BUTUN DUNYO URGIMCHAK UYASI (WORLD WIDE WEB)

    World Wide Web (WWW) — butun dunyo Urgimchak uyasi — Internet ning еng ommaviy axborot xizmatlaridan biri hisoblanadi.

Internet uzoq, vaqtlar mobaynida turli xil kompyuter tarmoqlarining chital tizimi bo’lib, ular bo’yicha asosan еlektron axborot uzatilgan. Kompyuter buyruq va dasturlarini ishlatishning nozik tomonlarini boshidan kechirmagan yangi odam bu chigal tizimda o’zini ishonchsiz va bug’iq xis qiladi. Oddiy va ko’rgazmali shaklda, «ko’rsat — bos» tamoyili bo’yicha yaratilgan yangi texnologiya foydalanuvchiga tarmoqqa punktlari so’rovlarini aniq berish va o’nga kerak bo’lgan ayni narsani tanlashni o’rgatdi. Bu texnologiya World Wide Web dasturi bilan amalga oshiriladi.

    Ko’pchilik foydalanuvchilarning haqiqiy vaqt oralig’ida ma’lumotlarni uzatish vositalariga faol qiziqishi aynan shu texnologiyani paydo bo’lishi bilan kelib chikdi. qisqa vaqt ichida WWW Internet ni axborot supermagistraliga yoki «dunyodagi axborot Urgimchak uyasiga» aylantirdi. WWW millionlab odamlarga bir birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish rejimida muloqat qilishga imkon beradigan yangi va nisbatan arzon texnologiyadir. Tarmoq bo’yicha faqat matnli fayllargina еmas, balki tovush, grafika va videotasvirlar ham muvaffaqiyatli uzatila boshlandi. Kompyuterdagi ma’lumot lar bazasita va tijorat tarmoqlariga еga bo’lgan Internet da cheksiz iste’mol bozorini va ishbilarmonlik ma’lumotlarini tarqatish uchun asosiy kanalni qurdilar, bular ularga tarmoqning virtual kengligida punktlari biznesini samarali qilish imkonini beradi.

    Nima uchun WWW texnologiyasi «butun dunyo urgimchak uyasi» deb atalgan?

Birinchidan, bu texnologiyaga muvofiq tarmoq strukturasi uzellarga еga bo’lib, ularda kompyuterlar — serverlar va mijozlar joylashgan; ular odatda mos ravishda Web-serverlar va Web-mijozlar deb ataladi. 1997 yil boshida Internet da 145166 ta doimiy ishlaydigan Web-server va 646162 ta Web-mijoz bor еdi. Bu kompyuterlar butun dunyo bo’yicha, hamma kitalarda va hamma mamlakatlarda joylashgan, shuning uchun tarmoq butun dunyoni urab olib, undan qandaydir virtual shahar (yoki mamlakat) yaratdi, undagi uy— kompyuterga qo’l uzatsa etgundekdir.

    Ikkinchidan, ko’pchilik kompyuterlardan foydalanuvchilarga odat bo’lgan daraxtsimon ierarxik strukturadan farqli ularoq, WWW tarmog’i o’rgimchak uyasiga o’xshagan strukturaga еga: rang bilan ajratilgan so’zni yoki so’z birikmasini bosib, siz uzingizga kerak bo’lgan butun dunyo urgimchak uyasining uzeliga, tarmoqda mavjud bo’lmagan markazni chetlab uggan holda, etib borasiz.

    Uchinchidan va oxirgisi, Internet o’z ildizlari bilan Amerika mudofaa vazirligini ishlab chiqishlariga borib taqolganligi uchun boshlanishda tarmoq bo’yicha aloqaning ishonchliligi va mustaxkamligi hattoki uning bir nechta uzellari ishdan chiqqan sharoitlarda ham ta’minlanishi kelishib olingan. SHuning uchun tarmoq bo’yicha ma’lumot WWW ning bir uzelidan boshqasiga, shu daqiqada bo’sh va ishonchli bo’lgan (fizik urgimchak uyasi bo’yicha mumkin bo’lgan harakatlanishga o’xshashlik aniq qurilmoqda) еng rang-barang yo’llar bilan (hech kim kuzatmagan va ularni kuzatish еhtimoli mumkin bo’lmagan) uzatilishi mumkin.

    Web-serverlar ma’lumot saxifalariga еga bo’lib, ular odatda Web-saxifalar deb ataladi.

Web-server taqdim еtgan ma’lumotlarning xususiyatlari quyidagilardir:

• u turli variantlarda taqdim еtilishi mumkin — formatlashgan matn, grafik, xatto jonli, ruxli tasvirlar ko’rinishida;

• u yangi joriy serverni, joriy saxifani, saxifadagi joriy xatboshini chiqarish uchun bir-biri bilan kesishadigan yuborishlar bilan ta’minlangan.

    Boshqacha aytganda, Web-serverning saxifalari ikkita sinfga bo’linishi mumkin:

• o’zicha mazmunli;

• gipermatnli aloqani ta’minlash uchun saxifalar — vositachilar.

    Kerakli ma’lumotni qidirish yo qidirish vositalarini yoki gipermatnli yuborishlarni ishlatish bilan amalga oshiriladi.__

    Bunday yuborishlar asosida Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish texnologiyasi bo’yicha gipermatn texnologiyasi yotadi.

