INTERNETDA ISHLASHNING TEXNOLOGIYALARI

    Yaqin vaqtlargacha 1p1egpe1ning ommaviyligini uch omil ta’minlagan:

Ålektron pochta ( E-mail ), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-biridan bir necha o’n  ming qilometr uzoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga axborotlarni jo’natish imkonini beradi, bunda ålektron xat ham matnli, ham tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o’z ichiga olishi mumkin; kunduzi va kechasi istalgan vaqtda jo’natilishi mumkin, ålektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha jo’natilishi mumkin (ång yuqori martabali davlat va ishbilarmon arboblargacha axborotlarni yuborish mumkin); birdaniga ko’plab kanallar bo’yicha (masalan, o’z molini reklama qilgan holda) yuborish mumkin; ålektron pochta bo’yicha: Usenet tarmog’ini ishlatib dunyodagi ång yangi yangiliklarni olish mumkin, telekommunikaciyalarda axborotlarni o’qish va u erda bo’lib o’tayotgan muhokamalarda ishtirok åtish; biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin (masalan, molga buyurtma berish va uni to’lash).

• Telnet dasturi, u uzoqdagi kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishni ta’minlaydi va shu kompyuterda bevosita ishlash xissiyotini yaratadi; minglab kompyuterlar rang-barang masalalarni hammaga va istalgan vaqtda echish uchun murojaat qilishga tayyor, boshqa minglab kompyuterlarga murojaat qilish uchun åsa oldindan kirish huquqini olish uchun (nomi va maxfiy so’z) kelishib olish kerak.

• FTP (File Tgapsfer Protocol — fayllarni uzatish bayonnomasi) dasturi, u fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib o’tishni ta’minlaydi: ång yangi kompyuter dasturlarini ko’pincha bepul olish mumkin; serverdan Vatikan kutubxonasini olish mumkin, masalan, 200 ta fayldan oshiqroq. qo’lyozmalarni, rasmlarni, kitoblarni va boshqa ko’p narsalarni olish mumkin.

    Lekin keyingi yillarda Internet tarmog’i ommaviyligining shiddat bilan o’sish sabablari, chamasi, quyidagilar bo’ldi:

• bu tarmoq bilan ishlash imkoniyati UNIX OT ning buyruqlar satri yordamida åmas, balki Windows dasturi va Multimedia vositalari yordamida bo’ladi;

• WWW (Worid Wide Web — «butun dunyo turi» yoki boshqachasiga butun dunyo axborog tarmog’i) dasturlari va texnologiyasining paydo bo’lishi.

    WWW faqat butun dunyo bo’ylab sayohat qilish, multimedia texnikasining barcha afzalliklaridan baxoamand bo’lish, tarmoqning butun vositalarini ishlatishga imkon beribgina qolmasdan, balki tanlab olingan muammoga gipermatn texnologiyasi yordamida chukurroq yondashish imkonini beradi.

    Ba’zi texnologiyalarni batafsilroqko’rib chiqishdan oldin tarmoq taqdim åtadigan xizmatlarning kengaytirilgan tasnifi bilan tanishaniz. Internet xizmatlarini ma’lumot olishning vaqt oraliri bo’yicha shartli ravishda quyidagi servislarga bo’lish mumkin: kechiktirilgan javob, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri muloqot va interaktiv o’zaro harakat qilish.

    Kechiktirilgan javob guruhiga mansub xizmatlar ång ko’p tarqolgandir (off-line rejimi), ular universalroq va kompyuter resurslariga va aloqa kanallariga kamroq talabchandir. Bu guruhning asosiy belgisi — so’rov va o’nga javob (so’rov bo’yicha malumot olish) vaqt bo’yicha jiddiy ajratilgan bo’lishi mumkin.

    To’g’ridan-to’g’ri muloqat qilish xizmatlari shu bilan tavsiflanadiki, so’rov bo’yicha ma’lumot tezda kaytib keladi, lekin ma’lumot oluvchining tezda ta’sirlanishi talab åtilmaydi — u bu ma’lumotni uning uchun qulay bo’lgan istaltan vaqtda o’qib olishi mumkin.

