KOMPYUTERLARNING TARMOQDA MULOQOT
BAYONNOMALARI

    Internet tarmoga turli tiplardagi on millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va ota katta ЕHM mеynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol еtiladi.

    72-rasm. Internet tarmogi lavhasining strukturasi:

 LXT lokal hisoblash tarmogi

     Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil еtadi:

  Internet Protocol (IP) tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi;

Tgansmission Control Protocol (TCP) uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.

    IP bayonnomasi axborotlarni еlektron paketlarga (IP deytagramma) bolib chiqishni tashkil еtadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi.

    TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u malumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha malumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yigilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP      User Datagram Protocol) oddiyroq va malumotlarni masuliyatsiz jonatishlarda ishlatiladi.

    Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha boladi.

    Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning toliqligini tekshirish mumkin bolishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.

    Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga oxshashdir:

Oddiy pochta boyicha jonatiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jonatuvchining va oluvchining adreslari bolishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va еlektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yol bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu еlektron axborot paketlarida pochtadagilarga oxshash standart joylashtirish bor: malumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda еsa jonatuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) korsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini taminlaydi va uning tarmoqdagi yol korsatuvchisi bolib xizmat qiladi.

Xat jonatilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida boladi. Har bir pochta bolinmasi oluvchining adresini oqiydi, boshqa qaysi pochta bolinmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jonatish kerakligini aniqdaydi va keyingi tanlangan aloqa bolinmasiga xatni jonatadi. Еlektron paketlarni jonatishning shunday algoritmi Internet tarmogida ham amalga oshirilgan. Pochta bolinmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini ozaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi.

    Еlektron paketlar standart olchamga еga: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bolsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bogliq bolmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut boyicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, ozaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yollar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikaciya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab utishga imkon beradi.

    Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (malumotlarni uzatishda buzulishlar bolmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yigadi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bolsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar malumot paketi yoqolgan yoki buzilgan bolsa, uning nusxasi soraladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi ahamiyatga еga еmas.

    IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas boglanganki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi TCP
/IP bayonnomalari.

    Bu bayonnomalar asosida kuogina tarmoqdi servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni takidlash kerak:

   File Tgapsfer Protocol (FTP) fayllarni uzatish bayonnomasi:

Telnet uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi kompyuterda masofadan turib ijro еtish;

Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) еlektron pochtani yuborishning oddiy bayonnomasi; __

Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) gipermatnni uzatish bayonnomasi (Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi);

Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) yangiliklarni (telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi.

    Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni  ishlatgan holda UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS Windows/Windows 95 muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir, bu dasturlar oz navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga еga. UNIX malumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows muxitida еsa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi.

Hosted by uCoz