TEZKOR MATBAA VOSITALARI

    Tezkor matbaa oddiy muassasa, ofis sharoitlarida sifatli matbaa mahsulotlarini ko’p nusxada tez olishni ta’minlaydi. Tezkor matbaani XX asr ikkinchi yarmining anchagina katga yutugi deb xisoblash mumkin, negaki u jamiyatga kuchli ta’sir kursatish vositasidir: bu reklama, tashvikotning muhim vositasidir, milliy madaniyat va ta’limni rivojlantirishning muhim omilidir. Matbaada ko’plab turli xil bosma usullari mavjud: yukori, chuqur, trafaretli, gektografik, ofsetli va b. YUkori va chuqur bosma usullari — kitob va broshyuralarni ommaviy chop etishning eng takomillashgan usullaridir; ularda xajmiy bosma shakllar, chunonchi yuqori bosma usulida qavarik va chuqur bosma usulida o’yiqli shakllar ishlatiladi. Tezkor matbaada, odatda, tekis bosma formalaridan foydalaniladi.

Gektografik bosma usuli

    Uning ish tamoyili bosma uchun sarflanadigan katta bo’yok zaxirasiga ega bo’lgan bosma qolipini tayyorlashga asoslangan bo’lib, bu bo’yoq sekin asta spirtda erib, nusxalarga ko’chadi.

Bosma qolipi oq silliq qog’ozda, unga maxsus nusxa ko’chirish qorozi yordamida xujjatni ko’zguli akslantirish yo’li bilan tayyorlanadi. Bosish gektograflarda qogozni spirt bilan xo’llash va bo’yokning ingachka katlamini bosma qolipidan shu qokozga kontaktli ko’chirish yo’li bilan bajarilali. Bitga bosma qolipidan 100—200 ta oggiskni (nusxani) olish mumkin. Gektografik bosma usuli katta bo’lmagan nusxa tayyorlashda (25—250 nusxa) qo’llaniladi.

    Afzalliklari: ko’p raigli bosish imkoniyati, sarflanadigan materiallarning past bahodaligi. Kamchiligi: nusxalarning sifati pastligi va ularning vakg o’tishi bnlan rangsizlanishi. Gektografik bosma usuli yuqori sifatli bo’lmagan materiallarni arzon va tez ko’paytirish uchun  qo’llaniladi. Gektografik bosish vazifasini amalga oshiruvchi apparatlar gektograflar deb ataladi. Gsktograflarga misollar: YAntar, GSA4, SgattarpSH, OgeYAeg va 6.

Ofset bosma usuln (rotaprnyagli bosma usuln)

    Ofset bosma usuli asosida moy va suvning aralashmasligi yotadi. Bosish kuyidagicha ishlov berilgan tekis yuzada (kolipda) bajariladi: tushirilayottan tasvirga mos uchastkalar bo’eqni moyln asosda ushlab turib, suvni sikib chikdradi, qolgan yuza esa suvni ushlab turib, bo’yoqni sikib chikeradi.

    Bosma qolipi metall (folgada) yoki gidrofilli kogoali taxtachada, yozuv mashinkasida (printerda) bosish yo’li bilan, xujjatni elektrografik yoki termografikli nusxa ko’chirish bilan, lekin.albatga.moyli bo’yoqni ishlatish bilan tayyorlanadi. Bosishda taxtachaga bo’yoq yurgiznb chiqiladi, bu bo’yoq moyln joylarga yopishib qoladi, keyin esa kontaktli usul bilan oraliq zveno (ofset barabani) orkali bo’yok nusxa olish uchun krg’ozga ko’chiriladi.

    Afzalliklari:

    • bosishnikg yuqori sifatli bo’lishi;

    • ko’p nusxa olish imkoniyati  metall qolipdan 5000 ta ottisk va qog’ozli qolipdan 400—1500 ta ottisk;

    • bosma qolipning oson tahrir qilinishi (maxsus ofset rezinkasi yoki moysizlantnruvchi vosita bilan);

    • folgadan tayyorlangan taxtachalarni takroran (5—7 martagacha) ishlatish imkoniyati;   

ko’p rangli bosish imkoniyati

    Kamchiliklari:

    • bosma kolipini tayyorlash va nusxa ko’chirish jarayonining murakkabligi;

    • jihozlarnikg yuqori bahodaligi.