I    nteraktiv xizmatlar so’rovga tezda javob olishni ko’zda tutadi va olingan ma’lumot tezda javob berishni talab åtadi, negaki u ko’pincha, aslini olganda, javob so’rovi bo’ladi.

 Ålektron pochta

    Ålektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha

  axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Ålektron pochtaning muhim afzalligi shundaki, oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan ham hech qanday ahamiyat kasb åtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani uchungina xak to’lanadi).

    Ålektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda ikqilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.

    Ålektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi mumkin.

    Internet dan foydalanuvchiga ålektron pochta yordamida tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat åtiladi, cho’Nki Internet ning asosiy servis dasturlari u bilan interfeysga åga. Bunda ishlatiladigan texnologiyaning moxiyati shundaki, xost-kompyuterga so’rov ålektron xat ko’rinishda yuboriladshXat matni standart jumlalar to’plamini o’z ichiga olib, ular kerakli funkciyalarga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bunday axborot kompyuter tomonidan buyruq kabi qabul qilinadi va uning tomonidan bajariladi.

    Ålektron pochta bo’yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus dasturlar kerak.

    Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:

• Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU Tgapsfer Protocol (SMTP);

• International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan

X.400.

    SMTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz punktlari kompyuterida åmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan dastur bilan ishlaydi.

    X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat telekommunikacion liniyalar bo’yicha munosib ommaviylikka årishdi.

    Umuman olganda nufuzli firma pochtaning ikkala ko’rinishiga åga bo’lishi kerak. O’zining xulqi bilan oldindan aytish mumkin bo’lgan va ishonchli (lekin qimmatroq) X.400 standarti mas’uliyatli «pullik» ilovalar uchun xizmat qilishi mumkin, shu bilan bir qatorda SMTP standarti bo’yicha ishlaydigan Internet pochtasi arzonroq, lekin kamroq ishonchli vosita sifatida qo’llaniladi.

    Windows 95 boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail dasturlaridan hozir ång ko’p tarqalganlari quyidagilardir:

— «Demos» kompaniyasining dMail 1.2;

—«Superfizika» kompaniyasining Mini Xost Internet Mijoz2.0;

 — Qualcomm kompaniyasining Eudoia Pro 3.1;

MS Internet Explorer 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Internet
Mail;

— Netscape Navigator 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail.
    Bu dasturlarning deyarli hammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
 • matnni tayyorlash;

•xatlarni o’qish va saqlash;
• xatlarni o’chirib tashlash;

• adresni kiritish;

ålektron adresli kitobni yaratish;

• xatlarni sharhlash va jo’natish;

• boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish);

• IP-ulanishlarni o’rnatish uchun modemni boshqarish;

• kechiktirilgan xatlarni jo’natish;

• yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;

• axborotlarni «papkalar» bo’yicha saralash.

    Internet jurnali (¹ 3,1996,49 bet) tomonidan aytilgan dasturlarni ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha testlash natijalari Mini Xost va Eudora dasturlarini ba’zi bir afzalligini ko’rsatdi (ular foydalanuvchi bilan ång qulay interfeyslarga ågadir, funkcional jihatdan boyitilgan va zamonaviy, lekin ular tomonidan HTML gipermatn texnologiyasini qo’llab-quvvatlash uchun tashqi dastur talab åtiladi).

    Ta’kidlash kerakki, axborotlarni ålektron pochta dasturlarining shaxsiy matn muharriri tomonidan qayta ishlansa ham, uning imkoniyatlari cheklanganligi sababli katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashni tashqi muharrir bilan bajargan ma’qul. Ålektron pochta dasturi bunday matnni jo’natishda uni qayta ishlash imkoniyatiga åga bo’ladi.

    Odatda ålektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda jo’natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar istalgan ma’lumotlarni aks åttirish imkonini beradi. SHuning uchun birga qo’shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik fayllar ishlatiladi.

    Shuni hisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok åtishda yoki qayd qilinadigan ro’yxatlarni to’zishda axborotlarni istalgan kompyuter tushinadigan ASCII kodlarida tuzish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni abonetda xuddi shunday dastur borligini bilgan holdagina jo’natish mumkin.

    MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda, qo’shish imkonini beradi.

    Ålektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter nominigina åmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda ålektron pochta bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin.

    Ålektron pochta adresining formata quyidagi ko’rinishga åga bo’lishi kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi

Internet ga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi ålektron pochtani unga shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham jo’natishi mumkin.

    Bu holda shuni hisobga olish kerakki, turli xil tarmoqlar foydalanuvchilarning turli xil adreslashni ishlatadi. Ålektron pochta bo’yicha axborotlarni boshqa tarmoqqa uzatishda u erda qabul qilingan adreslar tizimini ishlatish kerak.

    Ålektron pochta bo’yicha ma’lumot uzatishni tashkil åtish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:

• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;

ålektron pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, mail ko’rsatmasini terish kerak);

åkranning taklifi bo’yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish, «mazmun» satri paydo bo’lgandan keyin åsa axborotning qisqacha mazmumini ko’rsatish kerak;

• kiritishni klavishalarning aniq bir to’plamini bosish bilan (masalan, Ctrl Q D) tugatish kerak.

    Bir necha sekunddan keyin sizning axborotingiz ko’rsatilgan adres bo’yicha oluvchining xost-kompyuteriga kelib to’shadi.

    Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlarni olish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:

• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;

• mail ko’rsatmasini kiritish va Enter klavishasini bosish bilan kiritishni tasdiqdash.

    Monitor åkranida sizning adresingizni va joriy sanani ko’rsatuvchi satrchalar hamda sizga kelib tushgan hamma axborotlarning ro’yxatini bildiruvchi ma’lumot ham paydo bo’ladi (holi uqilmagan axborotlar ko’pincha "new" so’zi bilan belgilanadi).

    Axborotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: axborotning tartib raqani, jo’natuvchi, olingan sana va vaqt hamda jo’natuvchi to’ldirgan «mazmun» satri.

    Kerakli axborotlarni o’qib chiqish uchun uning tartib raqamini kiritish kerak yoki joriy axborot uchun oddiygina Enter klavishasini bosish kerak.

    Ålektron pochta bilan 74-rasmda ko’rsatilgan universal muloqot oynasi bo’yicha ham ishlash mumkin.

    Shunday qilib, ålektron pochta ko’plab fakslarni va oddiy pochtaning o’rnini bosish qobiliyatiga åga; ålektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir va bunda deyarli bir zumlik kommunikaciyani ta’minlaydi.

Fayllarni FTP bayonnomasi yordamida uzatish

    Internet tarmog’idan foydalanuvchilar uchun qiymatlar to’plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan almashish ham qiziqish kasb åtadi.

    Internet tarmohdagi kompyuterlar o’rtasida qiymatlar to’plamini ko’chirish File Tgapsfer Protocol (FTP) — faylni ko’chirish bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP-serverlarda saqlanayotgan ko’pgina fayllarga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga åga bo’ladi.

    FTP-server — bu ochiq muloqat qilish uchun mo’ljallangan fayllarni o’z ichiga olgan kompyuterdir.

74-rasm. Ålektron pochta bilan ishlash uchun Internetning ma’lumot oynasi.

    FTP-serverlar yoki Internet ga murojaat qilgan hammaga — noma’lum foydalanuvchilarga (noma’lum FTP) yoki murojaat qilishga vakolati bo’lgan (foydalanuvchilargagina murojaat qilishni taklif åtadi.!

    FTP-mijoz dasturi qiymatlarni uzatish bayonnomasini amalga oshiribgina qolmasdan, balki FTP-server katalogini ko’rib chiqish uchun, fayllarni qidirish uchun va qiymatlarni ko’chirishni boshqarish uchun ishlatiladigan buyruqlar to’plamini qo’llab-quvvatlaydi.

    FTP-server bilan aloqani o’rnatish uchun foydalanuvchi ftp buyruqni kiritishi, keyin åsa adresni yoki bu serverning domen adresini kiritishi lozim.

