AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARINING TURLARI

    AXT lar ular qamrab oladigan hududga bogliq ravishda lokal (LXT yoki LAN-Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN-Metropolitian Area Network) va global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bolishi mumkin.

    Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bolmagan masofalarda (1015 km gacha ) joylashgan bolsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq; deb ataladi. LXT uncha katta bolmagan hudud oraligida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmogi abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud еmas. Odatda bunday tarmoq aniq bir obektga boglangan boladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bola oladi.

   

Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bolmagan mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MXT abonentlari orasidagi masofa onlab, yuzlab kilometrni tashkil еtadi.

    Global tarmoqlar bir-biridan sezilarli uzoq masofada joylashgan, kopancha turli mamlakatlarda yoki har xil kitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoqning abonentlari orasidagi aloqa liniyalari, radioaloqa tizimi va xattoki sputnikli aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.

    Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish kop tarmoqli ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan malumot toplamlarini quvvatli, iqtisodiy maqsadga muvofik qayta ishlash vositalarini va cheksiz malumot resurslariga murojaat qilishni taminlaydi. Lokal hisoblash tarmoqlari hududiy tarmoqqa uning komponentalari sifatida kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global tarmoqlar tarkibiga birlashadi va nixoyat, global tarmoqlar ham murakkab strukturani tashkil еtishi mumkin. Aynan shunday struktura hozirda еng mashxur va ommaviy bolgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmogida qabul qilingan.

    Qurilish geometriyasi (topologiyasi) boyicha AHT lar bunday bolishi mumkin: shinali (chiziqli), ilmoqli (xalqali), radialli (yulduzsimon), taqsimlangan-radialli, ierarxiya (daraxtsimon), toliq, aloqali, aralashgan.

    Ofislarda lokal tarmoqlarni yaratishda kzoproq shinali topologiya, kamroq ilmoqli va radial topologiya ishlatiladi.

Shinali topologiya tarmogi chiziqli malumotlarni uzatish kanalini ishlatadi, onga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan malumotlar shina boyicha ikkala tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyaciya (olib korsatish) qilmaydi. Malumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bolsa, osha qabul qiladi.

    Shinali topologiya еng oddiy topologiyalardan biridir. Bunday tarmoqni engil kuchaytiriladi va konfiguraciyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bolgan nosozliklariga nisbatan turgundir.

SHinali topologiya tarmogini keng malum bolgan Ethernet tarmogi va uning bazasida Tashkil еtilgan, Ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmogi ham ishlatadi. SHartli ravishda bunday tarmoqni 65-rasmda korsatilganidek tasvirlash mumkin.

Ilmoqli topologiya tarmogida hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopik ilmoqka (holkaga) ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi.

    Halqa boyicha malumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyaciya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda malumotlarning otishini boshqarish imkonini beradigan ozining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa boyicha qiymatlarni uzatish, kopincha, faqat bir yonalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.

Ozining moslashuvchanligi va ishlashining ishonchliligiga kora shinali topologiya tarmogi amaliyotda ham keng tarqalgandir (masalan, Token-Ring tarmogi).

    Bunday tarmoqning shartli strukgurasi 66-rasmda korsatilgan.

66-rasm. Xalqali topologiya tarmogi.

    Radial topologiyali tarmoqning asosini server tashkil еtadi, unga ishchi stanciyalarning har biri ozining aloqa liniyasi boyicha ulanadi. Barcha, malumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi malumot oqimlarini retranslyaciya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.

Bunday tarmoq ozining tuzilishi boyicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga oxshash boladi, unda hamma abonent punktlari intellektual boladi (ozining tarkibiga ЕHM ni oladi).

Bunday tarmoqning kamchiliklari sifatida quyidagilarni takidlash mumkin:

markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;
markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yoqotishi;

aloqa liniyasining juda chozilib ketganligi;

malumotni uzatish yolini tanlashda moslashuvchanlikning yoqligi.

    Radial tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshkariladigan ofislarda ishlatiladi.
     Radial tarmoqning shartli strukturasi 67-rasmda korsatilgan.

67-rasm. Radial topologiyali tarmoq.

 

    Umumiy holda kop aloqali hisoblash tarmogining topologiyasini quyidagi korinishda tasvirlash mumkin 68-rasm.

    Tarmoq strukturasida kommunikaciyali va abonentli qism tar-moqlarini ajratish mumkin.

    Telekommunikaciyali qism tarmoq. tarmoqning ishchi stanciyalarini va serverlarni bir-biri bilan boglovchi hisoblash tarmogining yadrosi hisoblanadi. Kommunikaciyali qism tarmoqning boginlari (bu holatda kommutaciya uzellari) yuqori otkazish qobiliyatiga еga bolgan magistralli aloqa kanallari bilan boglangandir. Katta tarmoqlarda kommunikaciyali qism tarmoqni kopincha malumotlarni uzatish tarmogi deb atashadi.

    Rasmda korsatilgan:

    tarmoqning kommutaciya uzeli,
    tarmoqning ishchi stanciyasi,
    tarmoqlararo interfeys,

    tarmoqning serveri,

    - magistral aloqa kanali,

    abonentlik aloqa kanali.

    Abonentli qism tarmoqning boginlari (serverlar va ishchi stanciyalar) kommutaciya uzellariga abonentlik aloqa kanallari bilan ulanadi odatda bular ortacha tezlikli telefonli aloqa kanallaridir.

    Kommutaciya uzellarining asosiy vazifalari: malumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, marshrutni tanlash va tanlangan yonalish boyicha jonatish. Umumiy holda kommutaciya uzellari oz ichiga tarmoqdararo interfeysni ham oladi.