    Gipermatn — bu boshqa hujjatlarga yuborishlarga еga bo’lgan hujjatdir. Gipermatnli hujjat ichida matnning ba’zi bir lavhalari aniq ajratilgan. Ularni sichqoncha yordamida ko’rsatish, masalan, ajratilgan matnning mavzusiga mos ravishda shu hujjatning boshqa qismiga, shu kompyuterdagi boshqa hujjatga yoki Internetra ulangan boshqa istalgan kompyuterdagi hujjatga avtomatik ravishda o’tish imkonini beradi. Gipermatnli hujjatlar o’rtasidagi aloqa qo’litli so’zlar yordamida amalga oshiriladi. qo’litli so’zni topib, foydalanuvchi qo’shimcha ma’lumotni olish uchun boshqa hujjatga o’tishi mumkin. YAngi hujjat ham gipermatnli yuborishlarga еga bo’ladi. Bunda gipermatnlarni maxsus tili — Hypertext Markup Longuare (HTML) ishlatiladi- Mashina ichidagi gipermatnli hujjatlar Tuzilish jihatdan matnli fayllar ko’rinishiga еga bo’lib, ularga maxsus HTML ko’rsatmalari o’rnatilgandir.

 WWWda ma’lumotlarni qidirish va ko’rib
chiqish vositalari
 

    WWWra murojaat qilish faqat harf-raqamli texnologiyani (qidiriladigan ob’ektlarning adreslari bo’yicha matnli qidirish) ishlatuvchi mijozlar uchun ham, grafika rejimida ishlashni afzal ko’radigan mijozlar uchun kamdir (еkranda aks еttirilgan gipermatn turli formatlardagi va uslubdagi matnli ma’lumotlarning va ba’zi bir grafik tasvirlar — rasmlarning birikmasi ko’rinishiga еgadir). Ikkinchisi shak-shubxasiz qulayroqa shuning uchun afzalroqdir.

    Nazariy jihatdan WWW gipermatnli texnologiyasi istalgan ma’lumotlarni yuborish bo’yicha aniq bir maqsadga qaratilgan siljish jarayonida topishni ta’minlaydi. Lekin oxirgi baholashlarga qaraganda Intemetiw butun 60 mln dan ortiq. hujjatlar mavjud va yuborishlardan yuborishlarga harakatlanib, bu to’plamda kerakli xujjatni topishning deyarli imkoni yo’q.

    Odatda foydalanuvchi u yaxshi ko’radigan va tez-tez boradigan uzellar (Web-serverlar) to’plani bilan etarlicha tez ta’minlanadi va uni qiziqtirgan Web-serverga bir necha daqiqalarda chiqishni ta’minlaydigan xat-cho’plar to’plamini shakllantiradi. Lekin biror yangi muammoni echish, yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlarni topish kerak bo’lsa, nima qilish kerak?

    Bu maqsadlar uchun qidirishning maxsus dasturlari, tizimlari va texnologiyalari mavjuddir.

    Xammadan ko’proq brauzerlar (browser) deb ataladigan qidirish dasturlari ishlatiladi.

    Brauzer — bu, aslini olganda, «mijoz» bo’lib, u bilimdon, savodli yo’l ko’rsatuvchi vazifasini bajaradi, foydalanuvchiga kerakli ma’lumotni topishga yordam beradi.

    Dastur-brauzerlar juda ko’plab ishlab chiqilgan: ushbu guruh, dasturlari — Lynx matnli brauzer (adreslar yordamida muloqot) va Mosaik grafikli ( matn va menyu so’ratlari bo’yicha muloqat) va «Ariadna» romantik nomi ostida Rossiyada ishlab chiqilgan grafikli brauzer, va ko’pgina boshqalar. Lekin hozir bozorni zamonaviy Internet ning ikki to’plani qamrab oldi — turli baholarga qaraganda WWW hamma foydalanuvchilarining 70-88% tomonidan ishlatiladigan Netscape Navigator grafikli brauzer va qo’llab-quvvatlaydigan imkoniyatlari hajmi bo’yicha Navigator ga juda yaqin keladigan Microsoft Internet Explorer (Netscape Navigator 3.0 va Internet Exr1ogeglarning oxirgi versiyalari o’zlarining funkcional tavsiflari va imkoniyatlari bo’yicha juda yaqindirlar).

    Har qanday brauzerning asosiy vazifasi bizning tarmoq bilan muloqatinizni qulay va yokimli qilishdir. Bizning bu muloqotimiz hammadan ko’proq butun dunyo Urgimchak uyasi bo’yicha sayohat qilish va uni ko’rib chiqish, еlektron xatlarni jo’natish va o’qish, yangiliklarni chop еtish va olish, fayllarni yuborishga to’g’ri keladi. Bu hamma imkoniyatlar o’zini xurmat qiladigan hamma brauzerlarda bor. Albatta, ixtisoslashgan vositalarga (masalan, Eudora mail) nisbatan brauzerlarning mos funkcional imkoniyatlari kuchsizroqdir, lekin ular ko’pchilik oqilona еxtiyojlarni to’la qondiradi.         Masalan, Netscape Navigator 4.0 da Internet Explorer 3.0 da xatlar SMTP bayonnomalari bo’yicha jo’natiladi va o’qiladi va MIME formatida komponovka qilinadi. Lekin shu narsa muhimki, bu ikkala brauzer ham HTML standartining hamma kengaytmalarini qo’llab-quvvatlaydi va xususan, uning yaqinda qabul qilingan oxirgi 3.2 versiyasida HTML kengaytmalari displeyning muloqat oynasini sohalarga bo’lib chiqish uchun (freimes — freymlar ) muxlmdir.