    Ofset bosma usulida ishlatiladigan apparatlarni rotaprintlar deb ataladi. Rotaprintlarga misollar: POL-35, KRС-3, RС-2-A4, Ofseta 11, GEKA, Rominor, Gestetner, Patemaster va b.

Trafaretli bosma usuli (rotatorli bosma usuli)

    Bosma kolipi, ya’ni trafaret mumli, jelatinli yoki kolloidli qog’oz varag’ida yoki plyonkada, unga maxsus yozuv mashinkasida yoki elektronografik nusxa ko’chirish usulida mikroteshiklarni ochish yo’li bklan tayyorlanadi. Bosish jarayoni rotator deb ataluvchi mashinalarda bo’yoqni trafaret orqali siqib o’tkazish bilan amalga oshiriladi.

    Afzalliklari:   

    • bosishning yuqori sifatli bo’lishi;   

    • nusxa ko’paytirish  bitta shakldan 400—1500 ta ottisk;

    • bosma qoliplarni tayyorlashning soddaligi.

    Kamchiliklari:

    • bosma qoliplarni tahrir kilish imkoniyatining yo’qligi;

    • ko’p rangli bosmada bir nechta trafaretlarning kerakligi.

    Trafaretli bosishda ishlatiladigan apparatlarni rotatorlar deb ataladi. Rotatorlarga misollar: RS-A4 (DAR-50), Сiklos MXP, Progress -1011, Gestetner-480, Rek Rotary 4500.

 

Elektronotrafaretli bosma usuli (rizografiya)

    Tezkor matbaaning eng samarali va istiqbolli varianti, so’zsiz, rizograflardagi bosma usuli bo’lib, rakamli eleetronikaning so’nggi yutuklaridan foydalanadi va trafaretli bosma usulining barcha tavsiflarini juda yaxshilaydi.

    Rizograflar (ularni yana dublikatorlar deb ataladi)  bu ofis uchun yangi tipdagi nusxa ko’chirish-ko’paytirshi texnikasidir; ularda an’anaviy trafaretli bosma usuli elektron hujjatlarni tayyorlash va ishlab chikarishning zamonaviy raqamli usullari bilan birga ko’shib ishlatiladi. Rizografni kompyuterga parallel port orkali ulab, uni ixtiyoriy matbaa nashrlarini tezkor yaratish, taxrir qilish va ko’paytirish uchun ishlatish mumkin.

    Rizograf 1980 yili YAponiyada ixgiro kilingan va yaratiltan.

    Rizografning ishlash tamoyili.     

    Nusxa ko’chirish jarayoni ikki bosqichdan iborat: 

    • ishchi matriсani tayyorlash (15—20 s vaktni oladi);

    • matriсa bo’yicha bosish (10—20 minut ichida bir necha ming yuqori sifatli ottisklarni olish mumkin).

    Matriсani tayyorlashda ko’paytirilayotgan hujjatning asl nusxasi ulangan skanerga joylashtiriladi. Skaner ma’lumogai o’qiydi, uni kodlaydi va mos raqamli faylni yaratadi. SHu raqamli fayl bilan boshqariladigan termokallakni maxsus ko’p qatlamli masterplyonka bilan kayta ishlov berilganidan so’ng ishchi matriсa yaratiladi, u nusxasi ko’chirilayotgan tasvirni yoki matnni plyonkaning tashqi qatlamida mikroteshikchalar ko’rinishida o’z ichiga oladi. Keyin ishchi matriсa bo’yovchi сilindr sirtiga avtomatik joylashtiriladi, сilindrning ichida maxsus bo’yokli tuba joylashgan bo’ladi. Bo’yoq plyonkaning ichki qatlamiga singiydi va shunday ishlov berilgan ishchi matriсa hujjatni ko’paytirish uchun trafaret sifatida foydalaniladi.

    Bosish jarayonida bo’yoqli сilindr aylanganda markazdan qochma kuch ta’siri osgida plyonkaning ichki katlamidan siqib chikariladigan bo’yoq qismlab oddiy kog’oz varag’iga ko’chadi. Bitga ishchi matriсadan ixtiyoriy murakkablikdagi asl nusxadan uning sifatini yo’kotmasdan 4000 tagacha ottisk olish mumkin.

