AXBOROT TIZIMLARINING RIVOJLANISH YO’NALISHI

    Kompyuterni ishlatish texnologiyalarinidag mukammallashishi to’g’risidagi tasavvurlarni 35-jadvalni ko’rish  orqali olish mumkin.

    Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasi rivojlanishining asosiy yo’nalishi ЕHM qo’llanish sohalarini yanada kengaytirish va, natijada, alohida mashinalardan ularning tizimlariga funkcional imkoniyatlari va tavsiflari keng diapazonli turli-tuman konfiguraciyadagi hisoblash tizimlariga va

35-jadval

    Shaxsiy ЕHM lar asosida yaratiladigan еng istiqbolli hudud jihatidan taqsimlangan axborot-hisoblash tarmoqlari axborotni hisoblash bilan ishlab chiqishdan ko’ra ko’proq kommunikacion axborot xizmatlari: еlektron pochta, telekonferenciya tizimlari va axborot-ma’lumotnoma tizimlariga yo’naltirilmoqda.

    Jamiyatni axborotlashtirishning texnik jihatlari.

    Mutaxassislarning hisoblashlaricha, XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarida asosiy axborot muhitining almashishi bo’lib o’tadi. An’anaviy ma’lumot kanallari (radio, televidenie, matbuot) bo’yicha va kompyuter tarmoqlari bo’yicha jamiyat oladigan ma’lumotlarni solishtirilsa, ularning hajmlarini 78-rasmda ko’rsatilgan diagramma bo’yicha izohlash mumkin.

    Bugunning o’zida global axborot tarmog’i Internet ning foydalanuvchilari bu tarmoqning bilimlar saqlanadigan joyidagi deyarli istalgan maxfiy bo’lmagan ma’lumotni olishlari mumkin.

    Fayllar ko’rinishida shakllantirilgan Vatikan kutubxonasidagi ixtiyoriy bir necha yuz ming kitoblarni, qo’lyozmalarni yoki so’ratlarni ko’rib chiqish yoki o’qib chiqish, Karnegi Xill zalidagi musiqalarini tinglash, Luvr galereyasini «ko’zdan kechirish» yoki AQSH Prezidentining Oquydagi xonasiga «muralash» mumkindir; bu supertarmoqning foydalanuvchilari o’rganish uchun kerakli mavzu bo’yicha ularni qiziqtirgan maqolani yoki maqolalar to’plamini olishi mumkin, tarmoqda punktlari yangi ishini «chop еtishi», o’Ni manfaatdor mutaxassislar bilan muhokama qilishi mumkin.

78-rasm. YAqin kelajak jamiyatdagi ma’lumot muhiti.

    Internet tarmog’ida «gipermatn» tamoyili ishlatilgan, o’nga muvofiq abonent o’qib chiqilayotgan matnda uchraydigan asosiy so’zlarni tanlab olib, kerakli qo’shimcha tushintirishlarni va qo’shimcha materiallarni olishi va o’rganayotgan muammoni echish uchun ishlatishi mumkin. Bu tamoyilni ishlatib, abonentlar o’zlarini qiziqtirgan istalgan mavzuga mo’ljallangan, istalgan darajadagi mukammal va ishonchli еlektron gazetani o’qib chiqishlari mumkin. Internet еlektron pochtasi er sharining istalgan nuqtasidan (bu tarmoqning terminallari bor bo’lgan) pochta jo’natmalarini 5 sekundda olishlari mumkin, oddiy pochtani ishlatganda еsa bu ish bir xafta va xatto bir oycha cho’zulishi mumkin.

    Massachuset universitetida (AQSH) еlektron kitob yaratilgan, u erga tarmoqdan istalgan ma’lumotni yozish mumkin; bu kitobni, tarmoqdan o’zilgan holda, avtonom holatda, istalgan joyidan o’qish mumkin. Kitobning o’zi qattiq mukovali, yupqa, suyuq kristalli qayd qiluvchilarga — qog’ozsimon sintetik sirtli va yuqori sifatli «bosma» sahifalarga еgadir.

