TARMOQLARARO INTERFEYS QURILMALARI

    Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmogi vaqt otishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo boladi.

    Firmani еng turli bolimlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bolgan turli xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bolishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bolmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashqil еtish uchun bazida kerakdir.

Kerakli malumot resurslariga chiqishga bolgan intilish LЕDG ni yuqogiroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab еtishi mumkin.

    Tarmoqdarni bir-biri bilan ozaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, kopriklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.

    Takrorlagichlar (repitor) еlektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni taminlaydigan qurilmadir. Takrorlagichlar ochiq tizimlarning ozaro harakat modelining kanalli darajalari bayonnomalari bilan tavsiflanadi, faqat OSI fizik darajadagi (kanalli va undan yuqori darajalardagi bir xil boshqarish bayonnomalari bilan) bayonnomalar bilan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin va faqat qiymatlar paketlarini qayta tashqil еtishni bajarib, bu bilan oz navbatida ulanadigan tarmoqlarni еlektr mustaqilligini va signallarni holaqitlarning tasiridan himoya qilishni taminlaydi. Kuchaytirgichlarni ishlatish tarmoqning bir nechta segmentlarini umumiy qismga birlashtirib, bitta tarmoqning uzunligini kengaytirish imkonini beradi. Kuchaytirgichni ornatishda aloqa liniyasida fizik uzulish sodir boladi, bunda signal bir tomondan qabul qilinadi, qayta tashqil еtiladi va aloqa liniyasining boshqa qismiga yonaltiriladi.

    Kopriklar (bridge) OSI tarmoqdi daraja bayonnomalari bilan tasbirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda malumotli paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqdi va undan yuqori darajalarda malumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqdar ortasidagi trafikni (qiymatlarni uzatishni) rostlaydi.   

    Koprik turli topologiyali, lekin bir tipli tarmoqli operacion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydigan tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Kopriklar lokal va uzoqlashgan bolishi mumkin. Lokal kopriklar mavjud bolgan tizim doirasida cheklangan hududda joylashgan tarmoqdarni birlashtiradi. Uzoqlashgan kopriklar hudud jihatdan tarqalgan tarmoqdarni, tashqi aloqa kanallarini va modemlarini ishlatib birlashtiradi.

    Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy boglanmagan tarmoqdarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil bayonnomalarga еga bolgan) ulanishini taminlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi еng yaxshi yolini aniqdaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun bazi bir bayonnomali ozgartirishdarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi boyicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning etarlicha murakkab darajasini taminlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan liniyalarni chetlab otib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari mumkin va b.

    Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI modelining barcha ettita boshqarish darajasi uchun bayonnomali ozgartirishlarni bajaradi. Marshrutlovchi vazifalardan tashqari ular malumotli paketlarning formatini ozgartirish va ularni qayta kodlashni ham bajaradi, bu bir jinsli bolmagan tarmoqlarni birlashtirishda juda muhimdir.

    Kopriklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmogida bu, odatda, dastur taminotli va qoshimcha aloqa apparaturali maxsus ajratilgan ЕHM lir.

Hosted by uCoz