    Agar aloqa o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchi nomini kiritish taklifi paydo bo’ladi. Serverda qayd qilingan foydalanuvchi (o’nga murojaat qilishning maxsus huquqiga åga bo’lmagan) «anonymous» nomi bilan tanishishi va aniq bir fayllarga va dasturlarga murojaat qilishga ruxsat olishi mumkin. Agar maxfiy so’z so’raladigan bo’lsa, punktlari ålektron pochtasining adresini kiritish mumkin. Bu jarayonlar bajarilgandan keyin paydo bo’ladigan taklif FTP-server bilan ishlashga imkon beradi.

    Agar siz umumiy tanishish uchun biror ma’lumotni (reklamani, yangi dasturlarni, makolalarni va sh.o’.) bermoqni bo’lsangiz, Internet ga ulangan o’zingizning kompyuteringizda anonymous FTP serverini tashkil åtishingiz kerak. Buni qilish juda oddiydir, shuning uchun bunday serverlar ång ko’p tarqalgandir: foydalanuvchilarga fayllar ko’rinishda taqdim åtilishi mumkin bo’lgan deyarli hamma narsa anonymous FTP serverlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin.

    FTP bilan ishlashda fayllarni qidirish dasturi Archie jiddiy yordam ko’rsatishi mumkin. Archie qidirish mezomini ko’rsatib, siz FTP-serverlari ro’yxatini olasiz, u sizga kerakli faylni taqdim åtadi.

TELNET — uzoqdagi kompyuter bilan ishlash dasturi

    UNIX boshqaruvi ostida ishlaydigan TELNET dasturi uzoqdagi kompyuter bilan aloqa o’rnatish va uni interaktiv rejimda ishlatish imkonini beradi. Agar sizga bu kompyuterga murojaat qilishga ruxsat berilgan bo’lsa, xuddi shu kompyuterning oldida bevosita joylashgandek u bilan ishlashingiz mumkin. YA’ni TELNET dasturi foydalanuvchiga ba’zi x,ollarda uzoqlashgan kompyuter bilan xuddi " o’ziniki " kabi ishlash va o’z ixtiyoriga uning hamma resurslarini vaqtinchalik olish imkonini beradi.

    Telnet va undan zamonaviyroq Remote Access dasturi «uy ofislarini» tashkil åtishda, ya’ni mutaxassislarning uyda ishlashida samarali foydalaniladi.

Ma’lumot. 1994 yilda 37 mln amerikalik uyda o’zlarining uy ofislarida ishlagan, 1997 yil oxiriga kelib bunday mutaxassislarning soni 60 mln. dan oshib ketgan.

    Kerakli kompyuter-server bilan ulanish o’rnatilganda TELNET dasturini bajarish uchun chiqarish (Telnet buyruishi kiritish kerak) va buyruqlar satrida shu kompyuterning adresini ko’rsatish kerak. Ulanish jarayonida xost-kompyuter foydalanuvchining nomini so’raydi. Uzoqdagi tizimda ishlash uchun foydalanuvchi u erga murojaat qilish huquqiga åga bo’lishi kerak.

    Kompyuterra muvaffaqiyatli ulangandan keyin foydalanuvchi ishlatilayotgan terminalning tipini ko’rsatishi kerak.     Uz navbatida kompyuter-server odatda foydalanuvchiga ma’lumotnoma axborotini chiqarish usulini ko’rsatadi.

    Uzoqdan turib murojaat bilan ishlash «shaffof» rejimda olib borilishi mumkin, bunda serverdagi va mijozdagi dasturlar faqat ulanish bayonnomasini ta’minlaydi (siz o’z kompyuteringiz buyruqlarini ishlatasiz, TELNET dasturi åsa xuddi ko’rinmas yoki «shaffof» bo’lib qoladi) yoki mijoz serverning buyruqlari to’plamini o’z ixtiyoriga oladi.

    Ta’kidlash kerakki, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, Telnet ni Internet ga ulash uchun ishlatishga imkon beradigan Internet ning uzellari sonini qisqartirish g’oyasi belgilanmoqda.

Ko’pincha Telnet dasturini ishlashi uchun serverlarning quyida-
tilarni o’z ichiga olgan huquqlari bor:
—kutubxona kataloglari;
ålektron å’lonlar taxtasi.

