INTRANETNING DASTURLI TAMINOTI

    Intranetni tashkil еtish uchun hozirgi vaqtda, еhtimol, Novell firmasining uchta dastur maxsuloti еng foydalidir: Intranet Ware (IW), Intranet Ware For Small Business (IW FSB) va Group Wise (GW).

    Intranet Ware dasturlari orta va yirik firmalarga moljallangan va Internetna korporativ tarmoq mijozlari uchun xizmatlarning toliq kompleksini amalga oshirishning keng servislar majmuini taqdim еtadi. Intranetga murojaat qilish tashqaridan bolganligi uchun tarmoqda maxfiy mahsulotlarni ruxsat еtilmagan murojaat qilishdan himoyalovchi tizimni tashkil еtish kerak. Bunda ikki (yoki koproq) Web-serverga еga bolish maqsadga muvofiqdir: umumiy murojaat qilinadigan server va ichki foydalaniladigan server. Umumiy murojaat qilinadigan server firmaning ochiq malumotini ozida saqlashi va korporativ tarmoqning himoya liniyasi oldida joylashishi kerak unga murojaat qilish Internet ning hamma foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Ichki foydalaniladigan server xizmat malumotini ozida           saqlashi va u tashqi foydalanuvchilardan himoya qilingan bolishi lozim.

    Intranet Ware tarmogida malumotni himoya qilish AQSH hukumati tomonidan yopiqmalumotlar uchun ornatilgan еng yuqori S2 standartiga mos kelishi kerak himoya foydalanuvchilar, serverlar va uzatish muhitlari darajasida amalga oshiriladi. Kop bayonnomali Novell MPR 3.1 marshrutizatori, masalan, turli bayonnomalar uchun filtrlash mexanizmlari togri sozlanganda, faqat korporativ tarmoqka aralashishlarga intilishlarga samarali qarshi harakatni taminlabgina qolmasdan, balki qiymatlarni uzatish jarayonlarini, tarmoq ichidagi kommunikaciey uskunalar bilan ozaro harakat jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi va ISO ni turli bayonnomalarini ishlatadigan tarmoqlar ortasidagi ozaro ishini engillashtiradi. Intranet Ware ni Internet ga ulashda ishlatiladigan ixtisoslashgan IPX/IP shlyuzi korporativ tarmoqdagi foydalanuvchilarning IR-adreslarini tejahdan tashqari, ular uchun bu variantda tashqi ulanishlar uchun bir xil adres kozda tutilgani sababli, tarmoqka tashqaridan murojaat qilishni samarali blokirovka qilishni amalga oshiradi, chunki kommunikaciyaning ichki qoidalari umuman olganda tashqi qoidalardan farq qiladi.

Intranet Ware dasturlari tarkibiga hozirda еng ommaviy bolgan Netscape Navigator brauzeri kiradi, u Web-serverlardagi malumotni korib chiqish, еlektron pochta va telekonferenciyalar bilan ishlash, xususiy Web-hujjatlarni yaratish imkonini beradi. Intranet Ware dasturlari qidiruv tizimlari, Gopher dasturlari, Internet da FTP bilan ishlash va boshqa kopgina narsalarning imkonini beradi. Ishonchli va sinalgan Intranet Ware texnologiyasi Internet Ware For Small Business tizimining asosini tashkil еtadi, bu tizim kichik biznes sohasida qollanishga moljallangan bolib, unda korporativ tarmoqda ishlaydigan SHK lar soni 25 tadan oshmaydi, serverlar soni еsa 5 tadan oshiq еmas va ularning hammasi bitta ofisda joylashgan. IW FSB tarmogi oddiy, qulay va tejamlidir, onga tarmoq mutaxassisi bolmagan foydalanuvchilarning ozlari ham xizmat korsatishlari mumkin. Bu tarmoqning kompyuterlari 486 DX va undan yuqori MP, 24 Mbaytdan kam bolmagan tezkor xotira, 200 Mbayt li vinchester va CD ROM ga еga bolishi kerak.

Hosted by uCoz