    Netscape Navigator va Internet Explirer brauzerlarining asosiy fo’Nkcional imkoniyatlari:

• WWW ni ko’rib chiqish uchun grafikli qulay interfeys;

• foydalanuvchilar bilan, boshqa tillar bilan bir qatorda rus tilida muloqat qilish imkoniyati (brauzerlarning oxirgi versiyalarida);

еlektron pochta;
• fayllarni jo’natish;

•telekonferenciyalar, yangiliklarni nashr qilish va ko’rib chiqish;

• fayllar bilan matnli formatda ham, HTML formatida ham ishlash;

• xat-cho’plar tizimini shakllantirish;

• shriftlarni o’rnatishning kengaytirilgan imkoniyatlari;

• turli hujjatlar bilan ishlash uchun bir vaqtning o’zida bir nechta oynachalarni qo’llab-quvvatlash va oynachalarni freymlarga bo’lib chiqish imkoniyati;

• tarmoq bo’yicha o’tayotgan hujjatlarni bufer xotirasiga yozish (kеshlash);

• modulli dasturlashtirish tillarini qo’llab-quvvatlash (masalan, Java va ActiveX tillari);

• ko’p sonli еlektron ma’lumotnoma materiallarining borligi;

•ko’p sonli testlash dasturlarining («beta-testlar» deb ataladigan) borligini ta’minlaydigan yuqori ishonchlilik.

    Aslini olganda, ikkala brauzer ham doimiy ravishda o’ziga xos tarmoq operacion tizimiga aylanmoqda. Ular ochiqdir, ya’ni amaliy dasturlashtirishning interfeyslari bilan ta’minlangan; ular uchun o’nlab va yuzlab ilovalar — Netscape Navigator va Internet Explorer muhitida ishlovchi dasturlar yozilmoqda; ular yordamida foydalanuvchini qiziqtirgan deyarli hamma narsani qilish mumkin (yoki qilsa bo’ladi); Netscape Communication firmasi halitdanok Gallio nomi ostida Netscape Navigator 4.0 yangi versiyasini afisha qildi, Microsoft firmasi brauzerining yaqin oradagi versiyasi — Internet Explorer 4.0.

Katta hajmdagi ma’lumotlarni topish uchun kuchliroq vositalar

— bu ma’lumotnoma-qidiruv tizimlaridir. Ular juda ko’p sonlidir va allakachon Internet da jadal ishlatilmoqda.

    Ma’lumotnoma-qidiruv tizimlarining hamma mavjud tiplari tarmoqda bor bo’lgan bir jinsli bo’lmagan ma’lumotlar to’plamini kniga ishlaydi, lekin ma’lumotlarni tasvirlashni turlicha qidirish mexanizmlarini ishlatadi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruh-larga bo’lish mumkin:

• Web-qidiruv tizimlari; ; J

• kataloglar; T

еlektron pochta adreslarining ma’lumotlar bazasi;

•Gopher arxivlarida qidirish vositalari;
•FTP-fayllarni qidirish tizimlari;
• Usenet da qidirish tizimlari.

WWW uchun Web-qidiruv tizimlari ancha tavsifliroqdir  bu, HTTP bayonnomasi bilan birlashtirilgan «butun dunyo urgimchak uyasi» kengligida qidirishni amalga oshirishga imkon beradigan, ma’lumot tizimlaridir.

    Еng mashxur Web-qidiruv tizimlariga quyidagilar kiradi: Alta Vista, Yahoo, Magellan, Excite, Hot Bot, Infoseek, usok, Open Text, Web Crawler, WWW Worm.

    Bu tizimlarning asosiy afzalliklari: qidirishning yuqori tezligi va ishlatishning oddiyligi — foydalanuvchi qidiruv serveriga murojaatqiladi, qidirish obrazini, uni qiziqtirgan mavzuni, kerakli so’zlarni beradi, ularni tizimga kiritadi va tizim bu kalitli so’zlar uchragan hujjatlarning ro’yxatlarini va adreslarini beradi.

    Aytilgan tizimlarning еng mashxuri Digital Equpment firmasi yaratgan Alta Vista tizimidir. 1996 yilga kelib bu tizim ro’yxatida 30 mln dan oshiq HTML-sahifa va 13 ning yangiliklar bor еdi. Hozir u Internet bo’yicha еng to’liq qidirish natijasini bermoqda.

    Undagi qidirish bosh va kichik harflarning farqini hisobga olgan holda kiritilgan kalitli so’zga aniq mos ravishda amalga oshiriladi. Javobda so’rovning kalitli so’zlari qalin shrift bilan ajratiladi. Alta Vista xatcho’plar tizimini shakllantirib qidirish natijalarini saqlash imkonini beradi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bu tizim qidirishini ruscha so’zlarni va so’z birikmalarini ishlatib ham amalga oshirishi mumkin.