 

Ålektronli å’lonlar taxtasi

    Ålektronli å’lonlar taxtasi (Bulletin Board System — BBS) ko’pincha Internet ga bog’liq bo’lmagan ravishda mavjuddir— bu kompyuterlar bo’lib, ularga telefon tarmog’i orqali modemlar yordamida ulanish mumkin. BBS haqiqiy å’lonlar taxtasiga o’xshab, almashinishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar okib keladigan joydir. BBS yordamida umumiy tanishish uchun å’lonlarni chop åtish mumkin, aloxida shaxslarga axborotlarni jo’natish mumkin yoki «taxtada» ma’lumot qoldirish mumkin, uni oluvchi o’ziga qulay bo’lgan istalgan vaqtda olishi mumkin.

    BBS ko’chirib yozish mumkin bo’lgan fayllarga åga, munozaralar o’tkazish, turli xil uyinlarda ishtirok åtish va o’z tarkibida ålektron pochta tizimiga åga bo’lish imkonini beradi.

Ång yirik va mashxur ålektron å’lonlar taxtasi tizimi CompuServe tizimidir. Unda ikki milliondan ortiq foydalanuvchi bor. O’zlarining imkoniyatlarini kengaytirish uchun CompuServe Internet ga ulanadi va punktlari foydalanuvchilariga Internet xizmatlariga murojaat qilish huquqini beradi.

    Lokal telekommunikacion tizimlari tashkil åtilgan ko’p sonli BBS larning paydo bo’lishi ålektron pochta, fayllar, ålektron telekonferenciyalarni tizimlararo almashish åxtiyojiga olib keldi. Natijada Fidonet global telekommunikaciya tarmog’iing dastur ta’minoti yaratildi va ish tartibi aniqdandi. Fidonet tarmog’iing yaratilishi minglab BBS lokal pochta qutilarini birlashtirish va ular uchun ålektron pochtaning umumiy tizimini yaratish imkonini berdi.

    Xizmat ko’rsatishning nisbatan arzonligiga qaramasdan, BBS muloqot tizimlaridan hech biri foydalanuvchilarga Internet tarmog’i taqdim åtgan imkoniyatlarni bera olmaydi.

Usenet telekonferentsiyalari

    Ålektron pochtaning keyingi rivojlanishi «ålektron gazeta» dir, uning obuunachilari bir vaqtning o’zida uning muxbirlari hamdir. Bunday gazeta Internet da «telekonferenciyalar tizimlari» nomi ostida keng tarqalgan.

    Telekonferenciya tizimida, ålektron pochtadan farqdi ularoq, axborotlarni aniq bir abonentga åmas, balki butun bir shaxslar guruhiga (hamma xohlovchilarga) jo’natish asosiy rejim hisoblanadi. Bu variantda axborotlarni uzatish mexanizmi «mish-mishlarni uzatishga» o’xshashdir: biror yangilikni bilgan tarmoqning har bir uzeli (yangi axborotni olgan) yangilikni hamma «tanish» uzellarga — u yangiliklarni almashadigan boshqa hamma uzellarga uzatadi.     Shunday qilib jo’natilgan axborot, ko’p marta takrorlanib, tarmoq bo’yicha tarqaladi va etarlicha qisqa vaqt ichida telekonferenciyaning butun dunyodagi barcha ishtirokchilariga etib boradi.

    Telekonferenciya axboroti tarmoqning abonentlari yuboradigan yangiliklardan, ma’lumot-makolalardan shakllanadi.

Boshlanishda Usenet tizimi avtonom tizim bo’lib, butun dunyo bo’yicha kompyuterlar o’rtasida yangiliklarni ko’chirib olib yurish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik u Internet tarmog’aga to’liq birlashdi va åndi Internet uning butun axborotlarining tarqalishini ta’minlaydi. Bu texnologiyani amalga oshirish uchun tarmoqda Usenet dasturi bor.

    Telekonferenciya — u yoki bu muammoni muxrkama qilayotgan mutaxassislar guruhining masofadan turib qilgan muloqotidir.