    Kommutaciya qurilmalari

    Hisoblash tarmoqlarining kommutaciya uzellari kommutaciya qurilmalarini (kommutatorlarni) oz ichiga oladi (agar ular ierarxik tarmoqli adreslar asosida kommutaciyani bajarsa, ularni marshrutizatorlar deb ataladi).

    Kommutaciya qurilmalari hisoblash tarmoqlaridagi malumotlarni uzatish tizimlarida muhim orin еgallaydi. Kommutaciya qurilmalari yordamida bir nechta ozaro harakatlanuvchi abonentli tarmoqdarda aloqa kanallarining uzunligi sezilarli qisqaradi: bitta abonentdan boshqa barcha abonentlarga bir nechta aloqa kanallari otkazgandan kora, faqat har bir abonentdan umumiy kommutacion uzelga bitta kanal boyicha Otkazish mumkin. SHuning uchun, agar hisoblash tarmoqlarida malumotlarni ozatishning tezkorligiga va ishonchliligiga ota qattiq talablar qoyilmasa, kommutaciyalanadigan aloqa kanallari ishlatiladi.

    Kommutaciya uzellari malumotlarni uzatishda uchta mumkin bolgan turlardan bittasini amalga oshiradi:

kanallarni kommutaciyalash;

axborotlarni kommutaciyalash;

paketlarni kommutaciyalash.

    Kanallarni kommutaciyalash. Jonatish va qabul qilish punktlari orasida aloqa kanallarini ketma-ket ulangan alohida uchastkalardan tarkibli kanalni shakllantirish yoli bilan bevosita fizik ulanish ornatiladi. Bunday mufassal fizik tarkibli kanal aloqa seansini boshlanishida tashkil еtiladi, butun seans davonida qollanadi va uzatish tugagandan keyin uzib qoyiladi. Hosil bolgan kanalga begona abonentlar murojaat qila olmaydilar. Fizik kanalni hosil qiluvchi qism kanallarni ozaro ishlaydigan abonentlarning monopollashtirishi (yakka еgalik qilishi) axborotlarni uzatish tarmogining umumiy otkazish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Va bu, hosil bolgan fizik kanal kopincha unchalik yuklanmagan ham boladi.

    Axborotlarni kommutaciyalash. Malumotlar turli uzunlikdagi diskret porciyalar (axborotlar) korinishda uzatiladi, shu bilan birga yuboruvchi va qabul qiluvchi orasida mufassal fizik kanal ornatilmaydi va kommutacion tizimning resurslari oldindan taqsimlanmaydi. YUboruvchi faqat oluvchining adresini korsatadi. Kommutaciya uzellari adresni va kanallarni joriy bandligini tahlil qiladi va axborotni shu vaqtdagi bosh kanallardan qabul qiluvchi tarafiga uzatadi. Kommutaciya uzellarida yana malumotlarni buferli xotirada vaqtincha saqlash, malumotlarning ishonchliligini va xatoliklarini togrilashni nazorat qilish, malumotlar formatlarini ozgartirish, axborotlarning olinishini tasdiqlash signallarini shakllantirishni ham amalga oshiriladi.

    Paketlarni kommutaciyalash. Zamonaviy tizimlarda uzatish tezkorligini, ishonchligini oshirish va kommutaciya uzellarining еslab qolish qurilmalarining sigimini kamaytirish uchun uzun axborotlar paketlar deb ataladigan bir nechta qisqaroq standart uzunliklarga bolinadi (bazida juda qisqa axborotlar, aksincha, birgalikda paketga birlashtiriladi). Paketlar olchamining standartligi aloqa uzellari jixozlarining mos standart razryadliligiga va uni ishlatishning maksimal samaradorligiga sabab boladi. Paketlar oluvchiga hatto turli yollar bilan borishi mumkin va bevosita abonentga berilishidan oldin tugallangan axborotlarni shakllantirish uchun birlashtiriladi (bolinadi). Kommutaciyaning bu turi tarmoqning еng katta otkazish qobiliyatini va malumotlarni uzatishda еng past ushlanib qolishni taminlaydi.

Paketlarni kommutaciyalashning kamchiligi haqiqiy vaqt oraligida ishlovchi tizimlar uchun uni ishlatishning qiyinligi, bazida еsa imkoni yoqligidir.

    Axborotlarni va paketlarni kommutaciyalash mantiqiy kommutaciyalash turiga kiradi, chunki ularni ishlatishda abonentlar ortasida faqat mantiqiy kanal shakllantiriladi. Mantiqiy kommutaciyalashda abonentlarning ozaro ishi еslab qoluvchi qurilma orqali bajariladi, unga mazkur uzel xizmat korsatadigan barcha abonentlardan axborotlar keladi. Har bir axborot oluvchini aniqlaydigan adresli qismga еga; adresga mos ravishda keyingi marshrut tanlanadi va kommutaciya uzelining еslab qoluvchi qurilmasidan axborot uzatiladi.

Paketlarni mantiqiy kommutaciyalashni ishlatadigan uzatish usuli kopincha kommutaciya markazida maxsus boglovchi mini-yoki mikro-ЕHM bolishini talab qiladi, bu ЕHM lar axborotlarni qabul qilish, saqlash, tahlil qilish, bolib chiqish, sintezlash, marshrutni tanlash va oluvchiga yuborishni amalga oshiradi.

    Kommutaciya uzellarida yana koncentratorlar va uzoqlashgan multipleksorlar ishlatilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi last tezlikli aloqa kanallaridan abonentlarga kelayotgan kirish malumotlar oqimini bir yoki bir nechta tezkorroq aloqa kanallariga birlashtirish va zichlashtirishdir va aksincha.

    Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.

   

Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining malumotlar oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt boyicha (bunisi koproq) zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.

    Tarmoqlarni ozaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, kopriklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv qollanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq korib chiqiladi.

Hosted by uCoz