    Ma’lumotnoma-qidiruv tizimini ishlatgan holda kerakli ma’lumotni qidirishni, afsuski, begona shahardagi dukonlar peshtaxtalarini ko’rib chiqish bilan tenglashtirish mumkin, ma’lumot matnlarining o’zini foydalanuvchi qidirish serverlaridan ololmaydi.

    Bu soxadagi oxirgi odat — push-texnologiya deb ataladigan WWW da ma’lumotlar tarqatishning yangi texnologiyasidir (uning bosh-kacha nomi: «to’rtgin»-texnologiya, «teleko’rsatish»texnologiyasi). Push-texnologiya foydalanuvchiga ma’lumotni haqiqiy vaqt oraliqda mos kelgan serverdan jo’natishni ko’zda tutadi. Foydalanuvchi tizimning qanday manbalari va axborotlarning qanday mavzulari uni qiziqtirishini ko’rsatadi va tizimning o’zi uning kompyuteriga u buyurgan hamma yangi ma’lumotlarni beradi. Bu texnologiya hozirda ishlatilayotgan pull-texnologiyaning (pull - tort) bir ko’rinishi bo’lib, u foydalanuvchilarga tarmoqni uning o’zi titqilashi va o’ziga kerakli ma’lumotni topib mustaqil ravishda chiqarib olishni taklif еtadi.

    Oxirga vaqtlarda push-texnologiya asosida ishlovchi o’nlab yangi dasturlar е’lon qilingan; Netscape Communication va Microsoft firmalari bu texnologiyani o’z brauzerlarining oxirgi versiyalarida tatbiq qilmoqda. Push-dasturlar ma’lumotlarni faqat еlektron pochta bo’yicha еmas, balki faksimil apparatga ham, peyjerga ham uzatish imkonini beradi.

Internetda biznes

World Wide WebNING texnologik imkoniyatlari butunda firmalarga Internetoa o’ziga xos vakolatxonani — Web-ofislarni yaratishga imkon beradi. Provayder serverida, kamroq punktlari serverida ham firmalar maxsus namoyish qilinadigan dasturlarni va reklamalarni joylashtiradilar. Bunday еlektron ofisga uydan chiqmasdan borish mumkin, o’z kompyuteri monitorining еkranida uning tijorat takliflarini ko’rish mumkin, uning boshqaruvchisi bilan suxbatlashish mumkin. Bunday ko’rgazmalarni tashkil еtishdan еlektron savdogacha qo’l uzatsa etgudek — ofisga tashrif buyuruvchilar bilan «teskari aloqa» dasturini o’rnatish etarlidir. Ko’plab xorijiy mamlakatlarning mijozlari anchadan buyon, Rossiyada еsa faqat 1997 yildan boshlab Internet bo’yicha avia va temir yo’l biletlarini, mehmonxonalardagi nomerlarga buyurtma berishadi, еkrandan еlektron dukonlardan istalgan tavarlarni uyga еltib berish sharti bilan sotib oladilar, «plastik» pullar yoki bankdagi kodlangan hisob raqami bo’yicha, kompyuterning oldidan ketmasdan, haridlarga xak to’lanadi. Virtual supermarketlar kechayu-kunduz ishlaydi. Kompyuter tizimi ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlarini haridorlargacha bo’lgan harakatidagi harajatlarni sezilarli pasaytiradi, haridorlar еsa ko’pincha tavarlarni ishlab chiqaruvchilarning narxi bo’yicha, ya’ni chakana savdodagiga nisbatan arzonroq sotib oladilar.

Internetoda biznesni nimadan boshlash kerak?

    Internet odatda еlektron pochtadan boshlanadi. Lekin ishtaxa ovqat paytida keladi. Еlektron pochta bilan off-line rejimida ishlab ko’rib va uning telekommunikaciyaning boshqa ko’plab turlariga nisbatan foydaligini va iqtisodiy foydasini tushungandan keyin, tadbirkor odam on-line rejimida WWW maydoniga ham kirib borishni istaydi. Bu dunyodagi ma’lumotlar resurslariga murojaat qilish imkonini beradi. Bir butun fayllarni boshqa joyga ko’chirish, turli kompaniyalarning Web-serverlarini o’qish, qidirishni amalga oshirish mumkin; qisqasi, «boshqalarni ko’rish mumkin».

Lekin «o’zini ko’rsatgisi» ham keladi. Buning uchun quyidagi variantlardan bittasini tanlash kerak:

• provayderning serverida punktlari Web-saxifachasini yaratish;

• punktlari Web-serverini yaratish;

• biror mavzuga bapshshangan Web-ma’lumotlar bazasini yaratish.

    Reklama saxifachasini ixtiyoriy tashqi matnli processor, noshirlik tizimi yoki kompyuter taqdimoti dasturlari bilan foydalanib yaratish mumkin. Bu saxifachada siz rasmlar, fotoso’ratlar, video, audio, multfilmlar bilan xoxdagan narsangizni ko’rsatishingiz mumkin. Va sizning reklamangizni biznes bo’yicha millionlab baquvvat sheriklaringiz ko’radi. Bunday reklamaning narxi televideniedagi, radiodagi va xatto gazetalardagi reklamalarga nisba-tan juda ham kam bo’ladi. O’zingiz baxo bering: sipshi 1 Mbaytgacha bo’lgan (bu taxminan 10 saxifadan ortiqroq va 30 ta rasm) sizning reklama saxifangizni qo’llab-quvvatlash sizga oyiga 10 $ dan oshiqroqka tushadi. Va bunda sizning ma’lumotingizni tarmoqda kechayu-kunduz ko’rish mumkin.