    Telekonferenciyalar mavzu bo’limlari bo’yicha bo’linadi. Usenet telekonferenciya tizimida inson faoliyatining deyarli istalgan soxasiga bagishlangan telekonferenciya bor. Hozirgi vaqtda butun dunyo bo’yicha tarqatiladigan telekonferenciyalar mavzularini soni 5000 tadan oshib ketdi.

    Telekonferenciyalar ierarxik tamoyil bo’yicha tashkil åtilgan va yuqori daraja uchun ettita asosiy bo’lim tanlangan. O’z navbatida ularning har biri yuzlab qims guruhdarni qamrab oladi. Faylli tizimning tashkil åtilishini åslatadigan daraxtsimon struktura hosil bo’ladi. Asosiy bo’limlardan quyidagilarni ajratish mumkin:

• comp— kompyuterlar bilan bog’liq mavzular;

• sci — ilmiy tadqiqotlar soxasidagi mavzular;

• news — Usenet ma’lumotlari va yangiliklari;
• soc — ijtimoiy mavzular;

• talk — munozaralar.

    Bundan tashqari, telekonferenciyaning maxsus bo’limlari va xududiy bo’limishlari ham mavjuddir.

    Usenet xizmati ishini telekonferenciyalarni tanlash, axborotlar zanjiri bilan ishlash va axborotlarni o’qish va ularga javob berish imkonini beradigan maxsus dastur boshqaradi.

    Bu dastur telekonferenciyaga obuna bo’lish vazifasini ham bajaradi. Foydalanuvchi mavzuni tanlashi mumkin va dastur foydalanuvchini uni qiziqtirgan yo’nalish bo’yicha axborotlar bilan ta’minlaydi. Agar foydalanuvchi hech qanday cheklanishlar kiritmasa, u holda uning xost-kompyuteri bilan aloqada bo’lgan hamma telekonferenciyalarga obuna bo’lish indamasdan amalga oshiriladi.

    Biror telekonferenciyada qatnashganda off-line rejimida ixtiyoriy abonent u erga o’zini qiziqtirgan mavzu bo’yicha axborotlarni jo’natishi mumkin.

    Bu jarayonni bajarishning ikki usuli mavjuddir:

•maqola muallifiga javobni bevosita uning ålektron pochtasining adresi bo’yicha yuborish;

•punktlari axborotini telekonferenciyaning barcha ishtirokchilari ixtiyoriga taqdim åtish.

    On-line rejimida WWW qism tarmog’i bo’yicha telekonferenciya haqiqiy vaqt oralig’ida o’tkazilishi mumkin. Uning hamma ishtiroqchilari bir vaqtning o’zida o’zlarining kompyuterlari oldida joylashadilar va telekonferenciyani borish jarayonida quyidagi imkoniyatlarga ågadirlar:

• sheriklarga matnlarni, tasbirlarni ko’rsatish;

• audiomuloqotni olib borish ( videokonferenciya tizimlarida videomuloqat, buning uchun yuqori o’tkazish qobiliyatli aloqa kanallari va modemlar, videokamera bilan jihozlangan multimediali kompyuterlar talab åtiladi);

åkranlarda tasbirlarning kerakli qismlarini ajratish uchun masofali ko’rsatgichdan foydalanish;

• fayllarni va axborotlarni yuborishni boshqarish.

Gopher xizmati 

    Internet ning bu xizmati WWW ga o’xshash vazifani bajaradi,

lekin menyu bo’yicha yondashishdan foydalanadi. Menyuda mundarajada qilingani kabi turli mavzular bo’yicha ma’lumotlar sanab o’tiladi. Menyu satri mavzu bo’yicha qims menyu yoki fayllar ko’rinishiga åga bo’ladi. Shunday qilib, foydalanuvchilar, ular qaerda joylashishlaridan kati nazar, menyu satrining tarmoq serverlarida mavjud bo’lgan fayllarni engilgina topishlari va ularni o’qib ko’rishlari mumkin.

    Gopher turli tipdagi fayllarni — matnli, tovushli, dasturli

va x-k. qo’llab-quvvatlaydi.

Hosted by uCoz