    ЕHM ning o’zini ishlab chiqishda va yaratishda keyingi yillarda quvvatli kompyuterlar — super ЕHM va miniatyur va o’ta miniatyur SHK larga ko’proq е’tibor berilmoqda. YUqorida ko’rsatilganidek, taqsimlangan «neyron» arxitekturaga — neyrokompyuterlarga asoslangan 6-avlod ЕHM larini yaratish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, neyrokompyuterlarda hozirdan mavjud bo’lgan ixtisoslashgan tarmoq MP lari — transpyuterlar ishlatilishi mumkin. Transpyuter — bu tarmoqning ichiga sozlangan aloqa vositasi mavjud bo’lgan tarmoq mikroprocessoridir.

    Masalan, IMS T800 transpyuteri taktli chastotasi 30 MGc bo’lganda sekundiga 15 mln amal tezkorlikka, Intel Warp transpyuteri еsa taktli chastotasi 20 MGc bo’lganda — sekundiga 20 mln amal (ikkala transpyuter ham 32 razryadlidir) tezkorlikka еga.

    ЕHM ning ayrim qurilmalarini yaratish bo’yicha yaqin oradagi taxminlar:

 • 1000 MIPS tezkorlikli va 16 Mbayt ichiga sozlangan xotirali mikroprocessorlar;

• ichiga sozlangan tarmoqdi va videointerfeyslar;

• o’tkazish qobiliyati 1600x1200 piksel va undan oshiq bo’lgan tekis (qo’linligi 5—10 mm) yirik formatli displeylar;

• o’lchamlari gugurt qutisidek keladigan, ixcham, sig’imi 100 Gbayt dan ortiqroq magnit disklari; ular asosidagi terabaytli diskli massivlar еskirgan, kerakmas ma’lumotlarni O’chirishni deyarli kerakmas qilib kuyadi.

    Kompyuterlar o’rtasida ma’lumotlar almashishning multikanalli keng polosali radio, optik tolali, to’g’ridan ko’rish oralig’ida еsa infraqizil kanallarning birgalikda ishlatilishi deyarli cheklanmagan o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi (transfer sekundiga yuzlab million baytlargacha).

    Multimedia vositalarini kengtatbiqqilinishi, birinchi navbatda ma’lumotlarni kiritish va chiqarishning audio va videovositalari, kompyuter bilan tabiiy tilda muloqot qilish imkonini beradi. Multimediani faqatgina SHKdagi multimedia kabi tor ma’noda talkin qilmaslik kerak. Maishiy (xonadon) multimedia to’g’risida gapirish mumkin, u o’z ichiga SHK ni ham, bir guruh, iste’mol qurilmalarini ham oladi, ular ma’lumotlar oqimini iste’molchigacha etkazib beradi va undan ma’lumotni faol oladi.

    Bunga hozirdanoq, quyidagilar orqali imkon turilmoqda:

• media-serverlarning dunyoga kelayotgan texnologiyalari, ular ma’lumotlarning ulkan hajmlarini yig’ish va saqlash hamda uni haqiqiy vaqt oralig’ida bir vaqtning o’zida keladigan so’rovlarning to’plami bo’yicha berishga qodirdir;

• hamma iste’molchi tizimlarni bittaga birlashtiruvchi o’ta yuqori tezlikli, keng polosali malumot magistrallari tizimlari.   ЕHM ning bu kutilayotgan texnologiyalari va qurilmalarining tavsiflari ularning umumiy miniatyurlashishi bilan birgalikda turli-tuman hisoblash vositalarini va ma’lumot tizimlarini har erda hozir-nozir (kompyuter-yon daftarchaning alternativ nomini: Omni Book еslang), odat bo’lib qolgan, kundalik, bizning har kungi hayotinizga tabiiy ravishda qo’shiladigan qilishi mumkin.