    Barcha aytilgan jarayonlar avtomatik bajariladi. Xattoki, rulondan kerakli o’lchamdagi masterplyonka bo’lagini o’rab chikarish, uni qirqish, bo’yovchi barabandan ishlatib bo’lingan matriсani olish va uni ishchi matriсalar kabul kiluvchisiga chiqarish ham avtomatik bajariladi.

    Rizografiing afzalliklari:

    • nusxa ko’chirish uchun zichligi 46 dan 210 g/m2 gacha bo’lgan ixtiyoriy tip va sifatli (oq silliq va yaltiroq qog’ozdan tashkari) qog’ozni ishlatish;

    • yuqori unumdorlik: birinchi nusxa 20—30 sekunddan keyin olinadi, keyingi nusxa ko’chirish jarayoni minutiga 60—130 ottisk olish tezligi bilan boradi;

    • nusxa ko’chirishning yuqori sifati: ajratish qobiliyati 400 dpi gacha (1 mbllimetrda 16 ta nukta), matnli rejimda 16 tagacha rang tusi, fotorejimda 256 rang tusi va yorqinlik gradaсiyasb;

    • ko’p rangli xujjatlarni, bir-birining ustiga tushish aniqligi 0,5 mm dan kam bo’lmagan qilib bir necha marta o’tkazish bilan nusxa ko’chirish imkoniyati;

    • nusxalarni 2 marta kattalashtirish va kichraytirish imkoniyati;

    • SHEHM bilan birgalikda ishlash imkoniyati va xususan, SHEHM ni xujjatlarni yaratish va taxrirlash uchun foydalanish imkoniyati;

    • hamma jarayonlarning avtomatlashtirilishi, boshkarishning kulayligi, displeyning mavjudligi.

    Rizografda hujjatlarni ko’plab ko’paytirish yuqori tejamligini ta’kidlab o’tish lozim: agar 10 ta nusxani olnsh narxi, masalan, rizografda va kseroksda taxminan bir xil bo’lsa, u holda rizografda 500 ta otgiskni tayyorlash 6—8 marta arzon tushadi, katta tirajlarda yutuq yanada ko’p bo’ladi. Gap shundaki, asosiy xarajatlar tirajning birinchi nusxalarini tayyorlashga ketadi, — masterplyonka bo’lagi va ishchi matriсani shimdirish uchun bo’yoq hajminkng katgaligi (bu elementlarga ketgan xarajatlar tiraj kattaligiga bog’liq emas); keyinchalik nusxa ko’chirish jarayonida bo’eq faqat ishchi matriсani shimdirishga ketadi va uning sarfi boshlang’ich shimdirishga karaganda birmuncha kam bo’ladi (bo’yok bilan koplanayotgan qog’oz yuzasi qanchalik kichik bo’lsa, bo’yoq sarfi shunchalik kam bo’ladi). Hisoblashlarning ko’rsatishicha, rizografiya xujjatlarni 20 tadan 10000 tagacha ko’paytirishda tejamliligi (bitga nusxani tayyorlash bahosi) bo’yicha boshqa turdagi xech kanday nusxa ko’chirish-ko’paytirish ishlaridan qolishmaydi.

    Rizograflar ikki xil konfiguraсiyada ishlab chikariladi:

    • rolikli - RA 4050, 4200, GR 1700, 1750, TK 1510 rizograflari;

    • planshetli  RA 4300, 5900, 6300, GR 2710, 2750, 3750, SR 7200 rizograflari.

    Rolikli rizograflar (ular ba’zida cho’zilma deb ham ataladi) faqat ayrim qoroz varaqlari bilan ishlaydi va ularni skaner fotodiodlari yonidan o’tganda o’qib olishda tortib oladi, varaklarni berib turish avtomatik.

Planshetli rizograflar ham varakli, ham broshyuralangan materiallardan nusxa ko’chirish imkonini beradi. Lekin ularning ba’zilari (KA seriyalisi) asl nusxani avtomatik berib turmaydi.

