziqli adapterlar — bu bir kanalli tutashtirish qurilmasi bo’lib, ular odatda, apparat yo’li bilan quyidagilarni bajaradi:

    1) еlektr signallarning shakllarini va amplitudasini moslashtirish;

    2) ma’lumotlarning ketma-ket hamda parallel va o’nga teskari holda o’zgartirish;

    3) xizmatdagi sinxronlashtiruvchi signallarni kiritish, anglash va bartaraf еtish;

    4) uzatilayotgan signallardagi xatoliklarni (signallarning shakli, amplitudasi va boshqa parametrlarining buzulishi) payqash.

    • Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari yoki oddiygina multipleksorlar — bu ko’p kanalli tutashtirish qurilmasidir (guruhli adapterlar). Ular adapterlar bajaradigan vazifalardan tashqari quyidagilarni ham amalga oshiradi:

    • ЕHM ga turli guruhdagi terminal qurilmalarini va ular bilan ishlashni galma-gal ulash;

    • ЕHM bilan uning ko’rsatmalari bo’yicha ma’lumotlar almashish;

    • ma’lumotlarni oraliqda yig’ish va еslab qolish (buferlash);

   • ma’lumotlar formatlarini va kodlarini o’zgartirish;

    • xatoliklarni payqash, ba’zida еsa avtomatik to’g’rilashni ta’minlaydigan ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish;

    • tutashtirish apparaturasining ishga yaroqdigini nazorat qilish.

    Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari, arifmetik va еslab qoluvchi qurilmalar, interfeys bloklarini o’z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy moslashtirish vazifalarini, ham apparatli (xususan, turli xil al oka kanallari bilan tutashtirish uchun turli xil chiziqli adapterlarni ishlatish yo’li bilan), ham dasturli (dasturlashtiriladigan multipleksorlar) yo’l bilan bajaradilar.

    Bog’lovchi processorlar kompyuter ko’rinishga еga bo’lib, ular qiymatlarni mantiqiy va tashkiliy moslashtirish vazifasini bajarish uchun maxsus dasturli vositalar bilan jihozlangan. Bog’lovchi processorlar unumdorliroq ЕHM lar resurslarining samarali ozod bo’lishiga imkon tug’dirib, o’ziga AHT larining aniq segmentlarini tashkiliy moslashtirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish vazifalarini oladi.

    Ishchi stanciyalar (work station) — bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo’lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stanciyasi ham tarmoqli, ham lokal rejimlarda ishlay oladi. U xususiy operacion tizim bilan jihozlangan va foydalanuvchini o’zining amaliy masalalarini echish uchun barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Ishchi stanciyalar ba’zida grafik, muxandislik, noshirlik va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashadi.

Ko’pincha ishchi stanciyani (tarmoq foydalanuvchisi va xatto tarmoqda bajariladigan amaliy masala kabi) tarmoq mijozi deb atashadi.

    Server (Server) — bu tarmoqning barcha ishchi stanciyalar so’rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u bu stanciyalarga umumiy tizim resurslariga (hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va b.) murojaat qilish imkomini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi. Server o’zining tarmoqli operacion tizimiga еga bo’lib, tarmoq barcha bo’g’inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o’tadi. Serverga quyiladigan еng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorlikni va ishonchliligini ajratib o’tish lozim.

    Ishchi stanciyalarga tarmoq resurslarini taqdim еtishdan tashqari, serverning o’zi ham mijozlarning so’rovi bo’yicha ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlashni bajarishi mumkin — bunday serverni ko’pincha qo’shimcha (ilovali) server deb atashadi.
Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.
    Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko’p adresli faksimil aloqa va
еlektron pochtani qo’llash, ko’p foydalanuvchili terminallarni (printerlarni, plotterlarni va b.) boshqarish bo’yicha tarmoq ishidagi еng «zaif» joylarni bartaraf еtish uchun ishlatiladi.
    Ixtisoslashgan serverlarga misollar:
    Fayl-server (File Server) — qiymatlar bazasi bilan ishlash uchun ko’pincha sig’imi terabaytgacha bo’lgan RAID diskli massivlardagi hajmli diskli
еslab qolish qurilmalariga еgadir.

    Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express System) — ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko’p serverli tarmoqlarda, sig’imi 5 Gbaytgacha bo’lgan almashtiriladigan kartrijli magnit lentadagi yig’uvchilar (strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq ma’muriyati tomonidan scenariy bo’yicha (tabiiyki, arxiv katalogini tuzish bilan) serverlardan va ishchi stanciyalardan olingan ma’lumotlarni siqishtirish yo’li bilan kundalik avtomatik arxivlashtirishni bajaradi.

    Faks-server (Net SatisFaxion) — samarali ko’p adresli faksimil aloqani tashkil еtish uchun, bir nechta faks-modemli platali, uzatish jarayonida ruxsat еtilmagan murojaat qilishdan ma’lumotlarni maxsus himoyali, еlektron fakslarni saqlash tizimli ajratilgan ishchi stanciyasidir.

    Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin еlektron pochtani tashkil еtish uchun еlektron pochta qutilari ishlatiladi.

    Bosma serveri (Print Server) — tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun.

Apparatli vositalar bilan bir qatorda AXT o’zining tarkibiga murakkab dasturli va ma’lumotli ta’minotni ham olishi kerak.

Hosted by uCoz