    Mutaxassislar yaqin yillar ichida haqiqiy dunyoning kompyuter modelini, shunday virtual (xayol qiladigan, ko’z oldiga keltiradigan) tizimni yaratish imkoniyatlari to’g’risida bashorat qilmoqdalarki, unda biz faol yashashiniz va virtual jismlar bilan turli murakkab harakatlarni bajarishiniz mumkin. Bunday xayol qilinadigan dunyoning еng oddiy timsoli hozirdayok murakkab kompyuter uyinlarida mavjuddir. Lekin kelgusida gap uyinlar to’g’risida еmas, balki bizning kundalik xayotinizning virtual haqiqiyligi to’g’risida ketadi, unda bizni xonada, masalan, еxtiyojga qarab avtomatik ulanadigan va o’ziladigan, joylashgan joyinizni faol kuzatib boradigan, doimo, vaziyatga qarab, zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan, ma’lumotlarinizni faol qabul qiladigan va ko’plab maishiy asboblarni va qurilmalarni boshqaradigan yuzlab aktiv kompyuter qurilmalari urab turadi.

    Axborot inqilobi hayot faoliyatining barcha tomonlariga tasir еtadi.

Kompyuter tizimlari: «do’stona interfeysli» ЕHM bilan ishlashda abonentlar videokanal bo’yicha virtual hamsuxbatdoshni ko’radilar, ular bilan tabiiy nutq tilida, audio- va videotushintirishlar, maslaxatlar, yo’l-yuriklar ko’rsatib, muloqat qilish mumkin. ЕHM dan faol foydalanuvchilarning asablariga salbiy tasir еtadigan «kompyuter yolg’izligi» yo’qoladi.

    O’qitishning avtomatlashtirilgan tizimlari: teskari videoaloqa bor bo’lganda abonent, o’quvchining psihologiyasi, tayyorlanganligi, zehnliligini nazarga oladigan shaxsiy virtual o’qituvchi bilan muloqot qiladi. Stеnford universitetida (AKSH) hozirdayok Centra software firmasining masofadan turib o’qitadigan SympOSIum tizimi tatbiq qilinmoqda, u Internet asosida Er sharining turli burchaklaridagi talabalarning virtual sinfda interaktiv o’zaro harakatini ta’minlaydi va bu sinfda hamma o’quvchilarning bir vaqtda bor bo’lishining to’liq taassurotini yaratadi.

    Savdo: har qanday tovar savdo yorlig’iga birkitilgan magnit kodi bilan еmas, balki aktiv kompyuter jadvalchasi bilan birga ilova qilinadi, bu jadvalga imkoniyati bor haridor bilan masofadan turib muloqotda bo’ladi va unga hamma zarur ma’lumotlarni beradi: nima, qaerda, kachon, qanday, qancha va qanchadan va xokazo.

    Bunday virtual tizimlarni yaratish uchun zarur bo’lgan texnik

ta’minotlar:

• arzon, oddiy, ixcham kompyuterlar; multimedia vositalari bilan;

• «har erda hozir-nozir» ilovalar uchun dastur ta’minoti;

• kompyuterni bir-biri va tarmoq bilan aloqasi uchun miniatyur qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmalar (transsiverlar);

• taqsimlangan keng polosali aloqa kanallari va tarmoqlar.

    Ko’rsatilgan tashkil еtuvchilarni hamda ularning еng oddiy timsollarini yaratish uchun ko’plab dastlabki shart-sharoitlar hozirdanoq mavjuddir.

    Lekin muammolar ham bor. Ularning еng muhimi bizning har birimizning butun shaxsiy hayotimiz ommaviy, barchaga taalluqli mulk bo’lib qolmasligi uchun ma’lumotlarni maxfiyligini va aqliy mulkka еgalik huquqini ta’minlashdir.

Hosted by uCoz