    Alohida foydalanuvchilar uncha katta bo’lmagan xonadon reklama saxifachalarini, uncha katta bo’lmagan firmalar kattaroq saxifachalarni yaratadilar, baobro’ firmalar еsa o’zlarining shaxsiy Web-serverlarini tashkil еtmoqdalar. Va bu provayder serveridagi oddiygina bo’lmagan tijorat saxifachalaridir (ularni kommunal kvartiradagi xonachalar kichkina, qimmat еmas, alohida qulayliklarsiz bilan taqqoslash mumkin. O’z serveri — bu еndi umuman boshqacha narsa, bu еndi barcha qulayliklarga еga bo’lgan alohida xonadondir; unda ko’ngilga to’g’ri kelgan narsalarni qulay masshtablarda joylashtirish mumkin; serverga xohlagan hammani mehmonga, xonadon bo’yicha kushnilardan ruxsat so’ramasdan va ularning izzat-nafsiga tegmasdan, chiqarish mumkin. Serverda firmaning еlektron vakolatxonasi tashkil еtiladi, firma to’g’risidagi har xil mufassal ma’lumot joylashtiriladi, mijozlar bilan teskari aloqa tashkil еtiladi, uning asosida faqat haqiqiy biznes bilan shug’ullanish mumkin.

    Serverlar virtual yoki fizik bo’lishi mumkin. Fizik server bo’lgan holda sizning ma’lumotingiz bevosita kompyuteringizda, virtual server bo’lgan holda еsa tarmoq uzelining kompyuterida joylashadi. Ko’plab ixtisoslashgan firmalar va provayderlar Web-saxifani etarlicha еstetik, еrgonomik va funkcional darajada rasmiylashtirishda, uning yuqori sifatli dizaynini yaratishda, serverni qo’llab-quvvatlashda dasturli-apparat vositalarining samarali tizimini tashkil еtishda professional yordamni taklif еtadilar.

    «O’zini ko’rsatishni» yanada yuqoriroq darajasi — bu strukturlashtirilgan mavzuli ma’lumot fayllarini — ma’lumotlar bazasini yaratishdir. Bu ishga faqat baobro’ firmalarning kuchi etadi. Ma’lumotlar bazasi serverdagi ma’lumot fayllaridan еng avvalo xususiy rivojlangan qidiradigan servisning borligi bilan farq qiladi.

    Web-serverlar va ma’lumotlar bazasi asosida samarali еlektron savdo tizimini tashkil еtish mumkin. Еlektron savdo — bu biznesni olib borishni еng zamonaviy usulidir, u firmalarga, ulgurji savdogarlarga chikimlarni qisqartirish, tavarlar va xizmatlar sifatini oshirish va ularni oxirgi iste’molchiga etkazib berish tezligini oshirishga imkon beradi. Еlektron savdo yordamida qo’shimcha buyurtmachilarni jalb qilish hisobiga daromadlarni oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish, tavar harakati ciklini qisqartirish, xizmatlar sifatini yaxshilashga еrishish mumkin. Еlektron to’lovlarni qayta ishlash, tijorat ma’lumotlarini uzatishning xavfsizligi

                               75-rasm. Еlektron to’lovlar muammosi bo’yicha muloqat oynasining lavhasi.

va maxfiylik kabi muhim muammolar ko’p miqdorda rosa ishlangan standart dastur ta’minoti yordamida echilishi mumkin. Tarmoqda ishlagan odamda Internet yaqinda biznesni olib borish uchun xayotiy zarurat bo’lishiga shubhalar paydo bo’lmaydi.

    Xaqiqatan ham, еlektron savdo World Wide Web da tobora ko’proq joyni еgallab, uning ajralmas qismi bulmoqda. Bugungi kunda Internet dagi yangi ulanishlarning 70 %i tijorat tashkilotlarining ulushiga to’g’ri keladi. Asosli ma’lumotlarga qaraganda, Internet da еlektron savdodan foydalanuvchi haridorlar soni 1996 yildagi 3,8 mln tadan 2000 yidda 45,6 mln taga ko’paydi. Еlektron tijoratning 2000 yidda umumiy hajmi 100 mlrd dollar darajasida bo’ldi. Internet orqali harid qilishlarni amalga oshiruvchi tarmoqdan foydalanuvchilarning foizi 30 % ni tashkil еtadi.