    Rizograflar bezakli ishlar uchun dizaynerlik paansheti bilan ta’minlanadi. Bu planshet yordamida asl nusxani kaychisiz va elimsiz maketlash mumkin va nusxani asl nusxadan yaxshiroq qilib bezash mumkin. Planshetga joylashtirilgan asl nusxaga maxsus qalam bilan o’zgartirilishi kerak bo’lgan maydonni belgilash va har bir maydon uchun qayta ishlash turini ko’rsatish mumkin. Asl nusxaga belgi qo’yib chiqish muloqotli rejimda olib boriladi, bunda hamma maydon planshet displeyida aks ettiriladi.

2-jadval

Rizograflarning texnik tavsiflari 

Model

RA 4050

TR 1510

GR 1700

GR 1750

RA 4300

GR 2710

GR 2750

R 3750

Tip

 

rolikli

 

Planshetli

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Ajratish qobiliya ti dpi

ZOOx 400

ZOOx 300 

ZOOx 400

400x 400

ZOOx 400

ZOOx 400

400x 400

400x 400

qog’oz o’lchami

325x435 gacha

274x 395 gacha

325x 435 gacha

325x 435 gacha

325x 435 gacha

325x 435 gacha

325x 435 gacha

325x

435 gacha

Massh gablash

0,7-1

0,7-1

0,7-1

0,7-1,4

0,7-1

0,7-1.4

0,7-2

0,7-2

Sekunddan keyin

1-ottisk

17

24 

17 

17

17

17

17

17

Minutiga nusxa tezlik bilan

80-120

60-130

60-130

60-130

60-130

60-130

60-130

60-130

 

    Maydonlarni qayta ishlash turlari:

rangli ajratish;              

    ·  asosiy rangni bo’yash;

    ·  o’rin almashtirib tasvirlash:

    ·  konturli shrift;

    ·  maydonni chikarib tashlash;

    ·  fakat belgilangan maydonni bosish;

    ·  maydonni aks ettirishning matnli rejimi;

    ·  maydonni aks ettirishning fotorejimi.     

    Rizograflardan samaraliroq foydalanish uchun ularni xujjatlarni kompyuterli qayta ishlash va keyin bosish uskunalari bilan bitta kompleksga, masalan, 3-rasmda ko’rsatilganidek birlashtirish maqsadga muvofiqdir.

    RIPZOO interfeysi yordamida parallel port orqali rizografni kompyuterga ulash mumkin. Bu interfeys ixtiyoriy rizografni (RA seriyasidan tashqari) ajratish qobiliyati 400 dpi bo’lgan yuqori sifatli skanerga aylantirish imkonini beradi; bu kompyuterga tasvirni uzatish, uni taxrir kilish (xattoki, shriftlarni tanlash va masshtablashgacha) va keyin rizografda bosish imkoniyatini beradi. YAna ixtiyoriy matnli proсessor yordamida istalgan xujjatni tayyorlash va minutiga 130 nusxa tezlik bilan rizografda chop etish mumkin.

    Shunday qilib, rizograf tezkor matbaa vositasi bo’lib, o’zining aniq belgilangan matbaa o’rniga ( 20 dan 10000 nusxagacha) ega; uning doirasida, ixtiyoriy reprografiya va matbaa vositalari bilan jiddiy raqobatlashadi. Rizograf ekologik tozadir, maxsus tayyorlangan xona va xodimlarni talab etmaydi; rizograf tarmoqqa ulangandan keyin ishga darhol tayyor bo’ladi.

    Rizografiya sifati va qulay texnologiyasi tufayli sizning o’zingizga hamma kerakli matbaa mahsulotini, tashrif kog’ozlari, blanklar, reklamali prospektlar va texnik xujjatlardan tortib to davriy jurnallar, risolalar va kitoblargacha eng yuqori sifat bilan oson ko’paytirish imkonini beradi. Amaliyotda siz bosmaxona xizmatiga murojaat etmaysiz, negaki rizograf, zamonaviy matnli proсessor bilan ta’minlangan kompyuter bilan birgalikda ixtiyoriy matbaa materialini terish, taxrir qilish, bosish va ularning tiraji hattoki juda katta bo’lganda ham tezkor ko’paytirish imkonini beradi.

Hosted by uCoz