LXTnvng ASOSIY REYTING PARAMETRLARI

• tarmoq topologiyasi;

• tarmoqning darajali tipi ( bitta darajali yoki ajratilgan  serverli );

• abonentlar o’rtasida ma’lumotlar shakllarini almashish
    jarayonlarini aniq belgilovchi tarmoqda ishlatiladigan bayonnomalarning tiplari;
• ishlatilayotgan operacion tizim tipi;

• ishchi stanciyalarning maksimal soni;

• ishchi stanciyalarning bir-biridan maksimal ruxsat еtilgan uzoqligi;

• tarmoqqa kiruvchi kompyuterlarning tiplari (tarmoqning ; bir jinsliligi va bir jinsli еmasligi);

• uzatayotgan muxitning turi (kommutaciyalanadigan va kommutaciyalanmaydigan kanal; telefon kapali, еshilgan juftlik,  koaksial kabel, optik tolali kabel);

• qiymatlarni uzatish usullari (kanallarni, axborotlarni
 yoki paketlarni kommutaciyalash);
• monokanalga murojaat qilish usullari;

• tarmoqning alohida uchastkalari (uzellari va aloqa liniyalari) izdan chiqqanda u punktlari ishga yaroqliligini saqlab qolish qobiliyati bilan aniqlanadigan tarmoqning ishonchliligi.

    LHT ni tanlashdan yoki loyixdlashdan oddin tarmoqni yaratish maqsadlarini, uni tashkiliy va texnik ishlatish xususiyatlarini aniqlab olish kerak, xususan:

• LXT ni ishlatganda qanday muammolarni echish ko’zda tutiladi?

• kelgusida qanday masalalarni echish ko’zda tutiladi?

• LHT yaratilgandan va ishga tushgandan keyin uni texnik qo’llab-quvvatlashni kim bajaradi?

• LHT dan Internet global tarmog’iga murojaat qilish kerakni?

• Ma’lumotlarni maxfiyligiga va xavfsizligiga qanday talablar qo’yiladi?

• LHT ni yaratishda qanday texnik va dastur vositalarini sotib olish kerak?

• Tarmoqda ishlash uchun xodimlar qanchalik tayyorlanganlar, ular uchun qanday o’qitish talab еtiladi?

Hosted by uCoz