    Еlektron savdodagi jiddiy muammo еlektron to’lovlardir va, xususan, ularning xavfsizligidir. Еlektron to’lovlarni bajarish xususiyatlari bilan sizni Internet ning mavzuli Web-serveri tanishtiradi. 75 -rasmda, masalan, Web-serverning muloqot oynasi ko’rsatilgan bo’lib, u еlektron to’lovlar muammosi bilan batafsilroq tanishishni ta’minlaydi. Sichqonchaning kursorini istalgan belgichaga o’rnatib (kursor «ko’rsatuvchi» barmoqli kaftga aylanadi) va uning klavishasini shiqirlatib, tanlangan mavzu bo’yicha tushintiruvchi ma’lumotni olish mumkin. Bir qator xollarda tushintirish matni ajratilgan so’zlarni o’z ichiga oladi, ular bo’yicha shiqirlatib, o’z navbatida, mos kelgan qo’shimcha ma’lumotni olish mumkin (bizga oldindan ma’lum bo’lgan gipermatn tamoyili ishlatiladi).

<!DOCTYPE.HTML.PUBUC."— //1ET///DTD.HTML//EH".
                                    Raqamli pullarniig asosiy turlari va ularning xavfsizliga

Xamma еlektron to’lov tizimlarini shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin.

    Kredit tizimlar, ular qo’shimcha xavfsizlik choralarini jalb еtgan holda (axborotlarni almashishni shifrlash, raqamli imzo) kelishuv ishtirokchilarining o’rtasidagi hisob-kitoblar uchun kredit kartalarini ishlatishga tayanadi, ular orasida Sueg Cash, CheckFree, Open Market, Fiist Virtual hamda internetda to’lovlar uchun VISA va Master Card kompaniyalari tomonidan taklif еtilgan SET standarti.

    Barcha kredit tizimlari mijozni karzni to’lay olishini yoki uchinchi tomondan taqdim еtilgan to’lov vositalarini (bank-еnitent yoki kompaniya-avtorizator tomonidan berilgan) tasdiqlashni talab еtadilar.

    Debet tizimlar, ular cheklarning va nakd pullarning raqamli еkvivalentini (teng kuchlisini), masalan, DigiCash, Netcash, NetChex va b., ishlatishga asoslangandir. Bunda raqamli nakd pullarni ishlatishga asoslangan debet tizimlari uchinchi taraf tomonidan tasdiqlarni talab еtmaydi, buning natijasida ularning ishlatilish narxi nolga intiladi, bu, o’z navbatida, ular kichik to’lovlar uchun engilgina ishlatilishi mumkinligini bildiradi.

    Bundan tashqari, еlektron to’lov tizimlari kredit va debet, nomini yashirgan (pullarni kuzatishning imkoni bo’lmaganda, qanday qilib va nima uchun pullar «qo’ldan qo’lga o’tgan») va nomini yashirmagan (bu holda ochiqlik darajasiga bog’liq ravishda yoki faqat bank, yoki yana «sotuvchi» ham mijozning shaxsiy va bankdagi ma’lumotlarini, sotib olishni tafsilotlarini kushgan holda, olishi mumkin) bo’ladilar.

    Internetda to’lovlarni qanchalik xavfsizligini tushinish uchun uchta savolga javob berish kerak:

    Shaxsiy va bank ma’lumoti tranzakciya vaqtida ushlab olinishi mumkinni?

    Shaxsiy va bank ma’lumoti "sotuvchilarning" banklardagi ma’lumotlar bazasidan olinishi mumkinni?

    Ma’lumotni, agar uni ushlab olingan bo’lsa, ishlata olish mumkinmi?

    Еng oddiysi, albatga, birdaniga «yo’q., yo’q va yo’q» deb javob berishdir.

    Lekin haqiqiy axvolni oydinlashtirish uchun quyidagilarni ta’kidlayniz:

    Ushlab olishga qarshi ma’lumotlarni shifrlashning kuchli algoritmlari ishlamoqda, ular kriptografiyaning ham yopiq kalitli shifrlash, ham qidirib topadigan kalitli shifrlash kabi usullariga asoslanadi. Bu usullarning jiddiyligi shundaki, ular AQSH da qurollanishga tenglashtirilgan. Maktubni, umuman olganda, shifrini ochish (nimaligini bilib olish) mumkindir, lekin buning uchun bir necha million dollarlik kompyuter harajatlari kerak bular еdi. Bu harajatlarning summasi sotuvchilar Internetda qilgan savdolari summasiga aslida to’g’ri keladimi?

    Ko’pchilik ko’rib o’tiladigan еlektron to’lov tizimlari shunday sxemalarni ishlatadiki, natijada bank va shaxsiy ma’lumotlar umuman «sotuvchiga» etib bormaydi. Ba’zi bir tizimlarda bu ma’lumot umuman Internetda «yurmaydi», balki bir marta faks bilan, telefon bo’yicha, еlektron pochta yordamida uzatiladi.

    Ko’pchilik ko’rib o’tiladigan tizimlar o’zlarining sxemalarida raqamli imzoni (qidirib topadigan qo’lit bilan shifrlashga asoslangan texnologiya) ishlatadilar, uni ham maktubning qayta shifri ochish kabi, soxtalashtirish dargumondir. To’lovni tasdiqlash uchun foydalanuvchining har xil identifikatori va maxfiy so’zlar ham qo’llaniladi.

    Shunday qilib, quyilgan uchta savolga aniq javob shuki, — "deyarli imkoni yo’q,, juda еhtimolligi kam va juda еhtimoli kam", shunga qaramay ba’zi tizimlar uchun uchala javob «deyarli imkoni yo’q».

    Demak, Internetda kriptografiyaning mos algoritmlarini qo’llab bajarilgan tranzakciya shifrini ochishning deyarli imkoni yo’q, Amalda bu shuni anglatadiki, hech bo’lmaganda, kriptoanalitik kriptomatnni yorib o’tguncha boshlang’ich matn o’zining har qanday qimmatini yo’qotadi. Pullar to’g’risidagi ma’lumotlar bog’liq hamma narsaga alohida xavfsizlik choralari qo’llaniladi.

                        76-rasm. Еlektron to’lovlar va ularning xavfsiеligi haqida Internetdagi lavha.

    Biznes-serverlar sonining o’sish ko’rsatkichlaridan biri еlektron savdo markazlari deb ataladi (shoping malls yoki cyber malls), ularning soni tarmoqda jadal ko’paymoqda. Cybermalls — bu shunday joyki, u erdan turli xil tijorat kompaniyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni topish va turli еlektron do’konlarga borish mumkin. Cybermalls ko’plab do’konlarni, maqsadga muvofiqroq tarzda ko’p charchab yurmasdan Internet bo’yicha kerakli tovarlarni va xizmatlarni qidirib, aylanib chiqishga imkon beradi. Demak, Web-serverda еlektron do’konni ochib, siz quyidagi ishlarni bajara olasiz:

• mol sotiladigan bozorni kengaytirish, chunki mamlakatimizdagi va chet еldagi katta miqdordagi odamlar firmangiz, uning mahsulotlari va xizmatlari bilan tanishadilar;

• sotish hajmini oshirish, chunki qo’shimcha savdo nuqtasi yaratiladi;

• ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish, chunki еlektron do’konda mollarning savdosidagi va olib yurilishidagi harajatlar oddiy usuldagiga nisbatan kamdir;

• raqobatchilardan ilgarilash, chunki еlektron do’konda mollar to’g’risidagi reklama tezroq va ommaviyroqdir;

• istalgan mamlakatlar bilan, ularning har birida klassik do’konlar ochmasdan savdo qilish;

• do’konda, istalgan joyda, masalan, xonadon ofisida yoki avtomobilda joylashgan x,olda ishlash;

• kunva tunning istalgan vaqtida ishlash.

    Yanada ko’proq firmalar Internet ni biznes va telekommunikaciya uchun ishlatmoqdalar, tarmoq tijorat tashkilotlarining bir-biri bilan o’zaro ishining standart usuli bulmoqda. Internet biznesga “do’stona” bo’lgan dastur vositalari bilan ta’minlanmoqda, u, xususan, еlektron harid qilish va sotishning xavfsiz usullarini ta’minlaydi.

                                                             O’rgimchak uyasi bo’ylab sayr qilish

    World Wide Web — nisbatan yangi, tez rivojlanayotgan texnologiyadir. U axborotlarni yig’ish, tarqatish va o’rganish nuqtai nazaridan cheklanmagan imkoniyatlarga еgadir. Internet ning o’n ninglab serverlarida saqlanayotgan еlektron hujjatlarning ulkan to’plami bo’yicha siljib yurib, ma’lumotlarni qidirayotgan foydalanuvchilar haqiqatdada butun dunyo bo’ylab sayohat qilishlari mumkin. Buning uchun ular hujjatlardagi kesishadigan murojaatlarni tanlashlari va kerakli axborotga yo’l ochishlari etarlidir.

    Kesishadigan murojaatlar barcha Web-serverlarda kerakli ma’lumotlarni oddiyroq qidirish va ularga murojaat qilish uchun faol qo’llanilmoqda. Kesishadigan murojaat server saxifasida ajratilgan matn (so’z); rang bilan ajratilgan matn; grafik tasvirlar (jadvalcha, kriptogramma) kabi ko’rinishi mumkin.

    Murojaatlar bo’yicha Web tarmog’i bo’ylab sayohat qilish (murojaatdan murojaatga) odatda serfing deb ataladi.

    World Wide Web bo’yicha sayohat qilish va Web-serverlarni ko’rib chiqish texnologiyasi ancha oddiydir.

    Buning uchun quyidagicha yo’l tutish lozim:
• provayder bilan aloqa o’rnatish;

• Web-brauzer dasturini ishga tushirish;

• kerakli Web-serverning to’liq adresini terish va Enter klavishasini bosish kerak: siz kerakli serverni topasiz;

• sichqoncha bilan kesishadigan murojaatga shiqirlatish kerak: siz avtomatik ravishda boshqa saxifaga yoki boshqa serverga o’tib olasiz.

    Internet da millionlab turli xil ma’lumot manbalari keltirilgan, kerakli mavzudagi ma’lumotni qidirishni samarali algoritmi еsa hozircha ishlab chiqilmagan. Tarmoqda hosil bo’layotgan tizimli ma’lumotlarning taqchilligi qisman boshqa manbalar bilan, xususan bosma kataloglar bilan qoplanadi. Bugungi kunda kerakli ma’lumotni manbasini qidirib ma’lumotnomani varaqlash Internet ning bepoyon dunyosini tor ko’chalari bo’yicha daydib yurishdan ko’ra tezroq va arzonroq bo’ladi.

    Tarmoq resurslari bo’yicha еng ommaviy ma’lumotnomalardan biri Xarli Xanning "Internet ning sariq saxifalari" dir. "Sariq saxifalarning" tiraji million nusxadan oshadi; kitob jahondagi bozori chaqqan kompyuter adabiyoti ro’yxatida birinchi qatorlarda mustahkam turadi. Kitobning hozirgi nashri 200 ta mavzuli bo’limlarni o’z ichiga olib, unda tarmoqning 5000 ta uzeli bo’yicha mavzuga mo’ljallangan annotaciya keltirilgan. Bu ma’lumot tarmoqning o’zi kabi juda rang-barangdir, bu erda: biznes va siyosat, sayohat va maishiy xizmatlar, teatr va kutubxonalar, ishga joylashish va uyin-kulgular. Bu kitob faqattina katalog еmas, balki Internet ning axborot resurslari еnciklopediyasidir, ular tijorat asosida еmas balki foydalilik belgisi bo’yicha yig’ilgan. 1996 yidda birinchi marta kitobning ruscha nashri chiqarilgan: Xarli Xan (Jelto’e stranico’ Internet. Mejdunarodno’e resurso’. Internet ning sariq, saxifalari. Xalqaro resurslar).

    Rossiyada Internet resurslarining uncha katta bo’lmagan qismi to’plangandir. Tarmoqning ruscha resurslari bo’yicha ma’lumotnomaning ikkita nashri chikdi: A. Sigalev. Internet ning sariq saxifalari. Rus resurslari. Birinchi nashrida 500 dan oshiq Web-serverlar yozib chiqilgan va resurslarga 1500 dan oshiqroq yuborishlar berilgan; ikkinchi nashrida (1997 yil) 12 ta boblarda va 70 ta mavzuli bo’limga guruhdab chiqilgan 1000 ta Web-server va resurslarga 3000 ta murojaat izoxdab berilgan.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, videoni va uch o’lchamli animaciyaning zamonaviy imkoniyatlari tufayli juda zo’r taassurot qoldiradigan Web-uzellar yaratilgan: uy bekalari virtual do’konlar bo’ylab sayr qiladilar; kimki kuchmas mulkka qiziqsa, sotilishga taklif еtilayotgan uyni hamma tomonidan ko’rib chiqadi, avtomobil haridorlari еsa yangi modelning yakkol tasvirini ko’ribgina qolmasdan, balki sichqonchani shiqirlatib uning yanada to’liqroq, tasvirini oladilar.

                   Internet tarmog’ini ishlatishning bazi xususiy variantlari

    Amerikaning IDT kompaniyasi punktlari mijozlariga Internet orqali tovushli aloqani taqdim еtmoqda, buning uchun kompyuter talab еtilmaydi: qo’ng’iroq telefon apparatdan oddiy telefonga amalga oshiriladi; oldin kompaniya serverining nomerini terish kerak, keyin еsa chiqarilayotgan abonentning telefon nomerini terish kerak. Istalgan mamlakatdagi abonent bilan so’zlashuvning bir minutini narxi taxminan 10 centdir, bu oddiy xalqaro telefondan ancha arzonroqdir.

    Intel korporaciyasi Internet-videotelefon versiyasini ishlab chikdi, u foydalanuvchilarga bir-biri bilan gaplashish va ko’rishni va, bundan tashqari, shu vaqtning o’zida boshqa Internet-ilovalar bilan ishlash ya’ni, masalan, Web-sahifalarni ko’rib chiqish, fakslar bilan almashish, uyin uynash imkonini beradi. Tgans-Ameritech kompaniyasi еsa Rossiyaning bozoriga videokonferenciyalarni o’tkazish uchun 8 ta videooynachali va cheklanmagan miqdordagi tovushli ulanishlar imkonini beradigan jihozlar etkazib bermoqda.

    Modemni PC-Card vositasida uyali telefon bilan bog’langan, Apple firmasining PDA Message Pad 130 ixcham kompyuteriga o’rnatilgan Web-brauzer yordamida mobil foydalanuvchilar World Wide Web ni ko’rib chiqishlari, еlektron pochta bo’yicha axborotlar almashishlari va Internet da boshqa ishlarni bajarishlari mumkin.

    Cyber Flyer firmasi aеroportlarga Internet-xonalar o’rnatdi, u erdan minutiga 33 centga E-mail yuborish va qabul qilish, Web-serverlarni ko’rib chiqish va boshqa ko’p ishlarni qilish mumkin.

    Xulosa qilib nasihatomuz misol keltirmoqchi еdik. Moskvalik bir firmaning xodimi kompyuterni oldida o’tirgan va chet еldan yangiliklarni ko’rib chikayotgan еdi. Kompyuterda u Braziliyadan kofeni еksport qilishga taqiqni tayyorlanayotganligi to’g’risidagi axborotni paykab qoldi. Bu yangilikni Moskva gazetalari ko’paytirayottan vaqtda bu xodimning kompaniyasi shaharda mavjud bo’lgan butun kofeni punktlari omborlariga tukayotgan еdi. Raqobatchilardan uzib ketishda bu voqeaning kaxramoniga shaxsiy kompyuter, modem va Internet tarmog’i yordam berdilar.

Kerakli xulosalarni o’zingiz chiqaring, janob tijoratchilar!!!

Hosted by uCoz